"Telekomunikatsiya texnalogiyalari" fakulteti "Kompyuter tarmoqlari” fanidan 3G (umts va wcdma) texnologiyasi mavzusida Mustaqil ishi


Download 300.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana09.04.2023
Hajmi300.03 Kb.
#1345136
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3G (umts va wcdma) texnologiyasi



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI 
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI 
 
"Telekomunikatsiya texnalogiyalari" fakulteti 
"Kompyuter tarmoqlari” fanidan 
3G (UMTS va WCDMA) texnologiyasi. 
mavzusida
 
Mustaqil ishi 
 
 
 
 
 
 
 
Qabul qildi: Azamxonov.B.S 
 
Topshirdi: Tolibjanov.J 



 
 
 
 
 
 
Mavzu: 3G (UMTS va WCDMA) texnologiyasi. 
 
Reja: 
1.Mobil tarmoqlari.
2.3G (UMTS va WCDMA), texnologiyalari 
3.Ikkinchi avlod aloqa mobil tarmoqlari
4.Uchinchi avlod mobil aloqa tarmoqlari 
5.Xulosa: 
6.Foydalanilgan adabiyotlar. 


XX asrning boshlarida to oxirigi qadar har bir telekommunikatsiya xizmati 
uchun alohida tarmoq infratuzilmasi loyihalandi va qurildi. Foydalanuvchilarga 
xizmatlar top’lami alohida qurilgan tarmoq infratuzilmalari orqali taqdim etildi, masalan 
radio, telefon, sputnik, telegraf va boshqalari. 1980 yildan boshlab radio va telefon aloqa
tarmoqlari orqali taqdim etilgan xizmatlaridan tashqari kompyuter tarmoqlari va telefon 
tarmoqlari infratuzilmalariga asoslangan xizmatlar (ISDN) alohida alohida bo’lib 
rivojlantirildi. Keyinchalik paketli (IP) texnologiyalarni keng joriy etish yo’lga
qo’yilganidan keyin, har bir xizmatni bitta tarmoq orqali foydalanuvchilarga uzatish
imkoniyati ishlab chiqildi hamda foydalanuvchining oxirgi terminallarida ham o’z
navbatida ushbu xizmatlarni qo’llab quvvatlash imkoniyati ishlab chiqildi. Bugungi 
kunda smartfonlar orqali ovozli, matnli, video, radio, mobil TV, online o’yin, video 
konferensiya, faks, telegraf va ko’plab xizmatlarni qo’llab quvvatladi. 
1980 yildan keyin telefon va kompyuter tarmoqlari alohida bo’lib rivojlangan 
bo’lsa, XXI asrning boshlarida ushbu ikki tarmoq yana birlashib xizmatlari bitta 
platforma orqali foydalanuvchilarga taqdim etish masalalari ishlab chiqildi. Bugun kunda 
kompyuter tarmoqlari deganda faqatgina biz foydalanib kelayotgan an’anaviy kompyuter
tarmoqlari tushunilmasdan balki, raqamli qurilmalarining barcha, masalan, mobil
telefonlar, raqamli televizorlar, barcha turdagi PDA (personall digital assistant)lar, 
gadjetlar, soatlar, maishiy texnikalar va x.k.larni tushunish mumkin.Ushbu ma’ruzada 
asosan mobil aloqa tarmoqlari va avlodalari muhokama etiladi.
Ko’pchilik insonlar “Mobil tarmoqlari” degan so’zni oddiy simsiz tarmoqlarni 
nazarda tutishadi. Mobil va simsiz tarmoqlar aslida ikki xil turga ta’luqli tarmoq
hisoblanadi. Ular o'xshash funksiyalarni bajarganligi sababli bir xil tarmoqdek 
tuyuladi, ammo ular mutlaqo boshqa tarmoqlardir. Uyali tarmoq odatda 1-rasmda 
ko'rsatilgandek istalgan joyda jismoniy qurilma yoki mobil telefon/terminal kabi 
tavsiflanadi. Mobil terminal mustaqil quuvat ta'minotiga ega ya’ni batareyadan 
quvvatlanadi va qurilmani mijoz ulangan mobil operatorining tarmog’iga ulanishi va 


uning hududida tashib yurish, tarif rejasiga binoan ma’lumot uzatish va qabul qilishi 
mumkin. 

Download 300.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling