Tema: v-asrdan X1 asr urtalarigacha Angliya


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana17.03.2017
Hajmi0.78 Mb.
1   2   3   4   5   6   7

ADABIYoTLAR. 

1.

 

Osmanskaya  imperiya  i  strani  Tsentral`noy  Vostochnoy  i  Yugo-Vostochnoy  Evropi  v 



XV-XVI vv. M.,1984 

2.

 



Pigulevskaya N.V.  Vizantiya i Iran na rubeje VI-VII vv. M.,L.,1946 

3.

 



Gutnova E.V. Istoriografiya istorii srednix vekov. 2-e izd. M.,1985 

4.

 



Srednevokov`e v ego pamyatnikax (Pod.Red.)D.N.Egorova. M.,1913 

5.

 



Xrestomatiya po istorii srednix vekov (pod.red) S.D.Skazkina. M.,1962-63. T.1- 

 

 



MAVZU:  ILK URTA ASRLARDA XINDISTON. 

 

1.



 

Gupta davlati. 

2.

 

Gupta davrida Xindistonning ijtimoiy tuzumi. 



3.

 

Madaniyatning ravnak topishi. 



4.

 

Xind dinining evolyutsiyasi. 



5.

 

Gupta davlatining tugashi. Xarshi davlati. 



6.

 

Feodal munosabatlarning yanada rivojlanishi. 



7.

 

Xindstlnga arab va turklarning kirib kelishi. Dexli sultonligining tuzulishi. 



 

VI  asrning  boshlarida  Xindiston  bir  necha  unlab  mayda  va  uirikrok  davlatlardan  iborat 

bulib,  bu  davlatlar  tepasida  kichik-kichik  podsholar-rojalar  turar  edi.  Ular  xukmron  tabakalarga-

braxmanlar tabakasiga (koxinlarga) va kshtariylar tabakasiga (xarbiy zodagonlarga) suyanar edilar. 

320  yilda  shimoliy  Xindstonning  shunday  rojalaridan  biri  Chandragupta  1  (320-340)  tevarak-

atrofidagi  podsholarni  uziga  buysundirib,  Gang  daryosi  xavzasida  xiyla  katta  bir  davlat  tuzdi,  bu 

davlat  Gupta  davlati  deb  atalib,  VI  asrning  boshlarida  yashadi.  Chandragupta  1  ning  vorislari 

zamonida-ulardan  ayniksa  Samudragupta  (340-380)  va  Chandragupta  11  (380-414)  uzlarining 

istilolari bilan maxur edilar. Gupta davlati Gang daryosining kuyi okimini xam, to uning dengiziga 

kuyiladigan  joyigacha,  shuningdek  Dekan  yassi  toglarining  bir  kismida  to  Narbat    daryosigacha 

bulgan erlarni uz ichiga olar edi. Gupta davlatining poytaxti Pataliputra shaxri edi. 

Gupta  podsholari  Sosoniylar  Eroni  bilan  kizgin  savdo-satik  olib  bordi  va  madaniy  aloka 

kildi.  Ular  Xindstonning  shimoliy  chegaralarini  Urta  Osiyolik  kabilalarning  xujum  xavfidan  uzok 

vaktgacha  sakladi.  Gupta  davrida  Xindston  iktisodiyo  va  madaniy  jixatdan  judaa  eksaldi.  Xozirgi 

Xindistonda  eng  keng  tarkalgan  Xinduizm  dinining  vujudga  kelishi  xam  usha  davr  bilan 

boglangandi. 

Gupta  davrida  Xindistonning  tuzumi  asosan  xali  kuldorlik  xarakterini  saklab  kolgan  edi. 

Kullar  turli  irrigatsiya  va  kurilish  ishlarida,  kishlok  xujaligida  xamda  kupdan-kup  xizmatkor  va 

malay  sifatida  uy-ruzgor  ishlarida  keng  foydalanilar  edi.  Kullar  Osiyodangina  emas,  xattoki 

Afrikadan  xam  keltirilar  edi.  Xind  jamiyatida  kuldorlikka  xos  alomatlarning  mavjudligi  axolining 

kastalarga (tabakalarga) karab bulinishida xam namoyon bulgan edi. Bu bulinish Gupta darida xam 

saklanib,  yanada  rivojlanmokda  edi.  Kadimiy  kastalarning  turta  asosiy  turi-braxmanlar  (koxinlar), 

kshtariylar  (jangchilar),  vayshiyalar  (dexkonlar,  xunarmandlar,  savdogarlar)  va  shudralar  (sobik 

kullarning  va  xar  toifadagi  karam  kishilarning  eng  past  tabakasi  bulib,  bular  kishi  xazar  kiladigan 

ishlarni  bajaruvchi  kishilar  edi.)  Xali  juda  kadim  zamonlarda  tarkib  topgan  Xind  jamiyati  sotsial 

strukturasining  turli  boskichlarni  ifoda  etadi.  Urta  asrning  boshlarida  xind  kastalari  ancha 

evolyutsionlashdi,  Braxmanlar  va  kshatriyalar  koxin  va xarbiy  tabakalarga  aylanib  ketdilar,  davlat 

xokimiyati  ularning  kulida  edi,  shu  bilan  birga  ular  juda  kup  kullari  bulgan  eng  yirik  er  egalari 

edilar. Ikkinchi bir urtacha va past darajadagi kastalar vakt utishi bilan maydalashib bordilar. Gupta 

davrida kastalarning mikdori bir necha un turdan lshdi. Jamiyatning shudraga oid eng tuban kastasi 

«xazarli  kishilar»  deb  atalar  edi,  chunki  ular  oliy  kasta  vakillariga  yakinlashsa,  bu  oliy  zotlarning 

guyo xarom kiladi deb xisoblanar edi. 



 

30

 



Eng 

past 


kastalarning 

xak-


xukuksizligi, 

xurlanishi, 

kuldorlik 

tuzumining  ideologiyasini  eng  yorkin  ifodasi  edi,  kuldorlik  tuzumi  davrida  kishilar  bir  tomondan, 

tula  xukukli,  erkin  kuldor  xukmronlarga,  ikkinchi  tomondan,  butunlay  xak-xukuksiz,  xurlangan, 

zadalangan kullarga yoki shularga uxshab ketadigan kishilarga bulinar edi. 

Ammo  Xindistondagi  kuldorilik  tuzumining  yana  bir  xarakterli  xususiyati  shu  ediki, 

rivojlangan  kuldorlik  va  ekspluatatsiyaning  kuldorlik  sistemasi  bilan  bir  katorda  goyat  katta 

iktisodiy  axamiyatga  ega  bulgan  jamoa  dexkonchiligi  xam  doim  mavjud  bulib,  yashab  kelmokda 

edi. Kishlok jamoasi kuldorlik tuzumi davrida xam, keyinchalik borib, feodalizm davrida xam xind 

jamiyatining  uyi  sotsial-iktisodiy  yacheykasi  bulib  xizmat  kildi,  bu  jamiyat  shu  yacheyka  ustiga 

kurilgan  edi.  Xindistonning  ijtimoiy  xayotda  kishlok  jamoasining  axamiyatini  kichkina-kichkina 

markazlari  tashkil  kilib,  shu  maarkazlar  sanoat  bilan  kishlok  xujaligi  urtasidagi  xonaki  aloka 

asosida  yashaydi.  Xar  bir  kishlokning  ma`lum  mikdorda  ekinzor  eri  va  yaylovi  bor  edi.  Xar  bir 

kishlokning  tepasida  oksokol  va  yana  bir  necha  mansabdor  kishilar  turar  edi.  Kishlok  jamoasi  bir 

necha  yoki  bir  necha  yuz  oiladan  iborat  bulib,  xunarmandlikning  kishlok  xuligi  bilan  kushilishiga 

asoslangan  boshlangish  ishlab  chikarish  yacheykasini  tashkil  kilar  edi.  Bu  oilada  jamoalar  xonaki 

sanotga  asoslangan  bulib,  unda  kulda  tukish,  kulda  yigirish,  kul  kuchi  bilan  er  ishlash  usuliga 

aloxida  bir  tarzjda  bir-biriga  kushilib  ketgan  edi.  Bunday  kushilish  bu  jamoalarning  xar  kaysisini 

uziga  mustakil  tusga  kiritib  kugan  edi.  Gupta  podsholarning  iktisodiy  kudrati  birinchi  navbatda 

xuddi anashu bexisob dexkon jamoalarini ekspluatatsiya kilishga asoslangan edi. 

Birok  Gupta  davri  kuldorlik  sistemasining  tushkunlikka  yuz  tuta  boshlaganligi  bilan 

tavsiflanadi. Kuldorlik tuzumi elementlari tashkil topayotgan edi. Garbiy Evropa va Arab xalifaligi 

mamlakatlarida  kurganimizdek,  feodal  jamiyatning  negizi  bulgan  juda  kup  sonli  jaoma 

dexkonchilikning  mavjudligi  xind  jamiyatiga  kuldorlik  tuzmidan  feodal  tuzumiga  utishni 

engilashtirdi.  Gupta  davrida  kulchilik  tugatilib,  feodalizm  tugila  boshlaganligini  bir  kancha 

faktlarda  kurish  mumkin.  Kullar  tez-tez  erkin  kuyib  yuboriladigan  va  muayyan  xizmatlarni  utash 

sharti  bilan  ularga  uncha  katta  bulmagan  er  uchastkalari  ajratib  beriladigan  buldi.  Podsho 

xujaligidgi  erlarning  xammasida  xam  kullar  ishlamas  edi,  bu  erlarning  talay  kismi  xosilning  bir 

kismini  podsho  xujaligiga  topshirish  sharti  bilan  ijaraga  berilar  edi.  Mayda  ijarachilikka  utilishga 

sabab  manbalarning  kursatishicha  kullarning  etishmasligi  edi.  Shu  bilan  bir  vaktda  kishlok 

jamoasining uz ichida muxim protsesslar  yuz bermokda edi.  Ishlab chikaruvchi kuchlarning usishi 

va  ishlab  chikarish  kurollarning  takomillashishi  natijasida  kichikrok  oilaning  kuchi  bilan  xam 

xujalik yuritish mumkin bulib koldi. Katta oilalar mayda-mayda oilalarga bulinib ketdi, katta oilaga 

karashli  chek  erlar  xam  parchalanib  ketdi,  bunda  tungish  ugilga  ukalariga  karaganda  er  kuprok 

ajratib  berilar  edi.  Oddiy  jamoaning  ancha  boyrok  a`zolariga  karam  xoliga  tushib  kolar  edi, 

bularning  juda  kup  mol  xayvonlari  va  mexnat  kurollari  bulib,  xonavayron  bulgan  jamoachilarni 

ekspluatatsiya  kilar  edi.    Bularning  xammasi  okibat  natijada  feodal  karamligi  munosabatlarining 

urnatilishiga olib kelar edi. 

Gupta  davlati  davrida  madaniya  avvalo,  klassik    monumental  arxitekturaning  rivojlanishi 

bilan tavsiflanadi, bu davrda juda kup ibodaatxona va saroylar kurilgan edi. Gupta davrida kurilgan 

binolarning  kupi  keyinchalik  xorijiy  istilochlarning  Xindistonga  kilgan  xuuujumlari  natijasida 

vayron kilib tashlangan edi. Lekin xar xolda usha davrdan saklanib kolgan ba`zi bir binolarga karab 

klarni  juda  moxirlik  bilan  kurilganligi  tugrisida  tasavvur  xosil  kilish  mumkin.  Masalan,  baxaybat 

yaxlit  toshlarning  ichini  gor  kilib  uyib  ishlangan  Ellara  va  Ajanta  ibodatxonalar  ichidaa  kadimiy 

xand  va  budda  afsonalaridan  olib  ishlangan  xaykallar  benixoya  kup  bulib,  bularda  kishilarning 

figuralari  ifoda  etilgan.  Bu  figuralar  uzining  guzalliga  va  ulugvorligi  bilan  kishini  xayratda 

koldiradi.  Ibodatxona  devorlari  xilma-xil  suratlar  bilan  bezatilgan.  Gupta  davridagi  rassomlar  va 

ustalar, metallga pardoz berishda yuksak san`at chukkilarini egalladilar. Bizning eramizdan avvalgi 

IV  asrning  oxiri  va  V  asrning  boshlarida  kuyma  temirdan  ishlangan  ustun  xozirga  kadar  Dexlida 

saklanib  kelmokda,  u  kariyb  bir  yarim  ming  yil  davomida  ochiklikdda  jazirama  kuyosh  va 

yomgirlar ositida kolib ketganligiga karamay, uni xatto zang xam bosmagan. 

Gupta  davrida  xind  fani  katta  muvaffakiyatlarga  erishdi.  Bir  kancha  xind  munajjim 

(astronom)ining nomi Xindistondagina emas, uning tashkarisidayam mashxur edi. Bular orasida V-

VI asrlarda yashagan, grek fani va astoronomiyasi bilan tanish bulgan Ar`yabxata, Varaxamixira va 


 

31

 



Braxmagupta 

ayniksa 


ajralib 

turadi. 


Xindstonda  bu  davrda  tibbiyot,  ayniksa 

utkgiyoxlar bilan davolash juda rivoj topgan edi. 

Adabiyot, poeziya va drama soxasida Gupta davri uzidan keyingi kupgina avlodlar uchun 

taklif bulib xizmat kiladigan juda  yuksak namunalarini koldirdi. IV asr oxiri va V asrning birinchi 

yarimida  utgan  genial  xind  noiri  Kavlidasaning  asarlari  ayniksa  katta  axamiyatga  ega  bulgan. 

Kalidasaa  kaxramonlik  temalaridan  bir  nechta  doston  xamda  mifologik  va  tarixiy  mazularda  kup 

dramalar  yozdi.  «Alkishlangan  Shakuntala»  dramasi  ayniksa  katta  dong  kozondi,  bu  asarda 

nixoyatda  nazokatli  va  shu  bilan  bir  vaktda  uz  yulida  juda  ogir  mashakatli  tusiklarni  enga  olgan 

jushkish jasoratli oddiy xind ayolining ajoyib obrazi berilgan. Bu asar Garbiy Evropaga 1789 yilda 

ma`lum  bulishi  bilanok  kadimiy  xind  adabiyotiga  juda  katta  kizikish  uygotdi.  Kalidasa  uz 

kashramonlarini kisman klassik kitob tilida-sanskritda, kisman turli maxalliy laxjalarda gapirtiradi, 

bu  esa  usha  davrdagi  Xindiston    axolisining  etnik  jixatidan  xilma-xil  bulganini  kursatadi. 

Kalidasanining asarlari xozirgi vaktda dunyodagi asosiy tillarning xammasi tarjima kilingan. 

Gupta zamonida xindlarning xukmron dini braxmanizm bulib, bu din uchta asosiy xudo –

Braxma, Vishnu va Shiva bor deb ta`lim berish bilan birga juda kup boshka xudolar xam bor edi, bu 

xudolar  tabiat  kuchlarining  barcha  turli-tuman  forma  va  kurinishlarining  ifodasi  edi,  odamlar, 

xayvonlar,  usimliklar,  xar  xil  jonsiz  narsalar-sanamlar  va  xakazolar  iloxiylashtirilar  edi. 

Braxmanizmning  dabdabalii  marosimlari  va  ukchli  koxinlar  bulib,  bu  koxinlar  nasldan-naslga 

utadigan aloxida bir tabaka edi. Birok braxmanizm bilan bir katorda uning uz ichida boshka bir din-

buddizm xam paydo bulib, kup tarafdor ortirdi (bu din eramizdan oldingi V asrdayok paydo bulgan 

edi).  Bir  vaktlar  buddizm  eng  kadimgi  din  bulmish  braxmanlar  dinini  xatto  engayotgandek  xam 

bulib  kurinar  edi.  Gupta  podsholarining  kupi  buddizmga  xomiylik  kildi.  Birok,  pirovardiga, 

braxmanizm engib chikdi, lekin shu bilan birga u yangi tus-xinduizm tusini oldi. VI va  VII asrlarda 

uzil-kesil  tashkil  topgan  xinduizm  uzining  kupdan-kup  eski  majusiy  xuudolarini  batamom  saklab 

koldi.  Lekin  shu  bilan  birga  u,  buddizmdagi  diniy  falsafasining  ba`zi  elementlarini,  uning 

yomonlikka  karshilik  kilmaslik,  tarki  dunyo  kilish,  kishi  ulgandan  keyin  jonning  boshka  narsaga 

utishiga ishonish va x.zolar tugrisidagi ta`limotini xam uziga sangdirib oldi. Buddizm dini Xindston 

tashkarisida-Xitoy,  Xindi-Xitoyda,  Indoneziya,  shuningdek  Mugilistonda,  Tibetda  va  kisman  Urta 

Osiyoda (Turkistonda) keng tarkaldi. Xindistonning uzida buddistlar xiyla oz kildi. 

Gupta  davlati  VI  asrning  boshlariga  kelib  tugadi.  U  V  asrdayok  tushkunlikka  uchray 

boshlagan bulib, buning asosiy sababi mexnatkash omma axvolining ogirligi edi. Xukmron sifnlar 

xaddan tashkari zeb-ziynat ichida  yashadi, dexkonlarga ogir soliklar solindi, ular uzlari etishtirgan 

xosilning kua kismini solikka tulashga majbur edi, axoli davlat foydasiga uzluksiz ravishda turli  xil  

ishlarni bajarishga majbur kilindi. Mana shularning xammasi  xind dexkonlarining xoldan ketgazdi 

va  kishlok  jamoalari  ekonomikasini  vayron  kildi.  Mexnatkoshlar  urtasida  norozilik  tugilganligi 

alomatlari Gupta  zamonidan  kolgan adabiy edgorliklarda kup uchraydi. Gupta podsholigiga uzil-

kesil   zarba bergan narsa kuchmanchi eftalitlar, ya`ni ok gunnlarning bostirib kirishi buldi, ular V 

asrning oxiri   V1 asrning boshlarida Shimoliy chegarani erib utib, Shimoliy Xindistonning kupiga 

shaxar  va  kishloklarning  nixoyatda  vayron  va  xarob  kilib  tashlandi.  530  yilda  gunnlar  podsho 

Guptaning vassali roja Yasodxarma tomonidan tor-mor kilindi. 

Gunnlarni  engandan  keyin,  Yasodxarma    Gupta  dinastiyasiga  itoat  kilishdan  bosh  tortib, 

uzi  maxaroja  unvonini  oldi.  Lekin  unga  Gupta  davlati  territoriyasining  fakat  bir  kismigina 

buysundi. 

V11 asrning boshlarida Xarsha (606-647) davlati   birmuncha vaktgacha   yuksalib bordi. 

Xarsha  Kanauja  knyazligining  rojasi  edi,  chungra  u  butun  Shimoliy    Xindistonni  uziga    

buysundirdi.  Xarsha  davlati  gang      daresi    vodiysi    buylab    Sharkiy  Panjobdan  to  Bengaliya 

kultigigacha bulgan territoriyani uz ichiga oldi. Markaziy Xindistonning knyazlari   xam Xarshaga 

vassal karamlikda edi. Xammasi   bulib, 40 tacha knyaz` unga karam edi. Xarsha imperiyasi   uzok 

umr kurmadi. Uning xokimiyati feodallashuv  feodallashuv protsessining  kuchayishi, uz vassalari-

rojalar  kudratining  tobora  borishi  natijasida  zaiflashdi  bu  rojalar    pirovardida  butunlay  mustakil 

bulib,  markazga  itoat  kilmay  kuydilar.  Xarsha  vafotidan  keyin  uning  davlati  parchalanib      ketdi, 

uzok vaktgacha Xindiston chet el boskinchilariga karshilik  kursatolmaydigan tarkok bir mamlakat 

bulib  keldi.  Kanauj  shaxri  –  xali    V111-X  asrlarda  xam  Shimoliy  Xindistonning  poytaxtligi  

axamiyatini  saxlab  kolgan  edi,  ammo  uning    maxarajlari  mana  shu  yuz      yilliklar  davomida  



 

32

 



Xindistonga  doimiy  ravishda  xujum  kilib 

kelaetgan  tashki  dushmanlarning  shimolda 

yashovchi  turli xildagi kabilalarning boskinini kaytarish urniga, kuprok Xindistonning ichidagi uz 

rakobatchilariga karshi  kurash olib borish bilan ovora buldilar. 

V1-V11  asrlarda  Xindistonda  feodal  munosabatlar  yanada  rivojlandi.  Feodallashuv   

protsessining tezlashuvida Shimoliy Xindistonning  (Gupta podsholari davlati kulagandan keyin va 

ikkinchi  marta  Xarsha  davlati  tugagandan  keyin)  siesiy  jixatdan    parchalanib  ketishi  katta  rol` 

uynadi,  unlab  mayda  knyazliklar  vujudga  keldi,  bu  knyazliklarning  knyazlari  yirik  er  egalari  edi. 

Ular  kishlok  jamoalarini  uzlariga  buysundirib  olib,  kattik  ekspluatatsiya  kildilar.  Buyuk  knyazlar-

maxarajlar  va  vassal  knyazlar  ,  ularga  karam  knyazlar-rojalaro  bular  edi.  Unisida  xam    bunisida 

xam  ularga  karam  professional      jangchilar    bulib,  ularga  xarbiy  xizmat  utaganliklari    uchun  er 

uchastkalari in`om kilinar edi. Jamna bilan Gang darelari urtasida bu xildagi xind ritsarlari ayniksa 

kup edi, shimoldan xujum kilib bostirib kirish xavfi bu erda ancha kuchli  edi. Bu erlarda vujudga 

kelgan juda kup sonli ritsarlilar tabakasi rajputlar  (aynan tarjimasi  «shox  farzandlari»)  degan nom 

oldilar.    Borib-borib  rajputlar  kadimiy  xarbiy  tabaka  bulgan          kshatriylar  bilan  arazlashib  ketdi. 

Feodalar  er  egaligining  rivojlanishida  xind  ibodatxonalari  ancha  katta  rol`  uynadi.  Xind  koxinlari 

juda katta erlarga ega edilar, ularning kullab-kuvvatlashiga muxtoj bulgan knyazlar juda kuplab er 

ulashib  berganligi  uchun  bu  erlar  keyingi  yuz  yilliklarda  yanada  kupayibb  bordi.  Ba`zi 

ibodatxonalarning 1000, xatto 1500 kishlogi bular edi. Jamoachi dexkonlar xosilning katta kismini 

ibodatxonalarga tular edilar va ibodatxona ularni sud kilish xukukiga ega edi. 

Xindistonga V11  asrning oxirida Eron va Afgonistonni  bosib olganlaridan keyin,  arablar 

Xindistonga bevosita kushni bulib koldi. Bundan tashkari, Xindistonga arablar dengiz bilan, yaya`ni 

Fors  kultigi  bilan  borib  Xind  okeanidan  xam  xujum  kila  olar  edi.  712  yilda  Umaviylarning 

sarkardalaridan    biri  Muxammad  ibn  Kosim,  Basradan  suzib  borib,              Xindistondagi    Sind 

mamlakatini  bosib  oldi.    Lekin  oradan  bir  necha  yil  utgach,  arablar  Xindistondan  butunlay  sikib 

chikarildi.  Islom  dinining  targib  kilinishiga  xundlar  dushmanlik  nazari  bilan  karadi,  chunki  Islom 

dinini ular chet ellik boskinchi va talonchilar dini deb xisobladi, xinduizm esa islom diniga karshi 

«milliy» din edi. 

Musulmonlar  xujumi  fakat  X1  asrning  ikkinchi  yarmidagina  kaytadan  boshlandi,  bu 

safargi  xujum  ilgarigi  xujumdan  kattik  buldi.  Bu  xujum  uchun  eng  asosiy  zamin  tugdirib  bergan 

narsa shu buldiki, kuchli va urushkok turk-eron davlati-Gaznaviylar davlati vujudga kelgan edi (bu 

davlatning  nomi  poytaxt  bulmish  Gazna  shaxrining  nomidan  olingan  edi)  .  Sulton  Muxammad 

Gaznaviy (998-1030) sharkiy Eron va Afgoniston erlarini, 101 yildan e`tiboran esa Amudaryoning 

berigi tomonidan erlarni, ya`ni Buxoroni xam uz kul ostiga kiritib oldi. 

Podsholik  davri  mobaynida  u,  shimoliy  Xindstonga  un  etti  marta  yurish  kildi.  Xindston 

shaxarlari  musulmonlar  tomonidan  nixoyat  darajada  kattik  talandi.  Muxammad  Gaznaviy  bu 

yurishlardan  shimolga  un  minglab  erkak  va  ayollarni  asir  kilib  xaydab  ketdi,  mamlakatni  ayniksa 

xind  ibodatxonalarini  talab,  karvon-karvon  oltin,  kumush,  kimmatbaxo  toshlar  olib  ketdi.  Gazna 

shaxri muxtasham binolar bilan bezldi, bu binolarning kupini Xindston ustivorlari solgan edi. 1030 

yilda  Muxammad  Gaznaviy  ulgan  vaktda  uning  imperiyasi  Amudaryo  kirgoklaridan  tortib,  to 

Ganga  daryosigacha  borgan,  butun  Xind  daryosi  xavzasini  xam  uz  ichiga  olgan  edi.  Lekin  uning 

poytaxti  Xindstondan  tashkarida  edi.  Xindiston  Maxmud  Gaznaviy  uchun  buysundirilgan  bir 

viloyatgina  edi.  Shunday  bulsa-da,  Xindstonning  shimoliga  juda  kup  musulmonlar-xurosonliklar, 

turk  va  afgonlar  borib  urnashdi.  Shimoliy-Sharkiy  Xindiston  (xozirgi  Pokiston)  axolisining  bir 

kismi islom dinini kabul kilib, bora-bora istilochilar bilan aralashib ketdi. 

X11 asr oxirlarida Xindistonga Gazna istilochilari ikkinchi marta xujum kildi. 1175  yilga 

Gazna  xokimi  Muxammad  Guriy  Panjobga  bostirib  kirib,  uni  egallagach  sharkka  karab  siljishni 

davom  ettirdi.  90  yillarda  u  Jamna  bilan  Gang  daryolari  urtasidagi  butun  erlarni,  sungra  esa 

Bengaliyani  bosib  oldi,  Guriy  vafotidan  (1206  yildan)  keyin  uning  noibi  Kutbiddin  Oybek 

Gaznadan  ajralib  chikib,  Xindstonning  shimolida  (xozirgi  Xindston  respublikasining  poytaxti 

Dexlini  markaz  kilib)  mustakil  davlat  tuzdi.  Yangi  davlat  poytaxt  shaxarning  nomi  bilan  Dexli 

sultonligi deb yuritiladigan buldi. 

 

ADABIYoTLAR. 

1.

 



Xrestomatiya po istorii srednix vekov. Pod.red. S.D.Skazkina. M.,1961-1963. T.1-P. 

 

33

 



2.

 

Vsemirnaya istori. M., 1957. T.3 



3.

 

Vsemirnaya istoriya. M.,1942-1990. Vip.1-53 



4.

 

Trevel`yan Dj. Sotsial`naya istoriya Anglii. M.,1959 



5.

 

Las Kasas Bartolome de. Istoriya Indii. L.,1968 



6.

 

Mojeyko  I.V.  V  Indiyskom  okeane.  Ocherki  istorii  piratstva  v  Indiyskom  okeane  v 



yujnix moryax. (XV-XX v.v.) 2-e izd. M.,1980 

 

 



 

 

 



 

MAVZU: X-XI ASRLARDA GERMANIYa, ITALIYa  VA PAPALIK. 

X-X1 asrlarda Germaniyada feodal munosabatlarining rivojlanishi 

 

1.

 



Feodallashuv protsessi. 

2.

 



Saksoniyaliklarning dinastiyasining idora etila boshlanishi 

3.

 



Ottom  1  ning  idora  kilishi.  Italiyaliklarga  kilingan  yurishlar  va  Germaniya 

imperiyasining tashkil topishi. 

4.

 

Italiyada feodal munosabatlar rivojlanishining xususiyatlari. 



5.

 

Ottom 1 ning Italiyaga yurishi. Imperiyaning kayta tiklanishi. 



6.

 

X asr oxiri-X1 asr boshlarida Germaniya va Italiya. 



7.

 

Frankoniya dinastiyasining idora kilinishi. 



 

Papalar 


va 

imperiyalarning 

investitura uchun kurashi. 

8.

 



Klyuniychilik xarakati va Grigoriy VII reformalari. 

9.

 



Genrix IV ning bosh kutarib chikishi. 

10.


 

Saksoniyaliklarning 1073-1075 yillardagi kuzgoloni. 

11.

 

Kanossa. 



 

843  yilda  Vordemda  bulgan  taksimotta  muvofik  «Sharkiy  frank  erlari»  Lyudovik  Nemisga 

utdi.  Aslida  bu  erlari  bir  necha    kabilaviy  knyazliklarning-gertsklarning  erlari  edi.  Mamlakatning 

xech kanday milliy birligi tugrisida u vaktda suz xam bulishi mumkin emas edi. Mamlakatning xech 

kanday milliy birligi tugrisida u vaktda suz xam bulishi mumkin emasdi. Gertsogliklar shimoldan-

janubga  karab  kuyidagi  tartibda  joylashgan  edi.  Saksoniya,  Frankoniya,  Shvabiya  (ilgari 

Allemaniya)  Bavariya  bi  muncha  keyinirok  borib  garbda  joylashgan  beshinchi  bir  gertseklik-

Lotaringiya kushib olindi. 

Reyingning  narigi  tomonidagi  erlarda  feodallashuv  protsessi  Frantsiyadagiga  karaganda 

sustrok  buldi.  Xatto  X  asrning  boshlarida  xam  Germaniya,  u  kadar  feodallashmagan  edi. 

Jamoalarga-markalarga  uyushgan  erkin  dexkonlar  uzokv  vaktgacha  uz  mustakilliklarini  sakulab 

koldilar.  Krepostnoylashtirish  yulidagi  urinishlarga  dexkonlarning  katta  kuzgolonlar  kutarish  bilan 

javob berdilar. Shunday katta kuzgolonlar kutarish bilan javob berdilar. Shunday katta kuzgolonlar 

kutarilishlardan  biri  masalan  841-842  yillarda  Saksoniyada  bulib,  u  «Steling»  degan  nom  bilan 

mashxurdir.  Bu  kuzgolon  dexkon  jamoalarining  ittifoki  bulib,  bu  ittifok  eski  majusiylik  bayrogi 

ostida ish kurgan edi. Bu ittifok xam kelgindi frank zodagonlariga xam maxalliy sak zodagonlariga 

karshi karatilgan edi. 

Rim  ta`sirini  utkazishning  jumladan  xususiy  mulkchilikning  va  erga  birkitib  kuyib  shaxsiy 

karam  kilishning  yangi  formalarini  kiritish  Reyinning  narigi  tomonida  ancha  sekin  amalga 

oshirilmokda  edi.  Birok  X-X1  asrlarda  bu  erda  xam  feodallashuv  ancha  muvaffakiyatli  kechdi. 

Marka,  ya`ni jamom tushkunlikka  yuz tutdi. Katta dunyoviy va cherkov er egalari tobora kup erni 

uz  kuliga  ola  bordi.  Xususiy  mulkchilikning  rivojlanishi  orkasidan  er  kuldan  kulga  uta  boshladi. 

Dexkonlarning bir kismi uz eridan ajrab feodal er egalariga karam bulib koldi. Komendatsiya  ya`ni 

uzini  kudratli  kishisining,  yirik  er  egasining  xomiyligiga  topshirish,  imunitet,  ya`ni  er  egasining 

davlat  funktsiyalarini  sud  kilishi,  Reyn  buyidagi  cherkov  erlarida  juda  xam  avj  olib  ketgan 

prekariylik  munosabatlari  X-X1  asrlarda  Reyinning  narigi  tomonida  tobora  tez-tez  uchraydigan 



 

34

 



buldi.  Bu  protsesslarning  xammachi  shuni 

kursatdiki,  102  yuz  yil  ilgari  Garbiy  Frank 

davlati  feodal  munosabatlar  kanday  avj  olgan  bulsa,  Germaniyada  xam  garchi  kechikib  bulsada, 

shunday  avj  oldm.  Germaniyada  katta  er  egaligining  avj  olishida  kirol  xazinasiga  karashli  erlarni 

tolan-taroj  kilinishi  katta  rol`  uynaydi.  Kreyninglarning  keyingi  kuchsiz  kirollari  bu  erlarni  uz 

kullarida saklab kola olmadi. Shu bilan bir vaktda, Germniya feodallarining sharkda slavyanlar va 

vengerlarga karshi janubda Italiyaga karshi olib borayotgan urushlari kengaygan sari, Germaniyada 

ritsarlik xam zur berib avj oldi. Fakat zodagonlar xonadonlarining kichik a`zolari, mayda pomest`eli 

dvoryan  tipidagi  er  egalarigina  emas,  balki  ot  va  boshka  xarbiy  anjomlar  topishga  kurbi  etadigan 

eng  tuk  erkin  dexkonlar  xam  ritsarlarga  aylandi.  Nemis  ritsarlari  tarkibiga  xatto  ministeriallar  deb 

ataladigan  kishilarning  ya`ni  xovli  xizmatkorlarining  erksiz  xizmatkorlarning  bir  kismi.  xAto 

malaylar  xam  kiritildi.  X11  asrdayok  Germaniyada  ritsarlar  «zoti  ulug»  va  «zoti  past»  ritsarlarga 

ajratilgan  edi.  Fakat  X111  asrdagina  ritsarlarning  ikkala  xili  bir-biriga  batamom  kushilib  ketib, 

yagona  ritsarlarga  aylandi.  Germaniyada  feodal  munosabatlar  rivojlanishining  uziga  xos 

xususiyatlari  sifatida  cherkov  erlarida  tashkil  topgan  fegt  deb  atalidigan  er  egaligining  keng 

tarkalganligini  kursatib  utish  kerak.  Dastlab  fegtlar  cherkovda  xizmat  kilar,  u  erda  xarbiy  va 

sud`yalik vazifalarini  ado etar edilar va buning  evaziga  cherkov erlarining bir kismini foydalanish 

uchun  olar  edilar.  Keyinchalik  bu  erlar  nasldan  naslga  utadigan  feodal  erlariga  aylandilar, 

fegtlarning uzlari esa xakikiy feodal bulib koldilar. 

Eng  katta  feodallar-gertsoglar  va  graflar  feodal  tarkoklik  namoyandlari  edi.  Ular  kirol 

xokimiyatining zaiflashuvidan manfaatdor edilar. Natijada ular shunga erishdilarki tez vakt ichida X 

asrning  boshlarida  Karolinglar  Germaniyada  xech  kanday  axamiyatga  ega  bulmay  keldilar.  Lekin 

Germaniyada  X  asr  urtalarida  kirol  xokimiyati  kuchaya  boshladi.  Buning  sababi  shu  ediki,  bir 

tomondan  eng  kuchli  gertsoglardan  biri  kirol  bulib  oldi,  uning  gertsoglik  territoriyasi  kirol 

xokimiyatining  axamiyatini  yanada  oshirish  uchun  ma`lum  bir  moddiy  baza  bulib  xizmat  kildi. 

Ikkinchi  tomonidan  olib  borilgan  uzluksiz  va  katta  boskinchilik  urushlari  natijasida  Germaniyada 

kirol xokimiyati ma`lum davrgacha kuchayib bordi. 

Urushlar  feodallar  kuchini  ma`lum  darajada  birlashtirishni  talab  kilar  ei.  Kirol  esa  ularga 

feodallar lashkarlarining sarkardasi sifatida zarur edi. Bu narsa ularni kirolga buysunishiga majbur 

kilar  edi.  Nixoyat,  ritsarlarning  siyosiy  rolini  xam  e`tiborga  olish  kerak.  Ritsarlar  tobora  kupayib, 

soslovie  bulib  uyushib  borgan  sari  kirol  xokimiyati  katta  feodallar  bilan  tuknashuvda  ritsarlarga 

tayanib  olardilar.  Xalk  ommaviy  tutkunlikka  solish  davom  etib  borayoyotgan  sharoitda  kirol 

xokimiyati xalk xaoakatiga, dexkonlar xarakatiga sifatida feodallarning xammasi xam-kattasi xam, 

kichigiga xam zarur edi. 

919 yilda feodal zodagonlari Saksoniya gertsogi Genrix 1 Kushbezim kirol kilib saylandi. U 

soksoniyaliklar dinastiyasiga asos soldi, bu dinastiya 1024 yilgacha idora kildi. Genrix 1 zamonida 

(919-936)  Germaniyada  kirol  xokimiyati  juda  avj  oldi.  Saksoniya  gertsogligi  eng  katta  gertsoglik 

bulib,  Germaniyaning  butun  shimoliy  kismini  egalar  edi.  Bu  erda  erkin  dexkuonlar  anchagina 

saklanib  kolgan  bulib,  bulardan  kisman  otlik,  kisman  piyoda  xarbiy  lashkarlar  tuzildi.  Shu  tufayli 

Saksoniya  gertsogi  boshka  gertsogliklarga  nisbatan  ancha  mustakil  gertsoglik  edi.  Genrix  1  keng 

mikiyosida  agressiv  tashki  siyosat  yurita  boshladi.  Genrix  1  zamonida  Germaniya  territoriyasi 

Garbga va Sharkga karab kengaydi. Frantsuz kirolligining zaifligidan foydalanib, Genrix 1 ulardan 

Lotarengiyani tortib oldi. Sharkda esa u El`ba daryosi buyida yashagan garbiy slavyanlarga  karshi 

agressiya  boshladi.  Genrix  1  El`badan  utib,  slavyan  kabilalari  bulmish  Lyutichlar  erlariga  bostirib 

kirdi.  Nemislar  slavyanlar  Bramibor  nomli  kal`sini  bosib  oldi  va  unga  Brandenburg  deb  nom 

berildi.  El`baning  narigi  yogidagi  bosib  olingan  erlar  nemislarning  yanada  sharkka  tomon  xujum 

kilish  uchun  platsdarm  buldi.  Shunday  kilib,  Genrix  1  nemislar  tomonidan  slavyanlar  olamiga 

karshi  olib  borilgan  konli  urushlar  davrini  boshlab  berdi.  Genrix  1  sharkda  slavyanlardan  tashkari 

yana  vengerlarga  karshi  xam  urush  olib  bordi.  993  yilda  u  Merzemburgga  yakin  bir  joyda 

vengerlarga  kattik  zarba  berdi.  Slavyanlar  va  vengerlarga  karshi  kurash  vaktida  Genrix  1  erkin 

dexkonlarning  yukori  tabakalaridan  kisman  ministeriallardan  olinadigan  ritsarlar  sonini 

kupaytirishga xarakat kildi. Mudofaaning ikkinchi bir vositasi sifatida, u juda kup kal`alar-burgalar 

kurdi, bu kal`alarning bir kismi keyinchalik savdo-sanoat shaxarlariga aylandi. 

Genrix 1 ning ugli Ottom 1 (936-973) kirol xokimiyatini mustaxkamlashini davom ettirdi. U 

dastavval  boshka  gertsaglarni  ustidan  nazoratni  kuchaytirdi,  buning  uchun  nigox  va  boshka 


 

35

 



karindoshlik  alokalardan  foydalandi.  Kirol 

ta`sirini 

butun 

mamlakatta 



yoyishning 

ikkinchi  bir  usuli  episkoplik  tizimi  buldi.  Ottom  cherkov  bilan  dustona  aloka  bogladi.  U 

episkoplarga  keng  mikiyosida  immunitet  xukuklar  berildi  va  ularga  juda  manfaatlar  bilan  davlat 

manfaatlari bir-biriga chachishib ketdi. Rim papasiga deyarli buysunmay kuyishiga olib keldi. 

Ottom  1  zamonida  El`baning  narigi  tomonidagi  slavyanlarga  karshi  kurash  yanada  kuchli 

surat  davom  etdi.  El`baning  narigi  tomoniga  nemiz  kolonistlari  kuchib  kelib  urnasha  boshladi. 

Ularning  eng  yaxshi  erlarini  tortib  olib,  kolonist-nemislarga  berar  edilar,  masalan  955  yilda 

markgraf  Gerom  slavyanlarning  30  ga  yakin  knyazini  uz  xuzuriga  «Ziyofat»ga  chakirib,  shu  erda 

buyruk berib ularning xammasini uldirtirib yubordi. 

Ottom  1  vengerlarga  karshi  kurashshni  davom  ettirdi.  955  yilda  Lexi  daryosi  buyida 

(Augeburgga  yakin  bir  joyda)  vengerlarga  yana  zarba  berishga  muvaffak  buldi.  Shunday  keyin 

vengerlar Germaniya erlariga xujum kilishni tuxtatdilar. Ular Xristianlikni kabul kila boshladilar va 

nemislarning ta`siriga uta boshladilar. 

Lekin Ottom asosiy e`tiborni sharkka emas, balki Italiyaning janubiga kartdi, chunki Italiya 

Germaniya imperatorining «dunyoga xokim bulish» rejalarida asosiy urin tutar edi. 

Italiya  X  asrda  ancha  feodallashgan  edi.  Bu  erda  feodallashish  jarayoni  Germaniyadagiga 

karaganda ancha ilgarilab ketdi. Italiyada feodal munosabatlar juda boshkacha bir tarzda uziga xos 

xususiyatlar  bilan  boshlandi.  Langebardlar  uz  davrida  Italiyadagi  kuldorlik  tuzumining  uzil-kesil 

tugaganligi  shimoliy  va  urta  Italiya  dexkonlarining  axvoliga  ijobiy  ta`sir  kursatdi.  Bu  erda 

dexkonlar borib-borib asta asoratta solingan bulsalar-da, xar-xolda bu erdagi krepostnoylik u kadar 

kattik bulmadi, jumladan bu xol shu narsada uz ifodasini topgan ediki, dexkonlarning majburiyatlari 

ilgarigidek  uzboshimchalik  bilan  bulmasdan,  balki  anik  bir  normaga  solingan  edi.  Ikkinchi 

tomonidan, Italiyadagi shaxarlar ancha erta rivojlanaa boshlanganligi sababli krepostnoy dexkonlar 

shaxarlarga  ketishi,  natural  majburiyat  pul  bilan  muddatidan  ilgari  tulashi,  erkin  sotib  olishi 

mumkin  edi  va  x.zolar.  Italiyada  krepostnoy  dexkonlar  bilan  bir  katorda  krepostnoy  bulmagan, 

lekin  eridan  maxrum  kilingan  dexkonlar  kup  edi.  Bu  dexkonlar  feodallarning  erlarini  ma`lum 

muddatta er egasi bilan shartnomada kursatilgan shartlar bilan ijaraga olar edilar. Italiya feodallari 

xam uziga xos bir axvolda edi. Shaxarlar rivojlanib borayotgan bir sharoitda feodallarning bir kismi 

shaxarlarga  kuchib  borib,  shaxarliklarning  ta`siriga  berilib  ketar  edi,  shaxarda  yashab  turgan 

ritsarlar  asta  sekin  shaxarliklar  bilan  chachishib  ketdi.  X  asrda  Korolinglar  xokimiyati  uz 

axamiyatini  butunlay  yukotdi.  Ytsirik  feodallar  mustakil  bulib  olib,  mutassil  uzaro  urushlar  band 

bulib  kolgan  edilar,  bu  urushlardan  maksad-ancha  katta  shaxarlar  va  mamlakatning  eng  muxim 

savdo yullari ustidan uz xukmronligini urnatish edi. 

Birok Italiyada cherkov feodallari papalar, arxeopiskoplar va episkoplar monistirlar juda kup 

edi.  Shunday  kilib,  X  asr  urtalarida  Italiyada  juda  xilma-xil  va  keskin  sotsial  ziddiyatlra  yuz 

bermokda edi, bu xol uning siyosiy tuzumiga xam ta`sir kilmokda edi.  

Italiya X asrda siyosiy jixatdan Evropada eng tarkok bir mamlakat edi, desa buladi. U juda 

kup mustakil gertsoglik, markizlar, graflik va episkoplarga bulinib ketgan edi. Papalik taxti xar turli 

rilik  aristokratiya  xonadonlari  urtasidagi  nayranglar  va  urushlarga  sabab  bulmokda  edi.  Italiya 

janubiy  territoriyasining  bir  kismi  xali  Vizantiyaga  karar  edi,  bir  kismini  esa  arablar  bosib  olgan 

edi. Birok Italiya siyosiy jixatidan shunday tarkok bulishiga karamasdan mamlakatda shaxar xayoti 

zur berib tarakkiy etmokda edi. Italiya shaxarlari xam Urta dengizda vizantiyaliklar va arablar bilan 

savdo  kilar  edi.  X  asrda  savdo  va  shaxarlarning  axamiyati  xali  juda  kam  bulgan  Germaniyaga 

nisbotan  Italiya  german  feodallariga  juda  katta  boyliklarga  ega  bulgan,  zeb-ziynatli  va  farovon  

mamlakat bulib kurinar edi. 

Shimoliy  Italiya  feodallarining  uzaro  urush-janjallariga  aralashib,  Ottom  1  Italiyaga  951 

yilda kushin tortib bordi. U Paviya shaxrini oldi, shimoliy Italiya knyazlaridan bir nechtsini tor-mor 

kilib,  Provans  bilan  Italiya  kiroli  Totarning  beva  kolgan  xotini-kiroicha  Adelgoydaga  uylanadi. 

Germaniyaning  shimoliy  Italiya  ta`siri  va  german  kirollarining  Italiya  siesati  deb    atalmish  siesati 

ana shundan boshlanadi. 

961  yilda  Otgon  Italiyaga  yana  yurish  kiladi.  Bu  safar      Ottonni  yigirma  ikki  eshlik  papa 

Moami X11 erdamga chakirgan edi, bu papaga uning uz vassalari – rim   baronlari xavf solaetgan 

edi.  Karl  Buyuk  ulgandan  keyin  kuchaygan  va  1X  asrning    urtalarida  diniy  xokimiyatni  duneviy 

xokimiyatdan  ustun  turadigan  degan  nazariyani  kutarib  chikkan  papalikning  uzi  edi.  Italiyada 



 

36

 



feodallashuv  protsessining  yanada  kuchayishi 

munosabati  bilan  kattik  inkirozga  uchrab, 

kirol xokimiyatining  erdamiga  muxtoj bulib kolgan edi. Otton 1 Rim feodallarini bostirib, papani  

taxtga  utkazdi.  Bunga  minatdorlik  bildirib  ,  papa  962  yilning  boshida  Ottonga  imperatorlik  tojini 

kiygizdi.  Shunday  kilib,  «yangi  imperiya»  tiklandi.  Shu  narsa        xarakterliki,  ilgari  Karl  Buyuk 

bulgani  singar,  bu  safar  xam  Otton  Rim  imperatori  deb  e`lon  kilindi  (ilgari  Karl  Buyuk  xam  Rim  

imperatori  deb  e`lon  kilingan  edi).      Yangi  imperiyaga  «Mukaddas  Rim  imperiyasi»  deb  nom 

berildi.    Fakat  keyinrok  borib,  X11  asrdagina  bu  iboraga  ikki  sud  kushilib,  «German  millatining 

mukaddas Rim imperiyasi» deb ataladigan buldi. 

Deyarli  butun  Italiya  ustidag  nazorat  kilish  xukukini    beradigan  imperatorlik  unvonining  

kabul  kilinishini  Otton  va  uning  atrofidagilar  eng  katta  galaba  deb  xisobladilar.  Xakikatda  esa 

german  kirollarining  Italiyadagi  siyosatida  chukur  ziddiyatlar  bor  edi.  Italiyada  nemis  feodallariga 

juda xam nafrat bilan karar  edilar. 964  yilda imperator  Italiyada  yuk vaktida vafot  etgan  edi.  Ioan 

X11  urushga  Otton  tomonidan  tayinlangan  yangi  papani  tanishdan  Rim  bosh  tortdi.  Keyingi  yili 

Otton yana Italiyaga kelganda Rimini kattik xujum bilan kulga oldi. “Abadiy shaxar”ning tevarak-

atrofi va butun Rim oblasti juda kattik talanib, xaroblarga aylantirdi. Italiya yilnomachilaridan biri 

bu  vokeani  kuyidagicha  tasvirladi.  “Shuring  kursin  Rim.  Kancha-kancha  xalklar  seni  oyok  osti 

kilib,  ezib  keldi.  Endi  senga  Sakson  kiroli  ega  bulib  oldi.  Farzandlaring  kilich  zarbalaridan  xalok 

buldi.  Kuch-kuvvating  kukka  sovurildi.  Oltin,  kumushlaring  ajnabiylar  xamyoniga  solib  olib 

ketmokda”. Shu bilan bir vaktda Vizantiya bilan xam yangi imperatorga karshi edi. Ular uzlarining 

Italiyadagi  ta`sirini  yangi  kelgindilarga  berib  kuyishni  istamas  edilar.  Ottom  1ning  ugli  Vizantiya 

malikasi  Feofaniyaga  uylantirib,  Ottom  1  Vizantiya  bilan  bulgan  munosabatlarini  bir  muncha 

vaktgacha  yaxshilab  olishga  muvaffak  buldi.  Lekin  arablar  bilan  bulgan  munosabatlar  esa  kattik 

urush chikish xafini solardiki, bunga tamomila ovora bulib, Germaniyaning ichki ishlaridan  ancha 

chetlashib  koldi.  Ottom  1  uz  kirolligining  oxirgi  bir  necha  yilini  xech  kayokka  chikmasdan 

Italiyaning uzida utkazishga majbur buldi. 

Otton 1 ning ugli bilan nevarasi –Otton 11 xam, Otton 111 xam butunlay Italiyadagi siyosat 

bilan band buldi. Ottom 11 janubi kulga kiritishga xarakat kildi. U Neapol` bilan Tarsitni bosib oldi. 

Lekin  pirovard  okibatida  983  yilgi  arablar  bilan  bulgan  dengiz  janglaridan  birida  maglubiyatga 

uchradi,  oradan  kup  utmay,  Ravaniyadagi  imperatritsa  Feafaniya  regent  bulib,  idora  kila  boshladi. 

Lekin  uning  obusi  yaxshi  emas  edi.  Imperator-kirol  xokimiyatining  zaiflashganligidan  foydalanib, 

german gertsoglari uz knyazlarini butunlay mustakil xokimlar sifatida idora kila boshladilar. 

Germniyaning  asosiy  kuchi  janubga  ketganligidan  foydalanib,  983  yildan  boshlab 

slavyanlar-bodrichlar  bilpn  lyutichlar-german  feodallariga  karshi  kuzgolon  kutardilar.  Undan 

keyingi yillarda ular nemislarni yana Yal`ba daryosining narigi tomoniga butunlay surib chikardilar. 

Lekin Italiyada xam german feodallarining axvoli uncha yaxshi emas edi. Italiya axolisi chet 

elliklarning xokimiyatiga dushmanlik nazari bilan karar edi. 997  yilda Rimda Otton 111 ga karshi 

juda katta fitna uyushtirildi. 

Fitna  fosh  etildi  va  asosiy  fitnayailar  katl  kilindi.  1001  yili  Otton  111  uzining  asosiy 

rezidentsiyasi  Rimda  butunlay  kolish  uchun  Germaniyadan  Italiyaga  keldi.  Shundan  keyin  Otton 

111  Rimda  kolishdan  kurkib,    Ravennaga  kuchib  bordi,  oradan  kup  utmay  (1002)  vafot  etdi. 

Shunday kilib, Otton 111 ning buyuk davlatchilik plani taoman barbod buldi. Saksoniya sulolasiga 

mansub bulgan oxirgi imperator Gerix 11 (1002-1024) ancha extiyotkorlik bilan siyosat yurgizdi. U 

Italiyadagi  katta  feodallar  va  shaxarliklarning  uziga  vassal  karamligi  bilan  kifoyalandi.  Uzi  esa 

Germaniyada yashab, xar turli yon berishlar bilan german gertsaglarini uziga itoat ettirishga xarakat 

kildi. 


1024-1025  yillar  davrda  Germaniyada  ikkinchi  bir  maxalliy  bir  maxalliy  dinastiya 

Frankoniya  gertsoglarining dinastiyasi idora kildi. Frankoniya Saksoniyadan keyin ikkinchi urinda 

turgan  eng  katta  gertsoglik  bulib,  unda  ruxoniylar,  episkoplar  va  monastirlarning  juda  kup  erlari, 

kupdan-kup reyillik ritsarlar, savdo axamiyatiga  ega bula boshlagan juda kup Reyi buyi shaxarlari 

bor  edi.  Dastlabki  vakillari  Komrat  11  (1024-1039)  va  Genrix  111  (1039-1056)  bulgan  yangi 

dinastiya  dastavval  ritsarlarga  suyandi.  Konrat  11  imperator  ritsarlari  sonini  kupaytirishga  ayniksa 

kattik xarakat kildi, bu ritsarlar lexlarni bevosita kirolning uzidan olar edilar. 

 Genrix  111  Chexiya  knyazi  slavyan  Bretislavning  uziga  vassal  tarzda  karam  kilib  oldi 

(1014).  U  Pol`sha  bilan  Vengriyaga  xam  uz  ta`sirini  utkazdi.  Genrix  111  kupayib  borayotgan 


 

37

 



ritsarlarga  tayanish  bilan  birga,  uz  ittifokchisi 

bulgan  cherkov  xizmatlaridan  foydalanish 

xam davom ettirdi. 

Lekin  Frankoniya  sulolasi  idora  kila  boshlagan  davrda  imperiyaning  yuksalishi  va 

markazlashtirish  soxasida  erishilgan  ba`zi  muvaffakiyatlar  dunyoviy  va  ruxoniy  zodagonlar 

urtasidagi kurash natijasida barbod buldi. Genrix 111 ning ugli Genrix IV zamonidan (1056-1106) 

imperator  bilan  papalar  urtasida  uzok  daom  etgan  kattik  kurash  boshlandi,  bu  kurash  german 

feodallarining  Italiyadagi  boskinchilari  avantyuralari  natijasida  ogirlashib  ketdi  va  bu  xol  okibat 

natijada imperator xokimiyatini zaiflashtirib yubordi. 

X1  asrning  urtalarida  katolik  cherkovi  aloxida  bir  xolatda  edi.  Bir  tomonidan,  bu  vaktda 

cherkov uz ta`sirini butun Garbiy Evropaga yoygan edi. X1 asrda Skandinaviya xalklari, Vengriya, 

Pol`sha  xristianlikni  uzil-kesil  kabul  kildi.  Pireney  yarim  orolining  anchagina  kisi  musulmon 

arablarning  xumronligidan  xolis  bulgan  edi.  Cherkovning  Evropadagi  juda  kup  erlari  bor  edi.  Uni 

bir  markazdan  turib,  Rim  papasi  boshkarar  edi.  Katolik  cherkovining  ideologlari  1X  asrdayo, 

cherkov xokimiyatidan yukori turadi. Papalar odatda Rim ruxoniylari va Rim dunyoviy zodagonlari 

tomonidan saylanar edi. Kotolik cherkovning erlari kup edi, lekin bu erda dunyoviy xokimiyatning 

leni deb xisoblanar edi. 

Cherkov doiralarida bir xarakat vujudga kelib, bu xarakat yukorida utilgan ziddiyatlarni xal 

kilishni,  papaning  cherkov  ustidan  bulgan  xokimiyatini  kuchaytirishni  va  cherkovning  uzini 

dunyoviy xokimiyatdan mustakilligini oshirishni uz oldiga maksad kilib kuydi. Bu kayfiyatlarning 

ifodachisi  Klyuniy  monastirining  monarxi  buldi,  monastir  Burgundiyada  eng  katta  monastir  edi. 

Gil`derbrand nomli ital`yan bir gurux xam fikirlari bilan 25 yil davomida papa kuriyasida bir nechta 

papa  davrida  raxbarlik  mavkeini  egallab  oldi.  Pirovardida  Gil`brandning  uzi  papa  bulib,  Grigoriy 

VII  (1073-1085)  degan  nom  oldi.  Grigoriy  VII  xar  kanaka  kelishini  xam  yomon  kuradigan, 

mustaxkam irodali, ujar fanatik kishi bulib, teokratik ideyalarni tamom uzlashtirib olgan edi. 

Grigoriy    VII  bir  kancha  muxim  reformalar  utkazdi,  uning  bu  reformalari  kotolitsizm 

markazlashtirish va jipslashtirishga  yordam berdi. Xammadan burun uning taklifiga muvofik 1059 

yilda  papa  saylashning  yangi  tartibi  joriy  kilindi.  Kordinallarning  sayl  yigilishi  konklav  deb  atalar 

edi.  Grigoriy  VII  dekret  chikarib,  tsolibat  joriy  kildi,  ya`ni  barcha  ruxoniylarning  kora 

ruxoniylarning xam, ok ruxoniylarni xam uylanmasligi majburiydir degan tartib joriy kildi. Nixoyat 

1075  yil  Grigoriy  VII  yangi  saylangan    episkopga  albatta  uzuk  va  xasa  shaklida  imperator  yoki 

korol`  tomonidan  berilib  kelgan  dunyoviy  investiturani  bekor  kilish  tugrisida  dekret  chikardi.  Shu 

vaktdan  boshlab  inseteturani-ruxoniylarni  vazifaga  tayinlash  yorligini  fakat  papaning  uzigina 

beradigan buldi. 

Rim  cherkovining  yukorida  aytib  utilgan  reformalaridan  dastlabki  ikkitasining  amalga 

oshiruviga shu narsa imkon berdiki, bu vaktda imperator Genrix IV bunga kattik norozilik bildirdi, 

papa bilan imperator urtasida kurash boshlanib, bu kurash deyarli yarim asr davom etdi. 

Imperator bilan urtasidagi kurashning keskinlashuv sabablari tushinish uchun imperatorning 

uzining  70  yillarda  Germaniyada  olib  borgan  siyosatini  bilib  olish  kerak.  Genrix  IV  kattik  kul  va 

shuxrat parast kirol edi. Otasi Genrix 111 singari bu xam feodal zodagonlarining uzboshimchaligini 

jilovlashga xarakat kildi. Genrix IV Saksoniyani buyundirishni uz oldiga eng birinchi siyosiy vazifa 

kilib  kuydi.  U  Garbiy  Saksoniyada  yangidan-yangi  imperator  kasirlari  kurishini  davom  ettirdi. 

Saroyni shu erga kuchirib oldi va bosib olingan mamlakatda kanday xujayinlik kilgan bulsa, bu erda 

xam  shunday  xujayinlik  kildi.  Imperator  Saksoniyaning  boy  urmonlarini  tortib  olib,  uz  mulkiga 

aylantira  boshladi.  Ancha  kismi  xali  erkin  bulgan  sakson  dexkonlariga  juda  ogir  imperator  soligi 

solindi.  Saksoniyaga  sukilib  kirib  borayotgan  Frank  va  Shvabiya  feodallari  ular  dexkon  jamoliga 

zulm  kiluvchi  va  ularni  ezuvchi  asosiy  zolimlar  deb  xisobladilar.  Tugri  vaktda  Saksoniya 

zadoganlari xam krepostnoy feodallariga aylana boshlagan edi. Lekin imperatorga, episkoplarga va 

manastirlarga  karaganda  Saksoniya  feodallarining  erlari  bir  muncha  kam  edi.  Shuning  uchun  xam 

Saksoniyada  1073-1075  yil  kuzgolon  kutarildi.  Genrix  IV  ning  uzi  xam  kuzgolonchilar  kuliga  asr 

tushishiga sal koldi. Saksoniya zodagonlari imperatorga karshi urush xarakatlarini sustlik, bushanlik 

bilan  olib  bordi.  Genrix  IV  esa  bularning  xammasidan  juda  ustalik  bilan  foydalandi.  1075  yil 

yozning  boshlarida  u  bir  kismi  imperatorning  Frankoniyalik  ritsarlaridan  bir  kismi  Shvabiya 

togliklaridan  iborat  bulgan  katta  kushin  bilan  tor-mor  kilindi.  Dexkonlarga  kushilmay  uzlaricha 



 

38

 



aloxida  jang  kilgan  saks  feodallari  xam 

maglubiyatga 

uchradilar. 

Lekin 


ular 

dexkonlarga karaganda oz natijasida juda katta talofat kurdilar, ulardan bir necha ming kishi xalok 

buldi. 

1075  yilning  ikkinchi  yarimida  Genrix  IV  Saksoniyaga  butunlay  xujayin  bulib  oldi. 



Saksoniya  yakin  orada  Frankiyaga  kushilib  ketganday  kuringan  edi.    Genrix  IV  sakslar  ustidan 

galaba kozongach, uzini Grigoriy VII ga nisbatan xam xujum  siyosati yuritish uchun etarli darajada 

kuchga egamagan, deb xis kildi. 

Birok  imperatorning  papaga  karshi  kurash  olib  borishi  oson  bulmaydi.  Imperatorning 

tarafdorlari  kup  edi,  uni  yirik  feodallarning  bir  kismi.  Episkoplarning  kupchiligi,  monastirlarning 

bir, ritsarlar, Reyn buyidagi shaxarlar kullab-kuvvatlar edi, lekin imperatorning dushmanlari xam oz 

emas  edi,  yirik  feodallarning  kupchiligi,  monaxlik  kiluvchi  ruxoniylarning  kupchiligi,  ital`yan  va 

kisman  nemis  episkoplari,  Italiya  shaxarlarining  bir  kanchasi  unga  dushman  edi.  Genrix  1V  uli 

xolga  tushib  koldi.  Unda  papa  bilan  murosaga  kelishdan  boshka  iloj  kolmadi.  Imperator  1077  yili 

Italiyaga kelib, bir nechta mulozimlari bilan birga 25 yanvarda Kapossa kasri (Toskanada)ga bordi. 

Grigoriy  VII  usha  vaktda  shu  ksrda  edi.  Tavba-tazarru  kiluvchi  gunoxlar  libosida,  yalang  oyok 

xolda imperator uch kungacha Kanosa darbozasi oldida turdi. Shundan keyingina, nixoyat papa uni 

uz xuzuriga kiritdi va uning gunoxini bir kancha pisandalar bilan kechirdi. Shunday kilib, Kapessa 

dunyoviy xokimiyatni cherkov xokimiyati oldida er urib bosh egish timsoli buldi. 

Lekin  Kakossa  mustaxkam  tinchlik  urnata  olmadi.  Genrix  IV  feodallar  lageridagi 

kelishmovchiliklardan  foydalanib,  oradan  kup  vakt  utmay,  papa  bilan  yana  kurash  boshladi. 

Shundan  keyin  Genrix  V11  knyazlarini  imperatori  kasamidan  xalos  etib,  ularga  darxol  yangi 

imperator saylab olishni taklif etdi. Feodallar tomonidan saylangan Rudol`f Shvabskiy Genrix IV ga 

karshi  urush  boshladi.  Lekin  sal  vakt  ichida  janglardan  birida  (1980)  xalok  buldi.  Shundan  keyin 

Genrix  IV  kamal  xolatiga  tushib  koldi.  Papa  vasalari  biri  bulgan  normanlarning  yordamiga  kelib, 

Genrix V11 ni asir tushishidan kutkarib koldi. Oradan kup vakt utmay (1085 yilda) usha erda uldi. 

Genrix V kirollik kilgan davrning oxirgi vaktlaridagina, 1122 yilda, u bilan Kallist 1 urtasida 

Vorme konkordati deb nom olgan kelishuv sharnomasi tuzildi. 

Vorme  konkordatida  episkoplarning  ruxoniylar  tomonidan  saylanishi  printsp  kilib 

belgilandi. Shu bilan birga Germaniyada salovlar imperatorning uzi yoki uning vakillari ishtirokida 

utkaziladigan  buldi.  Burgundiya  bilan  Italiyada  esa  episkop  saylashda  imperatorning  katnashishi 

kuzda  tutilmadi.  Sungra  imperator  papa  bilan  bulgan  kurash  vaktida  undan  tortib  olingan  cherkov 

mulkini  kaytarib  berishni  vada  kildi.  Investuraning  uzi  esa  konkardatga  muvofik  ikki  kismga 

bulindi-bir  kismi  cherkov  investiturasi  bulib,  buni  cherkov  beradigan  buldi,  ikkinchi  kismi 

dunyoviy  investitura  belib,  buni  imperator  shu  bilan  uzining  episkoplar  ustidan  sen`orlik  xukukini 

takidladi. 

Investitura masalasidagi yon berishdan tashkari, konkordatga imperatorga nokulay bulishga 

karamay, Genrix V11 amalga oshirishga boshka reformalarga xam papaga indamay yon berilgan. 



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling