Temir yo‘l transporti metrologiyasi haqida ma’lumotlar
Download 0.72 Mb.
|
темир йул транспорти метрологияси — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temir yo‘l transporti metrologik xizmatining tuzilmasi quyidagi sxemada keltirilgan
Temir yo‘l transporti metrologiyasi haqida ma’lumotlar. Temir yo‘l transporti metrologik xizmatining asosiy vazifalari quyidagilar: Tashish jarayoni xavfsizligini ta’minlash, o‘lchashlar sifatini va chiqarilayotgan mahsulot sifatini maqsadida o‘lchashlarning aniqligi va bir xilligini ta’minlash; Metrologik nazoratni olib borish, metrologik qoidalar va meyorlarga, o‘lchashlarning bir xilligini ta’minlash bo‘yicha meyoriy hujjatlar talablariga rioya qilishni nazorat qilish; Harakatlanuvchi tarkiblar va boshqa texnika vositalarini ta’mirlashda ishlatiladigan o‘lchash vositalarini tekshirish uchun etalonlar, o‘lchov tizimlari, avtomatlashtirilgan nazorat-o‘lchash jihozlarini va hozirgi zamon o‘lchash vositalarini va uslublarini ishlab chiqarishga joriy etish. Metrologik xizmatni yanada rivojlantirish va takomillashtirish. Temir yo‘l transporti metrologik xizmatining tuzilmasi quyidagi sxemada keltirilgan: Temir yo‘l transporti bo‘yicha bosh metrolog vazifasini strategik rivojlantirish boshqarmasining boshlig‘i bajaradi. Unga texnik boshqarmalar, bo‘limlar va joylardagi mintaqaviy temir yo‘l uzellarining va korxonalarining rahbarlari bo‘sunadilar. Korxonalardagi metrologlar metrologiya masalalri bo‘yicha korxonaning bosh muhandisiga bo‘ysunadilar. O‘lchashlarning bir xilligini ta’minlash bo‘yicha ishlar asosiy vazifa hisoblanadi. Korxonalar rahbarlari metrologik qoidalar va meyorlarga rioya qilinishi, o‘lchashlarning bir xilligini va talab qilingan aniqligini hamda o‘lchov vositalarining texnik holati va to‘g‘ri ishlatilishi uchun javobgardirlar. O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘risida” gi Qonuni talablariga muvofiq har bir korxona o‘zining ish faoliyatidan va konkret ish sharoitidan kelib chiqib, o‘lchashlarning bir xilligini va talab qilingan aniqligini ta’minlash bo‘yicha merologik Nizomini ishlab chiqadi. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar temir yo‘llaridagi tipaviy metrologiya xizmatining tuzilmasi. Metrologiya va standartlashtirish masalalri “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar faoliyatida muhim o‘rinni egallaydi. Jamiyat boshqarish tizimidagi “Strategik rivojlantitrsh boshqarmasi” tarkibida metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim tashkil etilgan bo‘lib, unda jami 7 nafar mutaxassis faolyat ko‘rsatmoqda. Quyidagi cxemada “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv tizimida metrologiya va standartlashtirish bo‘limining tashkiliy tuzilmasi keltirilgan. Jamiyatga qarashli mintaqaviy temir yo‘l uzellarida metrologiya va standartlashtirish masalalri bilan texnika bo‘limlaridagi muhandislar shug‘ullanishadi. Joylardagi korxonalarda ushbu masalalr bilan texnika bo‘limlardagi muhandislar shug‘ullanishadi. 1. Umumiy holat. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling