Tema: Jismoniy tarbiya va bolalar sportining giginek mohiyati Reja: Salomatlik tushunchasi Salomatlik mezonlari Bolalar va о‘smirlarda salomatlik darajasini belgilash
Download 189.4 Kb.
|
Yo\'ldoshov Axror gigiena
Tema: Jismoniy tarbiya va bolalar sportining giginek mohiyati Reja: 1. Salomatlik tushunchasi 2. Salomatlik mezonlari 3. Bolalar va о‘smirlarda salomatlik darajasini belgilashOdamlar salomatligini saqlash va mustahkamlash jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Salomatlik deganda, odam organizmining shunday bir holati tushuniladiki, bunda uning barcha funksiyalari tashqi muhit bilan muvofiqlashtirilgan bо‘ladi, hamda unda qandaydir kasalliklar bilan bogʻliq bо‘lgan о‘zgarishlar kо‘zga tashlanmaydi.Odamlar salomatligini saqlash va mustahkamlash jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Salomatlik deganda, odam organizmining shunday bir holati tushuniladiki, bunda uning barcha funksiyalari tashqi muhit bilan muvofiqlashtirilgan bо‘ladi, hamda unda qandaydir kasalliklar bilan bogʻliq bо‘lgan о‘zgarishlar kо‘zga tashlanmaydi.Sogʻliqning qanday ahvolda ekanligini subyektiv yо‘l (ya’ni sо‘rab surishtirish) bilan hamda obyektiv tadqiqotlar о‘tkazish asosida aniqlanadi. Lekin bunda olingan natijalar har doim ham bir-biriga muvofiq kelavermaydi. Chunonchi, kasallikning obyektiv belgilari mavjud bо‘lmagan bir vaqtda kishi о‘zini yomon his qilishi singari hollarni kuzatish mumkin.Yoki aksincha, odam о‘zini juda yaxshi xis qilgani holda uning organizmida obyektiv kasallik alomatlari mavjud bо‘lishi mumkin. Salomatlik bilan kasallik holati о‘rtasiga qо‘yiladigan chegara kо‘p hollarda qiyin va shartli ravishda belgilangan bо‘ladi. Jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanuvchi kishilarning salomatligi qanday ahvolda ekanligini ularni mashgʻulotlarga, musobaqalarga qо‘yishdan oldin о‘tkaziladigan dispanser kо‘rigi jarayonida aniqlanadi. Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlariga faqat mutlaqo sogʻlom bо‘lgan kishilar quyilibgina qolmay, shu bilan birga salomatligida ba’zi bir о‘zgarishlar, zaifliklar bо‘lgan kishilarga ham ruxsat beriladi. Bunday hollar tegishli tibbiyot instruksiyalari orqali muvofiqlashtirilib turiladiJismoniy tarbiya gigiyenasi uchun salomatlik darajasi (me`yori) degan tushuncha muhim ahamiyat kasb etadi. Organizmning kasallik omillarining ta’siriga nisbatan barqarorligi, tashqi muhit noqulay tarzda о‘zgargan paytlarda salomatlikni hamda ish qobiliyatini saqlay bilish – salomatlik darajasini kо‘rsatuvchi belgilar hisoblanadi. Ya’ni salomatlik darajasi odamning adaptatsion (moslashish) imkoniyatlari qanday ekanligi bilan belgilanadiOdamning salomatlik darajasi qanchalik yuqori bо‘lsa, uning turli yuqumli kasaliklarga, past va yuqori haroratga, jismoniy ishlarga bо‘lgan ishlarga chidamliligi, ham shunchalik barqaror bо‘ladi.Umumiy chidamlilik – salomatlikni mustahkamlash uchun odamdagi jismoniy (harakatli) fazilarlar ichida kо‘proq ahamiyat kasb etadi. Aerobir jihatdan erishilgan unumdorlik, ya’ni uzoq muddat mobaynida ish bajara olish qobiliyati uning fiziologik negizi hisoblanadi. Bunday ish bajarilayotgan vaqtda gavdadagi muskul massasining yarmidan kо‘progʻi о‘zining kritik darajasiga (kislorodni maksimal iste’moli – KMI darajasi) ga qaraganda50% dan ortiqroq intensivlik bilan ishtirok etadi. Aerobik unumdorlik eng muhim vegetativ tizimlar yurak – tomir, nafas olish, qon, neroendokrin tizimlarining funksional holati qanday ekanligi bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda bolalar va о‘smirlar orasida kо‘pincha umurtqa pogʻonasi va oyoq-tovon bо‘gʻimlari qiyshiq о‘sadigan hollar tez-tez uchrab turadi.Bunga gipodinamiya va u tufayli yuz beradigan muskullar zaifligi (muskul karsetining yetishmasligi) bir xil shaklda uzoq vaqt о‘tirib qolish, stolda о‘tirib ishlash, televizion kо‘rsatuvlarni tomosha qilish, oyoq о‘gʻimlariga yetarli darajada yuklama tushmasligi doimiy ravishda poyafzal kiyib yurish bilan bogʻliq bо‘lgan zо‘riqishlar sabab bо‘ladi.Tayanch-harakat apparatidagi bunday buzilishlar katta yoshda yuz beradigan destruktiv kasalliklar – osteoxondroz va artroz kasalliklarining rivojlanishiga yordam beradi. Katta sportda umurtqa pogʻonasi va oyoq bо‘imlarining deformatsiyalanish hollari yuklamalar haddan tashqari kо‘payib ketishi oqibatida yuz berishi mumkin. Skeletda deformatsiya belgilarining bо‘lmasligi yoki ularning yaqqol kо‘zga tashlanib turganligi salomatlik darajasini kо‘rsatuvchi mezon sifatida xizmat qilishi mumkinJismoniy mashqlar, chiniqish mashgʻulotlari – salomatlikni saqlash va mustahkamlashda gigiyenik omillar sifatida him rol о‘ynaydi. Hozirgi vaqtda kо‘p tarqalgan kasalliklarning (ataroskleroz, gipertonik kasalliklari, semirish, diabet, yurak va miyaning ishemik kasalliklari, nevrozlar, tayanch-harakat apparatining deformatsiyasi hamda kasallanishi) oldini olishda muhim, goxida esa hal qiluvchi ahamiyatga ega bо‘ladi.Download 189.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling