Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti pedagogika va psixologiya fanidan 1-topshiriq bajardi: 415-20 guruh talabasi Meliziyayeva Munojatxon Xasanboy qizi Tekshirdi: Salixova Muhayyo Shakirovna


Download 181.11 Kb.
bet1/2
Sana21.04.2023
Hajmi181.11 Kb.
#1369636
  1   2
Bog'liq
Pedagogika 1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI





TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI
FAKULTETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FANIDAN
1-TOPSHIRIQ

Bajardi: 415-20 guruh talabasi
Meliziyayeva Munojatxon Xasanboy qizi
Tekshirdi: Salixova Muhayyo Shakirovna
1-TOPSHIRIQ SAVOLLARI
1. Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida pedagogikaning vujudga kelishini o’rganish (Esse, Bumerang usullari asosida)
2. Sharq mutafakkirlarining pedagogik g'oyalari bilan tanishish (Case study, Kichik guruhlarda ishlash usullari asosida)
3. Shaxs rivojlanishining yoshga bog‘lik xususiyatlari haqida ma’lumot olish (Kichik gurhlarda ishlash, B.B.B. usullari asosida)
1. Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida pedagogikaning vujudga kelishini o’rganish (Esse, Bumerang usullari asosida).
Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yo‘llari, usullari va qonun-qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat insonning ma’rifiy va ma’naviy komillikka erishishi tarbiya deb atalmish ijtimoiy hodisa orqali amalga oshirilgan. Jamiyat rivojlangan sari yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalab yetishtirish ehtiyoji ortib, o‘zgarib, yangilanib borgan. Insoniyat jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ta’lim tarbiya muassasalarini yaratish, yosh avlodlami o‘qitish va tarbiyalash sohasidagi tajribalarni nazariy jihatdan anglash, umumlashtirish va hayotga tatbiq qilish jarayonida pedagogika fani shakllandi. «Pedagogika» atamasi yunoncha bo‘lib, «bola yetaklovchi» degan ma’noni bildiradi. Tarixiy manbalarning ko‘rsatishicha, qadimgi Yunonistonda o‘z xo‘jayinining bolalarini sayr qildirgan, maktabga olib boradigan qullarni «bola yetaklovchi», ya’ni tarbiyachini «pedagogos» deb atashgan. Keyinchalik esa bolalar ta’lim tarbiyasi bilan shug‘ullanishga maxsus tayyorlangan o‘qimishli donishmandlarni «pedagog» deb atay boshlaganlar.
Dastlabki maktablar qadimgi Sharqda (Vavilon, Misr, Hindistonda) paydo bo'lib, ularda bolalarga ma'muriy-xo'jalik boshqaruvi asoslari o'rgatilgan.
Antik davrda maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida faoliyat olib borganlar.
Qadimgi Yunonistonda bunday joylar akademiva deb nomlangan. «Akademiya» so'zi afsonaviy qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi IV asrda Afina yaqinidagi Akadema nomi bilan nomlanuvchi joyda Platon o'z shogirdlariga ma‘ruzalar o‘qigan bo‘lib, keyinchalik ta‘lim tashkil etiluvchi maskan ham shunday nom bilan atala boshlagan. Qadimgi Rim va Yunonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan.
Jamiyatning tabaqalanishi natijasida, quldorlik tuzumida bolalarni ta'lim maskanlariga olib borish va olib kelish vazifasini qullar bajarishgan va ular «pedagog» deb nomlanganlar. Ushbu tushunchaning ma'nosi «bola yetaklovchi» demakdir.
Tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida bolalarga tizimli bilimlarni berish bilan doimiy shug'ullanuvchi kishilar aynan shu nom bilan atala boshlaganlar.
Feodalizm davrida aksariyat maktablar masjid (musulmon mamlakatlarida) yoki ibodatxonalar (Hindiston) qoshida tashkil etilgan. Bunday maktablarda yoshlarga diniy bilimlar bilan birga dunyoviy bilimlar ham o'rgatilgan.
O'rta asrlar davrida, Sharqda akademiya ko'rinishidagi ta'lim muassasalari ham faoliyat yuritgan bo'lib, ular «Donishmandlar uyi» (IX asr, Bag'dod), «Ma'mun akademiyasi» (XI asrboshlari, Xorazm), observatoriyalar qoshidagi jamiyatlar (XV asr, Samarqand) tarzida nomlangan. Akademiyalarga turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha kuchli bilimga ega bo'lgan qomusiy olimlar jalb etilgan bo'lib, ular tomonidan matematika, geodeziya, mineralogiya, meditsina, astronomiya kabi yo'nalishlarda keng ko'lamli tadqiqotlar olib borilgan.

Download 181.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling