Telefon apparati nechanchi yil kashf etilgan.
Telefon apparati A. Bell tomonidan 1876-yili kashf qilingan.
Telefon apparati necha qismdan iborat.
Telefon apparati ikki qismdan iborat:
1. abonentlarni chaqirishga, ulashga va uzishga mo’ljallangan kommutator;
2. nutqni qabul qilishni va uzatishni ta’minlaydigan suhbat qismi.
Mikrofon qachon ixtiro etilgan.
1878-yilda D. E. Yuz
Mikrofon kim tomonidan yaratilgan.
D. E. Yuz
Telefon tarmog‘i masshtabi kengligi va murakkabligidan qat’iy nazar, nechta guruhga birlashtirish mumkin bo‘lgan elementlardan tuzilgan:
Uch guruhga birlashtirish mumkin bo‘lgan elementlardan tashkil etiladi
………..xizmat ko‘rsatuvchi axborot ob’ekti (tizim, tarmoq, majmua) bilan o‘zaro ishlash huquqiga ega qurilma, yuridik yoki jismoniy shaxs nima deb ataladi?
Abonent.
Abonent bu……..
Xizmat ko‘rsatuvchi axborot ob’ekti (tizim, tarmoq, majmua) bilan o‘zaro ishlash huquqiga ega qurilma, yuridik yoki jismoniy shaxs.
Avtomatik telefon stansiyasi (ATS) ga qachon asos solindi.
1887-yilda rus olimlari tomonidan «o‘zi ishlaydigan markaziy kommutator» — avtomatik telefon stansiyasi (ATS) ga asos solindi.
Nechanchi yilda Toshkentda birinchi pochta-telegraf idorasi o‘rtasida telefon aloqasi tashkil etildi?
1887-yilda
Nechanchi yilda Toshkent shahrida umumiy foydalanish imkoniyatlarini beruvchi telefon tarmog‘i tashkil etilgan?
1891-yilda
…..….tayanch stansiyalar va bir guruh abonentlar tizimidan iborat bo‘lib, abonentlarning bir-birlari bilan o‘zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi texnik vositalar majmuasi.
Mobil aloqa muhiti
Do'stlaringiz bilan baham: |