Temir beton prizma shaklidagi qoziqlarni qoqish usullari. Parmalab qoqish
Download 461.21 Kb.
|
85-savolga javob. Temir beton prizma shaklidagi qoziqlarni qoqish usullari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temir beton prizma shaklidagi qoziqlarni qoqish usullari
22-MA‟RUZATemir beton prizma shaklidagi qoziqlarni qoqish usullari. Parmalab qoqish, parmalab o‟rnatish, qoziqlarning asoslarini qurish. Qoziq qoqish ishlarini sifatini nazorat qilish. Texnika xavsizligi. Reja:Temir beton prizma shaklidagi qoziqlarni qoqish usullari. Parmalab qoqish, parmalab o’rnatish, qoziqlarning asoslarini qurish. Qoziq qoqish ishlarini sifatini nazorat qilish. Qoziq qoqish ishlarida texnika xavsizligi. Temir beton prizma shaklidagi qoziqlarni qoqish usullariSvaya turlari va ularni tuproqqa (gruntga) kiritish usullari Svayalar bo’sh (zaif) gruntlarda poydevor o’rniga qo’llanadilar. Ular ham, pofdevorlar kabi, bino va inshootlardan tushadigan yuklamani gruntga uzatadilar. Svayalar qator belgilariga ko’ra bir necha guruhlarga bo’linadilar: materialiga ko’ra - yog’och, metall, beton va temirbeton, kombinatsiyalangan, gruntli; konstruktsiyasiga ko’ra - kvadrat, trubkasimon, to’g’ri burchak va ko’p burchakli, kengayadigan va kengaymaydigan, yaxlit va tarkibiy qismlardan tuzilgan, prizmasimon va konussimon, yaxlit kesimli va ichi bo’sh, vintsimon va svaya-ustunlar; jihozlanish usuliga ko’ra – urib kiritiladigan, zavodda yoki maydonning o’zida ishlab chiqariladigan va gruntga kiritiladigan, kiritma, bevosita grunt ichida jihozlanadigan (avvaldan burg’ulangan skvajinada); ishlash xarakteri bo’yicha (yuklamani asosga uzatish usuliga ko’ra) - svaya- tirgaklar, ular binodan tushadigan yuklamani o’zining uch qismlari bilan qoyatoshli yoki deyarli siqilmaydigan gruntga uzatadi, shuningdek gruntning svaya yon yuzasi bo’yicha ishqalanishi hisobiga yuklamani uzatadigan osilma svayalar; qabul qilib oladigan yuklama turiga ko’ra – markaziy, vertikal ta’sir qiladigan yuklama, ekstsentrisitetli yuklama, hamda yulib olish kuchlari; temirbeton svayalarni armirlash turiga ko’ra – zo’riqtirilgan va zo’riqtirilmagan armaturasi bilan, ko’ndalang armaturalangan va usiz. Svayalar butasi – umumiy yuklamani birgalikda o’ziga oladigan, yonma- yon joylashgan bir necha svaya. rostverk – svayalar birga ishlashi uchun ularni yuqori qismidan birlashtirib turadigan konstruktsiya. Temirbeton svayalar 20 20 dan 60 60 sm gacha kesimli va 3 dan 16 m gacha uzunlikda oddiy va dastlab zo’riqtirilgan armatura bilan ishlab chiqariladilar. Dastlabki zo’riqtirish oddiy armirlashga nisbatan beton sarfini 15...20% ga, metall sarfini esa 50...60% ga qisqartirish imkonini beradi. Armirlash svayalarni tashish va urib kiritish uchun zarur bo’lib, siqilishga normal ishlash uchun esa bilvosita armirlashning o’zi ham yetarli. Dastlabki zo’riqtirish urib kiritishda deformatsiyalar, darzlar paydo bo’lishiga yo’l qo’ymay, mavjud darzlarni tortib, yashiradi. Svayali poydevorlarni jihozlash kompleks jarayon bo’lib, urib kiritish ukslubida u o’z ichiga quyidagilarni oladi: ishlarning bajarilish hududini tayyorlash; har bir svaya holatini naturaga chiqarish bilan geodeziya ishlarini amalga oshirish; svayalarni kiritish uchun mo’ljallangan uskunalarni qurilish maydoniga yetkazib kelish, montaj qilish, sozlash va sinab ko’rish; tayyor svayalarni tayyorlangan joyidan ularning kiritilish joyiga qadar tashib keltirish; svayalarni urib kiritish; tayyor svayalarni berilgan belgisidan kesib tashlash; qurilish maydonidan svayalarning kesilgan qoldiqlarini olib chiqarib tashlash; monolit yoki yig’ma rostverkni jihozlash; uskunalarni demontaj qilish (qismlarga ajratish). Download 461.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling