Темирбетон, тош-ғишт конструкцйиялари


Download 382.66 Kb.
bet2/4
Sana24.01.2023
Hajmi382.66 Kb.
#1116204
1   2   3   4
Bog'liq
AnOAMFW1LEPACUEB419

Armatura po’latining mexanik xossalari

Armatura po’latining mustahkamlik va deformatsiyalanish xarakteristikasi armatura namunasini cho’zilishga sinab va "s-s" diagrammasini ko’rib o’rganiladi. Yumshoq po’latdan tayyorlangan armatura diagrammasida oqish chegarasiga ega

    1. rasm. Armatura po’latini cho’zishga sinashdagi s-sl diagrammasi

      1. oqish maydoni bor (yumshoq po’lat)

      2. shartli oqish chegarasi bor po’lat

y - armaturaning fizik oqish chegarasi
u - armaturaning vaqtinchalik qarshiligi.

bo’lib, bu armaturalar, tortilganda 25% gacha uzayishi mumkin.


Armatura po’latining mustahkamligini oshirish va cho’zilishini kamaytirish uchun uning tarkibiga uglerod, marganets, kremniy, xrom va boshqalar qo’shiladi. Agar uglerodning miqdori 0,3-0,5% dan oshsa po’latning qayishqoqligi kamayadi va payvandlanish yomonlashadi. Marganets po’latning mustahkamligini oshiradi, lekin qayishqoqligini deyarli kamaytirmaydi. Kremniy po’latning mustahkamligini oshiradi, lekin payvandlashni yomonlashtiradi. Har bir ligerlovchi qo’shimchaning miqdori odatda 0,6...2% ni tashkil etadi. Armatura po’latining mustahkamligi unga termik ishlov berilganda yoki sovuq holda tortilganda sezilarli darajada oshadi.
Termik ishlov berilganda armatura po’lati chiniqtiriladi (800-900S gacha qizdirib, so’ngra tez sovitiladi), keyin qisman qo’yib yuboriladi (300...400S gacha qizdirib, asta-sekin sovutiladi).
Yuqori ligerlangan va termik mustahkamlangan armaturalar qayishqoqlik etapiga asta-sekin o’tadi, shuning uchun ularning diagrammasida yaqqol ko’rinuvchi oqish maydoni bo’lmaydi (9.1-rasm,b). Bunday po’latlar uchun shartli oqish chegarasi belgilanadi. Uning qiymati 0,2 ga teng bo’lib, bu qoldiq deformatsiya 0,2% ni tashkil etgandagi kuchlanishdir, hamda shartli elastiklik chegarasi 0,02 (qoldiq deformatsiya 0,02% ni tashkil etadi) va elastiklik chegarasi ss=0,80,02 belgilanadi. Armatura po’latining qayishqoq deformatsiyasining qiymatini kuchlanish
s=(0,8...1,3)0,2 diapazonda bo’lganda quyidagi empirik bog’lanish orqali aniqlash mumkin.
spl=0,25(s/0,2-0,8)3
Armaturani sovuq holda tortishning mohiyati quyidagidan iborat:
Armaturani sovuq holda sun’iy ravishda oqish chegarasidan kattaroq kuchlanishda tortsak k>u kristall panjaralarda struktura o’zgarishlari natijasida armatura po’lati mustahkamlanadi. Armatura qaytadan tortilganda esa k kuchlanish yangi sun’iy ravishda hosil qilingan oqish chegarasiga aylanadi (9.1-rasm,b).
Sovuq holda tortishni yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan katta diametrdagi sterjenlarni olishga yordam beradi.
Armaturaning qayishqoqlik xossalari yuklama ostida ishlayotgan temirbeton qurilmalarining ishida (sezilarli ta’sir) katta rolь o’ynaydi. Armaturaning mo’rt (birdaniga) uzilishiga sabab bo’ladi.
Payvandlanish to’r va karkaslar tayyorlashda, ankerlar va har-xil quyma detallar yasashda muhim rolь o’ynaydi. Termik ishlov berilgan va sovuq holda tortilgan armaturalarni payvandlab bo’lmaydi, chunki mustahkamlanganlik effekti yo’qoladi.
Armaturaning reologik xossalari uning oqu vchanli k (polzuchestь) va r e l aksatsi yasi bilan xarakterlanadi. Armatura polzuchesti kuchlanish va temperatura ortgan sari ko’payadi.
Relaksatsiya (kuchlanishni kamayishi) armatura sterjenlarida deformatsiya o’zgarmaganda namoyon bo’ladi. Relaksatsiya armatura po’latining mexanik xossalariga va uning kimyoviy tarkibiga, tayyorlash texnologiyasiga, qo’llash sharoitiga bog’liq bo’ladi. Oldindan tortilgan simlar, termik ishlov berilgan armatura va yuqori ligerlangan sterjenь armaturalarda kuchlanishning yo’qolishi sezilarli darajada bo’ladi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, relaksatsiya dastlabki bir necha soatda tez rivojlanadi, ammo u uzoq vaqt davom etishi mumkin. Relaksatsiya oldindan zo’riqtirilgan konstruktsiyalar ishiga sezilarli ta’sir qiladi, chunki u oldindan zo’riqtirish kuchlanishini kamayishiga olib keladi.
Bir necha marta takrorlanuvchi kuch ta’sirida armatura po’latida tortgandan buzilish holati kuzatiladi va u mo’rt buzilish xarakteriga ega bo’ladi. Armatura po’latining chidamlilik chegarasi kuchlarni takrorlash soni "n" ga, tsikl xarakteristikasi =min/max ga, beton bilan tishlashish sifatiga, xamda beton cho’ziluvchi zonasida yoriqlar bor yo’qligiga bog’liq.
Termik ishlov berilgan armaturalar chidamlilik chegarasi nisbatan kamdir.
Armaturaning dinamik mustahkamligi binoga qisqa vaqt ichida katta intensivlikda kuch ta’sir qilganda namoyon bo’ladi.
Yuqori temperatura ta’sirida metall strukturasi o’zgaradi va armaturaning mustahkamligi kamayadi. Masalan 400S gacha qizdirsak A-III klassdagi armaturaning oqish chegarasi 30% ga, A-1, A-II klasslarni esa 40% ga, elastiklik moduli 15% ga kamayadi. Temperatura 350S dan oshganda konstruktsiyalardagi armatura polzuchesti sezilarli darajada namoyon bo’ladi.

  1. Download 382.66 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling