Temperament haqida tushuncha


Idrokning asosiy xususiyatlari (konstantligi,appersepsiya)


Download 218.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/30
Sana02.06.2024
Hajmi218.98 Kb.
#1836474
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
ped psixologiya javoblar

 
Idrokning asosiy xususiyatlari (konstantligi,appersepsiya) 
Konstantlik deb, idrok qilish sharoitlarining o‘zgarishida jismlar ba’zi bir 
xossalarining 
nisbiy 
doimiyligiga 
aytiladi. 
Perseptiv 
tizimning 
idrok 
sharoitlarining o‘zgarishini to‘ldirish qobiliyatida namoyon bo‘ladigan 
konstantlik tufayli, bizni o‘rab turgan jismlarni nisbatan doimiy jismlar sifatida 
idrok etamiz. YUqori darajadagi konstantlik jismlar rangi, kattaligi va shaklini 
ko‘rish idrokida kuzatiladi.Idrokning xususiyatlari insonning barcha orttirilgan 
amaliy va hayotiy tajribasi bilan belgilanadi, chunki idrok jarayoni faoliyatdan 
ajralmasdir. Idrok seskantiruvchining xususiyatining o‘zigagina emas, balki, 
sub’ektga ham bog‘liq bo‘ladi. Ko‘z va quloq emas, ma’lum bir jonli inson idrok 
etadi. Idrokning psixik hayotimizning umumiy mazmuniga bog‘liqligi 
appersepsiya deb ataladi.Appersepsiyada insonning bilimlari, orttirilgan tajribasi, 
avvalgi amaliyoti katta o‘rin egallaydi. Bilim va tajriba idrokning aniqligi va 
yorqinligiga muhim ta’sirga ega. CHet tilini idrok qilishda tanish bo‘lmagan 
so‘zlarni bilmasdan turib, o‘z ona tilimizni, hatto, so‘zlar tushunarsiz talaffuz 
etilganda ham, bexato anglaymiz. 
 
Parishonxotirlik nima. 
Parishonxotirlik - diqqatni ma’lum bir obyektga qarata olmaslikdan iborat salbiy 
xususiyat. Parishonxotirlik vaqtincha holat bo’lishi ham, shaxsning nisbatan 
barqaror hislati bo’lishi ham mumkin. Parishonxotirlikning ikki turi mavjud 
bo’lib, biri diqqatni umuman hech narsaga qarata olmaslik bo’lsa, ikkinchisi 
diqqatni muayyan obyekt ustiga kuchli tuplantirib, boshqa narsalarga 
qaratilmasligidir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik 
jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik 
yuksak shartlar va talablar qo’yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, 
sinchkovligi, dilkashligi uning turmush sharoitida, shaxslararo munosabatida 
muhim omil sifatida xizmat qiladi. 

Download 218.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling