Telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat


Download 6.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/178
Sana16.09.2023
Hajmi6.66 Mb.
#1679270
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   178
Bog'liq
T

Nazorat savollari 
1. Zamonaviy tarmoqlarga qanday talablar qo‘yilgan? 
1. Zamonaviy aloqa tarmoqlarida qanday xizmatlar yuzaga kelgan?
2. Multimedia deganda nimani tushunasiz?
3. Multimedia yo‘nalishini kelib chiqishi nimaga asoslangan? 
4. Nima uchun multimediaga bo‘lgan talab oshib bormoqda? 
5. Multimedia texnologiyalarining afzalliklari va xususiyatlari to‘g‘risida 
tushuncha bering. 
6. Multimedianing qanday sinflarini bilasiz, tushuncha bering? 


210 
7. Multimediali ilovalarni uzatish tarmog‘iga qanday talablar qo‘yiladi? 
8. Multimediali trafikning qanday turlari mavjud va ularni qisqacha 
tavsiflang? 
9. Multimediali trafik qanday parametrlar bilan xarakterlanadi? 
10. O‘ziga o‘xshash trafik tushunchasi nima? 
11. Multimediali trafikni xizmat ko‘rsatish sifati qanday parametrlar bilan 
xarakterlanadi? 
3.2. Multimediali aloqa tarmog‘ida qo‘llaniladigan texnologiyalar 
 
Ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanish etalon modeli. Aloqa bu 
tarmoq va aloqa xizmati yig‘indisini o‘zida namoyish etadi (2.1-rasm). 
Telekommunikatsiya xizmati – bu xizmatlardan foydalanuvchilarni 
ta’minlovchi 
vositalar 
majmuasidir. 
Ikkilamchi 
tarmoqlar 
telekommunikatsiya 
xizmatlarida 
signallarni 
kommutatsiyalash, 
transportlashni ta’minlaydi. Birlamchi tarmoqlar ikkilamchi tarmoqlarni 
ta’minlaydi. Mos keluvchi xizmatni tarkibiy qismi foydalanuvchilarda 
joylashgan oxirgi qurilma hisoblanadi. 
Xizmat namunasi sifatida telefon aloqasini keltirish mumkin. U 
telefon aloqa, ma’lumotlar uzatish va boshqa xizmatlarni taqdim qiladi. 
Telefon tarmog‘i bo‘yicha ma’lumotlar uzatish (telefon xizmatini qo‘llab) 
telefon kanallari bo‘ylab ma’lumotlar uzatish xizmati sifatida ko‘riladi. 
Telefondan foydalanuvchi o‘zining kompyuterini modem yordamida 
telefon tarmog‘iga ulashi mumkin. Ma’lumotlar uzatish xizmati sifatida 
biz ma’lumotlar uzatish uchun mahsus yaratilgan aloqa tizimini 
tushunamiz, ya’ni qurilma va dasturiy vositalar majmui, qayta ishlash 
usullari, taqsimlash va ma’lumotlar uzatish. Shu vaqtning o‘zida 
ma’lumotlar uzatish xizmati telefon aloqa xizmatini ham taqdim etishi 
mumkin.
Telekommunikatsiyaning barcha xizmatlarida axborot almashish 
avvaldan belgilangan aniq qoidalar bo‘yicha amalga oshishi kerak. Bu 
qoidalar (standartlar) elektr aloqaning bir nechta xalqaro tashkilotlari 
tomonidan ishlab chiqiladi. 1978 yilda standartlashtirish bo‘yicha xalqaro 
tashkilotda SC16 komiteti tashkil etildi. Uning vazifasi - ochiq 
tizimlarning o‘zaro bog‘lanishi uchun xalqaro tavsiyalar ishlab 
chiqarishdir. 


211 
2.1-rasm. Aloqa arxitekturasi: 
1-telekommunikatsiyaning birlamchi 
tarmog‘i; 
2-telekommunikatsiyaning ikkilamchi 
tarmoqlari; 
3-telekommunikatsiya vazifalari; 
4- telekommunikatsiya xizmatlari. 
2.2-rasm. OTO‘B uchun 
standartlar ishlab chiqish 
strukturasi 
Ochiq tizim deb – ochiq tizimlar talablarini qondiruvchi, turli 
tizimlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi mumkin bo‘lgan tizim tushuniladi. Agar 
tizim ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanish (OTO‘B) etalon modeliga mos 
kelsa, u ochiq tizim hisoblanadi. 
OTO‘B etalon modeli – standartlar tuzilishining umumiy strukturasi. 
U alohida standartlar orasidagi o‘zaro bog‘lanish prinsipini aniqlaydi va 
OTO‘B uchun talab etiladigan ko‘pgina standartlarni bir vaqtda ishlab 
chiqish imkonini ta’minlash uchun asos hisoblanadi. Biroq OTO‘B 
standarti faqatgina etalon modelni aniqlabgina qolmay, balki etalon 
modelni qondiruvchi aniq xizmatlar to‘plamini, shuningdek xizmatlarni 
ta’minlovchi protokollar to‘plamini aniqlashi zarur. Bunda protokol deb, 
bir-biri bilan ishlovchi sathlarni o‘zaro ta’sirlashish qoidalarini va 
jarayonlarini aniqlaydigan xujjat tushuniladi. 
1983 yilda etalon model sifatida yetti sathli model tasdiqlangan (2.3-
rasm). Bunda ochiq tizimlarga taalluqli barcha jarayonlar o‘zaro 
bog‘langan sathlarga bo‘linadi. Yetti sathli modelda (1-3) quyi sath 
protokollari axborot uzatishga, yuqori sath (5-7) protokollari axborotlarni 
qayta ishlashga mo‘ljallangan. Transport sath protokollari ba’zida alohida 
ajratiladi, u axborot uzatish bilan bevosita bog‘liq emas. Biroq bu sath 
OTO’B etalon modeli 
OTO’B xizmatlari 
OTO’B protokollari 


212 
o‘zining vazifalari bo‘yicha quyi sathlarga yaqin bo‘lgani uchun quyi 
sathga tegishlidir.
Barcha yettita sathning vazifasi amaliy jarayonlarni ishonchli o‘zaro 
ta’sirini 
ta’minlashdir. 
Bunda 
amaliy 
jarayonlar 
sifatida 
foydalanuvchilarning ehtiyoji uchun axborotlarni berish, kiritish, saqlash 
va qayta ishlash jarayonlari tushuniladi. Har bir sath o‘zining vazifasini 
bajaradi. Biroq sathlarning xavfsizligi uchun ular bir-birining ishini 
tekshiradi. 
2.2-rasm. OTO‘B etalon modelining tuzilishi 
Amaliy sath 

Download 6.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling