Temir uglerodli va po‘latlarning turlari, ishlatilishi. Ligerlangan po‘latlar


Download 13.86 Kb.
bet1/3
Sana15.02.2023
Hajmi13.86 Kb.
#1200775
  1   2   3
Bog'liq
Ligerlangan po‘latlar reja

TEMIR UGLERODLI VA PO‘LATLARNING TURLARI, ISHLATILISHI. LIGERLANGAN PO‘LATLAR




REJA:

  1. Pо‘lat tо‘g‘risida umumiy ma’lumot.

  2. Pо‘latlarning turlanishi va markalanishi.

  3. Maxsus pо‘latlar.

  4. Legirlangan pо‘latlarning tarkibiga kiruvchi elementlar

  5. Legirlangan pо‘latlarning markalanishi



Tayanch tushunchalar:


  1. St - stal ya’ni pо‘lat ma’nosini bildiradi.

  2. Kp ~ kipyashiy - kaynaydigan

  3. Mn - margenets, B-bissemer, K – konvertor usulida pо‘lat olish.

  4. Legirlovchi element-suyuq metallning tarkibiga qо‘shilib uning xossalarini о‘zgartiruvchi modda.

Pо‘lat tо‘g‘risida umumiy ma’lumot


Metallurgiya zavoddarida temir rudalaridan avval chо‘yan, chо‘yandan esa pо‘lat ishlab chiqariladi. Uglerodli pо‘latlarning asosi temir (97-99,5%) bо‘lganligi bilan unda ma’lum miqdorda (Mn,S,Si,P,N) va ba’zi tasodifiy qо‘shimchalar (Cr,W,Cu) va boshqa elementlar xam bо‘ladi. Temir uglerod qotishmalarining xossalariga uglerodning ta’siri juda katta. qotishmada uglerod miqdori ortgan sari uning puxtaligi ortib, plastikligi kamayib boradi.
Uglerodli pо‘latlarda doimo bо‘ladigan elementlar mikdori ma’lum darajada, masalan: Mn-0,7%, Si-0,5%, R-0,005%, S-0,05% dan oshmasligi kerak.


Pо‘latlarning turlanishi va markalanishi


Mashinasozlikda ishlatiladigan pо‘latlar ishlatish soxalariga va kimyoviy tarkibiga kо‘ra tubandagi guruxlarga bо‘linadi.

Ishlatilishiga kо‘ra:


  1. Konstruksion pо‘latlar

  2. Asbobsozlik pо‘latlar

Kimyoviy tarkibiga kо‘ra:


  1. Uglerodli pо‘latlar

  2. Legirlangan pо‘latlar



Konstruksion pо‘latlar: Konstruksion pо‘latlar tarkibida 0,6% gacha uglerod bо‘ladi. Uglerodli konstruksion pо‘latlar sifatiga kо‘ra oddiy sifatli pо‘latlar, sifatli pо‘latlarga bо‘linadi.

    1. oddiy sifatli pо‘latlar - kо‘rilish konstruksiyalari, armaturalari, simlar, parchin mixlar va boshqa buyumlar tarzida iste’molchilarga yuboriladi. Oddiy sifatli pо‘latlar GOST 380-60 ga kо‘ra 3 guruxga bо‘linadi: A,B va V guruxga bо‘linadi.

A guruxda mexanik xossalar garantiyalanadi. B guruxda kimyoviy xossalari garantiyalanadi.

V guruxda mexanikaviy va kimyoviy xossalari garantiyalanadi.
A guruxda pо‘latlar St xarfi bilan 0,1,2...7 rakamlari bilan markalanadi. Rakam qancha katta о‘lsa pо‘latlarning mustaxkamligi shuncha ortiq bо‘ladi. Agarda rakam ishorasidash keyin KP bо‘lsa pо‘lat qaynaydigan pо‘lat bо‘ladi.
Masalan: STO, St1, St2, StZ, St4, St5, Stb, St7
B gruppa pо‘latlar M.K.B.St xarflari va raqamlari bilan markalanadi. Masalan: MStO, ...MSt7, KST0,...,KSt7, BSt1,...,BSt7
V gruppa pо‘latlar asosan Martin usulida kislorod xaydaladigan konvertor usulida tayyorlanadi. VMST1..,VKStI

    1. sifatli pо‘latlar. GOST 1050-60 ga kо‘ra pо‘latlarning mexanik va kimyoviy xossalari garantiyalanadi. Bu pо‘latlar kislorod tepasidan xaydaladigan asosiy konvertorlarda tayyorlanadi. Sifatli pо‘latlar tarkibidagi margensning miqdoriga kо‘ra ikki guruxga bо‘linadi.

I gurux pо‘latlarda margens miqdori 0,8% bо‘ladi. II gurux pо‘latlarda 1,2% ga yetadi.

  1. gurux pо‘latlari rakamlar va tegishli miqdorlar bilan.

  2. gurux pо‘latlar esa rakamlar va G xarfi bilan markalanadi. Masalan: I gurux pо‘latlar 05, 05 kpg 08, 10, 15, 20, 25, 30, ...,85...

II gurux pо‘latlar 15g, 20g, ...,70 g markadagi ikki xonali sonlar 100 ga bо‘linadi. Shu marka pо‘lati tarkibidagi uglerodning о‘rtacha mikdori chiqadi. G xarfi margenetsning miqdori oshirilganligini bildiradi.
Masalan: 15g-0,15% uglerod Mn = 0,8-1,2% gacha ekanligi kо‘rsatadi.
Yukoridagi markadagi pо‘latlardan 10, 15, 20, markali pо‘latlardan tayyorlangan detallar zarur bо‘lgan taqdirda sementitlanadi ya’ni, sirtqi qatlamiga uglerod singdiriladi,
25, 30, 35 markali pо‘latlar termik ishlanadi bо‘shatiladi. Tarkibida oltingugurt xamda fosfor miqdori oshirilgan pо‘latlar avtomat pо‘latlar bor. GOST - 1414-54 ga kо‘ra A12, A20, AZO, A40g markalari mavjud.



Download 13.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling