Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   178
Bog'liq
T

MEGACO / H.248. Media Gateway Control Protocol (MEGACO) 
protokoli MG tarmoq shlyuzlarini boshqarish uchun standart sifatida 
MGCP-ni almashtirishi kerak. MEGACO shlyuzlar, ko‘p nuqtali 
boshqarish qurilmalari va interfaol ovozli aloqa qurilmalari uchun umumiy 
platforma bo‘lib xizmat qiladi. 
MEGACO tomonidan ishlatiladigan ulanish modeli MGCP 
protokoliga nisbatan kontseptual jihatdan oddiy. MEGACO MG tarmoq 
shlyuzlarini muayyan kontekstda bir-biriga bog‘liq bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan so‘nggi nuqta qurilmalari to‘plami sifatida ko‘rib chiqadi. 


165 
Oxirgi qurilmalar media oqimlarining manbai yoki qabul 
qiluvchisidir. MGCPda bo‘lgani kabi, ohirgi qurilma fizik yoki virtual 
bo‘lishi mumkin.
Masalan, chaqiriqlarni boshqa raqamga yo‘naltirish terminal 
qurilmani bir kontekstdan boshqasiga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi va 
videokonferentsiya bir nechta terminal qurilmalarini umumiy kontekstda 
joylashtirish orqali amalga oshiriladi. 
BICC (Bearer Independent Call Control) protokoli ITU 
tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib NGN tarmog‘ida Softswitch larni o‘zaro 
bog‘lanishlarida transport tarmoqlarida signalizatsiya axborotlarini 
uzatilishini ta’minlaydi. Ushbu protokol Q1901 tavsiyanomasi orqali 
tavsiflanadi. Ammo bugungi kunda amaliy jixatidan softswitch larni 
bog‘lashda BICC protokoli bilan birgalikda SIP protokolining variyanti 
bo‘lgan SIP-T protokoli keng qo‘llanilishga ega.
BICC protoli faoliyat yurituvchi asosiy uzellar 
 
(ISN) — interfeyga xizmat ko‘rsatish uzuli. U kanallar 
kommutsiyasiga asoslangan tarmoqga ulanish interfeysini ta’miglaydi; 
 
Tranzit uzeli (TSN) — Bitta softswitch tarmog‘i xududida BICC
protokoli asosida chaqiriq axborotlarnini tranzit va tranportirovkalash 
fuksiyasini bajaradi.
 
Shlyuz uzeli (GSN) — ikki softswitch tarmog‘i orasida BICC
protokoli asosida chaqiriq axborotlarnini va tranportirovka uchun 
tarmoqlar aro shlyuz vazifasini bajaradi. 
5.4-rasm. BICC protokolining ishlash tamoili
SIGTRAN. SIGTRAN - bu NGN tarmog‘i orqali UFTT ning 
an'anaviy telefaniya xizmatniti ta’minlanish uchun qo‘llaniladigan 
protokollar tizimidir. Ya’ni bu UFTT da qo‘llaniluvchi OKS 7 va ISDN 
tarmog‘ida qo‘llaniluvchi ISUP signalizatsiya axborotlariga NGN 
tarmog‘ida ishlov berilishini ta’minlaydigan protokollar majmuidir 


166 
SIGTRAN atamasi signaling va transport so‘zlarini kombinatsiyasi 
xisobiga xosil qilingan bo‘lib bu signalizatsiya tizimi IETF ishchi guruxi 
tomonidan yaratilgan. Bu signalizatsi tizimi ITU ning Q2719 tavsifnomasi 
bilan tavsiflanadi.
SIGTRAN protokollar guruxi tarkibi bir necha qismlardan iborat. 
Mazkur protokollar tizimi quyidagi protokollardan tashkil topgan bo‘lib 
ularning har biri OKS7 signalizatsiya tizimining ma’lum bir protokolini 
NGN tarmog‘iga adaptatsiyasini ta’minlaydi: 
 
M2PA; 
 
M2UA; 
 
M3UA; 
 
SCTP; 
 
TALI; 
 
IUA; 
 
SUA. 
5.5-rasm. OKS -7 signalizatsiya tizimi protokollarini SUGTRAN
protokollariga adaptatsiyasi

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling