Telekommunikatsiya


Yoshlar ma'naviyatiga yot tahdidlar va unga qarshi milliy


Download 337.18 Kb.
bet26/104
Sana31.01.2023
Hajmi337.18 Kb.
#1143067
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   104
Bog'liq
V.Shohruxbek

2. Yoshlar ma'naviyatiga yot tahdidlar va unga qarshi milliy
g‘oyaviy tarbiya vositalari
Mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlik, milly mafkura doirasida uchrashi mumkin bo‘lgan ichki ixtiloflarning oldini oldi va uni keng miqyosda yoshlar qalbiga kirib borishiga imkon yaratdi. Yoshlar ongi va tafakkurida o‘zgarish kuchayar ekan, ular o‘z hayoti va istiqbolini millat hamda mamlakat istiqboli bilan bog‘liq ekanligini chuqur his qila boshlaganini anglatadi. “Dunyoda yoshlar ongi va qalbini egallashga” urinishlar saqlanib qolmoqda. G‘oyaviy tahdid yuzaki qaraganda birdan va bevosita ko‘zga tashlanmasligi mumkin. Shunga binoan, ongni, tafakkurni tahlikaga soluvchi har qanday tahdidlarning oldini olish, ularga yo‘l qo‘ymaslik zarur.
Dunyoviy fuqorolik jamiyatida har kim o‘z ishini qilishi, shug‘ullanishi, shuningdek, “din dinning ishini, davlat davlatning ishini qilishi kerak. Davlat diniy masalalarga aralashmaganidek, din ham davlat ishlariga, siyosiy jarayonlarga aralashmasligi kerak. Agar yoshlarimiz orasida o‘z mamlakatida diniy qadriyatlarning rivoji, ma'naviy yuksalishning jamolini ko‘rishga xayrixohlar bo‘lar ekan, ular, birinchi navbatda, zamon farzandi, milliy g‘oya va milliy mafkura egasi bo‘lgan bilimdon va ma'rifatli inson bo‘lmog‘i lozim. Ular azaliy va abadiy ma'naviy qadriyatlarimizdan uzilmagan holda zamonaviy tafakkur
darajasidagi bilim va idrokka ega bo‘lishlari kerak”.
Milliy g‘oya, milliy tafakkur va milliy mafkura yo‘lida yoshlar qanchalik birlashsa, jipslashsa jahon xalqlari ko‘z o‘ngida kuchimiz, mavqyeimiz va o‘rnimiz shunchalik baland ko‘tariladi. Biz boshqa davlatlarga suyanib, boshqa davlatlarni panoh tutib, ularning etagidan ushlab yuradigan davlat, xalq emasmiz, mustaqil siyosat, mustaqil tafakkur va mustaqil harakatlargina doimo boshqalarda hurmat va e'tibor uyg‘otgan. Mutelik, tobelik mevasi har qanday sharoitda millatning rivojlanishiga yo‘l bermaydi.
3)Milliy g‘urur va milliy or-nomus.
Milliy g‘urur - shaxs, ijtimoiy guruhning milliy o‘z-o‘zini anglashi asosida shakllanadigan ajdodlari qoldirgan moddiy, ma'naviy merosdan, o‘z xalqining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi, o‘zga millatlar oldidagi qadr-qimmati, obro‘-etiboridan faxrlanish hissini ifodalovchi tushuncha.
Bu tuyg‘u quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: millatning yutuqlari, obro‘e'tibori bilan faxrlanish, uning muammolariga befarq qarab turmaslik; o‘z eliga, millatiga jonkuyar bo‘lish; o‘z millatining moddiy, ma'naviy merosini asrabavaylash; xalq odatlari, an'analari, qadriyatlarini hurmat qilish, ularni boyitish va takomillashtirish; o‘z millatiga mehr-muhabbatini amaliy faoliyatda namoyon qilish. Mustaqillik kishilar milliy g‘ururini oshirib, uni xalq, Vatan, ajdodlar xotirasi oldidagi ma'suliyatni his qilishdek, mazmun bilan boyitmoqda.
Mustaqillikkacha bo‘lgan tushuncha, tasavvur hamda kechinmalarimizdan bugungi ruhimiz, ma'naviyatimiz naqadar katta farq qilishi hammaga ayon. Buni har kim o‘ziga o‘zi beradigan “Kecha kim edigu, bugun kim bo‘ldik?” degan javobdan anglab olsa bo‘ladi.
Bugun yoshlar mustaqillik tufayli “or”, “andisha”, “nomus”, “vijdon”, “insof”, “g‘urur”, kabi tushunchalarning haqiqiy ma'nosini anglab yetmoqdalar.
Or. Or – bu nomunosib yoki ep ko‘rilmagan ishdan, narsadan hijolat tortish, uyalish, uyat va nomus qilish tuyg‘usidir. Bundan tashqari, o‘z o‘rnida hazar qilish yoki bo‘lmasa, obro‘-e'tibor, faxrlanish ma'nolarini ham bildirishi mumkin.

Download 337.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling