Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   178
Bog'liq
T

SIP protokoli 
Session Initiation Protocol. Bu amaliy daraja protokolidir, uning 
yordamida multimedia sessiyalarini o‘rnatish, modifikatsiya qilish va 
tugatish yoki IP-tarmoq bo‘yicha chaqiruvlar kabi operatsiya amalga 
oshiriladi. SIP multiservis tarmoqlarda H.323 protokolda amalga 
oshiriladigan funksiyalarga o‘xshash funksiyalarni bajaradi. SIP sessiyasi 
multimedia konferensiyalari, masofadan o‘qitish, IP-telefoniya va boshqa 
shunga o‘xshash ilovalarni o‘z ichiga olishi mumkin. 
SIP protokoli paketli IP tarmoq orqali so‘zlashishni amalga 
oshirishda abonentlarni o‘zaro bog‘lash, aloqani qo‘llab quvvatlash va 
aloqa seansini uzishni ta’minlab beruvchi signalizatsiya protokolidir. 
Demak internet tarmog‘i orqali telefoniya xizmatini tashkil etishda aloqa 
seansini tashkil etishdagi asosiy protokol bu SIP protokolidir.
Quyidagi 5.3-rasmda SIP protokolining IP tarmoq orqaqli 
telefaniya’ni ta’minlashda qo‘llanilishi. 
5.3-rasm. SIP protokolining IP tarmoq orqaqli telefaniya’ni 
ta’minlashda qo‘llanilishi 
Chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatish SIP serveri tomonidan amalga 
oshiriladi. SIP serveri bevosita aloqa o‘rnatish rejimida ishlaganda 
chaqiriqni kerakli abonentgacha o‘zi yetkazadi. SIP protokolida ikki xil 
signal axboroti qo‘llaniladi “so‘rov” va “javob ”.


164 
SIP matn-mo‘ljallangan protokolni o‘z ichiga oladi. Eng keng 
tarqalgan H.323 protokoli hisoblanada, ishlab chiqaruvchilarning 
ko‘pchiligi o‘zining yangi mahsulotlarida SIP protokollarni qo‘llab–
quvvatlash ko‘zda tutiladi. SIP protokollari ommaviyligining o‘sish 
tempini hisobga olib yaqin kelajakda uning negizida qaror IP-telefoniya 
bozorining muhim ulushini band qiladi. 
IP-telefoniya 
tarmoqlarining 
tuzilishiga 
SIP 
protokolining 
yondoshuvini amalga oshirishda H.323 protokoliga nisbatan ancha sodda, 
lekin telefonlar bilan o‘zaro ishlashini tashkil qilsh uchun kamroq mos 
keladi. 
Shuning uchun SIP protokoli IP-telefoniya xizmatlarini ko‘rsatish 
uchun Internet xizmatlarining yetkazib beruvchilari ko‘proq mos keladi
bunda ushbu xizmatlar paketining qismi hisoblanadi. 
Modifikatsiyalangan SIP-T protokoli (SIP for Telephony) 7-son UKS 
signalizatsiyani SIP protokoli bilan integratsiya qilish maqsadida 
yaratilgan edi. SIP-tarmoqning 7-son UKS tarmog‘i bilan o‘zaro ishlash 
uzeli SIP-xabarda ISUP xabarini inkapsullaydi va ISUP xabarlaridan 
axborot qismini SIP xabarlar sarlavhasiga transportlashni ta’minlash uchun 
translyasiyalaydi. 
MGCP. Media Gateway boshqaruv protokoli. MGCP Mediya 
shlyuzlarni boshqarish uchun ishlatiladi. 
Bu protokol barcha chaqiriqlarni qayta ishlash mantig‘i shlyuzdan 
tashqarida joylashgan arhitekturalar uchun mo‘ljallangan va nazorat MGC 
yoki chaqiriqlar agenti kabi tashqi qurilmalar tomonidan amalga 
oshiriladi. 
MGCP chaqiruv modeli MG tarmoq shlyuzlarini bir-biriga 
ulanishlari mumkin bo‘lgan so‘nggi nuqtalar majmuasi sifatida ko‘rib 
chiqadi. Oxirgi nuqta fizik (analog telefon liniyasi yoki raqamli magistral) 
yoki virtual (UDP / IP-ulanish orqali ma’lumotlar oqimi) bo‘lishi mumkin. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling