Telekomunikatsiya texnalogiyalar kasbiy ta’lim fakulteti 3 bosqich akt 11-20 guruh talabasining operatsion tizimlar fanidan


Download 56.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana02.04.2023
Hajmi56.24 Kb.
#1320709
1   2   3   4
Bog'liq
O T 2-mustaqil ishi

 
Hyper-Threading texnologiyasi. Hisoblash tizimida parallel ishlaydigan bir 
nechta protsessorlar bo’lishi mumkin. Bunday tizimlar – ko’p protsessorli tizimlar 
deb ataladi. 
Hyper-Threading (HT) texnologiyasidan foydalanilganda bir mavjud prosessor 
operasion sistema tomonidan ikki vitual prosessorlar kabi qabul qilinadi, bu server 
platformasi har bir prosessoriga ko'p oqimli server qo'shimchalarining baravariga 
ikki oqimini bajarish imkonini beradi. HT texnologiyasi qo'shimchalar hisoblash 
ehtiyojlari o'zgarishi bo'yicha prosessor o'rtasida ularning resurslarini qayta 


taqsimlaydi. Ko'p oqimli qo'shimchalari bilan oqimlarni parallel bajarishga imkon 
berib u prosessor resurslaridan maksimal samarali foydalanishni ta'minlaydi va 
aniq vaqt davomida ko'proq ish bajarishni amalga oshirishga yordam beradi. HT 
texnologiyasi prosessor resurslaridan foydalanishni samarasini oshiradi, 
ma'lumotlarni ishlab chiqish tezligi va sistemaning umumiy mahsuldorligini 
oshiradi. Ikki oqimga ijrochi resurslar bir to'plamini berib u ikkinchi oqimga faqat 
bir oqimni bajarishda ishsiz turgan resurslardan foydalanish imkonini beradi. Bu 
tashkilotlar eng talabchan korporatv qo'shimchalarni bajarishlari mumkinligini, shu 
bilan bir vaqtda sistemalar tez ishlashini ta'minlanadi. HT texnologiyasi 2002 yilda 
taqdim etilgan va o'tgan vaqt davomida ish joyi kompyuterlari, noutbuklar va HT 
texnologiyasini ta'minlaydigan serverlar uchun 50 milliondan ortiq Intel 
prosessorlari sotilgan. 
Ma’lumotlarni parallel qayta ishlash 
Bir necha amallarni bir vaqtda bajarish g’oyasidan iborat bo’lgan ma’lumotlarni 
parallel xisoblash ikki xil ko’rinishi mavjud. 
Bular: Parallel va konveyer. 
Agar biror qurilma bitta amalni vaqt birligida bajarsa, u holda mingta amalni ming 
vaqt birligida bajaradi. Agar xuddi shunday bir vaqtda ishlay oladigan va bir–
biriga mustaqil beshta qurilma mavjud deb qaralsa, u holda ular yuqoridagi mingta 
amalni mingta vaqt birligida emas, balki ikki yuzta vaqt birligida bajaradi. Xuddi 
shunday N ta qurilmadan iborat tizim 1000 ta amalni 1000G’N vaqt birligida 
bajarida. Unga o’xshash holatlarni hayotdan ham keltirish mumkin. Masalan, agar 
bitta askar polizga 10 soatda ishlov bersa, u xolda 50 askardan iborat rota bir 


vaqtda ishlab polizga 12 minutda ishlov beradi. Bu parallel amallar printsipi 
hisoblanadi. 
Konveyerli qayta ishlash. 
Qo’zg’aluvchan vergulli shaklda tasvirlangan xaqiqiy ikkita sonni qo’shish uchun 
nima qilish kerak? Bunda bir qator mayda amallar bajariladi. Bular: tartibini 
solishtirish, tartibini tenglash, normallash va boshqa amallar. Dastlabki 
kompyuterlarning protsessorlari yuqorida keltirilgan barcha “mikro amallarni” har 
bir argumentlar juftligi uchun natijani xosil qilguncha ketma-ket bajargan va 
bundan keyin qo’shiluvchilarning keyingi juftligini qayta ishlashga o’tgan. 
Konveyerli qayta ishlash g’oyasida umumiy amal bir necha bosqichlarga ajratiladi. 
Har bir bosqich bajarilgandan keyin uning natijasi keyingi bosqichga beriladi va 
shu bilan birga kiruvchi ma’lumotlarning yangi qismi qabul qilinadi. Bunda oldin 
bajarilgan amallarni natijalarini qo’llash orqali qayta ishlash tezligi oshiriladi. 
Faraz qilaylik, amal beshta mikro amaldan iborat bo’lishi va ularni har biri bitta 
vaqt birligida bajaradi. Agar ajralmas yagona ketma-ket kurilma mavjud bo’lsa, u 
100 ta argumentlar juftligini 500 vaqt birligida bajaradi. Agar har bir mikro amal 
konveyrli qurilmaning alohida bosqichida bajarilsa, u xolda bunday qurilmaning 
har bir qayta ishlash bosqichining beshinchi vaqt birligida birinchi 5ta argumentlari 
aniqlanadi. Birinchi natija vaqtning 5-birligidan keyin olinadi. 100 ta juftlikdan 
iborat to’plam esa 5+99=104 vaqt birligidan keyin olinadi. Ya’ni parallel 
qurilmaga nisbatan 5 marta tez bajariladi. Bir qarashda konveyerli qayta ishlashni 
parallel qurilmalarini o’rniga zarur miqdordagi konveyr qurilmalarini qo’llash 
mumkindek ko’rinadi. Biroq bunda xosil bo’lgan sistema narxi va murakkabligi 


oshadi. Unumdorlik esa o’zgarmay qoladi. Parallel dastur tuzish uchun, dasturdagi 
bir vaqtda va bir-biridan mustaqil protsessorlarda bajariladigan amallar guruhini 
ajratib olish kerak. Buning imkoniyati mavjudligi dasturda informattsion 
bog’liqliklar mavjudligi yoki yo’qligi bilan aniqlanadi. Agar dasturning biror amali 
natijasi ikkinchi amal argumenti sifatida qo’llanilsa amallar informatsion bog’liq 
deb ataladi. Agar V amali A amaliga informatsion bog’liq bo’lsa, u holda V amali 
faqt A amali tugagandan keyin bajariladi. Agar A va V amallari informatsion 
bog’liqmas bo’lsa, u xolda algoritmda ularni bajarish ketam-ketligiga cheklanish 
qo’yilmaydi, xususan ular bir vaqtda bajarilishi mumkun. Shunday qilib, dasturni 
informatsion bog’liq amallarni aniqlashdan va ularni xisoblash qurilmalariga 
taqsimlashdan, sinxronlashdan va zarur kommunikatsiyani o’rnatishdan iborat 
bo’ladi. 

Download 56.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling