Temperamentni o‘rganishning


Download 19.61 Kb.
Sana07.11.2021
Hajmi19.61 Kb.
#171415
Bog'liq
Амалий машгулот 1


9.1-amaliy mashg‘ulot. TЕMPЕRAMЕNT O‘RGANISH MЕTODIKASI
TЕMPЕRAMЕNT FORMULASI

Temperamentni o‘rganishning juda ko‘p xilma-xil metodlari mavjud. A.Belov temperament “pasportini” to‘ldirishni, keyin esa ancha oddiy matematik ishlov berish yo‘li bilan temperament formulasini chiqarishni taklif etadi. “Pasport” ni to‘ldirishida nima deb javob berishni, siz odatda har kuni (qandaydir alohida, favqulotda hollarda emas) o‘zingizni qanday tutishingizni hisobga olish kerak. Temperament “pasporti” da siz ijobiy javob beradigan sifatlarni (+) belgisi bilan qayd qiling.


...
Shunday qilib agar siz:
1) sabrsiz, hovliqma; 2) yengiltabiat, serjahl; 3) betoqat; 4) odamlar bilan munosabatda keskin va rostgo‘y; 5) qat’iyatli va tashabbuskor; 6) qaysar; 7) tortishuvda topqir bo‘lsangiz; 8) tirishqoqlik bilan ishlasangiz; 9) tavakkal qilishga moyil bo‘lsangiz; 10) keksiz va arazlamaydigan; 11) tez, ehtirosli, poyma-poy nutqqa ega bo‘lsangiz; 12) betayin va qiziqqonlikka moyil bo‘lsangiz; 13) tajavuzkor, urishqoq; 14) kamchiliklarga toqatsiz; 15) ifodali imo-ishoralarga ega bo‘lsangiz; 16) tez harakat qilishga va hal etishga qobiliyatli bo‘lsangiz; 17) yangiliklarga tinimsiz intilsangiz; 18) keskin, shiddatli harakat qilsangiz; 19) qo‘yilgan maqsadga erishishda qat’iyatli; 20) kayfiyatingiz tez-tez o‘zgarib turishga moyil bo‘lsangiz - u holda siz sof xolerik ekansiz.
Agar siz: 1) quvnoq va xushchaqchaq; 2) g‘ayratli va ishchan bo‘lsangiz; 3) ko‘pincha boshlagan ishingizni oxiriga yetkazmasangiz; 4) o‘zingizga ortiqcha baho berishga moyil bo‘lsangiz; 5) yangiliklarni tezda ilg‘ab, qabul qilishga qodir bo‘lsangiz; 6) qiziqishlar va mayllarda tuturuqsiz bo‘lsangiz; 7) muvaffaqiyatsizliklar va noqulayliklarni oson kechirsangiz; 8) turli sharoitlarga oson muvofiqlashsangiz; 9) har qanday ishga zo‘r qiziqish bilan kirishsangiz; 10) agar ish sizni qiziqtirmay qo‘ysa, darhol hafsalangiz pir bo‘ladi; 11) yangi ishga tez kirishib ketsangiz va birinchisidan ikkinchisiga tezda qo‘shilib ketsangiz; 12) bir xil, kundalik, sermehnat ish bilan band bo‘lsangiz; 13) dilkash va mehribon bo‘lsangiz, o‘zingiz uchun yangi bo‘lgan kishilar bilan muomala qilishdan tortinmasangiz; 14) bardoshli va ishchan bo‘lsangiz; 15) jonli imo-ishoralar, ifodali mimika bilan ajralib turadigan aniq, tez va baland ovozli nutqqa ega bo‘lsangiz; 16) kutilmagan, murakkab vaziyatda o‘zingizni yo‘qotmasangiz; 17) hamisha quvnoq kayfiyat bilan ajralib tursangiz; 18) tezda uxlab va tezda uyg‘onsangiz; 19) ko‘pincha fikringizni bir joyga to‘plab ololmay, bir to‘xtamga kelishda shoshma-shosharlik qilsangiz; 20) ba’zan yuzada yurishga, turli narsalarga chalg‘ishga moyil bo‘lsangiz, albatta, sangvinik bo‘lib hisoblanasiz.

Agar siz: 1) bosiq va sovuqqon; 2) ishlarda sobitqadam va mulohazali; 3) ehtiyotkor va andishali; 4) kutishga qodir bo‘lsangiz; 5) kamgap va bekorga gapiraverishni istamasangiz; 6) osoyishta, bir maromdagi, his-xayajoni yaqqol ifodalanmagan, harakat va mimikaga boy bo‘lmagan nutqqa ega bo‘lsangiz; 7) vazmin va sabr-toqatli bo‘lsangiz; 8) boshlangan ishni oxirigacha yetkazsangiz; 9) kuchingizni bekorga sarflamasangiz; 10) vujudga kelgan hayot tartibiga, ishdagi sistemaga qat’iy rioya qilsangiz; 11) tutoqib ketishdan osongina o‘zingizni tiysangiz; 12) ma’qullash va tanbehlardan kam ta’sirlansangiz; 13) muloyim bo‘lsangiz, o‘z sha’ningizga aytilgan qaltis hazillarga kechiruvchan munosabatda bo‘lsangiz; 14) o‘z munosabat va qiziqishlaringizda barqaror; 15) ishga bafurja kirishsangiz va bir ishga ikkinchisiga sekinlik bilan o‘tsangiz; 16) hammaga bir xilda munosabatda bo‘lsangiz; 17) barcha sohada puxtalik va tarbiyani yoqtirsangiz; 18) yangi sharoitga, qiyinchilikka moslashsangiz; 19) o‘zingizni tuta bilsangiz; 20) sabrli va jiddiy bo‘lsangiz – u holda siz, shak-shubhasiz, flegmatik bo‘lib hisoblanasiz.



Agar siz: 1) uyatchan va tortinchoq bo‘lsangiz; 2) yangi vaziyatda o‘zingizni yo‘qotib qo‘ysangiz; 3) notanish kishilar bilan aloqa o‘rnatishda qiynalsangiz; 4) o‘z kuchingizga ishonmasangiz; 5) yolg‘izlikka oson ko‘niksangiz; 6) muvaffaqiyatsizlikda o‘zingizni ezilgan va betoqat sezsangiz; 7) o‘zingiz bilan o‘zingiz ovora bo‘lishga moyil bo‘lsangiz; 8) tezda charchab qolsangiz; 9) nutqingiz sekin, zaif, ba’zan pichirlash darajasiga tushib qolsa; 10) suhbatdoshingiz xarakteriga moslashsangiz; 11) hissiyotga beriluvchan; 12) ma’qullash va tanbehga nihoyatda ta’sirchan bo‘lsangiz; 13) o‘zingizga va atrofdagilarga yuksak talablar qo‘ysangiz; 14) shubha bilan qarashga, badgumonlikka moyil bo‘lsangiz; 15) haddan tashqari ta’sirlanuvchan va azoblanuvchan; 16) haddan tashqari arazgo‘y (salga hafa bo‘ladigan); 17) ichingizdagini hech kimga aytmaydigan va odamovi bo‘lsangiz, o‘z fikringizni hech kim bilan baham ko‘rmasangiz; 18) kamharakat va jur’atsiz; 19) gap qaytarmay bo‘ysunuvchan bo‘lsangiz; 20) atrofdagilarni xayrixohligi va yordamini qo‘zg‘atishga intilsangiz - u holda siz borib turgan melonxoliksiz. Bular sizning o‘z-o‘zingizga bergan sub’ektiv bahoingiz ekanligini unutmang!

Agar u yoki bu tipdagi temperament “pasporti”dagi ijobiy javoblarning miqdori 16-20 tani tashkil qilsa, sizda temperamentning mazkur tipiga xos belgilar yaqqol ifodalanganligi ma’lum bo‘ladi. Bordi-yu, ijobiy javoblar 11-15 ta bo‘lsa, demak sizga mazkur temperamentning sifatlari muayyan darajada xos xisoblanadi. Agar ijobiy javoblar 6-10 tadan oshmasa, sizda mazkur tipdagi temperament sifatlari juda oz darajada mavjud bo‘ladi.

Endi temperamentning formulasini aniqlang:

bunda Tf-temperament formulasi;


X-xolerik temperament;
S-sangvinik temperament;
F-flegmatik temperament;
M-melonxolik temperament;
 A-barcha tiplar bo‘yicha plyuslarning umumiy soni;
 Ax-xolerik “pasporti”dagi plyuslar soni;
 As-sangvinik “pasporti”dagi plyuslar soni;
 Af-flegmatik “pasporti”dagi plyuslar soni;
 MA-melonxolik “pasporti”dagi plyuslar soni;
Pirovardida temperament formulasi, jumladan, quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: Ft=35%X+30%S+14%F+21%M.
Bu - mazkur temperamentning 35 foizi xolerik, 30 foizi sangvinik, 14 foizi flegmatik va 21 foizi melonxolik ekanligini bildiradi.
Agar temperamentning qandaydir bir tipli bo‘yicha ijobiy javoblarning soniga oid nisbiy natija 40 foiz va undan yuqori bo‘lsa, sizda temperamentning mazkur tipi ustun darajada ekanligini bildiradi. Agar bu natija 30-39 foizni tashkil etsa, u holda mazkur tipning sifatlari ancha yaqqol ifodalangan bo‘ladi. Agar natija 20-29 foizni tashkil etsa, mazkur tipning sifatlari o‘rtacha ifodalangan bo‘ladi Natija 10-19 foizni ko‘rsatsa, temperamentning bu tipiga xos xususiyatlar oz darajada ifodalangan, deb aytish mumkin.

Javoblar blakni



Yo‘riqnoma: Sinlauvchi Sizga har birida 20 tadan xususiyatlar aks etgan to‘rta band taqdim etiladi. Siz ular bilan tanishgan holda har bir band bo‘yicha mavjud xususiyatlarni javoblar varaqasidagi ustunlar bo‘yicha belgilar (“+”) aksincha mavjud bo‘lmaganlarini esa belgilamang.




I

II

III

IV

























































































































































































































































































Download 19.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling