Temur (1336-1405) tavalludining 685-yilligiga


Download 41.11 Kb.
bet1/10
Sana09.06.2023
Hajmi41.11 Kb.
#1472306
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Amir Temut


Assalom aleykum hurmatli kitobxonlar bugungi davra suhbatimizga Buyuk sarkarda Sohib qiron bobomiz Amir Temur faoliyati haqida fikr yuritamiz.
Temur (1336-1405) tavalludining 685-yilligiga.
Amir Temur ibn amir Taragʻay 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz) viloyatining Xoʻja Ilgʻor qishlogʻida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Taragʻay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi boʻlgan.
Amir Temurning yoshligi haqida maʼlumotlar kam uchrasa-da, ayrim manbalarga qaraganda, u yoshligida xat-savod chiqarib, oʻz davrining tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, meʼmorchilik va tarix ilmlarini oʻrgangan. Amir Temurning yoshligi Keshda kechdi. Yetti yoshga toʻlgach, otasi uni oʻqishga berdi. Amir Temur yoshlik chogʻlaridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga oʻq uzish, boshqa turli mashq va harbiy oʻyinlar bilan mashgʻul boʻlgan. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir boʻlib voyaga yetgan. Amir Temur tabiatan ogʻir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson boʻlgan. Shu tufayli oʻspirinlik chogʻlaridayoq atrofiga tengqurlari orasidan sadoqatli doʻstlarni jalb qila olgan.Amir Temur bilan suhbatlashish sharafiga muyassar boʻlgan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldun jahongir turk, arab, fors xalqlari tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning murakkab jihatlarigacha yaxshi oʻzlashtirganini taʼkidlaydi.
Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qoʻllab-quvvatlab, unga oliy hokimiyat ramzi katta nogʻora — tabl bilan yalov — bayroq tortiq qiladi. Shubhasiz bu voqea katta siyosiy ahamiyatga ega edi. Chunki u saltanatlik ramzi edi. Amir Temur buni yaxshi tushunardi. Shuning uchun ham Balxga yetmasdan Oʻrpuz mavzeida u amir va noyiblari bilan kengash oʻtkazadi. Koʻpchilikning xohish va ixtiyori bilan, oʻsha davr qonun-qoidalariga koʻra, chingiziylar avlodidan boʻlgan Suyurgʻatmish oʻgʻlon Movarounnahr podsholigi taxtiga oʻtqazildi. Amir Temur qoʻshini to Balxga yetib borgunicha, unga yoʻl-yoʻlakay yangi-yangi kuchlar kelib qoʻshildi. Shu asnoda amir Husaynni koʻpchilik amirlari tark etdilar. Jangda amir Husayn qoʻshinlari yengildi, ikki kunlik qamaldan soʻng, 1370-yilning 10 aprelda Balx shahri Amir Temurga taslim boʻldi. Amir Husayn asir olinib, qatl etildi. Bu gʻalabadan soʻng Amir Temur Movarounnahrning chingiziylardan boʻlgan hukmdori Qozonxonning qizi Saroymulk xonimni oʻz nikohiga oladi. Xon qiziga uylanganligi munosabati bilan “Amir Temur” yaʼni „xonning kuyovi“ nomini oldi.
Temur sunniy musulmon boʻlgan, ehtimol, Naqshbandiya tasavvufi, Hanafiy mazhabiga mansub boʻlib, u Mavarinnatda nufuzli boʻlgan. Uning bosh rasmiy diniy maslahatchisi va maslahatchisi hanafiy olimi Abdu Ali-Jabbor Xorazmiy edi. Termizda u Gur-amirda Temur bilan birga dafn etilgan Balxlik rahnamo Sayyid Barakaning ustozi taʼsiriga tushgan edi.
Temur hazrati Ali va Ahli-baytni yuksak qadrlashi bilan mashhur boʻlgan va turli olimlar tomonidan oʻzining "shiaparast" pozitsiyasi bilan eʼtirof etilgan
1370-yilning 11-aprelida Chigʻatoy ulusining barcha beklari, amirlari, viloyat va tumanlarning dorugʻalari hamda Termizning sayyidlari (xudovandzodalari), shuningdek Amir Temurning yoshlikdan birga boʻlgan quroldosh doʻstlari va piri Sayyid Barakaning ishtirokida oʻtkazilgan qurultoyda anʼanaga koʻra chingiziylardan Suyurgʻatmishxon mamlakat hukmdori deb eʼlon qilingan boʻlsada, amalda markaziy hokimiyatni Amir Temur oʻzi boshqardi, viloyatlardagi hokimiyatni oʻgʻillari, nabiralari va yaqin amirlari orqali idora qildi. Samarqand Amir Temur davlatining poytaxtiga aylantirilib, oʻsha yilning yozida shahar devori va qalʼasi tiklandi, saroy va qasrlar bino qilindi.
Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy mavqeyini mustahkamlab, koʻpdan davom etib kelayotgan ichki tarqoqlikka barham berish, tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish maqsadida Amir Temur (1370-yil iyunida) Samarqandda katta qurultoy chaqirdi. Unda markaziy davlat tizimini shakllantirish va qoʻshin tuzish masalalari muhokama etildi.
El-yurtni boshqarishda harbiy kuchning ahamiyatini yaxshi tushungan Amir Temur qoʻshinning tuzilishiga katta ahamiyat berdi. U „amir“ va „amir ul-umaro“ kabi yuqori darajali harbiy unvonlar joriy qildi. Qoʻshinni harbiy jihatdan isloh qilar ekan, u ayniqsa lashkarboshilarni tanlash va ularni tarbiyalash, harbiy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda intizom masalalariga nihoyatda eʼtibor beradi.
Amur Temurning :
To‘ng‘ich o‘g‘il – 1356-yilda Jahongir Mirzo;
Ikkinchi o‘g‘il – 1356-yilda Umarshayx Mirzo.
Uchinchi o‘g‘il – 1366-yilda Mironshoh Mirzo.
To‘rtinchi o‘g‘il – 1377-yilda Shohruh Mirzo.
Birinchi qizi – Oqa Begi xonim 1359-yilda
Ikkinchi qizi – Sulton Baxt begim 1362-yilda dunyoga kelganlar.

Buyuk ajdodimiz – Sohibqiron Amir Temur nafaqat oʻzbek xalqining, balki adolat deb yashagan, yashayotgan, yashaydigan insoniyatning qalbidan chuqur joy olgan, desak mubolagʻa boʻlmaydi.


Mustaqillik yillarida yurtimizda tarixni yozma manbalar asosida tadqiq etishga eʼtibor kuchaytirildi. Ajdodlarimiz tomonidan uzoq oʻtmishda yaratilgan 830 ta madaniy-maʼnaviy merosni oʻrganish va targʻib qilish dolzarb masalalar qatoriga kirdi. Ilm-fan, madaniyat rivojiga ulkan hissa qoʻshgan ajdodlarimizning unutilgan nomlari qayta tiklandi, mohir sarkarda, davlat arbobi, ilm-fan, madaniyat homiysi boʻlgan Amir Temur kabi ana shunday tarixiy shaxslarimizni, ajdodlarimizni doimiy yod etish, ularning nomini abadiylashtirish barchamizning oliy, ezgu burchimizdir
Mustaqillik yillarida “Temur tuzuklari” qayta – qarta nashr etilayotgani tahsinga loyiq.
Turli manbalarda bu asar “Temur tuzuklari”, (“Tuzuki Temuriy”) “temurning Aytganlari” (“Malfuzoti Temuriy”) va “Temur haqida xotiralar” (“Voqeati Temuriy”) degan nomlar bilan ataladi.
Bugungi kunda “Temur tuzuklari”ning qo’lyozma va toshbosma nusxalari dunyo bo’ylab keng tarqalgan. Ushbu noyob asarni jahonning ko’pgina mamlakatlarida, jumladan, Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSh, Rossiya, Finlandiya, Daniya, Eron, Hindston, Turkiya, Misr, Yaman kutubxonalarida topsa bo’ladi.
Tuzuk nima ?
“Tuzuk” so’zining lug’aviy ma’nosi qonun – qoidalar to’plami, nizomi, degan ma’nolarni anglatadi. Boshqacha aytganda, Tuzuk – Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni, deganidir.
“Konstitutsiya” atamasi, “Imperator Konstitutsiyasi” deb atalgan qonun misolida, qadimgi Rimdayoq ma’lum bo’lgan. O’z navbatida, “Temur tuzuklari” Sharq va Osiyo mamlakatlari sivilizatsiyasiga xos alohida shakldagi konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega bo’lib, shariat qonunlari bilan bir qatorda Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari taqdiriga kuchli ta’sir o’tkazgan.
Atoqli rus olimi D.Logofet “Temur tuzuklari”ni o’rganib, unga Turkistoinda Yevropadagi 500 yillar oldin vujudga kelgan Konstitutsiyaviy kodeks, boshqacha aytganda, Amir Temur saltanatining Konstitutsiyasi, deb yuksak baho bergan. Binobarrin, mustaqillikning dastlabki yillari – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasining muhokamasi davrida Asosiy qonunimizni “Tuzuklari” deb atash tavsiya etilgani ham bejiz emas.
Hurmatli kitobxonlar manu bugungi davra suhbatimizda o’z davrining adolat parvar jasur va mard jangchisi Amur Temur bobomiz haqida anchagina ma’lumotlarga ega bo’ldik. Amur Temur haqida qancha ko’p gapirsak shuncha kamdir. Bizgacha qoldirgan “Temur tuzuklari” “Amur Temur o’gitlari” kabi kitoblaridagi pur ma’no fikrlar bebaho o’gitlar hali – hanuz qo’llanilib kelmoqda,
Kuch adolatdadir!, Bir kunlik adolat yuz kunlik toat – ibodatdan Afzal!, Adlu ehson bilan jahon gulshani obod bo’ladi!, Adovat emas adolat yengadi, Yozilgan narsa avlodlar xotirasida qilingan ishdan ham uzoqroq yashaydi, Qudratimizga shak – shubhangiz bo’lsa, biz qurdirgan binolarga boqing!
Ulkan meros doimo ulkan muholiflik tug’diradi;
Ajal qo’rqoqlarga bahona
Kabi dono fikrlaridan jasoratini qudratini adolatini anglay olsa bo’ladi. Azizlar suhbatimizni yakunlar ekanmiz barchamiz bobomiz kabi adolatli va teran fikrli bo’laylik hayr salomat bo’ling.

kutqarib qoladi. Shu tariqa sarbadorlar boshliqsiz qoldirilib, Movarounnahrda amir Husaynning hukmronligi oʻrnatiladi, ammo koʻp vaqt oʻtmay Husayn bilan Amir Temur oʻrtasidagi munosabat keskinlashib, ochiqdan-ochiq nizoga aylanadi. Amir Temurning nufuzi ortib borayotganligidan xavfsiragan amir Husayn Balxga qaytib, uning qalʼa devorlari va istehkomlarini mustahkamlashga kirishadi. Balx, Qunduz va Badaxshondan koʻp sonli lashkar ham toʻplaydi. Kesh va Qarshi viloyatlariga bosh boʻlgan Amir Temur ham amir Husaynga qarshi hal qiluvchi jangga hozirlik koʻradi. 1366 — 70 yillar oʻrtasida bir necha bor toʻqnashuvlar boʻlib oʻtadi.



Download 41.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling