Temperament haqida tushuncha


Download 218.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/30
Sana02.06.2024
Hajmi218.98 Kb.
#1836474
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
ped psixologiya javoblar

 
 
 
 
 
 
 


Psixologiyaning metodlari 
Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuyg‘ulari, nerv sistemasining tashqi 
ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, harakatchanligi, 
ishchanligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va hokazolari o‘rganiladi. Ammo o‘ta 
murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy 
xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni etishmaydi. Masalan, 
go‘dak bolani kuzatishda uning harakatlari, o‘yinchoqlarga munosabati, his-
tuyg‘usi, talpinishi, mayli, xohishi aniqlanadi. O‘quvchining darsdagi holatini 
kuzatishda esa diqqatining xususiyati, tashqi qo‘zg‘atuvchi bilan ta’sirlanishi, 
temperamenti, xatti-harakatining sur’ati, emotsional kechinmasining o‘zgarishi 
to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plashga imkoniyat tug‘iladi. O‘spirin yoshlarning sport 
faoliyatini kuzatish orqali ularning irodasi, ishchanligi, his-tuyg‘usining o‘zgarish 
xususiyatlari, g‘alabaga intilishi, o‘zining harakatini idora qila olishi yuzasidan 
materiallar yig‘ish mumkin. Ishchining dastgoh yonidagi faoliyatini kuzatish 
natijasida uning o‘z diqqatini taqsimlashi, qiyin damlarda o‘zini tutishi, imo-
ishoralari, tashqi qo‘zg‘atuvchidan ta’sirlanish darajasi haqida keng ma’lumotlar 
yig‘iladi.
Pedagogik psixologiya: predmet, tuzilma, muommolari. 
Pedagogik-psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko’nikma, malakalarini 
egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo’ladigan individual tafovutlarni, 
o’quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini 
tadqiq etishdir. Shuningdek, pedagogik-psixologiya ta’lim tarbiyaning ta’siri 
oqibatida o’quvchilar ruhiyatida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni, o’quv 
materiallarining o’quvchilarning yosh davrlarga mos kelishni, turli ta’lim 
metodlarining psixologik jihatdan samaradorligini, darsliklar, o’quv qurollari, 
asbob-uskunalar, maktab ishlarining tartibiga nisbatan bo’lgan psixologik talablar 
kabi muammolarni ham o’rganadi.Pedagogik psixologiya o’quvchilarga 
beriladigan ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslarini o’rganadi. O’quvchilarda 
bilim, iqtidor va malakalarni o’zlashtirish tufayli ular shaxsining tarkib topish 
qonuniyatlari mavzuni o’z ichiga oladi.Pedagogik psixologiya ta’lim va tarbiya 
jarayonida bola shaxsining tarkib topish muommolarini o’rganar ekan, u bolalar 
psixologiyasi bilan mustahkam aloqada ish ko’radi. 

Download 218.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling