Tеmpеratura, issiqlikdan kеngayish va idеal gaz qonunlari 2-Maruza
Download 1.21 Mb.
|
c1e39d912d21c91dce811d6da9929ae8
Temperatura
Xattoki kichkina bolalar ham temperaturaga bog’liq bo’lmagan issiqlik va sovuqlik haqida dastlabki tushunchalarga egalar. O’lchashning o’zi nima? 17 bobda biz temperaturani o’lchash tadqiqodlarini boshlaymiz. Issiq havo suzgichi piloti va akvalangist xavoda uchish va suvda suzishni rejalashdan oldin havo va suv temperaturasi haqida yaxshi tushunchalarga ega bo’lishi kerak. Uchuvchi va havoda suzuvchilar havo temperaturasining o’zgarishi havoning zichligiga va shamolning yo’nalishiga qanday ta`sir etishi haqida ma`lumotga ega bo’lishlari kerak. Akvalangistlar organizmda temperaturaning o’zgarishi suzish davomida foydalaniladigan havoning miqdoriga ta`sir etishini biladilar. SHuning bilan birga ular tanaga ta`sir etayotgan bosim bilan ular tanasining berayoigan bosimining tengligining muhimligini yaxshi tushunadilar. Gazlarning temperaturaga nisbatan xossalarining o’zgarishi uchuvchi va suzuvchilar uchun hayotiy muhim ahamiyatga egadir. SHunday qilib temperatura va ideal gaz qonunlarini muhokama qilish bilan termodinamikani o’rganishni boshlaymiz. Bu bobda temperaturalar shkalasi ketma-ketligi kichik zichlikka ega bo’lgan gaz xossalari bilan aniqlanib, temperatura ob`ektning o’rtacha ichki molekulyar kinetik energiyasining o’lchami ekanligini ko’rsatamiz. Temperatura tushunchasi jismlarning qay darajada qiziganligini xarakterlash uchun kiritilgan kattalikdir. Temperaturani miqdoriy aniqlash va aniq temperatura shkalasini tuzishda ob`ektiv fizik hodisalar va dalillar asos qilib olinadi. Issiqlik haqidagi ta`limotda temperatura issiqlik yoki termodinamik muvozanat tushunchasi orqali kiritiladi. Issiqlik muvozanati holatida bo`lgan jismlarning temperaturasi bir xil bo`ladi. Agar jism yoki jismlar sistemasi issiqlik muvozanati holatida bo`lmasa va sistema izolyasiyalangan bo`lsa, u holda biror vaqtdan keyin issiqlik muvozanati qaror topadi. Bu holatga erishilgandan keyin sistemada hech qanday makroskopik o`zgarishlar sodir bo`lmaydi. Muvozanat holat belgilaridan biri jism yoki sistema barcha qismlari temperaturalarning tengligidir. Issiqlik muvozanati qaror topish jarayonida, ya`ni ikki jism temperaturasining tenglashish jarayonida issiqlik (energiya) bir jismdan ikkinchisiga uzatiladi. Demak, eksperimental nuqtai nazardan jismning temperaturasi uning boshqa temperaturali ikkinchi bir jismga issiqlik beradimi yoki undan issiqlik oladimi, ana shuni aniqlovchi kattalikdir. Temperatura jism holatining makroskopik xarakteristikalaridan biridir. Bu tushuncha bir yoki kam sondagi atomlar va molekulalardan tashkil topgan sitemalar uchun ma`noga ega bo`lmaydi. Garchi bu tushuncha, faqat termodinamik muvozanatda bo`lgan sistemalar uchun qo`llanilsada, biroq undan hali to`la ravishda muvozanat qaror topmagan sistemalarda ham foydalanish mumkin. Buning uchun siste-mani fikran yetarlicha kichik makroskopik qismlarga bo`linadi. Bunday qismlarning relaksasiya vaqti kichik bo`lganligi tufayli ularning har biri amalda tez termodinamik muvozanatga keladi va shu sababli bunday kichik qismlarning temperaturasi haqida gapirish mumkin. Lekin, shunday kuchli (tez o`tadigan) muvozanatsiz holatlar ham bo`ladiki, ularni amalda muvozanatda bo`lgan kichik qismlarga bo`lib bo`lmaydi. Bunday holatlar uchun temperatura tushun-chasini qo`llash mumkin emas. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling