Temir yo‘l transporti korxonalarida mehnat haqiga to‘lashning analitik va sintetik hisobi


Download 304.03 Kb.
bet1/6
Sana31.01.2024
Hajmi304.03 Kb.
#1830842
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-мавзу. Снтетик хисоб


    1. Temir yo‘l transporti korxonalarida mehnat haqiga to‘lashning analitik va sintetik hisobi

Режа:
1. Mehnat haqiga to‘lashning analitik va sintetik hisobi
2. Ижтимой солиқнинг sintetik hisobi


Mehnat haqiga to‘lashning analitik va sintetik hisobi. Korxona va tashkilotlarda tuzilgan ish haqini hisoblash qaydnomasida ishchi va xizmatchilarga ish haqi hamda undan ushlab qolinadigan summalar aks ettiriladi. Ish haqini hisoblash qaydnomasi har bir sex, bo‘lim xodimlarining toifalari bo‘yicha alohida tuziladi.
Ish haqini hisoblash qaydnomasi ish haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitobni rasmiylashtirish uchun asosiy hujjatdir. Bu hujjat har bir xodim tabel raqami, xodimlarning toifasi hamda to‘lov va ushlab qolish turlari bo‘yicha tuziladi.
Ishchi va xizmatchilar bilan hisob-kitobning analitik hisobi ish haqi hisoblash to‘lash qaydnomalarida, sintetik hisobi esa mehnat haqi 6710— "Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar" hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Agar xodim oylik maoshini o‘z vaqtida olmasa ushbu summa 6720 – "Deponetlashtirilgan ish haqi" hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Ushbu hisobvaraqlar passiv bo‘lib, qoldiq hisobvaraqlarning kredit tomonida qoladi. Ish haqini hisoblash qaydnomasida quyidagi ko‘rsatkichlar акс эттириladi:

  • to‘lov turlari bo‘yicha hisoblandi 6710 – “Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar” hisobvarag‘ining kredit oboroti;

  • ish haqidan ajratma va to‘lovlar ushlab qolindi va hisoblandi – mehnat haqi –“Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar” hisobvarag‘ining debet oboroti;

  • qo‘lga berish yoki oyning oxirida korxonada qoldiq 6710 – “Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar” hisobvarag‘ining kreditда ҳисобга олинади.

Ish haqini hisoblash qaydnomasining oxirgi ko‘rsatkichi to‘lov vedomostini to‘ldirish uchun hamda xodimga ish haqi berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
“Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq mehnat haqi xarajatlari ishlab chiqarish hamda davr xarajatlarining muhim xarajat elementlaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan ishchi va xizmatchilarga ish haqi hisoblanganda, ularni xarajatlar tarkibiga kiritish lozim.
Uch ish kuni davomida olinmagan ish haqi deponentga o‘tkazilgan, ya’ni saqlash uchun qoldirilgan hisoblanadi. Kassir uni bankka korxonaning hisob-kitob raqamiga o‘tkazilib, "deponentga qo‘yilgan summa" deb ko‘rsatadi. Xodimlar uni korxona kassasidan chiqim orderi bo‘yicha oladi.
Deponentga qo‘yilgan summalar deponentlar daftarida yoki deponent varaqachasida qayd etiladi. U korxona tomonidan 3 yil mobaynida saqlanadi. Ko‘rsatilgan muddat tugagach, deponentga qo‘yilgan summalar yillik balans tuzish paytida korxona daromadlariga qo‘shiladi.
Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni hisobga olishning sintetik hisobi quyidagi jadvalda keltirilgan:

Download 304.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling