Temperaturaviy uzluksiz oraliq qurilmalar konstruksiyalari. Reja: Uzluksiz oraliq qurilmalar konstruksiyalari


Download 1.56 Mb.
bet5/7
Sana21.04.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1369883
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Temperaturaviy uzluksiz oraliq qurilmalar konstruksiyalari. Reja

a)

v)


b)


4.5-rasm. Namuna-silindrlarni yorilishga (a) va “sakkiz” shaklidagi namunalar (b) hamda silindrlarni (v) o’q bo’ylab cho’zilishga sinash
Sinash uchun elementlarni tanlash va yuklash sxemalari. Inshootlarga yuk qo’yilganda, ishga uning hamma konstruktiv elementlari yoki faqat yuk qo’ygan joyga yaqinlari birgalikda jalb qilinadi. Masalan, ko’prik o’tish (harakat) qismining uning uzunligi bo’ylab har qanday joyiga qo’yilgan yuk ko’taruvchi fermaning belbog’lari va panjaralarining hamma elementlarida ichki kuchlar sodir bo’lishiga olib keladi; faqat “nolli” deb nomlanadigan sterjenlar ishga kirishmaydi.
Boshqa holat bilan odatda ko’psonli bir xil tipdagi elementlarning ma’lum bir uyg’unligidan (qo’shilishidan-sochetaniye) tuzilgan sanoat va fuqarolik qurilishining ko’pgina ob’ektlarida to’qnashishga to’g’ri keladi. Masalan, karkas tipidagi ko’p qavatli sanoat binosida biron-bir orayopmaning uncha katta bo’lmagan uchastkasiga qo’yilgan yuk poydevorga yaqin rigel va ustunlar orqali uzatiladi; yuk qo’yilgan joydan bir necha oraliqda joylashgan ustun va rigellar deyarli ishga jalb qilinmaydi. O’sha orayopmaning yonidagi yuklanmagan plitasi kuchsiz yoki deyarli deformatsiyalanmaydi, va boshqa qavat orayopmalari amalda umuman ishlamaydi. Shunga o’xshash inshootlarni tadqiqot qilishda sinash uchun elementlarni tanlash bevosita yuk qo’yish joyini tanlashga bog’liq. Bunda quyidagi mulohazalarga tayanadi:
1) keragidan ortiqcha vaqt va mablag’ sarfini oldini olish maqsadida, statik sinovlar o’tkazish uchun zarur, yuklanadigan elementlar soni minimal bo’lishi kerak;
2) tadqiqot qilinadigan konstruksiyaning hamma asosiy yuk ko’taruvchi elementlarini sinashda qamrab olinishi kerak; birinchi navbatda, jadal ishlaydigan elementlar va kerakli ishlash qobiliyati ishonchsiz bo’lgan, nuqson va shikastlanishlari mavjud elementlar sinaladi.
3) imkoni boricha statik tayanish va birikishning aniqroq sxemali elementlari tanlab olinadi; boshqa sharoitlari bir xil bo’lganda inshoot qismining yonidagilari bilan qo’shimcha birikuvlaridan erkin, tadqiqot qilinadigan elementlar ishiga qiyin hisoblanadigan xatoliklarni keltirib chiqaradigan elementlarni tanlash maqsadga muvofiqdir.
Seriyali tayyorlanadigan namunalarni tanlashda ularni sinash uchun quyidagilarga amal qilish lozim. Ko’riladigan partiya buyumining sifati to’g’risida muhokama yuritish uchun eng yaxshi va eng yomon namunalar sinalishi lozim. Statik sinash uchun ularni tanlash vizual ko’rik, sindirmaydigan usullar nazorati va oldindan vibratsiyaga oid tekshiruv asosida amalga oshiriladi. O’rtacha baholash mazkur partiya buyumlarining ko’pchiligi uchun o’ziga xos bo’lgan holatiga tegishli bo’lgan namunalarni sinash natijalari bo’yicha beriladi. Sinash lozim bo’lgan buyumlarni tanlash, vizual ko’rik va texnik hujjatlarni o’rganish ma’lumotlari bo’yicha amalga oshiriladi. Sinash uchun eng kamida o’rtacha sifatli ikkita buyum tanlanadi. Agar ko’plab tayyorlanadigan buyumlar partiyasi 200 donadan ko’p bo’lsa, sinaladigan buyumlar soni butun partiyaning 1%dan kam bo’lmasligi kerak. Тanlab olingan buyumlar markirovka qilinadi, o’lchamlari, massasini aniqlash, armaturalar joylashishi va himoya qatlam qalinligi, texnik hujjatlarni tekshirish bilan guvohnomalanadi hamda guvohnomalash natijalari sinov qaydnomasi (vedomosti)ga kiritiladi. Sinashga tayyorgarlik buyumni joyiga toshish (transportirovka qilish), uni pressga o’rnatish va sinov vaqtida sug’urtasini ta’minlashdan iboratdir.
Yuklash sxemasi sinash uchun elementni tanlash bilan bir vaqtda aniqlanadi, chunki bu masalalar bir-biriga bog’liq. Yuklar tarqalishining tanlangan sxemasi tadqiqot qilinadigan elementlarda aniqlanadigan tavsiflarni topish uchun yetarli, zaruriy kuchlanish va deformatsiyalar sodir qilishni ta’minlashi lozim, ammo bunda mavjud bo’lgan real imkoniyatlar (yuklash qurilmalarining ma’lum turi mavjudligi) va sinash narhini hisobga olish kerak.
Oxirgisi juda ahamiyatga ega, chunki talab qilinadigan yukning kamayishi tajriba o’tkazish jarayonini qisqartiradi va arzonlashtiradi va yuklash va yukdan bo’shatishni qisqa vaqtda bajarish imkonini beradi.
Alohida misollar sifatida quyida uzlukli plita (4.6-rasm), uzluksiz to’sin (4.7-rasm) va poligonal fermalarni (4.8-rasm) sinash sxemasi tegishlicha teng tarqalgan va yig’iq yuklari bilan keltirilgan. Тaqdim etilgan sxemalar mehnat sarfi narhi bo’yicha tejamli, sinash yuklarini nazorat qilish uchun ham, sinovni avtomatlashtirish uchun ham qulaydir.





Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling