Bajardi:Daminova Umida.
Fan o'qituvchisi: Bekmurodov D.
S A M A R Q A N D – 2020
ADSL modemni o’rnatish va sozlash.
Ishdan maqsad: ADSL modemni o’rnatish va uni sozlashni o’rganish.
Laboratoriya ishining bajarilish tartibi
1. Tp-Link TD-W8901N modemini Uzonline uchun sozlash.
1-rasm. Tp-Link TD-W8901N routeri.
Routerning bog’lanish turi: PPPoE.
1. Sozlashdan oldin, routerga kabelni ulaymiz:
Telefon liniyasini spletterning LINE razyomiga ulaymiz;
Spletter razyomiga ulangan kabellarning birini tefon qurilmasiga, ikkinchisini ADSL modemga ulaymiz;
ShK ni modem bilan LAN-port (4 ta sariq port) orqali o’rama juft kabeli yordamida bog’laymiz;
Ta’minot kabelini modemning POWER razyomiga ulash va ta’minot blokini tok manbaiga ulash kerak bo’ladi;
Routerdan ta’minot tugmasi bosiladi.
2-rasm. ADSL-modemni kompyuterga ulash.
2. Keyin brauzerni ochamiz (Google, Mozilla Firefox, Opera, Internet Explorer).
3. Brauzerning manzil satrida agar nimadir yozilgan bo’lsa, tozalash kerak bo’ladi, keyin routerning standart IP-manzilini (192.168.1.1 yoki 192.168.0.1) kiritish va klaviaturadan Enter tugmasini bosish kerak.
3-rasm. Router sozlamalariga kirish.
4. Shundan so’ng, foydalanuvchi nomi va parolni (router sozlamalariga kirish uchun) so’raydigan oyna paydo bo’ladi. Jimlik qoidasiga ko’ra routerda foydalanuvchi nomi – admin, parol – admin.
4-rasm. Foydalanuvhi nomi va parolni kiritish oynasi.
Ketin “Вход” tugmasi bosiladi.
Hisob ma’lumotlari kiritilgandan so’ng, modem interfeysi ochiladi.
5-rasm. Modemning dasturiy interfeysi.
5. So’ng Настройка интерфейса>>>Интернет bo’limiga o’tamiz va Internet xizmatlariga bog’lanish uchun quyidagi sozlamalarni amalga oshiramiz (6-rasm):