Temir uglerod holat diagrammasi haqida umumiy tushuncha
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza Deformatsiyalangan metall strukturasi va xossalariga kizdirishning ta\'siri
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-maruza: Deformatsiyalangan metall strukturasi va xossalariga kizdirishning tasiri.
Materialshunoslik va kmt” fanidan ma’ruzalar matni Название Materialshunoslik va kmt” fanidan ma’ruzalar matni страница 2/6 Дата 08.08.2013 Размер 267.56 Kb. Тип Документы скачать 1 2 3 4 5 6 1. /KMT.doc Materialshunoslik va kmt” fanidan ma’ruzalar matni 2-ma'ruza: Deformatsiyalangan metall strukturasi va xossalariga kizdirishning ta'siri. Ma'ruzaning rejasi: 1. Kuchlanishlarni turlari. 2. Metallarning elastik va plastik deformatsiyalanishi. 3. Metallardagi o`taplastiklik 4. Metallarning yemirilishi. Tayanch so`zlar va iboralar: Plastik deformatsiya, kuchlanish turlari, siljish yuzalar, naklyop, dislokatsiya zichligi, yemirilish turlari, deformatsiyalangan struktura, polikristallardagi plastik deformatsiya. Kuch ta'siri ostida metall jismlarining o`z formasini o`zgartirishga deformatsiyalanish deb ataladi. Metallarni deformatsiyalanishi faqat tashqi kuch ta'siridagina ro`y bermasdan balki, metallar faza o`zgarishida hajmini o`zgarishi yoki temperaturani beqaror o`zgarishi ta'sirida ham ro`y berishi mumkin. Kuchlanish (zo`riqish) bo`ylama kuch ta'sirida bo`lsa =P/Ғ MPa bo`ladi. Lekin, odatda ta'sir etayotgan kuch P yuziga (Ғ) perpendikulyar bo`lmaydi, balki biror bir burchak ostida ta'sir qiladi. Ana shuning uchun kuchlanish ikki turga bo`linadi, ya'ni normal (^) hamda urinma (t) kuchlanishga. Normal kuchlanish cho`zilishda ham, siqilishda ham hosil bo`ladi. Deformatsiya momentiga mos kelgan yuzaga nisbatan kuchlanish sof kuchlanish deb ataladi. Deformatsiyadan oldingi yuzaga nisbatan kuchlanish esa shartli deb ataladi. Kuchlanish metall deformatsiyalanayotganda bir xil hajm bo`yicha tarqalmaydi. Kuchlanishni notekis taqsimlanishiga ataylab teshilgan ariqchalar (nadrez) darzlar, materialning ichki nuqsonlari geometriyadagi beqaror o`zgarishlar, teshikchalar ta'sir ko`rsatadi. Ana shunday nuqsonlar (nuqsonlar) kuchlanishi ma`lum joyda kuchaytirishga (oshirishga) olib keladi. Lekin qancha nuqson kichik bo`lsa, kuchlanishini to`planishi shuncha katta bo`ladi. Kuchlanishni hosil bo`lishini har xil sabablari bo`lgani kabi, kuchlaiish ham vaqtinchalik, ya'ni faqat kuch ta'siri paytidan keyin yo`qoladigai, yoki kuch ta'siri olingandan keyin ichki kuchlanish sifatida metall ichida qoladigan bo`lishi mumkin. Ichki qoldiq kuchlanishlar, faqat mexanik deformatsiya ta'siridagina paydo bo`lmasdan balki metalni tez sovitish (isitish) natijasida yoki butun hajm bo`yicha notekis qizdirish (sovitish) natijasida bo`lishi mumkin. Bunday qoldiq kuchlanishlar issiqlik yoki termik qoldiq kuchlanishlar deb ataladi. Umuman kuchlanishlar kristallanish jarayonida ham hosil bo`lishi mumkin yoki butun hajm bo`yicha struktura o`zgarishlari bir xil bo`lmaganda yoki metall bir tekis deformatsiyalanmaganda ham ichki qoldiq kuchlanishlar mavjud bo`lishi mumkin. Bunday ichki kuchlanishlarga strukturaviy yoki fazoviy ichki kuchlanishlar deb ataladi. Elastik deformatsiya. Agar tashqi kuch ta'siridan keyin jism formasiga (geometriyasiga), strukturasiga, hamda xossalariga deformatsiyaning ta'siri butunlay qolmasa, bunday deformatsiyaga sabab elementar kristall panjaradagi atomlar orasidagi masofaga juda kam o`zgarganligi sababli atomlar orasidagi ta'sir kuch natijasida kristall panjara o`z holatini tezda yana tiklaydi. Shuning uchun elastik deformatsiya natijasida forma o`zgarishlar ro`y bermaydi. Elastik deformatsiya, detallarni ishlash jarayonida juda ko`p martalab ro`y beradi. Bu esa metallarning eksplotatsion xossalarini belgilaydi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling