Temir oksidlarini gaz fazasi bilan muvozanat holati. Gaz, vodorod va suv bog‘larini mavjudligi
Download 1.92 Mb.
|
Temir oksidlarini gaz fazasi bilan muvozanat holat
Karbotermik reaksiyalar odatda bir necha yuz daraja selsiy haroratlarda amalga oshiriladi. Bunday jarayonlar ko’plab metallarning elementar (sof modda) shakllarini ajratib olish uchun ishlatiladi. Karbotermik usulni ishqoriy va ishqoriy-yer metallari kabi ba’zi faol metallarning oksidlari uchun qo’llab bo’lmaydi. Buning sababi shundaki, karbotermik reaksiyalarning oqib o’tishi uchun oksid tarkibidagi metallning kislorodga bo’lgan moyilligi tiklovchi – uglerodning kislorodga bo’lgan moyilligidan kamroq bo„lishi kerak. Masalan, natriy, kaliy va kalsiy metallarining oksidlarini uglerod bilan tiklab bo’lmaydi. Chunki bu metallarning kislorodga bo’lgan moyilligi uglerodnikiga qaraganda nisbatan ko’proq. Shuning uchun bunday kimyoviy reaksiyalar amalda sodir bo’lmaydi.
Metallarni karbotermik reaksiyalarda ishtirok eta olish qobiliyatini Ellingem diagrammalari orqali batafsilroq tushunish mumkin. Shlak sistemasida oksidlovchilik kuchi va kislorodga nisbatan tortiluvchanlikning pastligi bo„yicha keyingi o’rinda 3 valentli temir birikmasi - Fe2O3 (gematit) turadi. Shuning uchun temir oksidlari ichida gematit birinchi bo’lib uglerod bilan reaksiyaga kirishadi. Tiklanish reaksiyasi quyidagicha: 3Fe2O3 + C = 2Fe3O4 + CO↑ (1)
Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling