Tema: v-asrdan X1 asr urtalarigacha Angliya


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana17.03.2017
Hajmi0.78 Mb.
1   2   3   4   5   6   7

ADABIYoTLAR. 

1.

 

Sbornik dokumentov po sotsial`no-ekonomicheskoy istorii Vizantii. M., 1951 



2.

 

Feofan.  Letopis`  vizantiytsa  Feofana/Per.  V.I.  Obolenskogo  i  F.A.Ternovskogo. 



M.,1884 

3.

 



Feofilakt Simokatta. Istoriya. M., 1957 

4.

 



Ekloga.  Vizantiyskiy  zakonadatel`niy  svod  VIII  veka/Vstupit.  Stat`ya  per., 

komment.  E.E.Lipshits. M.,1965 

5.

 

Vizantiyskiy istoriki. Per. s. grech. Pri S.Peterburgskoy Duxovnoy akademii. 



6.

 

Ioann  Kinnam.  Kratkoe  obozrenie  tsarstvovaniya  Ioann  i  Manuila  Kamninov. 



SPb.,1859. 

 

 



Tema:  X-XI ASRLARDA FEODAL EVROPA.  FEODAL JAMIYaTINING 

XARAKTERLARI XUSUSIYaTI. 

 

1.



 

Feodalizm sistemasining karor topishi. 

2.

 

Ishlab chikaruvchi kuchlarningtarakkiyoti darajasi 



3.

 

Feodal pomet`esining tuzilishi. 



4.

 

Kripostnoy dexkonlarning feodallarga karshi kurashi. 



 

12

 



5.

 

Feodallar israrxiyasiyu 



6.

 

Vasa…lenlik munosabatlari. 



7.

 

Feodallarning kasrlari va ularning tuzilishi. 



8.

 

Ritsarlarning kurol-yaroklari. 



9.

 

Feodallar anarxiyasi. 



 

X-X1  asrlarda  Garbiy  Evropa  mamlakatlarining  kupchiligida  feodalizm  tarkib  topdi. 

Feodal  ishlab  chikarish  usuli  Evropa  jamiyatida  xukmron  ishlab  chikarish  usuli  bulib,  bu  ishlab 

chikarish  usulining  xarakterli  xususiyatlari  kuydagilardan  iborat  edi:  yirikk  pomeshchik  er  egaligi 

xukum surar va mayda dexkonlar erdan foydalanar edi, mexnatkashlar ishlab chikarish vositalariga 

boglangan edi (dexkonlar chek erga biriktirilgan edi), gayri iktisodiy yul bilan majbur kilish xukm 

surar  edi  (buni  majburiy  krepostnoy  mexnat-barshchima  juda  yakkol  kursatib  tuur  edi),  matural 

xujalik surar edi. Kishlok xujalik va xunarmandchilik texnikasi past va kolok edi. 

Rim  imperiyasi  istilo  kilingan  vaktda  varvarlarda  ishlab  chikaruvchi  kuchlarning  ishlab 

chikaruvchi kuchlari X asrda unga karaganda ancha asosiy narsa uch dalali ekishning tarkalishi edi. 

Uch  dalali  sistema  Karolinglar  davridagi  (1X  asr)  xujjatlarda  xam  tilga  olinadi.  X-X1  asrlarda  bu 

sistema  Evropadagi  boshka  mamlakatlarga  tarkaldi.  Birok  keyingi  vakitlarda  X11-X111  asrlarda 

xam  bu  sistema  ikki  dalali  sistemani,  ba`zi  joylarda  xatto  erni  partov  kilish  sistemaisni  xam 

butunlay sikib chikara olmadi. Urta asrlar Evropasida kishlok xujaligining yutuklarini kursatadigan 

ikkinchi narsa utzorlik. Bogdorchilik, polizchilikning rivojlanganligi edi. Karl Buyukning mashxur 

«Pomest`elar  tugrisidagi  kapitulyariy»sinnig  ayrim  moddalari  bunga  juda  ravshan  dalildir.  X1  va 

X11  asrlarda  angliya,  Frantsiya  va  Italiyada  agronom  yozuvchilar  bulib,  ularning  xosilni  oshirish 

masalalari  tugrisidagi  yozgan  maxsus  traktatlari  saklanib  kolgan.  Xosilni  oshirish  er  xaydashning 

sifatiga  boglik  edi.  Shuning  uchun  X-X1  asrlarda  er  xaydashga  kattik  e`tibor  berilar  edi.  Agar 

baxoriy ekin uchun er odatda bir marta (don sepish oldidan) xaydalsa, kuzgi ekin uchun (bu asosiy 

ekin  edi),  er  ikki  marta  ba`zan  uch  marta  xaydalar  edi.  Erning  xususiyatiga  kara`  er  6-8  xukiz 

kushilgan  plug  bilan  chukur  kilib  yoki  bir  juft  xukiz  kushilgan  plug  bilan  yuzarok  kilib  xaydalar 

edi.  Shu  bilan  bir  vaktda  ilgarirok  pomestiyalardan  gung,  kisman  mineral  (morgol`)  ugit  ishlatila 

boshladi.  Kadimiy  manastirning  yozuvlariga  kura,  janubiy  Frantsiyada  donli  usimliklar  xosili  X1 

asrda besh (sam) boshgacha etib borgan, xosilsizrok yillarda esa xosil odatda turt bosh, uch bosh va 

xatto ikki bosh xam bulgan. 

Shunday  kilib  Garbiy  Evropaning  ishlab  chikaruvchi  kuchlari  Rim  imperyasi  davrining 

oxirgi asrlardagiga va xalklarning buyuk kuchishi davri deb atalgan davdagiga nisbatan ancha usdi. 

Ekin  madonlari  ancha  kengaydi.  Uy  xayvonlarning  soni  kupaydi.  Polizichilik  va  bogdorchilik 

rivojlandi, uzumchilik keng tarkaldi. Evropada axolining uzi xam juda tez kupaydi. X1 asrda yangi 

erlar  uzlashtirish  kerak  bulib  koldi.  Xuddi  shu  maksad  bilan  Evropaning  deyarli  barcha 

mamlakatlarda urmonlarning daraxtlarini zur berib yikitish boshlandi. Yangi ishlab chikarish usuli 

uzidagi  barcha  sotsial  ziddityatlarga  va  juda  kattik  ekspluatatsiya  xukum  surishiga  karamasdan 

Evropa  mamlakatlarining  iktisodiy  jixatidan  rivojlanishi  ta`minlab,  ishlab  chikarishning  asta  sekin 

kengayib borishiga imkon berdi. Birok Urta asrlarning bu ilk davrida ishlab chikaruvchi kuchlar xar 

xolda juda sekin usdi. Varvarlar Evropasining nixoyat, uch dalali sistemani uzlashtirib olishi uchun 

besh yuz yil vakt ketdi. Urtacha xosil (ayniksa dexkonlar erida) xali xam juda past edi. Dexkonlar 

tabiatning  stxiyali  kuchlariga  tula  ravshda  karam  edi.  X-X1  asrlardagi  Evropada  xosilsizlik, 

kaxatchilik,  ochlik  epidemiyalari  juda  tez-tez  bulib  turadigan  xodisa  edi.  Bu  narsa  usha  vaktdagi 

xronikalarda juda ravshan aks ettirilgan. Ayrim oblast` va okruglar xujaligining bikiklgi va natural 

xujalik  xukum  surishi  tufayli,  bir  okrugda  ocharchilik  bulib  turgan  bir  vaktda  undan  200-300  km 

naridagi  ikkinchi  bir  okrugda  ozik-ovkat  mul  kul  bulishi  mumkin  edi.  Axoli  ommasining  moddiy 

turmush darajasi juda pasi edi. Usha vaktdagi dexkonlarning goyat katta kupchiligi sifatsiz, kuchsiz 

ovkat  eb,  yoman  juda  xarob  kulbalarda  yashar,  kulda  yasalgan  be  sunakay  jixozlar  tutib,  dagal, 

kulda  tikilgan  kiyim,  yogoch  kovush  (yani  usti  kun,  tagi  yogoch  kavush)  kiyib  turmush  kechirar 

edilar. 


Feodal  pomestiasi-lotincha  (sen`oriya)  odatda  bir  kishlokka  tugri  kelib,  ba`zan  bir  necha 

kishlokdan  iborat  bulr  edi,  kamdan-kam  xollardagina  kishlokning  bir  kismini  tashkil  kilar  edi, 

pomest`iya  mazkur  davrda  asosiy  xujalik,  ijtimoiy  va  siyosiy  yacheyka  edi.  Krolinglar  zamonidan 


 

13

 



kolgan  xujjatlardan  ma`lum  bulishicha,  1X 

asrdagi  singari,  bu  davrda  xam  krepostnoy 

dexkonlar  uzining  chek  erida  dexkonchilik  kilar  edi  va  bu  er  evaziga  xujayinning  erini  ekib  berar 

yoki  pomeshchikka  kisman  maxsulot  tarzida,  kisman  pul  tarzida  renta  tular  edi.  Birok  X-X1 

asrlarda  xujayinning  (domenial)  eri  XV111-1X  asirlardagiga  karaganda  kiskargan  edi.  Sen`or 

kolgan  erini  xam  chek  er  kilib  bulib  berishini  foydalirok  deb  bilar  edi.  Lekin  shu  bilan  birga  u 

maxsulot tarzida tulanadigan rentani kupaytirdi. Kisman X1 asrdaek ba`zi joylarda natural` rentalar 

(barshchina  shakildagi  ishlab  berish  rentasi  eki  natura  shakildagi  maxsulot  rentasi  )  urniga  pul 

tulash, (pul rentasi) joriy kilina boshladi. 

Krepostnoy  dexkonlar  xaetining  uzida  xam  uzgarishlar  yuz  berdi.  Karolinglar  zamoniga 

oid  xujjatlarga  karab  xukum  chikarganda  kullar  bilan  ilgarigi  erkin  kishilardan  chikkan  karam 

dekonlar  1X  asrga  kelibok  umumiy  krepostnoylar  ommasi  bulib  kushilib  ketgan  edi.  Birok 

krepostnoy dexkonlarining bir kismi bir oz engilrok axvolda bulib, bir kismi keyingi asrlarda xam 

ularga  karaganda  ogirrok  va  xukuksizrok  axvolda  edi.  Masalan,  Frantsiyada  X-X1  asirlarda 

dexkonlar ikki kategoriyaga: servlarga («servaj») va villanlarga bulingan edi. Servlarning axvolida 

yuridik jixatdan xali ba`zi kullik alomatlari saklanib kolgan edi. Xujayini rozilik bermasa, servning 

uulanishiga  xakki  yuk  edi.  Feodal  servdan  maxsus  joi  (bosh)  soligi  olar  edi.  Servning  uz  mol- 

mulkini birovga asiyat kilib koldirishga xakki yuk edi. 

Serv ulgandan keyin uning mol-mulki  xujayinning kuliga utar edi,  xujayin bu mol-mulkni  

meroskurga  berib,  undan  xak  tarzida  bir  bosh  yaxshi  mol  olar  edi.  Villanlarning  axvoli  bir  oz 

durustrok  edi.  Ular  shaxsan  erkin  xisoblanar  edi,  lekin  er  masalasida  karam,  tutkin  edi.  Ularning 

bajaradigan majburiyat va tulovlari bir er bilan boglangan bulib, odatda muayyan bir tarzda belgilab 

kuyilgan  solik  edi.  Ammo  xakikiy  xaetiga  kelganda  servlar  bilan  vilanlar  bir-biridan  uncha  fark 

kilmas  edi.  Ular  xam  bular  xam  mustakil  xujalik  yuritar  edi,  ularning  xam,  servlar  xam  kadimgi 

kullik zamonidagi kullarga karagshanda butunlay boshkacha edi. Lekin shunda bulsa-da, villan xam 

feodal-pomeshchik tomonidan juda kattik ekspluatatsiya kilinar edi, servga karaganda villan mikdor 

jixatidagina  kamrok  ekspluatatsiya  kilinar  edi,  xolos.  Eng  muximi  shuki,  villan  xam  erga 

biriktirilgan bulib, unda xech kanday shaxsiy erkinlik yuk edi. 

X-X1 asrlarda dexkonlar orasida ma`lum darajada mulkiy tengsizlik paydo bula boshladi, 

dexkonlar boyrok va kambagal dexkonlarga ajrala boshladi. Birok, natural xukm surib turgan, butun 

kishlokni  feodal-pomeshchik  kattik  ezib  turgan,  feordallarning  uzaro  urushlari  natijasida  kishlok 

tez-tez  xarob  bulib  turgan  bir  sharoitda  bu  fark  xam  xali  keskin  tuus  olagan  edi.  Xatto  dexkonlar 

krepostnoylarga  aylantirilgandan  keyin  xam  kishlokda  jamoa-marka  ilgarigidek  katta  axamiyatta 

ega buldi, u dexkonlarni jipslashtirib, feodallarning birgalashib kurashishiga imkon berdi. 

Feodallar  zulmda  tokati  tokk  bulgan  krepostnoylar  uz  xujayinlariga  karshi  kuzgolonlar 

kutardilar.  Krepostnoy  dexkonlarning  feodal-pomeshchiklarga  karshi  eng  dastlabki  bosh  kutarib 

chikishlari  X-X1  asrlardagi  frantsuz  yilnomalarida  aks  ettirilgandir.  Yilnomachilar  dexkonlarning 

dastlabkkki  xarakatlari  vaxshiyona  suratda  shavkatsizlik  bilan  bostirilganinin  kursatib  utdilar. 

Chuponchi, 996 yilda normandiya gertsogi Richardning erlarida dexkonlar yigilishlar uyushtirib, bu 

yigilishlarda  bundan  buyuk  xujayinlarga  buysunmasdan,  «erkin»  yashaylik,  deb  karorlar  chikara 

boshlaganlar.  Buni  eshitgch,  gertsog  shubxada  dexkonlardan  bir  necha  untasini  tutib  keltirib. 

«kolganlarga ibrat uchun» ularning oyok-kulini chopib tashlashni buyurgan. X1 asrning 20 yillarida 

Bretan`yada dexkonlar keng xarakat kutardilar, bu xarakatni xam maxalliy feodallar konga botirdi. 

Germaniyada  841-842  yillar  bilan  1073-1075  yillarda  bulib  utgan  Sakson  dexkonlarning  ikkita 

kuzgoloni  (bu  xakda  yukorida  aytib  utilgan  edi.)  karshi  olib  borgan  kurashini  yorkin  kursatdi. 

Janubiy  Angliyada  xam  normanlar  istilosidian  sal  oldin  X1  asr  urtalarida  xuddi  shu  singari 

dexkonlar xarakati bulib utgan edi. 

Votchina-sen`oriya  siyosiy  jixatdan  kichkina  bir  davlatga  uxshagan  narsa  edi.  Bu 

davlatning xokimiyati sen`orning uzi-pomest`e egasi, yirik maxalliy feodal bulib, u maxalliy axolini 

sud kilar, katl etar va afv kilar edi, atrofdagi uziga uxshash pomeshchik-xokimlar bilan urush olib 

borar edi. Lekin uning uzi xam odatda uzidan kattarok bir sen`orga karam bulib, uning uzi vassali 

edi. Bu katta feodal-sen`or xam uzidan kattarok bir sen`orga karam bulishi mumkin edi va xokazo. 

Bu karamlik munosabatlari tizmasi korolning uzigacha tizilib borar edi, shunday kilib, korol` butun 

feodal pogonlari  yoki israrxiyasining boligi edi. Dunyoviy feodallardan tashkari ruxoniy feodallar: 

paplar  argepiskoplar  spiskoplar,  abbatlar  va  shu  kabilar  xam  mavjud  edi.  Feodallar  israrxiyasi 


 

14

 



odatda  yukori  va  kuyi  tabakalarga  bulinardi. 

Korol` va unga tobe bulgan yirik territoriyali 

knyazlar,  gertsoglar  va  graflar  («tojdor  feodallar»)  feodallarning  yukori  tabakasi  edi.  Ulardan 

keyingi  urinda  bir  nechta  (ba`zan  esa  bir  necha  un)  imeniesi  bulgan  baronlar  turar  edi.  Ba`zi 

mamlakatlarda, masalan, Anegliyada baronlarning xam gertsog yoki graflik unvoni bor edi. Feodal  

pogonlarning undan pastrogida ritsarlar turardi. Ritsarlarning yarokbardorlari bulib, bular xam asta-

sekin kichik ritsarga aylanib bordi. Feodallarning mana shu tabakasini tashkil kildi. Bu dvoryanlar 

krepostnoy  dexkonlar  ommasidan,  shuningdek,  usha  darda  feodallarga  karam  bulgan  shaxarlardan 

yukori turar edi. 

Feodalning  er  mulki-feod  yoki  bitta  pomest`edan,  bir  nechta  pomest`edan,  butun  boshlik 

bir  knyazlik,  xatto  korolliklar  xam  iborat  bulishi  mumkin  edi  (urta  asrlarda  vassal  korolliklar  kup 

edi).  Lekin  xar  bir  feodalning  kuyidagicha  uziga  xos  xususiyatlari  bor  edi:  1.  Feod,  xammadan 

burun,  «past»  dexkonlarga  xos  majburiyatlarini  utash  bilan  boglik  bulgan  dexkon  mulkidan  fark 

kilib  dvoryan  mulki,  «asl»  mulk  edi.    2.Feod  odatda  muayyan  bir  xizmatni.  Birinchi  navbatda, 

xarbiy  xizmatni  utash  bilan  boglangan  edi.    3.  Feod-yukori  sen`orga  vassal  tobelikdagi  karam 

mulkdir,  ya`ni  allodan  fark  kiladi,  allodan  X-X1  asrlarda  juda  mulk  edi  (u  uzidan  oldingi 

benefitsiydan  shu  bilan  fark  kilar  ediki,  benefitsiy  xarbiylaarnig  er  mulki  edi-yu,  lekin  nasldan-

naslga meros bulib utmas edi). 

Vassallarning  asosiy  majburiyati  xarbiy  xizmatini  utashdan  iborat  edi,  bu  xizmat  odatda 

yiliga 40 kun belgilanar edi. 

Xarbiy  xizmatdan  tashkari,  vassallar  uz  sen`orlari  foydasiga  yana  ba`zi  grajdan 

xizmatlarini  xam  bajarardi,  sen`or  boshka  vassallarni  sud  kilganda  sudda  katnashar  yoki  uning 

saroyida saroy axli bulib xizmat kilar edi. Bulardan tashkari vassal uz sen`origi ma`lum mikdorda 

pul tulab turar edi. Buu tulovlardan eng kattasi nasliy (pposhlina) boj edi, bular nasliy boj rel`ef deb 

atalib ba`zan juda katta sumdan iborat bular edi. Angliyada baronlardan olinadigan rel`ef. Masalan, 

1  ming  funt  sterlingga  etar  edi.  Butun  mamlkatdagi  feodallar  sinifi  bir  butun  kilib  boglangan 

shartnoma  sistemasi  maxsus  marosimlar  formasida  mukaddaslashtirilar  edi.  Vassal  feod  olishda, 

guyo  uzini  sen`orning  xomiyligiga  topshirishni  ifodalagan  bulib,  uning  oldida  tiz  chukar  va 

kullarini sen`orning kuliga kuyib, uzini «uning (ya`ni sen`orning) odami» deb atar edi. Bu rasmning 

uzi  xam  ommaj  deb  atalar  edi.  (frantsuzcha-odam  degan  suzdan  olingan).  Sungra  vassal  maxsus 

sodiklik  kasami-fua  yod  kilar  edi.  Sen`or  xam  vassalga  tegishli  feodni  topshirishning  alomati 

sifatida unga maxsus narsalar berar edi, vassalning er uchastkasining belgisi sifatida bir kim tuprok, 

usha er uchastkasiga kiradigan urmonning belgisi sifatida daraxtning kichik bir shoxchasini, piskop 

xokimiyatining belgisi sifatida uuzuk xamda xassa va xokazolar berar edi. Bu rasm investitura deb 

atalar edi. 

X-X1  asrlarda  Garbiy  Evropannig  xamma  yogi  kasrlar  bilan  koplana  boshladi.  Kasr 

(nemscha: frantsuzcha: inglizcha) feodalga xam turar joy, xam kal`a bulib xizmat kiladi. Dastlabki 

payitlarda kasrlar yogochdan kurilar edi. Xali 1X asrda bu odatdagi ikki kavatli yogoch minora edi. 

Uning  yukori kavatida uz oilasi bilan yashardi, pastki kavatida xizmatkorlar turardi, xamda xar xil 

ozik-ovkat va boshka narsalar saklanadigan omborxonalar joylashgan edi. Kasrning atrofi xandaklar 

bilan  uralgan  bulib,  uning  ustiga  kuprik  kurilgan  edi:  kuprik  kutarilib,  tushirilib  turardi,  mabodo 

xavf-xatar  tugilsa-dushman  yakinlashib  kolgan  takdirda-kuprik  kutarib  kuyilardi.  Frantsiyada 

normanlarning  xujumlari,  Germaniyada  vengerlarning  xujumlari,  Italiyada  arablarning  xujumlari 

shunday kasrlar kurishga majbur kilib kuygan  edi: kurilish texnikasi oddiy xam u kadar emas  edi. 

Vakitlar utishi bilan X asrdayok kasrlar toshdan kilina boshlandi. Kasr kurish uchun baland koyali 

joylar  tanlanardi.  Endi  u  bir  necha  kavat  (4-5)  kavat  kilib  kurilar  va  atrofi  bir  bir  kator  yoki  ikki 

kator  tosh  devor  bilan  urab  olinar  edi.    Xandaklar  juda  murakkab  va  boshi-uchini  xech  kimm 

bilmayfdigan kilib kurilar edi. Bunday kasrni uk  otadigan kurolsiz birgina xujm bilan olib bulmas 

edi,  kamal  kiluvchi  tomon  kasrni  olish  uchun  uni  xar  tomondan  urab  olib  uning  ichidagilarni 

ochlikdan tinkasini kuritib, axir taslim bulishga majbur kilish yulini muljallar edilar. 

Feodal  kasrni  kurayotgan  u  xam  tashki  dushmanni  (tashkarida  kilingan  bunday  xujmlar 

vaktida  xatto  kushni  kishlok  axolisining  bir  kismi  xam  yashirina  olardi),  xam  shu  bilan  birga,  u 

kushni kishloklardan baland turar, bu  esa krepostnoy dexkonlar ommasi ustidan feodallar sinfning 

xarbi-siyosiy  xukumronligini  yakkol  kursatuvchi  bir  nishona  edi.  Agar  u  yoki  bu  kishlokda  biror 

tupolon yuz berib kolgudek bulsa, kasrdan jazo otrdlari yuborilar edi. Feodalning uzi esa butun bir 


 

15

 



kishlok  okrugning  dexkonlar  ommasi  feodalga 

karshi 


kutarilib 

kattik 


ekspluatatsiya 

kilinganligi uchun uch olishmokchi bulsa kasrdan chikmasdan ichidaa berkinib yotar edilar. 

Urta  asr  feodali  utsiz  temir  kurol:  sopi  krest  shaklida  ogir  kilich  va  uzun  ogir  nayza 

kurollangan  edli.  Bundan  tashkari  gurzi  va  oybolta  kullanar  edi,  lekin  juda  tez  is`temoldan  koldi. 

Ammo  buning  urniga  ritsar`  mudofaa  vositalariga  kuprok  e`tibor  bera  boshladi.  U  avvalgi  charm 

sovut  urniga  temir  xalkalardan  tukilgan  tur  sovut  yoki  uzun  pulat  sovut  kiyadigan  buldi.  Ritsar` 

kurol-yarogning  eng  muxim  kismi  ustiga  temir  plastinkalar  koplangan  yogoch  kalkon  edi,  ritsar` 

boshiga temir dubulga va yuzini saklash uchun metalldan ishlangan yupko nikob-sipor kiyardi, uni 

kutarib  yoki  tushirib  kuyish  mumkin  edi.  Ritsarning  urushda  minib  yuradigan  oti  metall  yopkich 

bilan  yopilarda.  Okibat  natijada  janga  shay  bulib,  otiga  maxkam  urnashib  ogir  va  kupoldan-kupol 

kurollanib  olgan  ritsar`  uchun  dushmanning  uk-yoyi  xam,  gurzisi  xam  pisand  emas  edi,  ammo 

ritsar` bu xilda kurollanganligi uchun kupollashib bemalol xarakat kila olmasdi. U odatda yikitilsa, 

uzining kurolbardorining otiga mina olmas edi. 

Xar  xolda  dexkon  piyoda  kushinlari  uchun  ritsar`  juda  daxshatli  kuch  bulib,  dexkonlar 

ularning oldida ojiz bir banda edilar. 

Tez orada shaxarliklar ritsarlarni tor-mor kila oladigan vositalarni topdilar, bunda ular bir 

tomondan,  uzlarining  anchagina  xarakatchanligidan  va  jipsizligidan,  ikkinchi  tomondan  dexkon 

kushinlariga  karaganda  yaxshi  kurollanganliklaridan  foydalannardilar.  X11-X111  asrlarda  Garbiy 

Evropaning turli mamlakatlarida shaxar axolilari ritsarlariga bir necha bor zarbalar berganlar. Birok 

XIV  va  undan  keyingi  asrlarda  porox  va  uk  otuvchi  kurolning  kashf  kilinishi  xamda 

takomillashtirilishi urta asrning xarbiy kuchi bulib kelgan ritsarlarga barxam berdi. 

Xar  turli  axdnoma,  majburiyat,  kasamyodlarning  juda  kup  bulishiga,  bir-biriga  xomiylik 

kilish  va  sodik    xizmat  kilishga  juda  kup  va`dalar  berishga  karamay,  feodallar  dunyosi  urshlar, 

vassallarining uz senborlarigaa karshi uuzuluksiz isyon kutarish davri edi. Kororl` xokimiyati uzok 

vaktgacha  feodallarning  bu  anarxiyasini  bartaraf  kilish  yokda  tursin,  xatto  cheklashga  butunlay 

ojizlik kildi. Ruxoniylar feodallarning rushlariga xotima berishga yoki ularga, loakal, bir kadar chek 

kuyishga xarakat kildi. Cherkovning X-X1 asrlardagi yigilishlarida «iloxiy sulx» va «iloxiy yarash» 

urnatish  tugrisida  xakikatdan  bir  necha  martda  karor  chikarildi.  «Iloxiy  sulx»ga  muvofik,  uz 

urushlari  vaktida  feodallarning  urishuvchi  tomonlariga  alokasi  bulmagan  kishilarga,  ya`ni 

cherkovning uziga: dexkonlarga, shaxarliklarga vaxokazolar zarar etkazishi man etilar edi.  «Iloxiy 

yarash»  rasmiga  muvofik  yakshanba  kunlar  ba`zan  esa  xaftaning  butun  ikkinchi  yarmida 

(seshanbadan  tortib  to  dushanba  kuni  ertalabga  kadar)  urishish  man  kilinar  edi.  Birok  bu 

karorlarning  xammasi  ijro  dekloratsiya  edi.  Keyinrok  borib,  usayotgan  shaxarlardan  iborat 

tayanchga  ega  bulgan  korol`  xokimiyatining  kuchayishiga  xukumatga  bebosh  feodal-dvoryan 

elementlarini  tartibga  chakirish  va  ularni  markazlashgan  davlat  manfatlariga  xizmat  kilishiga 

majbur etish uchun real imkoniyat berdi. 



 

ADABIYoTLAR. 

1.

 



Byuxer F. Voznikovenie narodnogo xozyaystva 5-e izd. Pg.1923. T.1-P. 

2.

 



Djivelegov A.K. Torgovlyan na Zapade v srednie veka. Spb.,1904 

3.

 



Kulisher  I.M.  Istoriya  ekonomicheskogo  bita  Zapadnoy  Evropi  8-e  izd.  M.,  L.,1931. 

T.1 


4.

 

Petrushevskiy  D.M.  Ocherki  iz  ekonomicheskoy  istorii  srednevekovoy  Evropi.  M., 



L.,1928 

5.

 



Yastrebtska  A.L.  Zapadnaya  Evropa  X1-X111  vekov.  Epoxa.  Bit.  Kostyum. 

M.,L.,1978 

6.

 

Kardini F. Istoki srednevekovogo ritsarstva. M.,L.,1987 



 

 

 



 

16

 



 

TEMA:  VI-XI ASRLARDA JANUBIY SLAVYaNLAR. 

 

1.

 



Bolgariya davlatining vujudga kelishi. 

2.

 



1X asrda Bolgariyaning yuksalishi. 

3.

 



Podsho Simeon zamonida Bolgariya. 

4.

 



Podsho Simeondan keyin Bolgariya. 

5.

 



Bogomillik. 

6.

 



Birinchi Bolgariya podsholigining tugashi. 

7.

 



Bolkon yarim orolidagi serb kabilalari. 

8.

 



Serbiya va Xorvatiya davlatlarining tashkil topishi. 

 

VII  asrda  Bolkon  yarim  orolining  shimoli-sharkida  vujudga  kelgan  Bolgariya  davlati  uz 



tarakkiyotida  ikki  boskichni  bosib  utdi.  Dastlab  ya`ni  VII  asrning  birinchi  yarmida  Dunayning 

janubida  yashovchi  katta  bir  ittifoki  vujudga  keldi:  aftidan,  yana  bir  slavyan  kabilasi-Dunayning 

shimolida  Transil`vaniya  chegaralarida  yashagan  shimollikldar  (severyanlar)  kabilasi  xam  bular 

bilan  boglangan  bulsa  kerak.  Slavyanlarning  Dunay  ittifoki  Bolkon  yarim  orolining  narigi  cheti 

bilan  berigi  cheetidagi  dushmanlarga-shimolda  varvarlarga  va  janubda  Vizantiyaga  karshi  kattik 

kurash olib bordi. 

Taxminan xuddi shu vaktlarda, ya`ni VII asrning birinchi yarmida Dunayga Azov buyidan 

yangi  kabila-bolgarlar  keldi:  bular  slavyanlar  bulmay,  tiliga  karaganda  kandaydir  birlik  turk  yoki 

prototurk  kabilalariga  mansub  edi.  Bolgarlarning  Dunay  buyiga,  sungra  esa  bevosta  bolkon  yarim 

oroli  territoriyasiga  kelib  joylashuvi  Dunay  buyiga  sungra  esa  buyi  slavyanlari  ittifokning  bundan 

keyingi rivojida katta axamiyatga ega buldi. 

Bolgar  xoni  Asparux  Dunay  ittifokining  knyazlari  bilan  maxsus  shartnomalar  tuzib,  (bu 

shartnomaga  muvofik  bolgarlar  bilan  slavyanlarga  tegishli  territoriyalar  ajratib  beriladigan  bulgan 

edi),  uz  drujinasi  va  fukarolarining  bir  kismi  bilan  birgalikda  679  yilda  (yoki  yana  boshka  bir 

taxminga  karaganda  681  yilda)  Bolkon  yarim  orolining  dunaydan  janubdagi  territoriyasiga  kuchib 

kelib  joylashdi.  Usha  vakitda  yuz  bergan  vaziyatga  karaganda,  bolgarlar  bu  erga  istelochi  sifatida 

emas,  balki  umumiy  dushman-avarlar  va  vizantiyaliklar  karshi  kurashda  Dunay  slavyanlarga 

ittifokiy  bulib  keldilar.  Ammo  bu  ittifokda  kelgindi  bolgarlar  slavyanlardan  ustun  bulib  olganlari 

uchun mamlakat xam bolgarlar nomi bilan ataladigan buldi. 

Asparux  vizantiya  imperatori  konstantin  IV  bilan  bolgarlar  va  slavyanlar  uchun  foydali 

shartnoma  tuzisha  muvoffak  buldi.  Bu  shartnomaga  muvoffik  vizantiya  imperiyasi  Bolkondan 

kattagina  bir  kism  erni  birlashgan  «varvarlar»  ga  beradigan  buldi.  Asparux  yangi  bolgar-slavyan 

davlatining  bosh  knyazi  buldi,  unga  bu  erda  kolgan  maxalliy  slavyan  knyazlari  buysunadilar. 

Slavyan  axolisi  Asparux  va  uning  urugi  Dulo  foydasiga  xiroj  tulashi  lozim  edi.  Yangi  davlatning 

poytaxti  avvalgi  pliska  shaxari,  keyinchalik  esa  Preslava  shaxari  buldi.  VIII  asrda  Asparuxning 

vorisi  davrida  bolgarlar  endi  Vizantiyaning  ichki  ishlariga  aralashadigan  bulib  koldi.  Bolkon  tog 

tizmalarining janubidan yangi arlar oldi. VII va 1X asrlar davomida slavyanlar bilan bolgarlar juda 

tez yakinlashib keldilar, bolgarlar slavyanlardan dexkonchilikni, xunarmandchilikni, slavyan dini va 

urf odatlarini, xattoki tilini axm uzlashtirib oldilar. Feodal munosabatlar tarkib topa borgan sari erli 

slavyan va kelgindi bolgar zodagonlari bitta xukmron sinf bulib kushilib ketdi. 

1X  asrning  boshlaridyok  Bolgariya  juda  katta  bir  davlatga  aylandi.  Kudratli  xon  Krum 

xukmronlik kilgan vaktda (802-815) Bolgariya podsholigi sostaviga xozirgi Bolgariyadan tashkari, 

yana  xozirgi  Ruminiya  xamda  Vengriyaning  katta  bir  kismi  (Tisa  daryosining  janubidagi  kismi) 

kirgan  edi.  Krum  zamonidan  Bolgariyaning  erlari  garbda  Sava  va  Tisa  daryolari  buylab  bevosita 

Karl Buyuk imperiyasi bilan chegaradosh edi. Bolgariya 1X asrning ikkinchi yarmida knyaz` Boris 

(852-888)  zamonida  xam  kengayib  bordi.  Boris  zamonida  bolgarlar  (sharkdan  kelganlarning 

avlodlari  xam,  maxalliy  slavyan  axolisi  xam)  Vizantiyadan  xristianlikni  kabul  kildi.  1X  asrda 

dastlab  bir-biriga  yod  bulgan  ikki  etnik  element-bolgarlar  va  slavyanlar  bir-biri  bilan  shu  kadar 

yakinlashib  ketdiki,  «bolgarin»  degan  nom  vizantiyaliklar  bilan  ruslar  nazarida  xakikiy  slavyan 

degan ma`noga ega bulib koldi. Son jixatidan birmuncha ozchillikni tashkil etgan kelgindi bolgarlar 



 

17

 



maxalliy  axoliga  aralashib  ketib,  slavyan  tilini 

tula  uzlashtirib  oldi.  Xristianlikning  kabul 

kilinishi ikkala kabila elementining bu kishilik protsessini xuddi ideologiya jixatdan utgalladi. 

Bolgariya  podsholigi  podsho  Simeon  Buyuk  (883-927)  davrida  juda  kudratli  podsholikka 

aylandi. Uning davrida  Bolgariyaning  Bolkon  yarim orolidagi erlari shu kadar kengayib ketdiki, u 

bamisoli umumbolkon davlati bulib kolgan edi.  Vizantiyaning kulida   yarim orolning fakt janubiy 

kismlarigina  Egey  dengizi  kirgoklari,  Makedoniyaning  bir  kismi  (Solun`  shaxari  bilan)  va 

Frakiyaning  bir  kismigina  koldi.  Lekin  Simeon  bu  oblastlarga  xam  taxdid  solib,  Bolkon  yarim 

orolining  xammasini,  shu  jumladan  Vizantiya  poytaxti  Konstantinopolning  uzini  xam  bosib 

olmokchi  buldi.  Simeon  «Tsar`grad»ga  bir  necha  marta  yurish  kildi  va  uni  bosib  olishga  urindi. 

Lekin  u  uzining  bu  maksadini  amalga  oshirolmadi,  chunki  Konstantinopol`  yaxshilab 

mustaxkamlangan  va  strategiya  jixatidan  juda  kulay  urinda  joylashgan  edi.  Simeonda  esa  zarur 

dengiz  floti  yuk  edi,  bundan  tashkari  bolgarlar  yarim  orolning  narigi  yogida  vizantiyaliklarning 

ittifokchisi vengerlar bilan urush olib borayotgan edi. 

Tsar`gradni  egalay  olmasa  xam,  919  yilda  Simeon  «Barcha  bolgarlar  va  greklarning 

podshosi  va  mustabid  xokimi»  degan  dabdabali  unvon  oldi  va  shunday  kilib,  u  uzini  Vizantiya 

imperatori bilan baravar deb xisobladi.  Shu narsa dikkatga sazovarki, Vizantiya saroyidagilar xam 

Bolgariya  podshosi  bilan  xisoblashishga  majbur  edilar.  Konstantinopol`  saroyida  buladigan  kabul 

marosimlarida  bolgariya  elchilari  orasidaa  jumladan,  mukaddas  Rim  imperiyasining  yalchilari 

orasida  xam  birinchi  urinda  turadi.  Simeonning  ugli,  bulgusi  podsho  Petr  Vizantiya  malikasiga, 

Vizantiya imperatorining nevarasiga uylandi. Preslavga  grek malikasi bilan birga juda kup  greklar 

kuchib keldilar. Preslavlda Vizantiya chertejlari asosida vizantiyalik va bolgarlik ustalar yordamida 

saroylar,  ibodatxonalar,  gishtin  devor  shaxar  devorlari  kurila  boshladi.  Bolgar  saroy  axli  xar  bir 

jixatdan dabdabali Vizantiya saroyiga uxshashga xarakat kiladi. 

Yoshligida Vizantiya saroyida tarbiya olgan va usha zamonning juda xam ukimishli kishisi 

bulgan Simeon uzining Preslavldagi saroyida slavyan adabiy markazini tashkil kildi. Uning uzi xam 

bir nechta adabiy asarlar yozdi. Uning buyrugi bilan Vizantiyada chikkan diniy-falsafiy va adabiy-

tariyxiy mavzulardagi xar turli tuplamlardan juda kupi («Izmaaragrad», «Zlatostruy» va boshkalar)  

slavyan  tiliga  tarjima  kilindi.  Ilk  bolgar  yozuvchilari  X  asrda  uzlarining  original  asarlarini 

yaratdilar.  Bulardan  eng  kup  tarkalgani  Ioann  Ekzarxning  «Shestodnev»  degan  kitobi  (turmushga 

oid  materiallar  yozadigan  avtorga  juda  kup  zamonaviy  materiallar  beradi),  shuningdek,  monax 

Xrabrning  «Slavyan  tili  tugrisidagi  muloxazalar»  («Rassujdenie  o  slavyanskom  yazike»)  degan 

kitobidir. Xrabr slavyan tilining er yuzida keng tarkalganligi va bu til orkali grek va lotin tili singari 

xamma  narsani  ifoda  etish  mumkinligini  isbotlaydi.  Simeon  zamonida  xat-savod  xalk  ommasi 

urtasida  keng  tarkaldi.  X  asrga  oid  manbalarda  kursatilishicha,  kitobxonlik  Bolgariyaning 

shaxarlaridagina emas, balki kishloklarida xam sevimli mashgulot bulib kolgan, keyincha X1-X11 

asrlarda  bolgar-slavyan  adabiyoti  Ruscha  xam  keng  tarkalib  ,  kadimgi  rus  adabiyotining  xiyla 

tarakki etishiga yordam berdi.  

Simeon  ulgandan  keyin  Bolgariya  tushkunlikka  yuz  tutdi.  Simeon  istilo  kilib  olgan 

erlarning katta bir kismi Bolgariya kulidan ketib, kushnilari kuliga utdi. Bolgariya xisobiga ayniksa 

Vizantiya  kuchaydi.  Shu  bilan  vaktda  Bolgariyaning  kolgan  territoryasi  xam  maxalliy  bolgar 

feodallari-boyarlari xokimiyatining kuchayishi natijasida siyosiy birligini  yukotib bordi. Bolgariya 

girt  tarkok  feodal  davlatga  aylanib  bordi:  podsho  xokimiyati  xam  tobora  zaiflashdi.  Shu  bilan  bir 

vaktda  Bolgariyadagi  dexkon  xalk  ommasining  axvoli  xam  juda  ogirlashib  bordi.  Simeon 

zamonidagi  bolgar  dexkonlari  ogir  davlat  soliklari  va  uzluksiz  urushlar  natijasida  xonavayron 

bulgan edi. Iktisod jixatidan zaiflashgan bu dexkonlar tez orada dunyoviy va  sherjixatdan er egalari 

arasiga tushib, krepostnoylashib bordi, kupincha davlat soliklari shu kadar ogir buldiki, erkin bolag 

dexkonlari  davlatga  kamrok  solik  tulash  uchun  uz  erlarini  tashlab  feodallar  eriga  uta  boshladilar. 

Birok  bu  bilan  ular  manga  shu  feodallarning  krepostnoyiga  aylandilar.  Vizantiyadagi  krepostnoy 

dexkonlar singari Bolgariyada xam ularni pariklar deb atashardi. 

Boyar-feodallar ekspluatatsiyasidan ezilgan dexkonlar ommasining noroziligi keng suratda 

avj olgan eretiklik xarakatida-bogomillikda uzining erkin ifodasini topdi. Bogomilik dastlab podsho 

Simeon  zamonidayok  paydo  bulgan  edi.  Bogomlik  X  asrning  urtalarida  ayniksa  keng  tarkalgandi. 

Bogomillar  degan  nom,  ba`zi  talkinlarga  kura,  bogomillarining  dastlabki  jamoasi  tepasida  turgan 

Bogomil  yoki  Bogumil  degavn  nomning  kelib  chikkan:  yana  boshka  bir  talkinga  kura,  bu  suz 


 

18

 



xudoga xush keladigan  «ugodnue bogu» degan 

ma`noni 


anglatadi, 

bu 


nom 

mazxab 


tomonidan  kabul  kilingan  bulib,  bu  bilan  bogomillar  uzlarining  xudoga  yakin  ekanliklarini  va 

bogomillarning  fikricha,  yaxshi  ishlariga  xizmat  kilmasdan,  yomon-gunox  ishlarga  xizmaat 

kiladigan  rasmiy  davlat  pravoslav  cherkovi  tarafdorlariga  karama-karshi  ularok  uzlarini  odil  kilib 

kursatmokchi  bulganlar.  Vizantiyadagi  pavliklar  singari,  bogomillar  dunyoga  dualistik  nuktai 

nazaridan karaganlar. Ularning fikricha olamda bir-biriga karama-karshi ikkita asos: yaxshilik-xudo 

va  yomonlik-shayton  amma  vakt  kurashib  kelmokda  ekan.  Bogomillar:  davlat  cherkovi  ogizda 

xudoga xizmat kilgandek bulib, amalda esa shaytonga xizmat kiladi, derdilar. Ijtimoiy sotsial zulm 

tugrisidagi,  avj  olib  kelayotgan  iktisodiy  tengsizlik  va  ekspluatatsiya  tugrisidagi  tasavvurlarini 

bogomillar uzlaricha ana shu xilda tushuntirar edilar. 

Bogomillar  davlat  pravoslapv  cherkovini  inkor  etdilar  va  cherkov  er  egaligina  karshi 

chikdilar.  Ular  krepostnoylik  xukumi  mukaddas  kitobga  xam  tugri  kelmaydi,  deb  targib  kildilar. 

Bogomillar  xarbiy  xizmatutashni  gunox  deb  xisobladilar  va  podsho  soliklarini  tulashdan  bosh 

tortdilar.  Ular  uzini  uzi  idora  kiladigan  va  jamoa  mulkiga  birgalashib  egalik  kiladigan  patriarxal 

maxalliy  jamoalarni  maxsus  demokratiya  cherkov  tashkiloti  bulib,  ularga  saylab  kuyiladigan  xalk 

oksokollari  boshchilikk  kilar  edilar.  Bogomillarning  uz  adabiyoti-takiklangan  kitoblar  deb 

ataladigan kitoblari xam bor edi, bu kitoblarda ular rasmiy pravoslav cherkovini kattik koralardilar. 

Bogomillar  xukumat  tomonidan  jeuda  kattik  ta`kib  kilinar  edilar,  uz  vatanidan  kuvgin 

kilingan bogomillik Bolkon yarim orolidagi boshka mamlkatlarga-Serbiya, Bosniya, Dalmatsiyaga, 

Vizantiyaning  Bolkondagi  oblastlariga  keng  tarkaldi.  Keyinga  borib  bogomillik  eretik 

xarakatlarning  garbda  katarlar  va  al`bigoylar  Pskov  va  Novgordda-strigol`niklar  va  x.zo.  avj 

olishiga ta`sir kursatdi. 

Vizantiya  Bolgariyadagi  sotsial  ziddiyatlarning  kuchayishidan  foydalanib,  X  asrning 

urtalaridan  kat`iy  xujumga  utdi.  Bir  vaktlar  Vizantiya  Kiev  knyazi  Svyatoslavni  yordamga 

chakirgan  edi.  Svyatovlav  Bolgariyaga  ikki  marta  (968-969  va  969-971  yillarda)  erish  kildi. 

Svyatoslav bolgar feodallarini to-mor keltirib, filippopol` ustiga yurish kilib, kurolini Vizantiyaning 

uziga  karshi  karatganda  (shuni  aytish  kerakki,  uning  kushinida  bolgarlar  xam  bor  edi.)  Ioann 

Tsimisxiy  katta  kushin  bilan  ungaa  karshi  chikdi  xamda  rus  va  bolgarlarni  orkaga,  shimolga  sikib 

chikarishiga  muvaffak  buldi.  Svyatoslav  chikib  kismini-sharkiy  Bolgariya  deb  ataladigan  kimini 

Preslavldagi  poytaxt  bilan  birga  ishgol  kilib,  uni  Vizantiyaga  kushib  oldi.  Istilo  ilinmay  kolgan 

Garbiy  Bolgariya  markazi  Oxrid  shaxari  bilan  Vasiliy  11  Bolgoroboytsa  (Bolgaarkesar)  uziga 

buysundirdi.  (Bolgarboytsa  bolgarcha  «Bolgarlar  kotili  deganidir.»)  Vasiliy  11  bu  lakabni 

bolgarlarga  klgan  shavkatsizliigi  uchun  olgan  edi.  U  1014  yilda  uzi  uchun  muvaffakiyatli  tugagan 

jangdan keyin asr olingan 15 ming bolgarning kuzini uyishga buyruk berdi. Bolgar podsholigi 1018 

yilda  batamom  tugadi.  Shu  vaktdan  boshlab  Bolgariya  uzok  vaktgacha  –deyarli  X11  asrning 

oxirigacha Vizantiya asoratiga tushib koldi. 

VI-XI  asrlarda  Bolkon  yarim  orolining  shimoli-garbiy  kismida  turli  serb  kabilalari 

urnashgan  bulib,  bular  serblarga  xarvatlarga  yashab  kelgan  erlari  Adriatika  dengizi,  Istriya 

daryolaridan  Drava,  Dunay  va  Morava  xamda  Shar-plamina  tog  massivi  urtasidagi  keng 

territoriyalaridan iborat edi. 

Tog  tizmalari  bilan  bulishgan  seeerb  axolisi  uzok  vaktgacha  kichik-kichik  territorial 

birlashmalar  shaklida  yashar  edi,  bu  birlashmalar  jupa  deeb  atalar  edi.  Territorial  birlashmalar 

urugchilik  ittifoklari  bilan  chachishib  ketgan  edi,  uruglarga  bulinishning  asosiy  formasi  kabila 

bulib,  u  kichik-kichik  karindoshlarga  bulinar  edi.  Bular  esa  uz  navbatda  patriarxlar  oilaga  bulinar 

edi, sharkiy serb kabilalarida xonadon jamoasi, ya`ni bulinmasdan umumiy bir xujalik olib boruvchi 

katta oila ayniksa keng tarkalgan edi. Bu xonadon kabilasi «tuda», «Buyuk tuda» (yoki «zadruga») 

deb  atalar  edi.  Bunday  kabilaning  bulganligini  xali  X1X  asrning  ikkknchi  yarmida  uz  kuzi  bilan 

kurganlarning bu xakidagi yozuvlari tasdiklaydi. 

Bora-bora  serb  jamiyatida  anchagina  sotsial  tabaklanish  yuz  berdi.  Manbalarda  VIII-X 

asrdayok  serblarda  kullar  bulganligi  tilga  olingan.  Xaalk  majlisiga  («sborlari»  yoki  «sborlari»  ga) 

tuplanib turadigan erkin jamoalar tepasida jupanlar, jupa boshliklari turar edi, bular knyaz` (knyaz`) 

deb  xam  atalardi.  Jupanlar  orasidaan  sekin-sekin  buyuk  jupanlar  paydo  buldi  va  ular  kushni 

kabilaviyy  gruppalarni  birlashtirib,  davlat  yurishiga  urinib,  bir  muncha  muvaffakiyat  kozondilar, 

kushni  davlatlar-Vizantiya,  Vengriya  va  Bolgariya,  Serb  kibalalarini  uzlariga  buysundirib  olishga 


 

19

 



xarakat  kildi,  serb  kabilalari  bu  davlatlarga 

karshi kurash olib bordi, bu kurash serblarda 

davlatning tashkil topishini tezlashtirdi. 

Serb  kabilalarida  davlat  bir  emas,  bir  necha  markazda  tashkil  topdi.  Serb  kabilalarining 

birinchi  eng  katta  birlashmasini  sharkiy  serblar  knyazi  Vlastimir  (836-843)  tuzdi.  Vlastimir  kul 

ostidagi  erlar  sostaviga  sharkiy  serblarining  asosiy  territoriyasi  bulgan  rashkadan  tashkari, 

Bostniyaning  Rashka  daryosi  garbidagi  katta  bir  kismi  xam  kirdi.  Vlastimirning  avlodlaridan  biri 

Cheslav Klonimirovich (932-960) dastlab Bolgariya podshosi Simeonning odami bulib iroda kildi. 

Birok  keyinchalik,  Simeon  ulgandan  keyin  ul,  bolgarlar  xokimiyatidan  kutilib,  mustakil  knyaz` 

bulib olishga va uz kul ostidagi erlarni garb bilan shakrda anchagina-to Dunagacha kengaytirishga 

muvaffak buldi. 

Vlastimir bilan bir vaktda  Bela degan knyaz` xam xarbiy serblarni birlashtirishga xarakat 

kildi: u keyin Vlastimir bilan siyosiy ittifok tuzdi. 

1X asrning urtalarida xorvatlar franklardan kutilib, ular xam uz mustakil davlatini tuzdi: bu 

davlatni  ularning  uz  jupanlari  iroda  kildi  (bu  jupanlardan  eng  mashxuri  Trpilarida  chamasi  925 

yillarda)  buyuk  jupran  Tomislav  (910-930)  zamonida  Xarvatiya  knyazligi  kirollik  aylandi.  Bu 

kurollik  sostaviga  Xarvatiyaning  uz  erlari  va  Dalmatiya  kirdi.  Birok  dengiz  buyyidagi  Dalmatiya 

shaxarini  X1  asrning  ikkinchi  yarmida  Venetsiya  bosib  oldi.  X11  asrning  boshlarida  (1102  yildan 

boshlab)  Xarvatiya  Vengriya  kushib  olindi,  u  bir  necha  yuz  yilgacha  (XV  asrgacha)  Vengriya 

sostavida kolib ketdi. 

Serbiya  davlatining  uzida  1X  asrda  gegomonlik  bir  muncha  vaktgacha  xarbiy  serb 

(diokleya)  knyazlari  kuliga  utdi.  Bular  ichida  eng  katta  knyazlaar  Mixail  (1051-1081)  va  Bodin 

(1081-1101)  edi.  Bodin  kul  ostidagi  erlar  sostaviga  Zeta  (xozirgi  Chernogoriya),  Bosnya  , 

Gertsigovina xamda sharkiy Serbiyaning bir kkismi kirar edi. Birok X11 asrda yana sharkiy Serbiya 

knyazlari  kuchaya  boshladi  ulardan  biri  Vizantiyaga  fasal  karamlikda  bulgan  buyuk  jupan  Stefan 

Nemanichya (1165-1195) X11 asrning 60-70 yillarida sharkiy serb kabilalarining xam, garbiy serb 

kabilalarini  uziga  buysundirdi.  1190  yilda  Stefan  Nemaniya  Vizantiya  xokimiyatidan  butunlay 

kutilishga  muvaffak  buldi.  Shundan  keyin  tez  orada  Serbiya  kirollik  deb  e`lon  kilindi.  X111-X1V 

asrlarda Serbiya kirolligi Bolkon yarim orolidagi eng yirik davlatlardan biri bulib koldi. 

 



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling