Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat
Download 6.66 Mb. Pdf ko'rish
|
T
ADSL modemni ulash Agar uy yoki ofisingizda faqat 1 ta telefon ishlatilsa, u holda eng sodda sxemadan foydalaniladi: 6.6-rasm. Abonent inshootida ADSL tarmog‘ining oddiy ulanish sxemasi ADSL-splitter tovush signali chastotasini ADSL-modem ishlatadigan chastotadan ajratish vazifasini bajaradi. Sirtdan qaraganda ADSL-splitter kichiqroq quti ko‘rinishida, 3 ta RJ-11 (telefon «yevrorozetka») tipidagi ulanish qismiga ega bo‘lib, unda «Line», «Phone» va «Modem» yozuvlari bo‘ladi. Shahar ATSning telefon liniyasi splitterni «Line» qismiga ulanadi. Telefon apparati «Phone» qismiga va nihoyat ADSL-modemning «ADSL» qismi splitterning «Modem» qismiga ulanadi. Izoh: Modem modelidan kelib chiqib uning «ADSL» ulanish qismi boshqacha, masalan, «DSL» yoki «xDSL» deb nomlangan bo‘lishi mumkin. 178 Keyin esa Ethernet kabel yordamida ADSL-modemni kompyuterga ulash lozim. Bunda Ethernet kabelning bir uchi ADSL-modemning «Ethernet» qismiga, boshqa uchi kompyuterning tarmoq kartasiga ulanadi. Bir necha telefon apparatidan foydalanilganda ulanish sxemasi quyidagicha bo‘ladi: 6.7-rasm. Abonent inshootida ADSL tarmog‘iga ikki telefon apparatining ulanish sxemasi Ya’ni, ofis yoki uyda mavjud bo‘lgan barcha telefonlar splitterning «Phone» qismiga ulangan bo‘lishi shart. Qolgan ulanishlar esa yuqori bayon etilganidek bajariladi. Agar siz ofis yoki uyda mini ATS dan foydalansangiz, u holda telefon liniyasi avval splitterga, splittyerdan esa kabel o‘z navbatida mini ATSga ulanishi kerak. Agar ulanishning ushbu sxemasi noto‘g‘ri amalga oshirilsa, telefonda gaplashilayotgan payt ATSdagi qurilmadan modem “uzilib” qolishi mumkin. Kompyuterni sozlash Ethernet tarmoq kartasining TCP/IP protokol parametrlarini sozlashdan iborat bo‘lib, ushbu tarmoq kartaga ADSL- modem ulangan bo‘ladi. Kompyuterga o‘rnatilgan operatsion tizim turi va kirish texnologiyasidan kelib chiqib sozlash o‘ziga xos yo‘l bilan bajariladi. Download 6.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling