Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish fani bo’yicha Mustaqil ishi
Download 406.44 Kb.
|
телекоммуникация тармокларини бошкариш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish f
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI NUKUS FILIALI Telekommunikatsiya texnologiyalari yo’nalishi 4-kurs talabasi Mambetmuratova Mogidaning Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish fani bo’yichaMustaqil ishiMavzu: Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimi Tayyorladi: ________________ Mambetmuratova M. Qabul qildi: ________________ Nietullaeva S. Nukus 2023-y Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimi Reja Telekommunikatsiya tarmoqlari tarkibi Telekommunikatsiya tarmoqlari tuzilishi Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Chetki abonent qurilmalari o’rtasida bog‘lovchi traktni tashkil etish bo‘yicha aloqa tarmog’i kommutatsiyalanadigan va kommutatsiyalanmaydigan tarmoqlarga bo‘linadi. Kommutatsiyalanadigan telefon tarmog‘i deb, axborotni uzatish vaqtida telefon apparatlarini bir-biri bilan bog‘lanishini ta’minlovchi telefon apparatlari, kommutatsiya stansiyalari va tugunlari, liniyalar va kanallar majmuasiga aytiladi. Telefon tarmog‘ini loyihalashda va qurishda, birinchi navbatda, tarmoqni yaratishga ajratilgan kapital mablag‘larning yuqori darajadagi samaradorligini ta’minlashga qaratish zarurdir. Teletrafik nazariyasi — TN (TT) dan telefon chaqiruvlarining oqimi tasodifligi ma’lumdir. Chaqiruvlar oqimi ortganda vaqt birligida chaqiruvlar sonining nisbiy soni kamayadi. Ushbu xususiyatdan shunday xulosa qilish mumkinki, bunda kichik davomiylik chaqiruvlar oqimini birlashtirish tarmoq rivojlanishiga sarflanadigan kapital mablag‘lar samaradorligini qondirish uchun zarur. Chaqiruvlarni birlashtirish kommutatsion stansiya va tugunlarida amalga oshiriladi. Telefon stansiyasi — shahar, qishloq hududida joylashgan abonentga telefon aloqasi xizmatini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Kommutatsion tugun — tranzit bog‘lanishlar o’rnatish uchun mo‘ljallangan. Aylanma yo‘nalishsiz va aylanma yo‘nalishli tarmoqlar mavjud bo‘lsa, bu holda ortiqcha yuklanma hosil bo‘ladi. Aylanma yo‘nalishsiz kommutatsiyalanadigan telefon tarmoqlarining quyidagi to’rtta asosiy tuzilish usullar bor: to’la bog‘liqli («har biri-har biri bilan»); radial; radial-tugunli; qurama. To‘la bog‘liqli usulda stansiyalar o’rtasidagi yuklanmalar jadalligining qiymatlari shunday bo‘lishi kerakki, bunda yetarli darajada kanallardan foydalanishni ta’minlash zarur. Bunday usulda qurilgan tarmoq yuqori ishonchlilikka ega, chunki ikki stansiya o’rtasidagi aloqaning buzilishi butun tarmoq ishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Shahar telefon tarmog‘ining buyurtmali tizimida kanallardan foydalanish yuqoridir va bog‘lam sig‘imiga bog‘liq bo‘lmaydi, shuning uchun bu usul iqtisodiy jihatdan o’zini oqlaydi. Xizmat ko‘rsatishning tez tizimida xizmat ko‘rsatishning berilgan sifatida kanallardan o’rtacha foydalanish bog‘lamning sig‘imiga bog‘liq bo‘ladi. Kanallardan foydalanishni orttirish uchun KTlar qurilib, ular orqali tranzit bog‘lanishlar o’rnatiladi. Agar tarmoqda bitta tugun va ikkita ixtiyoriy stansiyalar shu tugun orqali bog‘lana olsalar, bunday usulga radial usul deyiladi. Radial usulda kanallar bog‘lamining soni 2n ga teng, ya’ni (nQ1)/2 taga bazalar soni kam, yuklanish esa (n-1)/2 taga ko‘p. Bu usulning nuqsoni kanallar kattaligi uzunligi va tarmoq tuzilmaviy ishonchliligining pastligidir. Tarmoqdagi biron-bir tugun ishdan chiqsa, tarmoqning bog‘liqligi buziladi. Bu usul qishloq va ichki zona tarmoqlarida ishlatiladi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun tarmoq radial-tugunli usulda ko‘riladi. Bunday usulda bir necha sinfli kommutatsion tugunlar ko‘zdan kechiriladi va tugunlar o’rtasida ma’lum ustuvorlik belgilanadi, ya’ni bog‘lanishda o’zaro tobelik o’rnatiladi. Katta hududga ega bo‘lgan mamlakatda shaharlararo telefon tarmog‘ida bazaviy struktura sifatida kombinatsiyalangan usul qo‘llaniladi, birinchi sinf tugunlari bir-biri bilan «har biri-har biri bilan» usulida ulanadi. Tarmoqni qurish usuli tanlanganda, iqtisodiy ko‘rsatkichlardan tashqari elektrik tavsifnomalarni ham hisobga olish zarur. Masalan, qoldiq so’nishning mumkin bo’lgan chetlanishlari, chastotalarni samarali uzatish yo‘lagining torayishi abonentga xizmat ko‘rsatish sifatining pasayishiga olib keladi, chunki har bir tugunda ulash o’rnatilishi sekinlashadi. Bundan tarmoqdagi tugunlar soni minimal bo‘lishi kelib chiqadi. Uzatish vositalari — fazoda elektr signallarini ko‘chirish vazifasini bajaradi. Axborotlarni uzatish tipik uzatish kanallari va guruhli traktlar bo‘yicha tashkil etiladi. Uzatish kanali elektr aloqa signallarini uzatishni ta’minlovchi tarqatish muhiti va texnik vositalar majmuasidan iborat. Tipik uzatish kanali deb parametrlari me’yorlashtirilgan uzatish kanaliga aytiladi. 300—3400 Hz oralig‘ida samaradorlik uzatish chastotalariga ega bo‘lgan yo‘lakli tipik kanal tonal chastotali kanal deyiladi. Tipik guruhli traktlar va tipik uzatish kanallarini tashkil etishni ta’minlaydigan texnik vositalar majmuasi tarmoqli stansiya deyiladi. Tipik uzatish kanallari va tipik guruhli traktlarni tashkil etish va tranzit aloqani ta’minlovchi texnik vositalar majmuasi tarmoqli tugun deyiladi. Tarmoqni tashkil etuvchi tarmoqli tugunlar, tarmoqli stansiyalar va uzatish liniyalar majmuasi tipik uzatish kanallari va tipik guruhli traktlardan iborat birlamchi tarmoq deb ataladi. Chetki abonent qurilmalari — ma’lumot manbalaridan keluvchi axborotlarni elektr signallariga aylantiradi. Bularga telefon, telegraf, faksimil apparatlari, ma’lumotlarni uzatish apparaturasi, radio va televizion qabul qilgichlar kiradi. Chetki qurilmalar rivojlanishining umumiy tendensiyasi ularda hisoblash texnikasi vositalarini qo‘llashdan iborat, bu ularning vazifalarini kengaytirishga, xususan, ma’lumotni qayta ishlash va saqlash vazifalarini vujudga keltirishga xizmat qiladi. Chetki qurilmalar tovush signallarini elektr signallariga va elektr signallarini tovush signallariga aylantiradi. Kommutatsiya vositalari — elektr aloqa signallarini uzatish davrida zarur yo‘lni tanlash va o’rnatish vazifalarini bajaradi. Kommutatsiya vositalari quyidagicha sinflashtiriladi: a) kommutatsiyalanadigan axborot turlari bo‘yicha — telefon stansiyalar, tugunlar, telegraf tugunlari, qayta ulash tugunlari; b) hududiy belgi bo‘yicha - AKT 1,2, ASHTS, MS, OS, AT. Telegraf tarmog‘ida — hududiy kommutatsiya tugunlari (T-1), zonaviy tugunlar (T-2), mahalliy kommutatsiya tugunlari (T-3); d) bog‘lovchi traktni tashkil etish usuli bo‘yicha — axborotlar kommutatsiyasi tugunlari, paketlar kommutatsiyasi tugunlari. Tarmoqni boshqarish vositalari uni ishlatish jarayonida hosil bo‘ladigan ixtiyoriy sharoitlarda optimal ishlashini ta’minlash uchun moljallangan. EHM ni qo‘llash birlamchi va ikkilamchi tarmoqlarni boshqarishda mukammallashtirishning katta imkoniyatlarini tug‘diradi. Download 406.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling