Temperament turlari


Download 11.61 Kb.
Sana30.01.2024
Hajmi11.61 Kb.
#1810814
Bog'liq
Temperament


Temperament turlari
Temperament –lotincha “Temperamentum” so’zidan olingan bo’lib qismlarning bir biriga nisbati degan ma’noni bildiradi.
Ilk bor temperamentni qadimgi yunon shifokori Gippokrat o’rgangan mill avv VI asrda Gippokrat temperament tiplarini 4 ga ajratgan va irsiy tushuncha ekanligini ta’kidlaydi. Inson organizmidagi 4 xil suyuqlik miqdori va nisbatiga qarab belgilanadi. Xolerik, Sangvinik,Melanxolik,Flegmatik.
Xolerik-“Chole” so’zidan olingan bo’lib o’t degan ma’noni bildiradi sariq o’t safro limfa suyuqligiga to’g’ri keladi vazifasi tanadagi quruqlikni saqlash.
Sangvinik-“sangius” qon issiqlik
Melanxolik-“melos chole” qora o’t namlik degan ma’noni bildiradi vazifasi tanadagi namlikni saqlash
Flegmatik- “flegmas” balg’am-sovuqlik vazifasi tanadagi namlikni saqlab turishdir.vintilatsiya.

Xolerik-Tez asabiylashadigan, goh g’ayrat bilan goh imillab ishlaydi.Hazilni yoqtirmaydi.Nutqi uzuq-yuluq. Informatsion (axborotga o’ch).qat’iyatli, keskin qarorlarni qabul qiladi. Boshqaruvda avtoritar uslubni qo’llaydi. Kek saqlovchi. Mojarolarni ko’pincha o’zi uyushtiradi va aktiv tomonda ishtirok etadi. Boshlagan ishini oxiriga yetkazadi. Qasoskor yangi jamoaga tez kirishadi.Agressiv.Maqsadlariga erishishda ko’pincha bilak kuchiga ishonadi.sabrsiz kutishni yoqtirmaydi.Kamchiliklarga o’z munosabatini keskin ifodalaydi. Tartib qoidaga ko’p e’tibor bermasada qo’l ostidagilardan qattiq talab qiladi. Mansabga intiladi. Boshqarishni yaxshi ko’radi.hissiyoti tez va kuchli qo’zg’aladi. Tajanglikka moyil ,chaqqon,harakatchan,serg’ayrat. Serzarda . Intilishlari va qiziqishlarida kata barqarorlik va zo’r qat’iylik bor.Diqqatni ko’chirishda qiyinchilikka duch keladi. Psixik tempi tez. Bir ishga qiziqsagina oxirigacha yetkazadi qiziqmasa yo’q. Ildam harakatlar qiladi. Betoqat , giperaktiv kutilmaganda portlaydi.Faollikdan ko’ra Reaktivlik ustunlik qiladi.Shuning uchun ham ular tinimsiz o’zini ushlay olmaydigan betoqat bo’ladilar.Ularning intilishlari va qiziqishlari kata.bir ishni albatta oxiriga yetkazadi ammo unga qiziqsagina.Ular ko’pchilik bilan jamoa o’yinlar o’tkazishni sevadi va bunday o’yinlarni ko’pincha o’zlari boshlab oxirigacha faol qatnashadi.Bir narsadan xafa bo’lsalar, bu xafalik ularda uzoq saqlanadi.Ulardagi kayfiyat ancha barqaror va davomli bo’ladi.Diqqatini bir joyga to’plashga qiynaladi.

Sangvinik-Quvnoq samimiy tez til topishadigan,yangi jamoaga tez moslashadi.Mojarolarni uyushtirmaydi va passiv tomonda ishtirok etadi. Emotsiyalari yuzida ifodalanadi.Noxushliklarni tez o’tkazib yuboruvchan. Boshqaruvda demokratik uslubni qo’llaydi.Yangi sharoitda tez til topishadi.Kutishni yoqtirmaydi.Sabrsiz hovliqma.Bir ishga tez kirishadi va boshqasiga tez ko’chadi.Tezkor. Saramjon Sarishtasiz tartibsiz.Bir vaqtni o’zida juda ko’p ishni rejalashtiradi va bajarishga harakat qiladi.Bir faoliyatni oxirigacha yetkazmaydi.Qo’zg’alish tormozlanishdan ustun.Ko’p vada beradi lekin bajarmaydi.Jamoada hammaning ko’nglini olishga harakat qiladi.Liderlikka moyil.Injiq ishlarni yoqtirmaydi.Kayfiyati juda tez o’zgaradi. Bir kayfiyat butunlay teskarisiga o’zgarishi mumkin.Ildam chaqqon serharakat jo’shqin. Sangviniklar tevarak atrofdagi voqealardan tez ta’sirlanadi.Ishga tez g’ayrat bilan kirishadi va tez soviydi.Har qanday ishga qatnashish uchun doim tayyor. Ular darrov xafa bo’lishlari va yig’lashlari mumkin,lekin ular xafalikni tez unutib yuboradi.Ularning yig’isi bilan kulgusi tez almashadi.Bo’lar bo’lmas narsalarga xoxolab kulaveradi.Muhim bo;lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi.Sezgirlik chegarasi yuksak.Ishchan darslarda tez tez qo’l ko’tarib turadi.Uni intizomga chaqirish oson.Aqli tez ishlaydi topqir.Yangi kishilar bilan tez kiishib ketadi.Nutqi tez.Ko’nikma va malakalarni tez egallaydi.Ko’ngli ochiq dilkash.Fantaziyasi yuksak darajada rivojlangan.Tashqi ta’sirlarga hozirjavob.O’ziga ortiqcha baho berishga moyil.Kutilmagan murakkab vaziyatda o’zini yo’qotib qo’ymaydi.Tezda uxlab qoladi va tez uyg’ona oladi.

Flegmatik-Yuvosh o’ta bosiq, mojarolarda umuman ishtirok etmaydi.Tormozlanish qo’zg’alishdan ustun.Nerv tizimi muvozanatli.Yangi sharoitga sekin moslashadi.Nihoyatda sabrli.Emotsiyalari yashirin.Yurish va gapirish toni juda sekin va bir xil past va bir xillik tom zerikarli, monoton.Asabini hechnimaga sarflamaydi. Faoliyatga sekin kirishadi lekin oxirigacha yetkazadi.Boshqarishdan ko’ra boshqarilishni yoqtiradi.Mustaqil qarorga kelishi qiyin.qaror qabul qilolmaydi.Boshqarish jarayonida qo’g’irchoq rahbar bo’lib qoladi.Hamma joyda ham hazilni markaziga aylanadi.Nimjon immuniteti past.His tuyg’usi kam o’zgaradi. Jaxlini chiqarish,kuldirish kayfiyatini buzish juda qiyin.Ammo bir narsadan kulganda ham vazminligicha qolaveradi.Ko’ngilsiz hodisa xavf –xatar haqidagi xabarga xotirjamlik bilan munosabatda bo’ladi.Vazmin kam harakat.Imo-ishorasi mimikasi yaqqol ko’zga tashlanmaydi.Lekin serg’ayrat ishchan faol chidamli,matonatli.Nutq va harkat sur’ati sust. Farosati kamroq.Diqqatini to’plashi osoyishta.Introvert, kam gap, ichimdagini top deydigan. Yangilikni qabul qilishi qiyin. Tashqi ta’surotlarga sustlik bilan bilan javob beradi. Yangi odamlarga qiyinchilik bilan qo’shiladi.Bu xil temperamentli bolalar jizzaki bo’lmaydilar va odatda o’yin kulgularga moyil emaslar.Muloyim. Barcha sohada puxtalik va tarbiyani yoqtiradi.



Melanxolik-asabiy inert.Rigidlik yuqori.(qotib qolganlik).Tormozlanish qo’zg’alishga nisbatan ustun. Extiyotkor,injiq va mas’ul. Shubhalanuvchan gumonsiraydigan. Yangi sharoitga asabiylashgan holda tezkorlik bilan moslashadi. Mojarolarda ishtirok etmaydi,atrofdagilarning fel atvoridan ko’pincha asabiylashadi. Asabi sust tez toliqadi. Har narsadan shubhalanadi. Tozalikka e’tibor beradi. Tartib qoidalarga ko’ra ishlaydi. Boshqalar bilan iltifotli suhbatlashadi. Dastlabki oqilona yo’lni topishda qiynaladi. O’zini yo’qotib qo’yadi. O’zini fikrlari bilan ish qilishi qiyinroq. Asabi sustligi tufayli Melanxoliyaga ko’p beriladi.Uyatchan va tortinchoq.Notanish kishilar bilan aloqa o’rnatishga qiynaladi.O’z kuchiga ishonmaydi.Yolg’izlikka oson ko’nikadi.O’zi bilan o’zi ovora bo’lishga moyil.Nutqi sekin zaif bazan pichirlash darajasiga tushib qoladi. Suhbatdoshining xarakteriga moslashadi.Hissiyotga beriluvchan.Tanbehga nihoyatda ta’sirchan. O’ziga va atrofdagilarga yuksak talablar qo’yadi.Shubha va badgumonlikka moyil.Haddan tashqari ta’sirlanuvchan.Haddan tashqari arazgo’y,salga xafa bo’ladigan.Ichidagini hechkimga aytmaydi va odamovi.O’z fikrini hechkim bilan baham ko’rmaydi.Kamharakat va jur’atsiz. Gap qaytarmay bo’ysunadi.atrofdagilarni xayrixoxligi va yordamini qo’zg’atishga moyil (boshqalarni rahmini keltiradi, o’zini bechoracha tutadi).Arzimagan sababga ko’ra ko’zidan yosh oqib ketaveradi.Ozgina qiyinchilik paydo bo’ladigan bo’lsa ham o’zini chetga oladi yoki qochadi.Introvert
Download 11.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling