Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat
Xatoliklarga bo‘lgan talablar
Download 6.66 Mb. Pdf ko'rish
|
T
Xatoliklarga bo‘lgan talablar. Yuqorida ta’kidlanganidek, turli
multimedia turlarini tarmoq bo‘ylab uzatishda xatoliklarni bo‘lishiga turli talablar qo‘yiladi. Xatoliklar paketlarning shikastlanishida va yo‘qolishida vujudga keladi. Uzatishda xatoliklarga ruxsat etiladigan ilovalarning ko‘pchiligi xatoliklarni niqoblash texnikasini qo‘llaydi (error concealment techniques - FEC), u boshqa paketlardagi ma’lumotlar asosida yo‘qotilgan 197 ma’lumotlarni qayta tiklash imkonini beradi. FECdan foydalanilganda paketlar oqimida bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatoliklarni tuzatish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar qo‘shiladi. Lekin, paketlarni uzatish jarayonida FEC darajasidan tashqarida xatoliklar paydo bo‘lsa, ular aniqlanmay qolishi mumkin. Demak, paketlarni xatoliksiz uzatish uchun FECni kerakli drajasini ta’minlash uchun, multimediali ilova uchun kommunikatsiya tarmoqlarida qo‘llaniladigan xatoliklar turini bilish muhim. Masalan, simsiz tarmoqlar simli tarmoqlarga qaraganda xatoliklardan yuqoriroq himoyalanish darajasini talab qiladi, chunki ularda paketlarni yo‘qolish ehtimolligi sezilarli yuqori. FECdan foydalanish bilan erishiladigan, paketlarni takroran uzatilishini minimallashtirish simli tarmoqlarda juda qimmat bo‘lishi mumkin, chunki ularda paketlarni yo‘qolish ehtimolligi juda kichik. FECni qo‘shimcha ma’lumotlarini uzatish uchun tarmoqni o‘tkazish qobiliyatini oshirishga ham qo‘shimcha harajatlar talab qilinadi. Multikastni qo‘llash. Multikastda bitta manba bir vaqtda bir necha multimediali ma’lumotlarni oluvchiga qo‘llaniladi. U eng ommaviy taqsimlangan multimediali ilovalarni qo‘llaydi. Masalan, bir necha qatnashuvchilar bilan videokonferensiya Internet-telefoniyadagi eng keng qo‘llaniladigan xizmatlardan biri hisoblanadi. Multikastni ikki tomonlama ma’lumotlarni uzatishga qaraganda bir tomonlama ma’lumotlarni uzatishda ta’minlash oson. Masalan, Internet- radiodan foydalanishda multikast ma’lumotlarni jo‘natuvchiga balanddan, uni oluvchiga tarmoqli va daraxt tugunlarida mos zahiralangan paketlarni aloqa daraxtini yaratish bilan ta’minlanadi. Lekin ikki tomonlama kommunikatsiyada, masalan, Internet-telefoniyada bir necha qatnashuvchilar uchun turli qatnashuvchilardan ovozli oqimlarni to‘g‘ri aralashtirish uchun qandaydir funksiyaga ega bo‘lish zarur. Aks holda har bir qatnashuvchini qolganlar bilan ko‘plab ikki tomonlama aloqa kanallarini qo‘llashga to‘g‘ri keladi, bu uzatish tarmog‘iga juda yuqori yuklamani berishi mumkin. Download 6.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling