Temprament
Download 34 Kb.
|
Temprament
TempramentTemperament - shaxsning psixofiziologik xususiyati bo'lib, hozirgi zamon psixologiya fani nuqtai nazarida, uning asosida asab tizimining xususiyatlari, xususan, asab jarayonlarining kuchi, muvozanati, harakatchanligi, qo'zg'aluvchanlik va tormozlanish, dinamikligi, qo'zg'alish va tormozlanishdagi zo'riqish, faollik va h.k. yotadi. Temperament insonni faollik, his-tuygu (emotsionallik), faoliyatning tempi va ritmi tomonidan xarakterlaydi. U shaxsning dinamik sifatlarini aks ettiradi. Yomon yoki yaxshi temperament bo'lmaydi. Shuning uchun inson qanday temperamentga ega bo'lishidan qat'iy nazar turli faoliyat turlari bilan shug'ullanishi va katta yutuqlarga erishishi mumkin. Bu individual-psixologik xususiyat u yoki bu shaxsning kasbiy layoqatini aniqlashda muhim rol o'ynamaydi. Avvaldan (eramizdan avval V asrdan boshlab) temperament to'rt: sangvinik, xolerik, flegmatik va melanxolik tipga bo'linadi. SANGVINIK XOLERIK FLEGMATIK MELANXOLIK SANGVINIK – bu temperament vakillarida ikkala nerv jarayonlari: qo'zg'alish va tormozlanish kucli va muvozanatlashgan, shu bilan birga harakatchan bo'lib, bir-birini tez-tez almashtirib turadi. Sangviniklarning psixologik xarakteristikasi quyidagi xususiyatlarni o'z ichiga oladi. Uning vaklllari insonlar bilan juda muloqatga engil kirishishadi, tezda umumiy til topa olishadi, yolg'izlikni yoqtirishmaydi, notanish insonlar va sharoitda o'zini yo'qotmaydi. Sangviniklar bir joyda o'tira olmaydilar, tinib-tinchimas, odatda ishlarida tartib kuzatilmaydi. Ularda qat'iy kun tartibi bo'lmaydi, uzoq vaqt davomida biror bir ishni bajarishga sabrlari chidamaydi, avval katta qiziqish bilan boshlagan ishlarini oxiriga yetkazmaydilar. Sangviniklar doimo hushchaqchaq, ko'tarinki kayfiyat egalari, ular juda kechirimli bo'lib, nisbatan muvoffaqiyatsizlikni engil kechiradilar. Doimo jamoa, do'stlari orasida bo'lishni yoqtiradi, har qanday yig'ilishlar, kechalarning markazida bo'ladilar. Ularda his-tuyg'ular engillik bilan paydo bo'ladi va huddi shunday engillik bilan o'chadi. Sangviniklar uchun eski, turg'un qarashlarni osonlik bilan sindirish va yangilarini yaratish xosdir. Sangviniklarga to'g'ri tarbiya berilganda ularda yuqori darajada rivojlangan jamoatchilik hissini, ishga, o'qishga, mehnatga faol munosabatni shakllantirish mumkin. Noto'g'ri tarbiya berilganda, aksincha, sangviniklarda, odatda engiltabiatlik, ishga mas'uliyatsizlik bilan qarash, palapartishlik, boshlangan ishni oxiriga etkazmaslik, o'qishga, mehnatga, jamoat ishiga jiddiy munosabatda bo'lmaslik, o'zining imkoniyatlari va o'ziga yuqori baho berish xislatlari shakllanadi. Yuqorida sanab o'tilgan temeperamnt tiplari tug'ma bo'lib, ularni o'zgartirib bo'lmaydi. Lekin, inson o'z-o'zini tarbiyalashi davomida biron temperamentga xos xislatlarni o'zida shakllantirishi mumkin. Tabiatda sof temperament tipini uchratish qiyin va odatda, har qanday kimsada biron yetakchi temperament tipiga qo'shimcha ravishda turli tiplarga xos belgilarni kuzatish mumkin. Bunday "chatishma" insonning o'z ustida ishlashi, o'zi uchun o'ta muhim ko'ringan xislatni mustaqil tarzda rivojlantirishi uchun imkoniyat yaratadi. Ushbu satrlarni yoza turib beixtiyor bir hodisa esga tushadi. Ustoz-psixologlardan biri "… men hayotda iloji boricha sangvinikday bo'lishga intilaman, barcha xatti-harakatimni bu temperament tipiga muvofiqlashtirib yashayman", deb ta'kidlardi. Haqiqatan, uning ish uslubi va odamlar orasidagi harakati ko'p yillik o'z-o'zini tarbiyalash qanchalik muvaffaqiyatli natijaga olib kelganining yaqqol dalili edi. Ammo, shunday vaziyatlar bo'lardiki, ustoz uyda tanho qolishni, o'tmishdagi rasmlarni tomosha qilishni, ya'ni asl melanxoliklikka qaytishni "sog'inib" qolardi. Garchi ijodda, insoniy munosabatlarda va mehnat faoliyatida u sangvinikday tez va shijoatli bo'lsada, lekin uning asl temperamenti serqatnov ko'chani kesib o'tayotgandagi ishonchsizlikda va qaltis vaziyatlardagi ikkilanishda yaqqol ko'zga tashlanardi. XARAKTER XAQIDA..." Dunyoda axolisi sohi qancha bo'lsa, ana shu axoli sonini tashkil qiluvchi insonlarning xarakteri ham shuncha yani betakror, o'ziga hos... Xarakter yunoncha "character" degan so'zdan olingan bo'lib, "TAMG'A", "MUXR" ma'noni anglatadi... Xarakter bevosita temperament bilan bog'lanib namoyon bo'ladi. Xarakterni vujudga kelishiyam shakllanish jarayoni va o'sha xarakterdagi nuqsoni bartaraf etib to'g'irlash ham ijtimoiylikda amalga oshadi... Xarakter xususida Teplov B, Pavlov I, Sechenov I, Klimov, Merlin, Kovalev, nemis pasixologlari Krechmer va Sheldon, fransuzlar Piaje, Vilyam Zazzo va boshqalar o'rganib psixologiya sohasida Xarakter tushunchasini olib kirishgan. Download 34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling