Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1515172
  1   2
Bog'liq
TTB (9-amaliy) - Abbos



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
 
 
 
Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish 
fani bo’yicha 
9 - Amaliy mashg’ulot
 
 
 
Bajardi: 
411-19 
guruh talabasi 
Ibragimov Abbos 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2023 
 
 
 


9-Laboratoriya ishi 
OSPF protokolini sozlash va uning ishlash prinsipini o‘rganish 
 
Ishdan maqsad: OSPF protokolini sozlash va uning ishlash prinsipi 
bo’yicha amaliy ko’nikmalar hosil qilish. 
Nazariy qism 
OSPF (Open Shortest Path First) – link-state texnologiyasiga asoslangan va 
qisqa yo„lni topish uchun Dijkstra algoritmidan foydalanib, dinamik marshrutlash 
protokoli. OSPF protokoli IETF tomonidan 1988 yilda ishlab chiqilgan. 
Protokolning eng so„nggi versiyasi QRM 2328 (1998) da keltirilgan. OSPF - bu 
Ichki Gateway Protokoli (IGP). OSPF protokoli avtonom tizimning 
marshrutizatorlari o„rtasida mavjud marshrutlar haqida ma‟lumot tarqatadi. 
OSPF protokoli quyidagi xususiyatlarga ega: 
- sinfsizlik: protokol sinfsiz ishlab chiqilgan. Shuningdek u VLSM ni 
ishlatish va CIDR marshrutizatsiyasida ishlaydi; 
- samaradorlik: marshrutda o„zgarish bo„lsa marshrutizatsiyani yangilash 
(doimiy bo„lmagan yangilanish)ni ishga tushiradi. Protokol optimal yo„lni to„plash 
uchun SPF ni qisqa yo„lni izlash algaritmini ishlatadi
- tez bir xillikga erishish: tarmoq o„zgarganligini tez translyatsiya qilish; 
- masshtablilik: kichik va katta tarmoqlarda ishlatishga mo„ljallangan. 
Ierarxik tuzilishni qo„llab-quvvatlash uchun marshrutizatorni bitta maydon (area)ga 
guruhlash mumkin; 
- xavfsizlik: MD5 Message Digest autentifikatsiyasini qo„llab-quvvatlaydi. 
Agar bu funksiya yoqilgan bo„lsa, OSPF marshrutizatorlar oldindan berilgan bir xil 
parolli teng huquqli qurilmadan marshrutizatsiyaning faqat shifrlangan xabarlarini 
qabul qiladi; 
- Ma‟muriy masofa (MM): marshrut manbasining ishonchlilik qiymatini 
ko„rsatadi. OSPF protokolining MMsi 110 ga teng. OSPF marshrutizatsiya 


protokolining 3 ta asosiy komponenti mavjud. OSPF protokoli 3 ta ma‟lumotlar 
bazasini yaratadi va xizmat ko„rsatadi: 
- qo„shni qurilmalar to„g„risida ma‟lumotlar bazasi: qo„shni qurilmalarning 
jadvalini yaratadi
- kanal holati to„g„risida ma‟lumotlar bazasi (LSDB): topologiya to„g„risida 
jadval yaratadi; 
- jo„natmalar to„g„risidagi ma‟lumotlar bazasi: marshrutizatsiya jadvalini 
yaratadi. 
OSPF protokoli marshrutizatsiya ma‟lumotlarini uzatish uchun xabarlarni 
almashishda 5 ta turdagi paketni ishlatadi. 
- salomlashish paketi (hello); 
- ma‟lumotlar bazasini tavsiflovchi paket (DBD); 
- kanal holati paketi (LSR); 
- kanal holatini yangilash paketi (LSU); 
- kanal holatini tasdiqlash paketi (LSack). 
Bu paketlar qo„shni marshrutizatorlarni aniqlash uchun va tarmoq to„g„risida 
aniq ma‟lumotga ega bo„lish maqsadida marshrutizatsiya ma‟lumotlarini almashish 
uchun ishlatiladi. 
OSPF protokolini quyidagi usullardan birida ishlatish mumkin: 
- bitta maydon uchun OSPF. Magistral yoki nol maydon deb nomlanuvchi 
bitta maydonda joylashgan (0 maydon); 
- bir nechta maydonlar uchun OSPF. OSPF protokoli ierarxik tartibda bir 
nechta maydonlar yordamida ishlatiladi. Barcha maydonlar magistral maydonga (0 
maydon) ulanishi shart. Maydonlar orasida ulanishni amalga oshiruvchi 
marshrutizatorlar chegaraviy marshrutizatorlar deyiladi. 
OSPF quyidagi afzalliklarga ega: 
- Masofa vektorlarini yo„naltirish protokollari bilan solishtirganda yuqori 
yaqinlik darajasi; 
- VLSM ni qo„llab-quvvatlash; 


- Eng qisqa yo„llar daraxtini qurish bilan tarmoq kengligidan maqbul 
foydalanish. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling