Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   178
Bog'liq
T

Yuqori
 
sifatli tovush. Yuqori sifatli tovush deganda shunday xizmat 
tushuniladiki, bu xizmat yuqori sifatli tovushni, masalan, musiqa, 
konsertlardagi chiqishlarni va eshittirishni uzatishni amalga oshiradi.
Videotelefoniya. Mazkur xizmat ikki abonent o‘rtasida insonlar 
nutqini uncha yuqori bo‘lmagan sifatdagi uning tasviri bilan birga 
uzatishni amalga oshiradi. Bu xizmat mijozlari tegishli kommutatsiya 
qurilmasi orqali haqiqiy vaqt rejimida bir-birlarini eshitishlari va 
ko‘rishlari mumkin. 
Videokonferensiya. Mazkur xizmat abonentlar guruhi o‘rtasida 
tovushli va videotrafikni uzatishni amalga oshiradi, bunda tovush va 
videosignallar bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda (turli transport 
birikmalari bo‘yicha) tarmoq orqali uzatiladi, ularning qabul qilishdagi 
sinxronlanishi transport darajasidagi tegishli protokol bilan ta’minlanadi. 
Masofadan tibbiy xizmat ko‘rsatish. Mazkur xizmat bemorlarni 
masofadan tibbiy tekshirish, tashxis qo‘yish va maslahat berishni 
ta’minlaydi. Mazkur xizmat trafigi haqiqiy vaqt miqyosida uzatilgan 
tovush va video ma’lumotlarni, tekshiruv natijalarini va boshqalarni o‘z 
ichiga oladi. 
Videomonitoring. Mazkur xizmat xonalarning videokuzatuvini 
amalga oshiradi, turli vazifalarni bajaruvchi hududlarni qo‘riqlash, turli xil 
noan’anaviy vaziyatlar to‘g‘risida tezkor xabardor qilish, odamlar 
to‘planadigan joylarni doimiy monitoring (haqiqiy vaqt rejimida) qilish 
uchun qo‘llaniladi. 
Radio va televizion dasturlarni olib ko‘rsatish. Mazkur xizmat 
radio va televizion kanallarni raqamli telekommunikatsiya tarmog‘i orqali 
uzatib ko‘rsatishni amalga oshiradi. 
Raqamli televideniya. Mazkur xizmat uning mijozlari talabiga ko‘ra 
yuqori sifatli raqamli televideniya ko‘rsatuvlarini (badiy filmlar, musiqali 
videokliplar, sport translyatsiyalari) amalga oshiradi. 
Zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishida asosiy 
yo‘nalish xizmatlarning turli xil ko‘rinishlarini, shu jumladan
multimediali 
xizmatlarni 
ham 
qo‘llab-quvvatlash 
hisoblanadi. 
Multimediali trafikning turli xil ko‘rinishlarining tarmoq resurslariga 
bo‘lgan talablari juda jiddiy tarzda farq qilishi mumkin. Masalan, oddiy 
trafik, odatda, uni foydalanuvchiga yetkazib berish vaqtiga alohida 
cheklashlar qo‘yilmaydi. Bunday trafikka qo‘yiladigan talablarning 
hammasi – bu yangi minimal o‘tkazish qobiliyatini ajratishdir. Haqiqiy 
vaqtda videokonferensiya o‘tkazish uchun trafik boshqa misol bo‘lishi 
mumkin. U katta o‘tkazish qobiliyatinigina emas, balki qabul qiluvchiga 


201 
videokadrlarni yetkazib berish vaqtini minimallashtirishni talab etadi. 
Bundan tashqari, agar axborotli paketlarning kechikishlari nihoyatda 
nomuntazam xususiyatga ega bo‘lsa, videokonferensiya seansini o‘tkazish 
sifati qoniqarli bo‘lmaydi. Mazkur holda, tarmoq resurslariga ko‘pgina 
parametrlar bo‘yicha qat’iy talablar qo‘yiladi. Bu parametrlar quyida 
batafsil ko‘rib chiqiladi. 
Zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarida multimediali trafikni 
tavsiflash, tahlil qilish juda murakkab va qiyin vazifa hisoblanadi. Bunday 
qiyinchiliklarning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: 
- uzatish tezliklarining keng diapazoni – telefon trafigini uzatishdagi 
kabi bir necha Kbit/s dan to videokonferensiyani uzatishdagi kabi yuzlab 
Mbit/s gacha; 
- uzatilayotgan multimediali axborot oqimlarining turli xil statistik 
xossalari (haqiqiy vaqt trafigi tarmoq resurslariga qat’iy talablar qo‘yadi); 
- tarmoq konfiguratsiyalarining juda katta xilma-xilligi, uzatish 
texnologiyalari va protokollarining ko‘pligi (Gigabit Ethernet, ATM, 
MPLS va boshqalar); 
- uzatilayotgan axborotlarga ko‘p darajali ishlov berishni, buning 
oqibatida xizmat ko‘rsatish sifati ishlov berishning bir necha darajasiga 
bog‘liq bo‘lib qoladi. 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling