Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Keng polosali abonent kirish tarmoqlarini qurishda xDSL ning


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   178
Bog'liq
T

 
Keng polosali abonent kirish tarmoqlarini qurishda xDSL ning 
qo‘llanilishi 
xDSL texnologiyasi yuqorida takidlanganidek bugungi kunda keng 
qo‘llanilishga ega. Undagi asosiy qurilmalar stansion DSLAM qurilmasi 
va abonentlar tomondagi chastita bo‘yicha splitter va foydalanuvchi 
modemlaridir. Stansiya tomonida qo‘llaniluvchi qurilma DSLAM ko‘p 
sondagi foydalanuvchilarni raqamli abonent liniyasiga ulanishlarini 
ta’minlaydi. Masalan ZyXel IES-1000 DSLAM qurilmasi ADSL 
tarmog‘ining asosiy stansion qurilmasi hisoblanadi. Internet provayderlari 
tomonidan abonentlarga xDSL xizmatlarini taqdim etishda stansion 
qurilma sifatida qo‘llaniluvchi ZyXel IES-1000 Modulli IP NGN-


174 
kommutator (DSLAM) qurilmasini texnik ma’lumotlarini o‘rganish 
muhimdir.
IES-1000 – bu kompakt modulli IP NGN-kommutatori bo‘lib unga 
Fast Ethernet tarmoq interfeyslariga ega bo‘lgan modullar va telefoniya 
modullari yoki ADSL/SHDSL modullari o‘rnatilishi mumkin. Stoykaga 
o‘rnatiladigan 19-dyuymli IES-1000M shassisi tarkibiga elektr ta’minot 
blogi va ventilyasiya blogini oladi, shuningdek u “issiq almashtirish” 
funksiyasiga ega bo‘lgan ikkita modullar joylashtirish uchun slotga ega.
6.2-rasm. ZyXel IES-1000 DSLAM qurilmasi 
IES-1000 kommutatori ADSL/SHDSL – xizmatlarini ko‘rsatuvchi 
internet 
provayderi 
tomonida 
joylashadi 
va 
ADSL/SHDSL-
abonentlarining trafiklarini agregatlash va kommutatsiyalash uchun xizmat 
qiladi.
Tasniflari. Qo‘yilayotgan talablarga va abonentlar ulanishlari uchun 
o‘rnatilgan modulga bog‘liq ravishda bu kommutator ADSL, ADSL2 + va 
SHDSL texnologiyalarini qo‘llashi mumkin. 
IES-1000 kommutatori slotlariga o‘rnatiladigan tarmoq modullari 
uch xil modifikatsiyada ishlab chiqiladi. AAM-1008 va SAM-1008 
modullari sakkiztagacha ADSL va SHDSL abonentlarini ulashga imkon 
beradigan portlarga ega. AAM-1212 – moduli esa ADSL2+ xizmatini 
abonentlarga taqdim etish uchun 12 ta portga ega. Shuningdek bu 
modullarning keyingi modifikatsiyalari ham mavjud bo‘lib, ular mos 
ravishda AAM1212-51, AAM1212-53 va SAM1316-22 modullaridir. 


175 
 
6.3-rasm. ADSL xizmatini taqdim etuvchi AAM1212 moduli 
AAM-1212 
markali 
ADSL-moduli 
o‘zida ADSL/Ethernet-
kommutator funksiyasini mujassamlashtirgan bo‘lib u 12 ta ADSL2+ 
liniyasiga xizmat ko‘rsata o‘ladi va ADSL-splitterga ega. Old panelida 
o‘zida ATS krosi orqali ADSL abonentlariga ulanishlari uchun 12 ta portni 
birlashtirgan Telco 50 razyomi, boshqaruvchi konsul ulanishi uchun RJ-
11 porti va 2 ta Ethernet RJ-45 portlari mavjud. 12 ta yorug‘lik diodidan 
tashkil topgan indikachiya blogi har bir portning xolati va avariya xolati 
xaqida ma’lumot beradi.
SAM1316-22 moduli SHDSL/Ethernet-kommutatori funksiyasini 
bajaradi va 16 ta SHDSL abonentlari ulanishlari uchun portlarga ega. 
G.SHDSL.bis ATM/EFM standartini qo‘llab quvvatlaganligi uchun bu 
modul 16 tagacha abonentlarni 5,7 Mbit/s tezlikkacha ulanishlarini 
ta’minlashi mumkin va ularga internet tarmog‘iga simmetrik ulanishni 
ta’minlay oladi. 
 
6.4-rasm. SHDSL xizmatini taqdim etuvchi SAM1316 moduli 
Bu ularga internet xosting, video konfirensiya, IP telefoniya, 
masofaviy o‘qitish tizimidan foydalanish va boshqa zamonaviy 


176 
xizmatlarni taqdim etishga imkon beradi. Bundan tashqari lineyaviy modul 
bitta uzatish kanaliga 4 tagacha mis o‘tkazgichni birlashtirishi va 
abonentlar ulanish tezliklarini 22,8 Mbit/s ga yetkazishi mumkin.

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling