Tema: v-asrdan X1 asr urtalarigacha Angliya


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana17.03.2017
Hajmi0.78 Mb.
1   2   3   4   5   6   7

ADABIYoTLAR. 

1.

 



Istoriya Italii V. 3 t. M., 1970 g. T.1 

2.

 



Samarkin V.V.  Istoricheskaya geografiya Zapadnoy Evropi v seredine veka. M.,1976 

3.

 



Feodal`naya reyta i krest`yanskie dvijeniya v zap.Evrope XII-XV v.v. M.,1985 

4.

 



Srednie veka M.,1942-1990. Vip.1-3 

5.

 



Veye  V.D.  K  voprosu  o  prirode  fogtstva  v  Germanii  X-XV  v.v.  Istoricheskie  zapiski. 

M.,1946. T.19 

6.

 

Kotel`nokova L.A. Feodalizm i gorod v Italii v VIII-XV v. M.,1987 



 

 

MAVZU:  FRANK DAVLATIDA FEODAL MUNOSABATLARNING 



RIVOJLANIShI.  FRANTsIYa KOROLLIGINING TAShKIL TOPIShI. 

Franklarning ilk tarixi. Morovinglarning boshkaruvi. 

 

1.



 

Xlodvingdan oldingi franklar. 

2.

 

Xlodving. 



3.

 

«Sali xakikatiga» kura franklarning ijtimoiy tuzumi. 



 

39

 



4.

 

Xlodvingdan  keyin  franklardjagi 



feodallashuv prtsessi. 

5.

 



Morvinlar  xokimiyatining  zaiflashuvi.  «Yalkov  kirollar»  VIII-IX  asrlarda  Frank 

davlati. Korolinglarning idora kila boshlashi. 

6.

 

Karl Martel` va uning arablarga karshi kurashi. 



7.

 

Karl Martel`ning sotsial siyosati. Cherkov erlarining kisman sekulyarizatsiya kilinishi. 



8.

 

Pipim Pakana va uning kirollik unvonini olishi. Karl Buyuk imperiyasi. 



9.

 

Karl Buyuk yurishlari. 



10.

 

Imperiyaning e`lon kilinishi. 



11.

 

Karl Buyuk imperiyasining xarakteridagi ziddiyatlar. 



12.

 

Karl Buyuk zamonida franklarning feodallashuv protsessi. 



13.

 

Karolinglar pomest`elari. 



14.

 

«Karolinglar uygonishi».  Karl Buyuk imperiyasining paralanishi. 



15.

 

Karl Buyuk vafotidan keyin Frapnk davlatidagi uzaro urushlar. 



16.

 

Verdendagi taksimot 



17.

 

1X-X asrlarda Frantsiya. Sungi Karolinglar. 



18.

 

Normanlarning xujumlari. 



19.

 

Kapetinglarning idora kila boshlashi. 



 

 

Rim  imperiyasining  territoriyasida  tuzilgan  varvar  kirolliklari  ichida  eng  kattasi  va  kuchligi 



franklar kirolligi edi. Franklar bora-bora burgundlarni buysundirdilar. Galliyadan vestgotlarni surib 

chikardilar.  Italiyada  laganbardorlarni  zabt  etadilar  va  Reyining  narigi  tomonida  kolgan  german 

kabilalarining xammasi deyarli uzlariga itoat etdilar. 

Xlodvigdan oldinga franklar. Franklarning uzlari xam dastlab Reyning narigi tomonida yashar 

edilar.  Ularning  ota-bobolari  Tatsitning  asarida  xar  xil  nomlar  bilan,  chunonchi,  xamavlar, 

sukambrlar, batavlar degan nomlar va boshka nomlar bilan atalgan.  «Frank» degan nom (bu suzni 

«jasur»,  «erkin»  deb  tarjima  kilishdi)  .  111  asrning  urtalaridagina  paydo  bulib,  kandaydir  bitta 

kabilaga  emas,  balki  Reynning  urta  va  kuyi  okimlarida  yashagan  butun  bir  gruppa  german 

kabilalariga ta`lukli bir nom edi, bu kabilalar dastlab Reyn daryosining ung kirgogida yashar edilar. 

Dastlab  ular  Rimliklarga  nisbatan  dushmanlik  munosabatida  buldilar,  keyin  bu  munosabat  ancha 

dustona  munosabatga  aylandi.  451  yildagi  Katalau  jangida,  yukorida  kursatib  utilganidek,  frank 

fodoratlar  sifatida  rimliklar  tarafida  turib  gunilarga  karshi  urushdilar.  Usha  vaktdayok  ular  katta-

katta ikki guruxga bulingan bulib, bir  gruppasi (ular Reynning kuyi okimida  yashar  edilar) dengiz 

buyi  franklar  yoki  sali  franklar  deb,  ikkinchi  guruxi  Reynning    urta  okimida  (xar  ikki  kirgogida) 

yashagan  franklar-kirgok  franklari  yoki  ripuar  franklari  deb  atalar  edi.  Bulardan  kuchlisi  sali 

fraklari  bulib,  ular  Galliyaning  garbiga  karab  bordilar.  Ularning  axamiyati  V  asr  oxiri-  VI  asr 

boshlarida kirol Xlodving zamonida juda xam oshdi. 

Xlodvingning  podsholik  tarixi  (488-511)  episkop  Grigoriy  Turskiyning  “Franklar  tarixi” 

degan  kitobida  mufassad  bayon  kilgan  bulib,  Turskiy  bu  kitobni  ancha  keyinrok,  VI  asrning 

ikkinchi yarmida yozilgan. Franklar xayotida ruyo bergan katta-katta vokealar Xlodving nomi bilan 

boglangandur.  Xlodving  486  yilda  butun  shimoliy  Galliyani  istilo  kildi.  Rimning  bu  oblasti  xali 

varvarlar tomonidan zabt etilmagan bulib, Rim imperiyasi kulagandan keyin Shimoliy Galliyaning 

amalda kiroli bulib kolgan Siagriy degan rimlik bir maxalliy magnat tomonidan idora kilinar edi, bu 

oblastning  markazi  Parij  edi.  Siagriy  Franklar  tomonidan  tor-mor  etildi.  Siagriy  vestgotlar  kiroli 

xuzuriga  kochdi,  lekin  vestgotlar  kiroli  uni  Xlodvingta  tutib  berdi.  Xlodving  asirini  uldirishga 

buyurdi. 

Katta  va  muxim  territoriyani-Sena  va  Luara  daryolari  xavzasini  zabt  etib  olib,  Xlodving 

franklarga  juda  mul-kul  er  bulib  berish  imkoniga  ega  buldi.  Daryolari  juda  kup,  eri  serxosil, 

dexkonchilik  uchun  kulay  butazor  va  kayinzor  urmonlarga  boy  bulgan  keng,  lekin  rimliklarga 

vaktida xuvullab kolgan bu rayonga boshdan-oyok franklar kuchib keldi. Bu rayonga kuchib kelib 

joylashgan  franklar  soni  xali  Reynning  narigi  tomonida  yashab  kelayotgan  franklar  ichida  yana 

axyon-axyonda  kuchib  kelib  turgan  kishilar  xisobiga  kupayib  bordi.  Xlodving  uz  podsholigining 

oxirgi  davrida  Luaraning  janubiga  ancha  jilib  borib,  Goronna  daryosigacha  etdi.  Vestgotlar 

Galliyaning janubidagi erlaridan bir oz kimingina saklab koldi, xalos. Xlodving Burgundiyani xam 



 

40

 



bosib olishga xarakat kildi, lekin bu maksadini 

amalga  oshirmadi,  Burgund  kiroli  saroyiga 

uz ta`siirini utkazish bilangina cheklanib kuya koldi. 

90  yillar  urtasida  Xlodving  xristianlikni  kabul  kildi.  Dastlab  xristianlikni  Xlodvingni  uzi 

kabul kildi. Keyin oddiy franklar va ularning oila a`zolari xam kabul kildilar.  Lekin varvarlarning 

kupchiligi  (vestgotlar,  ostgotlar,  vandallar,  burgundlar,  langobardlar)  xristianlikni  arianlik  deb 

atalgan  formada  kabul  kilgan  bir  kancha  vaktda  (arianlik-kotolik  cherkoviga  nisbatan  bir  masxab 

edi) franklar arianlikni koldirib, xristianlikni tugridan-tugri galliya-rim kotolik ruxoniylaridan kabul 

kildi. Xlodving kolgan barcha sali va ripuar kirolining sekin-sekin bulib koldi, bu kirollik (reynning 

narigi  tomonidagi  erlardan  tashkari)  Galliyaning  turtdan  uch  kismini  uz  ichiga  olar  edi. 

Xlodvingning  ugil  va  nevaralari  kirollikni  tez-tez  bulib  va  kayta  bulib  urishlariga  uzaro  urushlar 

olib  borib  turishlariga  karamay,  kirollikning  chegaralarini  kengaytirishni  davom  ettirdi.  534  yilda 

ular  Burgundiyani  zabt  etdilar,  542  yilda  Vesgotlarning  Gollandiyadagi  oxirgi  erlari  xam  bosib 

olinda. Reynning narigi tomonida esa Alemaniya, Tyuringiya, Bavariya xamda sako kabilalarining 

ba`zilari  franklarga  buysundi.  Ivasrning  ikkinchi  yarmida  Franklar  kirolligi  barcha  varvar 

kirolliklari ichida eng katta kirollik edi. Ilgari Teodorix davrida ostgotlar kulida bulgan gegemonlik 

endi franklar kuliga utdi. 

Franklarning V asr oxiri-VI asr boshlaridagi ijtimoiy tuzumi “Sali xakikati” franklarning sud 

soxasidagi  rasm-koidalarini  tuplami  bulib,  Xlodving  zamonida,  uning  podsholigining  oxirlarida 

(500  yilga  yakin)  yozilgan  bulsa  kerak.  “Sali  xakikati”ga  asoslanib  turib,  franklarning  asosiy 

mashgulotlari  dexkonchilik  bulgan,  degan  xulosaga  kelish  mumkin.  “Sali  xakikati”  deganda  bir 

kancha  moddalar  erkin  franklarning  ekin  erlari,  turli  xildagi  dexkonchilik  kurollari,  uy  xayvonlari 

bulganligidan, boshokli usimliklar etishtirganligidan dalolat beradi. 

Ularning  xujaligida  chorvachilik  (ayniksa  chuchka  bokish)  xam  katta  rol`  uynagan.  “Sali 

xakikati” da yana balikchilik, asalarichilik, bogdorchilik va dexkonchilik oid bulgan asosiy xunarlar 

tugrisida  xam  gapirilgan.  “Sali  xakikati”  da  erni  sotish  va  sotib  olish  tugrisida  uni  birovga  in`om 

kilish yoki vasiyatga muvofik boshka kishiga topshirish tugrisida xech narsa deyilmaydi. Xakikatda 

franklarda usha vaktda er xususiy mulk emas edi. Er jamoa tashkilotining mulki bulib, ayrim frank 

uz er uchastkasidan ma`lum shartlar asosida foydalanardi xolos. 

“Sali  xakikati”  da  urmon  va  yaylovdan,  suvdan  birgalikda  foydalanish  xakida  gapirilgan 

moddalar bor. Kishlok jamoasi (marka) bu manbaga kura, uz xayotining ilk boskichida xali mutloka 

urugchilik  tuzumiga  xos  bulgan  belgilarga  ega  edi.  “Sali  xakikati”  ga  kura  urug  jamoaga  karashli 

erlarning asosiy egasi bulimsh bilan birga, yana siyosiy tashkilot xam edi. 

Birok  “Sali  xakikati”  urugchilik  tuzumining  emirila  boshlaganligidan  xam  dalolat  beradi. 

Franklarda  sotsial  va  mulkiy  bulinish  (tabakalanish)  ochik  kurinib  turardi.  Birinchi  urinda  korol` 

drujinachilari turardi, bularning vergel`di (xumi) 600 solid belgilangan edi. Oddiy  erkin  frankning 

joni  uchun  fakat  200  solid  vergel`d  tulanar  edi.  Yarim  erkin  kishining-litning-vergel`di  esa  100 

solid edi. Kulni uldirganlik uchun kuldorga 30 solid tulanardi. 

Yirik  pomest`elar  bulgan-bulmaganligi  “Sali  xakikati”  da  oshik  aytilmagan.  Katta  er  egalari 

kirolning  uzi,  uning  drujinachilari,  yukori  tabaka  ruxoniylari  va  kisman  erlarni  saklab  kolgani 

xamda saroy axliga yakin bulgan. 

VI  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  franklar  jamiyatida  keskin  uzgarishlar  yuz  bera 

boshladi.  Bu  vaktda  er  bemalol  kuldan-kulga  utish  mumkin  bulgan  xususiy  mulkka  (avlodga) 

aylandi, ya`ni mulkdor uni uz xokishi bilan sotar, alishtirar, sotib olar, boshka birovga takdim kilar 

yoki vasiyat kilib koldirar edi. VI asrning oxiridan boshlab, ayniksa VII va VIII asrlarda kilingan bu 

xil oldi-sotdilarning barcha xildagilarini kursatadigan kupdan-kup ma`lumotlar xozirgacha saklanib 

kolgan.  Bundan  tashkari  dexkonlarning  bir  kismi  tezlik  bilan  uz  erlaridan  ajrala  bordi. 

Dexkonlarning  mayda  er  egaligi  emirilib  tushkunlikka  uchragan  bir  vaktda,  yirik  dunyoviy  va 

cherkov er egaligi avj oldi. Xlodvingning norislari kirol erlarini benefitsiy (aynan tarjimasi “xayr”, 

“soxavat”)  tarzida  uz  drujinachilariga  bulib  berdilar,  bular  asta-sekin  katta  er  egalariga  aylanib 

bordilar.  Ular  erni  me`ros  tarikasidaa  ez  bolalariga  koldirardilar.  Dunyoviy  zodagonlar  xam  uz 

arlarini  kiroldan  tashkari,birinchi  navbatda  dexkonlar  xisobiga  kengaytirdilar.  Dexkonlar  kushni 

dunyoviy  katta  er  egalari  xomiyligiga  (patronat  yoki  komendatsiyaga)  tudilar.  Shuningdek, 

dexkonlar  cherkovidan  madad  olish  maksadida  erlarini  shu  shaklda  bular  edilarki,  cherkov 

dexkonlarga  bir  uchastka  erni  ma`lum  mikdorda  obrok  tulab  turish  yoki  barshchvina  utash  ashrti 


 

41

 



bilan  umrbod  foydalanishga  berardi,  bu  er  

uchastkasi prekariy deb  atalgan.  Foydalanish 

uchun  cherkovdan  “prekariy”  olgan  dexkonlarning  axvoli  erga  urnashtirilgan  va  xujayiniga  biror 

xilmajburiyatni ado etib turadigan kolnlar, litlar va kullarning axvoliga uxshab ketar edi. 

Katta  er  egaligining  va  shu  bilan  birga  kirol  erlarining  kamayib  borishi  xamda  ilgari  xarbiy 

resurslar  berib  kelgan  erkin  dexkonlarning  xiyla  kismining  yuk  bulishi  natijasida  kirol  xokimiyati 

tushkunlikka  uchradi.  Morovinglar 

1

  sulolasi  deb  nom  chikargan  Xlodving  sulolasi  uzaro  urushlar 



natijasida  xam  zaiflashadi.  Bu  uzaro  urushlarning  kanday  xarakterda  bulganligi  Xlodvingning 

nevara va evaralari urtasida bulgan 40  yilik urushdan juda ochik anikdir. Bu urush VI asrning 60-

yillari  oxiridan  to  613  yilgacha  davom  etdi.  Sulolaning  ikki  avlodi  urtasida  bulgan  daxshatli  va 

konli  kurashda  ikkinchi  kirolicha  ayniksa  katta  rol`  uynadi,  biri  Avstraziya  kiroli  Sugibertning 

xotini  Brungil`da,  ikkinchisi  Neystriya  kiroli  Xil`perikning  xotini  Fredegonda  edi.  Brungil`da  (u 

aslida  Vestgot  malikasi  edi)  kirol  xonadonidagi  10  shaxzodani  uldirtirdi,  rakibi  Fredegonda  va  uz 

eri Sugibret ulgandan keyin, dastlab ugli nomidan, keyin nevaralari nomidan yurtni uzi idora kildi, 

axir uziga karshi kuzgolan kilgan Avstraziya zodagonlari tomonidan urdirildi. 

613  yilda  butun  kirollikda  xokimiyat  Xil`perik  va  Fredegondaning  ugli  Xlotar  11  ga  utdi. 

Xlotar 614 yilda farmon chikarib erdor aristokratiya ixtiyorida koldirish majburiyatini uz ustiga oldi 

va graflarni fakat maxalliy er egalari orasidan tayinlashga vada berdi. 

Xlotar  11  xokimiyati  kuchli  xokimiyat  buldi.  Kirol  xokimiyati  e`tibori  Xlotar  11  ning  ugli 

Dagober zamonida (629-639) birmuncha oshdi. Dagober slavyanlarga karshi yurishlar kildi. Lekin 

u ulgandan keyin shunday  bir davlat boshlandiki, 639  yil bilan 751  yil urtasidagi butun bir davrni 

usha  vaktdagi  kishilarning  uzlari  xam  «yalkoa  kirollar»  davri  deb  ataladi.VII-VIII  asrlardagi 

Merovinlar  fakat  nomigagina  kirol  bulib,  ular  kulida  xakikiy  xokimiyat  yuk  edi.  Neystriya, 

Yuurgundiya  va  Avstraziyada  eng  zodagon  xonadonlar  etishib  chikib,  bular  uz  yurtlarida 

mayordomlari  sifatida  butun  xokimiyatni  uz  kullariga  oldilar.  Dastlab  uch  mayordomdan  eng 

kuchligi  Neystriya  mayordami  edi,  u  Burgundiya  mayordomni  xam  uziga  buysundirdi,  lekin 

Neystriya  mayordoimi  tez  vakt  ichida  kuchlirok  bulgan  boshka  bir  mayordomning  Avstraziyada 

zodagonlar  bir  muncha  kuchsiz  bulib,  ular  uz  gertsogining-mayordomning  boshchiligiga 

buysunishiga majbur edilar. Neystriya esa, aksincha kupgina yirik feodal xonadonlari bir-biri bilan 

rakobat  kilmokda  edi.  Oxiri  Avstraziyaning  Pipinlar  xonadonidan  chikkan  ayordom  gertsog  Pipin 

11 Geristal`skiy 687 yilda Tertri yonida bulgan jangda rakibi Neystriya mayordomini tor-mor kilib, 

shu  vaktdan  boshlab  butun  kirollikni  bir  uzi  idora  kildi.  Ammo,  shu  bilan  birga,  u  Merovning 

kirollarining  nomigina  kolgan  xokimiyatni  saklab  keldi.  Xakikatda  esa  Pipin  Geristal`skiy  yangi 

sulolani  boshlab  bergan  edi,  bu  sulola  keyinchalik  uning  eng  mashxur  namyondasi  bulgan  Karl 

Buyuk nomi bilan atalgan Karolinglar sulolasi deb ataldi. 

Pipin  Geristal`skiyning  ugli  Karl  Martel`  (Tukmolk)  mayordom-gertsog  sifatida  725  yildan 

741 yilgacha idora kildi. U gayratli va iste`odadli lashkarboshi edi. Avstarziyaning urta va  mayda 

er  egalaridan  iborat  bulgan  uz  drujinachilariga  suyanib  turib,  u  Neystriya  aristokratiyasining 

oppazitsiyasining  uzil-kesil  tor-mor  kildi,  sungra  frizlar,  sakslar,  allemanlar  va  bavarlarga  karshi 

muvaffakiyatli  yurishlar  kilib,  Reynning  narigi  tomonida  frank  davlatini  tikladi.  Bu  kabilalarning 

xammasi franklarga yana xiroj tulaydigan buldi. 

732  yilda  Ispaniya  arablari  Galliyaga  katta  yurish  kildilar.  Arablar  sarkardasi  Abduraxmon 

Akvitaniyaga kirdi va uni vayron kilib, Parijga boradigan eski Rim yuli bilan shimolga karab yurish 

oldi.  Karl  Martel`  uz  kushini  bilan  Puat`ega  yakin  joyda  arablarga  rupara  buldi:  shu  erda  732  yil 

oktyabrida ilk ilk urta asr Evropasida juda katta janglardan biri buldi. Jang uch kun davom etti. Ikki 

tomon  xam  bush  kelmadi.  Jangning  uchinchi  kuni  Abduraxmon  uldirildi,  arablar  esa  franklarga 

juda…. koldirib, kechasi chekina boshladilar. Arablar xuddi Pireneyagacha sikib olib borildi. Besh 

yildan  keyin  arablar  janubiy  Galliyaning  bosib  olishga  yana  urinib  kurdilar.  Lekin  Karl  Martel` 

ularning ikkinchi marta yana tor-mor kildi. 

Puat`e  yonidagi  jangning  eng  birinchisi  siyosiy  okibati  shu  buldiki,  Karl  Mrtel`  xarbiy 

reforma kildi. Xarbiy ishda otlik kushin uzil-kesil ravishda asosiy urin tutadigan bulib koldi. Yaxshi 

kurollangan  va  ot  ustida  uzok-uzok  yurishlar  kilishga  kobil  bulgan  otlik  askarlar  yangi  frank 

                                                           

1

  Моровей-Хлодвингнинг  аждоди булиб. Салининг биринчи киролларидан эди. Номининг-инг билан тугаши-



овичга келиши фамилия ёки сулоланинг муайян уруг бошлигидан келиб чикканлигини курсатади. 

 

42

 



kushining  asosiy  kuchiga  aylandi.  Shunday 

kilib,  Karl  Martellning  reformasi  natijasida 

dexkonlarning kupchiligi xarbiy xizmatdan chetlashtirildi. Bu yangi professional otlikk kushin yoki 

keyincha  atala  boshlaganidek,  ritsarlar  kushini  katta  er  egalari  va  xalk  erkinlikdan  maxrum 

kilinmagan  dexkonlarning  eng  davlatlaridan  tuziladigan  bulib  koldi.  Xarbiy  ishning  reforma 

kilinishi munosabati bilan Karl Martel` er soxasida aloxida siyoat  yurgizdi. Yaxshi kurollangan va 

moddiy  jixatdan  yaxshi  ta`minlangan  otlik  askarlar  zarur  bulganligi  sababli,  Karl  Martel`  shu 

maksad uchun cherkov erlaridan xam kisman foydalandi. U uziga karshi kutarilgan kuzgolonlardan 

dunyoviy  zodagonlar  bilan  birlikda  katnashgan  episkop  va  abbatlarning  pomest`elarini  musodara 

kildi.  Neystriyada  Akvtaniyada  bunday  ruxoniy  er  egalari  kup  edi.  Lekin  Karl  Martell  tomonidan 

kilingan sekulyarizatsiya tuda sekulirizatsiya emas edi. Bu sekulyarizatsiya cherkov erlarining fakat 

bir  kismiga  nisbatan  kullangan  edi.  Bu  sekulyarizatsiya  cherkov  erlarining  fakat  bir  kismiga 

nisbatan kullanilgan edi. Keyinchalik Karl Martellning ugli Pipin Pakana musodara kilingan erlarni 

xam  cherkovga  kaytarib  bordiki,  bu  erlar  xakikatda  foydalanuvchilar,  ya`ni  ritsarlar  kulida  bulib, 

ritsarlar  buning  evaziga  xosilning  undan  bir  kismini  cherkovga  aloxida,  kushimcha  ravishda  tulab 

turishi kerak edi. 

Karl Martellning taxt vorisi Pipin 111 Pakana (741-768) avval fakat mayordom unvoni bilan 

yurdi. Meroving kirollari odatdagi tartib bilan biri urniga ikkinchisi kelib turdi, lekin ular davlatni 

idora  kilishda  xech  biri  katnashmas  edilar.  Nixoyat,  Pipin  davlat  uzgarishi  yasab  xar  kanday 

xokimiyatidan  maxrum  bulgan  eski  sulolani  taxtdan  tushirdi.  Bu  uzgarish  Rim  papasining  faol 

yordami  bilan  amalga  oshirildi.  Pipin Reynning  narigi  tomonidagi  papa  missionerlarga  turli  yullar 

bilan  yordam  berdi.  Axlamanlar,  frizlar  va  sakslar  urtasida  xristianlikining  targib  kilinishi  butun 

Garbiy  Evropani  uz  xokimiyatiga  buysundirish  payida  bulgan  papalarga    xam,  Reynning  narigi 

tomonidagi  territoriyalarda  maxkam  urnashib  olishga  xarakat  kilgan  frank  xukmdorlariga  xam 

foydali edi.  

751 yilda Suasson shaxrida frank zodagonlari  yigilishida Pipin frank kiroli deb e`lon kilindi. 

Oradan  kup  vakt  utmay,  Garbiy  Germaniyadagi  frank  missionerlarining  ishiga  boshchilik  kilib 

turgan  Maynts  arxiepiskop  Bonifatsiy  papaning  buyrugiga  muvofik  Pipinni  kirol  deb  tanish 

marosimini  utkazdi.  Shunday  kilib,  yangi  sulola  cherkovdan  uziga  kerakli  sanktsiya  olishga 

muyassar buldi. 

Oxirgi  Merovning  Xil`derik  111  monastirga  solindi,  umrining  oxirigacha  shshu  erda  buldi. 

Merovinglar  chetlatishda  yordami  bergani  uchun  papaga  minatdorlik  yuzasidan  Pipin  Pakana 

langobardlarga  karshi  75-756  yillarda  ikki  marta  yurish  kildi,  langobardlar  papani  sikib,  Rimning 

uzini xam boib olish xovfini solayotgan edilar. 

Langobardlar  tor-mor  kilib,Pipin  papa  Stefan  11  ga  (752-757)  Ravona  ekzarxatini  va  Rim 

oblastini    «xadya»  kildi,  ya`ni  papaning  urta  Italiyadagi  erlarini  xam  ichiga  olgan  juda  katta  bir 

territoriyaga  uzil-kesil  mustakil  dunyoviy  xukmron  bulib  olishiga  yodam  berdi.  Shu  tarika  VIII 

asrning  urtalarida  Evropada  cherkov  papa  davlati  vujudga  keldi,  bu  davlat  butun  asrlar  tarixi 

davomida  katta  rol`  uynadi  va  xatto  yangi  (1870  yilgacha)  va  eng  yangi  zamonda  xam  saklanib 

koldi.  (Rim  shaxrining  bir  kismini  egallagan  xozirgi  papa  davlati-Vatikandir,  u  1922  yildan  beri 

yashab kelmokda). 

Shu  narsa  xarakterliki,  frank  kirollari  bilan  bulgan  muzokaralarda  papalar  odatda,  Rim 

oblastini  Rim  episkoplariga  IV  asrda  Konstantin  Buyuk  xadya  kilgan,  binobarin,  frank  kiroli 

ilgaridan «konuniy suratda» papaga karashli bulgan narsani uning uziga «kaytarib beriyapti» xalos 

der edilar. Papalar bilan yangi frank dinastiyasi urtasida mustaxkam ittifok vujudga keldi, bu ittifok 

xar  ikki  tomonning  bir-biridan  chinakam  manfaatdorligiga  asoslangan  edi.  Otasiga  uxshash  Pipin 

xam  Reynning  narigi  tomonida  va  Akvitaniyada  urushlarni  davom  etirdi.  Uning  zamonida  arablar 

Janubiy  Gollandiyadan  butunlay  sikib  chikarildi. Pipin  uz  siyosati  bilan  frank  kirolligining  ravnak 

topishi uchun zamin tayyorladi.Uning ugli Karl Buyuk davrida Frank davlati imperiyaga aylandi. 

Karl  Buyuk  Karolinglar  dinastiyasining  eng  atokli  namoyondasi  edi.  U  46  yil  xukmronlik 

kildi  (768-814).  Karl  katta  sarkarda  va  istilochi  edi.  Rim  imperiyasi  kulagandan  keyin  Garbiy 

Evropada Karl Buyuk davlatidek katta davlat dunyoga kelmagan edi: bu davlat franklardan tashkari 

unlab  boshka  kabila  va  xalklarni  uz  ichiga  olgan  edi.  Karl  Buyukning  shaxsan  uzi  50  dan  ortik 

urishda katnashdi. U Evropaning turli joylarida urush kildi. U avvalo  langobrdlar masalasiga juda 

katta  e`tibor  berdi.  773-774  yillarda  Karl  langobardlarga  karshi  yana  urush  ochdi.  U  langobardlar 


 

43

 



poytaxti  Paviyani  bosib  oldi  va  langobardlar 

kiroli 


Dezideriyni 

taxtdan 


tushirdi. 

Langobardiya  shunlan    keyin  uz mustakilligini   yukotdi,frank  kirolligiga  kushib olinib, graflar 

tomonidan idora kilina boshlandi. Keyincha  Karl Langobardiya uzining ugli Pipin  vido- kirol kilib 

tayinlandi. 

V111asrning    70  yillarida  Karl  arablar  bilan  xam  urush  kildi.  U  778  yilda  Pireniya  toglari 

orkasiga  yurish kilib, Saragosa shaxrini bosib olishga xarakat kildi, llekin olomadi.     778   yilda  

Ispaniyada kilingan yurish muvaffakiyatsizlikka uchragan bulsa-da,  franklarning Pireney toglaridan 

oshib          utishlarninguzi  dikkatga  sazovardir.  Yayana  1X      asrning  xuddi            boshida  franklar  

Pireneya  toglari  orkasiga  yana  bir  necha  marta  xarbiy  yurishlar  kildi-bu  yurishlar  natijasida  

Pireneya toglari  bilan Ebro daresi  urtasidagi  oblast` bosib olindi. 

Karl Buyuk urushlarning      kupini sharkda – Markaziy Evropada olib bordi. U sakslar bilan 

bulgan urushlarga ayniksa kup kuch sarf kildi. Urush 30 yildan   ortik (772-804) davom etdi. Karl 

Buyuk  Baltiki  dengiziga  chikishga  xarakat  kildi.  Baltika  dengizi  VIII  asrning  oxiri  1X  asrning 

boshlarida  katta  savdo  axamiyatiga  ega  edi.  Frank  kiroli  Baltika  sardorlaridan  katta-katta  xirojlar 

olishni  muljallar  edi.  Karl  sakslarni  dastlab  VIII  asrning  70  yillarida  buysundirdi.  Avval  garbiy 

sakslar-vastflar  (ular  Reyn  va  Vezer  daryolari  urtasida  yashar  edilar)  buysundirildi.  777  yilda 

Paderborida  bulgan  se`zda  saks  kabilalari  kupchiligining  boshkalari  Karlga  kasamyod  kildi. 

Karlning buyrugiga binoan, sakslarning xammasi majusiylar dinidan xristian diniga utishlari kerak 

edi.  Saksoniyaga  kupdan-kup  frank  ruxoniylari  keldi,  xamma  yokda  cherkovlar  kurila  boshladi, 

sakslar cherkovga ushur tulashga majbur etilgan edilar. Lekni, shundan keyin tez orada 778 yildan 

boshlab  sakslar  bir  necha  marta  katta  kuzgolon  kutardilar.  Karl  bu  kuzgolonlarni  juda  xam 

raxmsizlik bilan bostirdi. 

Sakslar  bilan  urushish  vaktida  Karl  Sharkiy  Evropadagi  boshka  xalklar  bilan  urush  olib 

borishga majbur buldi. Istilolar natijasida Karl Buyuk zamonida frank davlati juda kengayib ketdi. 

Uning natijasida Karl Buyuk zamonida Frank davlati juda kengayib ketdi. Uning chegaralari garbda 

Ebro  daryosi,  Pireneya  toglaridan,  Atlantika  okeanigacha,  sharkda  El`ba  va  Dunay  daryolari  va 

Adriatik  dengizi  kirgoklarigacha,  shimolda  Friz  (yoki  Nemis)  va  Baltika  dengizlarigacha,  janubda 

deyarli  Janubiy  Italiyagacha  bordi.  Sal  narirokda  vujudga  kelgan  Papa  davlati  xam  Karl  Buyuk 

davrida xakikatda unga buysunuvchi vassal davlat bulib koldi. 

Frank  kiroli  kul  ostidagi  erlarning  juda  kengayib  ketishi,  tabiy  Karld  Buyukni  va  uning 

maslaxatchilarini unvonini uzgartirish tugrisida uylashga majbur kildi. 800 yilda Karl Rimda bulgan 

vaktida pap ungi  «rimlik imperatori»  tojini kiydirdi.  «Rimlik imperatori» degan ta`rifni kizik joyi 

shundaki,  ba  ta`rifni  kizik  joyi  shundaki,  bu  taxrif  Rim  traditsiyasining  1X  asrda  xam  odamlarga 

juda  katta  ta`sir  utkazganligini  kursatadi.  Karl  franklar  imperatori  deb  emas,  balki  rimliklar 

imperatori  deb  e`lon  kilindi,  vaxolanki,  bu  vaktda  endi  rimliklar  degan  xalk  yuk  edi.  Karlning 

zamodoshi Bogdod xalifasi Xorun-al`-Rashid xam Karlni imperator deb tanidi va bular bir-birlariga 

elchilar yuborishdi. 

Juda katta bir davlatni idora kilish ishi Karl ma`muriy appanatni kayta tuzishni talab kildi. 

Imperiyada  Karlning  uzi  tayinlaydigan  episkoplar  xam  sud  va  ma`muriy  ishlarda  katta  rol` 

uynar  edi.  Maxalliy  ma`muralarni  tekshirish  uchun  markazdan  uktinr-uktin  kirol  revizorlari  deb 

atalmish tekshiruvchilar yuborilib turardi, ular odatda ikki kishi-ikki kishi bulib yurib, grafiklardagi 

axvoli  tekshirar  xamda  axolining  graf,  episkop  va  boshka  amaldorlar  ustidan  beradigan 

shikoyatlarini  kabul  kilardi.  Imperatorning  farmonlari  yozma  ravishda  tuzilib,  kapitulyariya  deb 

atalar edi. Karlning 250 ga yakin farmoni bizgacha etib keldi. 

Bu  faktlarnnig  xammasi  Karl  Buyuk  zamonida  idora  kilish  apparatining  anchagina 

byurokratlashtirganini kursatadi. Morovinglar va dastlabki Karllinglarning drujina va xizmatkorlari-

ministerlari  bulib,  ular  kurolning  topshiruvi  bilan  eng  oddiy  mamuriy  moliyaviy  va  sud 

funktsiyalarini  bajarar  edi.  Merovinlar  va  davtlabki  Karollinglardagi  ana  shu  ibtidoiy  idora 

apparatining  aksincha  Karl  imperiyasida  amaldorlarning  domiy  amaldorlik  apparati  tarkib  topgan. 

Karlning  eng  yakin  maslaxatchilari  va  oliy  mansabdorlari  Rim  tarixini  yaxshi  bilgan  xamma 

imperatoriga jamiyatdagi mutlok oliy xokimiyat deb karaydigan, rimcha urf-odatni uzlashtirib olgan 

kishilar  edi.  Shunga  karamay  Karl  Buyuk  imperiyasini  markazlashgan  davlat  deb  sira  aytib 

bulmaydi. Imperiyada rasmiylashtirilgan va ixtisoslashtirilgan su va oliy moliya idoralari palatalari 

yuk edi. Unda boshkaruvning doimiy solik sistemasi kabi muxim zveno yuk edi, kirol missiyalari, 



 

44

 



ya`ni  revizorlari  joylarni  nomigagina  nazorat 

kilib  turar,  amalda  esa  ayniksa  chekka 

xududning graflari uzlarini markazdan mustakil deb  xis kilar edilar. 

Ikinchi  tomondan  Karl  Buyuk  davlati  uzining  tarkibi  jixatidan  xam  xilma-xil  uruglarning 

bekaror  siyosiy  birlashmasidan  iborat  edi.  Karl  imperiyasiga  kirgan  kabilalarning  xar  biri  uzining 

odatdagi  konun-koidlariga  amal  kilib  kelganini  kursatib  utish  kifoya  kiladi.  Ayrim  kabilalar  Karl 

podsholigi  vaktidayok  xalk  bulib  birlasha  boshlagan  edilar.  Sali  va  Ripuar  franklari  galliya-rim 

axolisi  bilan  aralashib  ketib,  shimoliy  roman  xalkining  vestgotlar,  burgundlar  janubiy  galliya-

rimliklar bilan kushilib janubiy roman xalkini barpo etdilar. 

Karl  Buyuk  va  uning  vorislari  zamonida  feodallashuv  protsessining  juda  tezlvshib 

keayoganligi  imperiyaning  parchalanib  ketishida  juda  katta  axamiyatga  ega  buldi.  Birok  Karl 

Buyuk  imperyasi  «kabila  va  xalklarning  kuramasidan  iborat»  Karl  magitlar  va  boshka  «nufuzi 

odamlar» tomonidan dexkon erlarining orlinishini cheklashga ancha urindi, birok erdor zodagonlar  

uning farmoyishlariga karshilik kursatganlari uchun bu farmoyishlar amalda bajarilmay kolaverara 

edi.  Franklar  jamiyatining  feodallashuv  protsessi,  tabiy,  siyosiy  tuzumga  xam  ta`sir  kildi.  Karl 

Buyukning  uzi  xam  erdor  zodagonlarga  karam  edi.  Bu  narsa  xammadan  magnatlar  s`ezdlari 

axamiyatining  ortishida  kurindi.  Bu  kurikda  egdi  imperator  tomonidan  tasdiklangan  farmonlar 

ma`lumot uchungina e`lon kilinar edi. 

Kirol  sudlari  faoliyatining  kuchayishi  bilan  bir  katorda  Karl  Buyuk  immunitetlar  degan 

narsani xam keng suratda joriy kilishga majbur buldi, immunitetlar berilgan maxalliy er egalari uz 

territoriyalariga  kirol  amaldorlari,  sud`yalar  va  shunga  uxshash  kishilarning  tekshirish  uchun 

kirishidan xoli edilar. Bundan tashkari, maxalliy er egalariga yana shunday immunitet yorliklar xam 

berildiki,  bu  yorliklarga  muvofik  ular  uzlariga  karam  bulgan  axolinigina  emas,  xatto  erkin  axolini 

xam  sud  kilish  va  undan  uz  foydalariga  xukumat  soliklari  va  majburiyatlari  undirish  xukukini 

oldilar. Immunitetlar magnat-er egalarining erkin axoli orasidan ojizlarini topib olib, uz asoratlariga 

tushirishlariga  juda  katta  yordam  berdi.  Karl  zamonida  xarbiy  benifitsiylar  sistemsi  xam  avj 

olaverdi. Shunday kilib, Karl Buyuk kushini xakikatda uning uziniki bulmay, balki tobora anikrok 

tashkil  topayotgan  katta  feodallar  kushini  edi,  bu  feodallarning  juda  kup  pomest`elari  bulib,  ular 

maxallalarda  keng  siyosiy  xukuklarga  ega  edilar  va  ularning  karamogida  juda  kup  mayda  ritsarlar 

bor edi. 

Karl  Buyukning  asosiy  daromadlari  uning  pomest`elaridan  keladigan  daromadlar  edi. 

Kirolning  er  fondi  butun  davlatning  xamma  joyiga  tarkalgan  bulib,  yuzlarcha  katta  va  bir  kadar 

kichik  erlardan  iborat  edi.  Karl  Buyuk  zamonasidagi  eng  katta  er  egalari  monastirlar  edi.  Dastlab 

biz bu pomest`eda urta asrlarga xos bir xususiyatni-erning ikki kismiga xujayin-domenzinal (domsi)  

eriga va dexkonlarga dexkonlar egalik kilar edilar. Bu chek erlar manslar deb atalardi. Dexkonlar uz 

mexnatlari bilan, zlarining ot-ulov va kurol-asboblari bilan xujayinlarining erini ishlab berardilar. 

Franklarning  kishlok  xujaligi  VIII-IX  asrlarda  ancha  muvaffakiyatlarga  erishdi. 

Karolinglardan kolgan manbalarga karaganda dexkonchilikning asosiy sistemasi uch dala sistemasi 

bulgan.  Pomest`elarda  gallakorlikdan  tashkari,  chorvachilikka  katta  e`tibor  berilgan  edi. 

Manbalarda uzumchilik, bogdorchilik, polizchilik, dorivor usumliklar ekilganligi xam tilga olingan. 

Birok Karolinglar pomest`e tugrisidagi xujjatlarda uchraydigan eng kizik narsa usha vaktdagi 

krepostnoylarning  tarkibi  xakidagi  ma`lumotlardir.  Bu  material  Sen-Jermen  monastiri  poliptigida 

juda ochik kursatilgan. 

Karl  Buyuk  uz  zamonasining  ancha  ma`rifatli  kishisi  edi.  U  garchi  yoshi  ancha  ulgaygan 

vaktda  ukish  va  yozishni  urgangan  bulsada,  grek  va  lotin  tillarini  bilar  va  ma`rifatni  kadrlar  edi. 

Uning  saroyiga  turli  episkop  maktabida  ukigan  Alkuin  nomli  angl-sak  ayniksa  mashxur  edi. 

Langobardiyalik Pavel D`yakon, ispaniyalik vestgot Teodul`f va boshkalar xam yashar edi, u keyin 

Karl Buyukning juda yaxshi tuzilgan tarjima xolini yozdi. Shunday kilib, kupgina antik avtorlarning 

asarlari  keyingi  avlodlar  uchun  saklab  kiolindi.  Karoling  mirzalarining  yumalok  xarflari  bilan 

donador kilib yozgan xatlari ularning uzlaridan oldingi zamonlarda yozilgan lotin xatiga karaganda 

xam juda chiroyli edi. 

Karl  saroyida  uziga  xos bir  olimlar  jamiyati  vujudga  keldi.  Bu  jamiyat  antik  dunyodan  ibrat 

olib:  «Akademik»  deb  ataladi.  Bu  jamiyatning  ishlarida  Karlning  uzi  xam  katnashdi.  Birok, 

Karolinglar  zamonida  remessano  asl  ma`nodagi  antik  madaniyatning  tuklanishi  emas  edi,  aslo 

unday  emas  edi.  Antik  avtorlardan  kolgan  adabiy  merovning  bir  oz  kismi  olindi,  xalos.  Karl 


 

45

 



saroyiga  tuplangan  olimlarning  dunyokarashi 

antik  klassik  madaniyatidagi  ratsionalistik 

dunyoviy dunyokarashi  mutlako uxshamas edi. Karlning atrofiga olim xristian monaxlari tuplagan 

bulib ularning dunyokarashi cherkov ruxoniylarining dunyokarashi edi. 

Shu  narsani  unutsalik  kerakki,  Karolmnglar  ma`rifatidan  juda  kam  kishi  baxramand  buldi. 

Xatto  Karl  Buyuk  saroyidagi  mansabdorlarning  xam  juda  kupsiligi  ukish-yozishni  bilmasdan  utib 

ketdilar.  Amalda  Karl  Buyukning  «ma`rifatparvarlik»  tadbirlari  kupdan-kup  cherkov  episkoplik 

maktablarining  rivojlanishigagina  olib  keldi.  Keyinchalik  bu  maktablar  zaminida  urta  asr 

universitetlari vujudga keldi. 

Karl  Buyuk  814  yilda  72  yoshida  vafot  etdi  va  Axenga  kumildi.  U  umrining  sungi  yillarini 

shu Akan atrofida utkazgan edi. Karl Buyuk vafot kilgandan keyin imperatorlik unvoni uning katta 

ugli Lyudovikka utdi. Lyudovik ilgari otasining xayotlik chogida uzok vakt Akvitaniya kiroli bulib 

kelgan edi. 

Karlning  ugli  imperator  Lyudovik  Xudojuy  zamonida  (814-840)  bulinib  ketish  yulidagi 

intilishlar  zur  berib  namoyon  buldi.  U  lapashang  bir  kirol  bulib,  ruxoniylarga  va  dunyoviy 

zodagonlarga  butunlay  karam  edi.  Xakikatda  uning  butun  kirollik  davri  uzliksiz  galayonlari  davri 

buldi. Zodagonlar Lyudovikka karshi bosh kutarib, uning uz ugillari Lotar va Lyudovikni uz otasiga 

karshi  gij-gijlatdilar.  Lyudovik  Xudojuyning  uchinchi  ugli  Karl  (  keyincha  Yaltirokbosh  deb  nom 

oldi) xamisha otasining yonini oldi. 

Lyudovik Xudojuy ulgandan keyin uning ugillari bir-biri bilan yana urush boshladi. Imperator 

unvonini olgan katta akasi-Lotarga karshi endi ikkala ukasi-Lyudovik Nemis va Karl Yaltirokbosh 

bosh  kutardi.  Fontemuz  shaxri  yonida  bulgan  jangda  (1841)  Lotar`  ikaala  ukasining  birlashgan 

kushlari  tomonidan  tor-mor  kilindi.  Bir  yildan  keyin  842  yilda  Lyudovik  bilan  Karl  Strastburg 

shaxri  yonida  bitim  tuzib,  Lotar`  ustidan  tula  galaba  kozonguncha  unga  karshi  kurashni  davom 

ettirishga axd kilishdi. 

Shunisi  kizik-ki,  «Strastburg  kasami»  ikki  tilda  «roman»  tilida  va  nemis  tilida  yozilgan.  Bu 

xol  Karolinglar  zamonida  xalklarning  tashkil  topish  jarayoni  yuz  berganini  ochik  kursatadi.  Endi 

galaba  kozonishga  kuzi  etmaganligidan  Lotar`  davlatni  bulishga  rozi  bulib,  yon  berishga  majbur 

buldi. 

843  yilda  Berdena  Karl  Buyukning  uch  nevarasi  yigilishida  imperiya  uch  kismga  bulindi. 



Verden  axadiga  muvofik  Lotar`  imperatorlik  unvonini  saklab  koldi,  lekin  ukalariga  nisbatan  xech 

kanday  maxsus  xukukka  ega  emas  edi,  ukalarining  xar  kaysisi  uz xolicha  batamom  mustakil  kirol 

bulib  koldi.  Lotar`ga  Italiya,  sharkda  Reym  bilan  garbda  Mass,  Shel`da  Sena  va  Roka  daryolari 

urtasidagi  erlar  tegdi.  Reynning  sharkidagi  erlari  Lyudovik  Nemisga  tegdi.  Lotar`ga  karashli 

erlarning  garbidagi  erlar  Karl  Yaltirokboshga  tegdi.  Keyinrok  borib,  Lotar`  ulgandan  keyin  erlar 

kaytadan  bulindi.  Lotarning  avlodlari  Italiyadagi  erlarigina  uz  kulida  saklab  keldi.  Reyn  buyidagi 

erlarning xammasi esa Lyudovik bilan Karl uzaro bulishib oldi. Burgundiya mustakil kirollik bulib 

ajralib  chikdi.  Imperatorlik  unvoni  keyinrok  borib,  Karolinglar  xonadonining  boshka  avlodlari 

vakillariga  utdi.  Masalan,  875-877  yillarda  Karl  Yaltirokbosh  imperator  buldi,  880-887  yillarda 

imperatorlik  toji  Lyudovik  Nemisning  Karl  Semizga  utdi.  Xasrning  boshlariga  kelib  esa 

imperatorlik unvonining umuman xech kanday real axamiyati kolmadi. 

Verdenda  bulgan  taksimot  Evropada  keyincha  vujudga  kelgan  uchta  katta  davlatning-

Frantsiya, Germaniya va Italiyaning tashkil topishini umumiy bir tarada belgilab berdi. 1X asrning 

yarmida  bu  davlatlar  ichida  eng  yaxiliti  «garbiy  fraklar»  davlati  edi.  U  keyincha  vujudga  kelgan 

Frantsiyaning  kurtagi  buldi.  Bu  erdagi  axolining  asosiy  ommasi  endi  tashkil  topib  kelayotgan 

frantsuz  xalkidan  iborat  bulib,  bu  xalk  aloxida  bir  shimoliy  rayon  tilida,  ya`ni  ilk  frantsuz  tilida 

gapirishar  edi.  Bu  davlatning  poytaxti  Parij  bulib,  u  Luara  daryosi  yakinidagi  Sena  daryosida 

joylashgan. 

Lekin Frantsiyada xam feodal tarkoklik tezlik bilan avj olib  bordi. «Birinchi Frantsuz kiroli» 

Karl  Yaltirokbosh  uz  zodagonlariga  uzluksiz  yon  berishga  majbur  buldi.  847  yilda  u  Marson 

kapitulyariysini chakirib, bu kapitulyariydan xar bir erkin kishiga sem`on topib olishni taklif kildi. 

Kirol uz fukoralari ustidan kanday xokimiyatga ega bulsa, 887 yildagi kelishimi, shuningdek graflik 

lavozimning xam meros bulib kolishini konunlashtirdi. Shu vaktdan boshlab benefetsiylar nasldan-

naslga  meros  bulib  koladigan  erlarga-feodallarga  lemlarga  aylandi.  Joylarda  territoriyal  xukularga 

uxshash  xukuklarga  ega  bulgan  knyazlar  sulolalari  vujudga  kela  boshladi.  Karl  11  Yaltirkbosh 


 

46

 



zamonidayok  Frantsiya  kirolligina  normanlar 

kattik  xujum  kila  boshlagan  edilar.  Karl  11 

Yaltirkbosh ulgandan keyin esa (877) bu xujumlar juda xam avj olib ketdi. Xujum kilganlar kismi 

norvejlar, kisman shvedlardan iborat bulgan sakndinavlar edi. Skandinavlar usha vaktda urugchilik 

tuzumining tushkinlikka uchrash va feodalizmga utish protsesini boshidan kechirayotgan bulib, ular 

orasida kupdan-kup boskinchi drujinalar vujudga kelmokda edi. Bu drujinalarga feodallashayotgan 

xarbiy  boshliklar-yarllar  va  kirollar  raxbarlik  kilar  edi.  Dengizda  suzishga  usta  bulgan  usha  davr 

uchun  juda  xavfli  dushman  bulib  chikdi.  Normanlar  kemalarida  frantsuz  daryolari  kuyiladigan 

joylarga  va  Urta  dengiz  kirgok  buyidagi  mamlakatlargacha  kirib  bordilar  va  bu  mamlakatlarni 

shafkatsiz talab va xarob kilib, axolisiga daxshat soldilar. 1X asrda Garbiy Evropada shu munosabat 

yuilan  maxsus  bir  duo  vujudga  kelgan  bulib,  bu  duo  «e  xudo  normanlarning  yovuzligidan  uzing 

sakla» dab boshlanar edi. 

Sungi  Karolinglar  kirollikning  mudofaa  kilishdan  ojiz  edilar.  Ularning  siyosiy  e`tibori  va 

xarbiy  resurslari  juda  xam  kam  edi.  Normanlarga  karshi  kurashish  vazifasini  maxalliy  yirik 

feodallar uz kuliga oldi, buning natijasida ular xarbiy ximoyaga muxtoj kelgan kutgan erkin axolini 

xam  bemalol  krepostnoylarga  aylantirdi.  Uz  mavkelarini  yanada  mustaxkamlab  oldilar.  885-886 

yillarda  normanlar  Parijni  10  oygacha  kamal  kilib  turdi,  lekin  uni  axir  ololmadi.  Robert  Zurning 

(886 yilda vafot etdi, Parijning birinchi grafi) ugli, maxalliy feodal graf Ed Parijskiy mavaffakiyatli 

mudofaa  uyushtirib,  dushmanni  kaytardi.  Sungi  Karolinglarning  biri  Karl  IV  Amkov  Xasrning 

boshida  (911)  kuyi  Mena  kirgogining  normanlar  boshligi-gertsog  Rollonga  berishga  majbur  buldi. 

Rollon  bu  erda  kuchib  kelgan  normanlardan  iborat  juda  kuchli  bir  knyazlik-Normandiya 

gertsogligini  tuzdi.  Shimoliy  Frantsiyadagi  eng  kuchli  feodal  knyazligi  bulib  koldi,  bu  yangi 

knyazlik  rasman  Karolinglarga  vassalktobe  edi.  Amalda  esa  ularga  mutlog  tobe  bulmay,  ba`zan 

Parijning uzini xam bosib olish xavfini solib turdi. 

Oxir  okibatda  Karolinglar  xam  Marovinglarning  kuniga  tushdi.  Sunggi  Karolinglar  xam 

butunlay  nochor  xolga  tushib  koldi.  X  asr  oxirida  ularning  erlari  Frantsiyaning  shimolidagi  Lan 

shaxrining  uzi  bilangina  cheklanib  koldi,  desak  buladi.  Sungi  Karoling  Lyudovik  V  Yalkov 

ulgandan  keyin  graf  Rebert  Zurning  maszlaridan  biri  bulgan  Guga  Kapet  nomli  kishi  987  yilda 

zodagonlar  va  ruxoniylar  yigilishi  tomonidan  Frantsiya  kiroli  kilib  tayinlandi.  Shunday  kilib, 

Frantsiyani    yangi  sulola-Kapetinglar  sulolasi  idora  kila  boshladi.  Birinchi  vaktlarda  Kapetinglar  

xokimiyati  juda  kuchsiz  buldi.  Ancha  keyin  borib,  X11  va  X111  asrlardagina  bu  sulola  kaddini 

rostlab olgan shaxarlarga suyanib turib, Frantsiyani birlashtirishga va markazlashgan davlatga asos 

solishga muvaffak buldi. 



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling