"temur tuzuklari" ning zamonaviy hayotimizda tutgan o’rni


Download 316.52 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.03.2023
Hajmi316.52 Kb.
#1269432
Bog'liq
Temur tuzuklari 1



"TEMUR TUZUKLARI" NING ZAMONAVIY
HAYOTIMIZDA TUTGAN O’RNI
allomalar, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Imom Moturudiy,
Burhoniddin Marg'inoniy kabi mutafakkirlar, To'maris, Shiroq, Spitamen,
Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bobur Mirzo kabi mard va
jasur sarkardalar yetishib chiqdi.
"O'zbekiston boy qazilma va tabiiy resurslarga, qudratli iqtisodiy va
insoniy salohiyatga ega. Biroq bizning eng katta boyligimiz - bu
xalqimizning ulkan intellektual va ma'naviy salohiyatidir".
Nafaqat Vatanimiz tarixida, balki dunyo ma'naviy-ma'rifiy hayotida
o'chmas iz qoldirgan buyuk alloma va mutafakkirlar, sarkarda-yu
qahramonlar bilan har qancha faxrlansak arziydi. Xalqimiz tarixning har
qanday murakkab sharoitlarida ham o'zining bunyodkorlik, ma'rifatparvarlik
qarashlariga
sodiq
qoldi.
Birinchi
Prezidentimiz
Islom
Karimov
ta'kidlaganlaridek: "Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o'lkaning, davlatimiz
hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o'zlikni anglashni, ta'bir
joiz bo'lsa, milliy iftixorni tiklash va o'stirish jarayonida g'oyat muhim o'rin
tutadi" .
So'nggi yillarda markazlashgan Amir Temur saltanati, uning o'zbek
davlatchiligi va madaniyatini rivojlantirishdagi o'rni masalalariga oydinlik
kiritilib, tarixchi, sharqshunos olimlarimiz ko'plab birinchi manba
ahamiyatidagi asarlarni o'zbek tiliga tarjima qilib, nashr ettirdilar.
Tarixdan ma'lumki, mamlakatimiz qadimdan alloma-yu mutafakkirlar,
olim-u fozillar diyori hisoblanadi. Bu hududdan jahon ilm-fani ravnaqiga
 
o'zining munosib hissasini qo'shgan Abu Nasr Forobiy, Muso al-Xorazmiy,
Ahmad Farg'oniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy singari qomusiy


Davlatimizning siyosati va xalqimiz xohish-irodasiga asoslangan Vazirlar
Mahkamasining 1994-yil 29-dekabrda "Amir Temur tavalludining 660-
yilligini nishonlash to'g'risida"gi qarori, 1995-yil 26-dekabrda esa birinchi
Prezidentimizning "1996-yilni Amir Temur yili deb e'lon qilish to'g'risida"gi
farmonlari qabul qilindi. 1996-yil martida "Temuriylar tarixi" davlat muzeyini
tashkil qilish xususida, "Amir Temur" ordenini ta'sis etish to'g'risida
farmonlar qabul qilindi.
YUNESKO qarori asosida Amir Temur tavalludining 660-yilligi butun
dunyoda keng nishonlandi. 1996-yil aprelida shu tashkilotning Parijdagi
bosh qarorgohida "Temuriylar davrida fan, madaniyat va ta'lim ravnaqi"
mavzuida ilmiy konferensiya o'tkazilib, Buyuk davlat arbobining tarixdagi
o'rniga yuksak baho berildi [5-5].
"Sohibqiron Amir Temur shaxsi uning ajdodlari bo'lmish faqat bizning
emas,
balki
mintaqamizdagi
barcha
xalqlarning,
butun
ma'rifiy
insoniyatning boyligidir", degan edi birinchi Prezidentimiz.
Amir Temur haqida fikr bildidar ekan birinchi Prezidentimiz yana shunday
deydi: "Tengsiz azmu shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo'lgan bu
mumtoz siymo buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o'zidan ham
amaliy, ham nazariy meros qoldirdi, ilmu fan, madaniyat, bunyodkorlik, din
va ma'naviyat rivojiga keng yo'l ochdi".
Zero, Amir Temurning bunyodkorlik salohiyatidan nafaqat bizning
yurtimiz, balki ko'plab boshqa shaharlar ham bahramand bo'ldilar. Har bir
shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqohlar qurishni, yo'lovchi musofirlar
uchun yo'l ustiga rabotlar bino qilishni, daryolar ustiga ko'priklar qurishni
buyurganligi haqida ma'lumotlar mavju.
Jumladan, mo'g'ullar tomonidan vayron qilingan Bag'dod, Darband,
Baylaqon kabi shaharlarni qayta tikladi. Shuningdek, Amir Temur
tomonidan, Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bag'dodda madrasa,
Turkistonda Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara bunyod ettirgan.
O'rta Osiyo xalqlari, xususan, ajdodlarimizning qonun, davlat va siyosatga


jiddiy munosabatda bo'lganliklari zamirida insonni ulug'lash, jamiyatning
barcha qatlamlarini adolat bilan chulg'ab, chinakam huquq asoslariga
tayanadigan davlat yaratishdan iborat maqsad yotar edi. Shuning uchun
ham ajdodlarimizga rahnamo bo'lgan buyuk shaxslar davlatchilik
borasidagi siyosiy, huquqiy tartiblarini o'rnatuvchi ko'plab asarlar
yaratganlar.
Ular orasida Amir Temurning "Tuzuklari"da ifoda etilgan davlat
masalalariga oid yo'l-yo'riqlar, qonunlar, tuzuklar alohida ahamiyatga ega.
Buyuk davlat arbobining davlatchilik siyosatida, u yaratgan boshqaruv tizimi
hamda davlatchilik an'analari mohiyati zaminida muayyan bir jug'rofiy
makon va jamiyatning turli imkoniyatlarini mahalliy xalq manfaatlari yo'lida
yuzaga chiqaruvchi chinakam tashkilotchilik yotganini ko'ramiz.
O'zbek davlatchiligi tarixining muhim davri - Temur saltanati
markazlashgan davlat edi. Saltanat quruvchisining fikricha, davlat birinchi
galda, mamlakatdagi barcha ijtimoiy tabaqalarning manfaatlarini himoya
qilishi; maslahat, kengash, tadbirkorlik, qonun-qoidalar va adolat bilan qat'iy
tartibda boshqarilishi kerak edi.
Shu bois ham Amir Temurning, 27 davlatni birlashtirgan Markazlashgan
ulkan saltanati, tabiiyki, qonunlar to'plamlari asosida yaratilgan va unga
qat'iy amal qilish yo'lga qo'yilgan bo'lishi kerak edi. Amir Temur turmush
tajribalari asosida ishlab chiqqan va uning hukmi bilan qonun darajasiga
ko'tarilgan qoidalar majmui bor ediki, ularni to'plam holiga keltirib, o'zidan
keyingi vorislariga ham qonunlar tizimi, ham turmush tajribasi va
maslahatlar tarzida qo'llanma qilib qoldirishi lozim edi.
Ana shu to'plam tarixiy asarlarda va turli tildagi tarjimalarga mos holda
"Temur tuzuklari", "Tuzukot Temuriy", "Temurning aytganlari" va "Voqeoti
Temuriy" -"Temurning boshidan kechirganlari", "Qissai Temur", "Malfuzoti
Temuriy", "Temur Qissasi", "Zafar yo'li", "Zafarnoma", "Tarjimai hol",
"Esdaliklar", "Tanziymot" (yangi qonun-qoidalar, islohot), turkiy chig'atoy
tilidan rus tiliga o'girilganda Malfuzot va Tuzukot o'rniga "Dastur ul amal"


nomlari bilan mashhurdir.
"Temur tuzuklari"ning fanda qayd etilgan ilk nusxasi eski o'zbek tilida
bitilgani ma'lum. Asar O'rta Osiyolik Mir Abu Tolib Husayniy al-Ariziy at-
Turbatiy tomonidan 1610-yili usmoniy turk hokimlaridan biri - Yaman hokimi
Ja'far poshoning topshirig'i bilan fors tiliga tarjima qilinadi va dunyoga
"Tuzuki Temuriy" nomi bilan tarqaldi. Bizga uning fors tilidagi nusxasi va
fors tilidan o'zbek tiliga tarjimasining uch nusxasi yetib kelgan. Eng to'liq
nusxasi "Malfuzot-i Temuriy" deb nomlangan va u Rossiyaning Sankt-
Petrburg shahridagi Salkitov-Shchedrin nomli kutubxonasida saqlanmoqda.
Shunday qilib, "Tuzuklar" O'zbekiston davlatchligi tarixi o'rni haqida eng
ko'p fikr, baholar bildirilib, o'z boshidan turli davrlarda turlicha munosabatni
kechirgan tarixiy manbadir. U quyidagi xulosalarga asoslanadi:
1) "Tuzuklar" - haqiqiy tarixiy manba va dunyoviy qonun-qoidalarni o'zida
mustahkamlagan huquqiy manba;
2) "Tuzuklar" Amir Temur davrida uning o'z qo'li bilan yoki devonida
yaratilgan, uning o'zi bir necha marta ko'rib, tahrir qilgan;
3) "Tuzuklar" davlat tuzugi, uni boshqarish, mustahkamlash borasidagi
huquqiy asoslarni belgilab beradigan, shariat, odat va qonunlariga tayangan
tavsiya hamda qoidalardan iborat bo'lgan, u o'z davrining Konstitutsiyaviy
qo'llanmasidir;
4) O'zbek davlatchiligi tarixida uning nihoyatda yuksak ahamiyati va o'rni
beqiyosdir.
O'rta Osiyo xalqlari, xususan, ajdodlarimizning qonun, davlat va siyosatga
jiddiy munosabatda bo'lganliklari zamirida insonni ulug'lash, jamiyatning
barcha qatlamlarini adolat bilan chulg'ab, chinakam huquq asoslariga
tayanadigan davlat yaratishdan iborat maqsad yotar edi. Shuning uchun
ham ajdodlarimizga rahnamo bo'lgan buyuk shaxs lar davlatchilik
borasidagi siyosiy, huquqiy tartiblarini o'rnatuvchi ko'plab asarlar
yaratganlar. Ular orasida Amir Temurning "Tuzuklari"da ifoda etilgan davlat
masalalariga oid yo'l-yo'riqlar, qonunlar, tuzuklar alohida ahamiyatga ega.


Buyuk davlat arbobining davlatchilik siyosatida, u yaratgan boshqaruv tizimi
hamda davlatchilik an'analari mohiyati zaminida muayyan bir jug'rofiy
makon va jamiyatning turli imkoniyatlarini mahalliy xalq manfaatlari yo'lida
yuzaga chiqaruvchi chinakam tashkilotchilik yotganini ko'ramiz.
Konstitutsiyamizning 18-moddasida "O'zbekiston Respublikasida barcha
fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini,
ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar
qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo'yiladi
hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo'lishi shart" deya alohida
keltirilgan. "Temur tuzuklari"da esa: "Qaysi mamlakatni zabt etgan bo'lsam,
o'sha yerning obro'-e'tiborlik kishilarini aziz tutdim; sayyidlari, ulamolari,
fuzalo va mashoyixiga ta'zim bajo keltirdim va hurmatladim; o'sha
viloyatlarning ulug'larini og'a-inilarimdek, yoshlari va bolalarini bo'lsa, o'z
farzandlarimdek ko'rdim. ...Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu
sitam yo'lini to'sdim", deya ta'kidlanadi.
Amir Temur davlatining markaziy va mahalliy boshqaruv organlari
tuzilishi,
ularning
o'zaro
bog'liqligi,
bir-biriga
bo'ysunadigan
va
bo'ysunmaydigan idoralar, ularning siyosatda muvofiqlashtirilishi, davlat,
jamiyat va shaxs manfaatlari uyg'unligining ta'minlanishi, ularning
yechimlari masalalari bugun ham o'z ahamiyati va mohiyatini saqlab qolgan.
Sohibqiron davlat ishlarini to'ra va tuzukka asoslanib boshqardi. To'ra va
tuzukka tayanib, saltanatda o'z martaba va maqomini mustahkam saqlab
turdi. "O'z tajribamda ko'rib bildimki, davlat agar dinu tartib asosida
qurilmas, to'ra-tuzukka bog'lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi,
qudrati va tartibi yo'qoladi", deb uqtiriladi "Temur tuzuklari"da.
Amir Temur davridagi "devon", "vazir", "hokim", "g'aznachi" kabi mansab
va unvonlar bugun ham davlat boshqaruv tizimida alohida institutlar
sifatida shakllantirilgan. Shuningdek, mamlakatning viloyat va tumanlarga
bo'linishi ham tarixiy asoslariga ega. Bugungi qonun chiqaruvchi organ -
"Qurultoy" siyosiy institutining taraqqiy etgan va rivojlangan shaklidir.


Mehribonlik, xokisorlik, ochiq yuzlilik, qat'iyat, haqiqatgo'ylik kabi
fazilatlar Amir Temur yutuqlarining kalitlaridandir. Ezgulik dushmanni ham
do'stga aylantirishi haqida u bunday o'git beradi: "Davlatim va saltanatim
quyoshi ko'tarilib kelayotgan vaqtda menga iltijo qilib kelgan yaxshi-yomon
odamlar, xoh yaxshilik, xoh yomonlik qilgan bo'lsin, saltanat taxtiga
o'tirganimdan keyin ularni xayr-ehsonlarim bilan xijolatga qo'ydim... Adolat
bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqroq bo'lishga intildim".
Sohibqiron sadoqat, qat'iyat va adolatparvarlik kabi fazilatlarni ulug'lagan.
Ikkiyuzlamachilik, munofiqlik kabi razil odatlarga nafrat ko'zi bilan qaragan.
"Tuzuklar"da bunday hikoya qilinadi: "Tajribamda ko'rdimki, aqlli dushman
johilu nodon do'stdan yaxshiroq ekan. Chunonchi, Amir Qazag'anning
nabirasi amir Husayn nodon do'stlardan edi". Amir Husayn Amir Temurning
muvaffaqiyatlariga egalik qilish uchun o'zini go'yo do'st qilib ko'rsatadi.
Shunday bo'lsa-da, Sohibqiron uni ko'p bora kechirib yuboradi.
Shuningdek, "Tuzuklar"da shunday o'qiymiz: "Sulton har narsada
adolatparvar bo'lsin, qoshida insofli, adolatli vazirlar tutsin, toki podshoh
zulm qilgudek bo'lsa, odil vazir uning chorasini topsin".
Xalqqa doim mehr-muruvvatli bo'lgan bu zot adolat va haqiqat uchun
kurashdi, saltanatni ham ana shu mustahkam asosga qurdi: "... g'arazgo'y,
nafsi buzuq kimsalarning tuhmati bilan katta va kichik shaharlar aholisidan
hech kimni jazolamasinlar. Faqat (birovning) gunohi to'rt kishining guvohlik
berishi bilan isbotlansa, gunohiga yarasha jazolasinlar" [5-138]. Ibn
Arabshoh "Temur tarixida taqdir ajoyibotlari" asarida bunday ma'lumotni
keltiradi: "U hazil-mazax va yolg'onni yoqtirmas, o'yingayu ko'ngilxushlikka
maylsiz, garchi o'ziga ozor yetadigan biron narsa bo'lsa ham, sadoqat unga
yoqar edi... Jasoratlilarni, dovyurak va mardlarni yoqtirar edi. U xatosiz
fikrlovchi, ajoyib farosatli, mislsiz baxtli, ulug'vorligi o'ziga muvofiq, qat'iy
azm bilan so'zlovchi, boshiga kulfat tushganida ham haqni so'zlovchi kishi
edi".
Xushmuomalalik, sabr-matonatlilik, odillik kabi sifatlarni o'zida mujassam


qilgan Sohibqiron boshqa amaldorlardan ham shunday fazilatlarni talab
qilgan. Masalan, vazirlik mansabi beriladigan kishi xushmuomala,
tinchliksevar, xalqparvar va aql-farosatli bo'lmog'i kerak edi. Amir Temur
hasadchi, gina-kek saqlovchi, qora niyatli, g'iybatchi, zulmkor, razil, xulqi
buzuq kishilarni nihoyatda yomon ko'rgan, ul arni hatto navkarlikka ham
olmagan. Jamiyatda bir qator islohotlar o'tkazib, ko'pgina buzuq odatlarga
barham bergan.
Amir Temur o'zining siyosatini amalga oshirishda, davlatni boshqarishda
ulamolar, ilm-fan ahllari va yuqoridagi tabaqalar vakillariga qattiq tayangan.
Buni o'zining olim-u ulamolar bilan suhbatlaridan birida so'zlagan nutqidan
ham ko'rishimiz mumkin: "Fan va dinning mashhur kishilari o'z maslahatlari
bilan podsholarga yordam berib kelganlar. Sizlar esa menga nisbatan
bunday qilmayapsizlar. Mening maqsadim mamlakatda adolat o'rnatish,
tartib va tinchlikni mustahkamlash, fuqaroning turmushini yaxshilash,
yurtimizda qurilishni quchaytirish, davlatimizni rivojlantirishdir".
Amir Temurning mardligi, jasorati ayniqsa, bunyodkorlik salohiyati barcha
xalq va millatlar tomonidan tan olingan xislatlaridan biridir. Temur saltaniga
elchi sifatida tashrif buyurgan Klavixoning esdaliklari haqida Lyusen Keren
shunday yozadi: "Yo'l -yo'lakay ular Amir Temurning vatani bo'lmish Kesh
shahrini ziyorat qildilar, uning darvozasi peshtoqiga "Qudratimizga shubha
qiladigan bo'lsang, biz qurdirgan binolarga boq" degan mag'rur shior
bitilgan "Oqsaroy"ni tomosha qildilar.
Xulosa qilib aytganda, biz boy madaniy merosga ega bo'lgan qadimiy
xalqmiz. O'z Vatani tarixini bilish har bir o'sib-unib kelayotga yosh avlod
vakili uchun suv va havodek zarur. Tarixiy xotira insonni ona yurt xizmatiga
qat'iy bel bog'lash, uning sarhadlarini har qanday yovuz kuchlardan,
g'animlardan himoyalash, kerak bo'lsa jon fido qilishga chorlaydi. "Temur
tuzuklari"da ham hech qachon eskirmaydigan, inson ma'naviyati uchun
bugun ham ma'naviy oziq bo'ladigan hikmatli fikrlarning ahamiyati hech
qachon yo'qolmaydi. Ushbu asarda keltirilgan fikrlar, mulohazalar, yosh


avlod tarbiyasida, uning ma'naviy qiyofasini shakllantirishda, yoshlarimizni
jismoniy jihatdan baquvvat, ma'naviy yetuk, o'z Vatanini ko'z qorachig'iday
asraydigan, mard va jasur farzandlar sifatida tarbiyalashda muhim
ahamiyatga ega ekanligini unutmasligimiz zarur. Bugungi mustaqil
taraqqiyot yo'limiz ham o'ziga xos buyuk davlatchiligimiz tarixi va an'analari
bilan uyg'unlashgandir. Poydevori mustahkam imorat asrlar davomida,
ming yillar qad rostlab turadi. Ildizi baquvvat, tarixiy xotirasi boqiy xalq hech
qachon, hech kimga qaram bo'lmaydi.
Amir Temur mamlakatda qatiqqo'l hokimiyat o'rnatish zarurligini yaxshi
tushunardi. Negaki, ko'chmanchi mug'ul-turk qabilalaridan jaloir, barlos,
sulduz va boshqalarning o'zboshimcha boshliqlarini itoatda saqlab turish
oson emas edi. Shu maqsadda mamlakatda qonun va tartib ishlarini joriy
etishga kirishadi. U o'ziga mustahkam tayanch barpo etish maqsadida
barlos qabilasidan maxsus harbiy qism tashkil etib, ularga katta imtiyozlar
beradi.
Amir Temur o'z davlati hokimiyatini mustahkamlashda islom diniga
tayandi. Islom namoyandalari uni qo'llab-quvvatladi. Mamlakat aholisining
ko'pchiligini tashkil etgan dehqonlar va shahar aholisi – tijoratchilar,
hunarmandlar sohibqironning davlatni mustahkamlashga qaratilgan tadbir-
larini ma'qulladilar.
Amir Temur davlat ishlarini yurgizishda 4 narsaga doim amal qildi.
Bular:
1. Kengash.
2. Mashvaratu maslaxat.
3. qat'iy qaror, tadbirkorlik va xushyorlik.
4. Extiyotkorlik.
Amir Temur hukmdor uchun qo'yidagi o'n ikki xislat zarurligini va bu
xislatlarning birortasiga amal qilinmasa saltanat ishlariga putur yetishi
mumkinligini tarixiy misollar bilan isbot qilib bergan edi. A.Temur hukmdor
birinchidan o'z so'ziga ega bo'lishi, ikkinchidan adolatpesha bo'lishi,


uchinchidan har ishda faqat o'zi hukm chiqarishi, to'rtinchidan qarorida
qat'iy bo'lishi, beshinchidan hukmi joriy etilishi, oltinchidan podsholik
ishlarini har kimga topshirib qo'ymasligi, yettinchidan ko'pchilikning fikrini
eshitishi, sak
qizinchidan shoshmasdan mulohaza bilan ish yuritishi,
to'qqizinchidan sipohu, raiyatni umid va qo'rquv orasida saqlashi,
o'ninchidan barcha ishni o'z erkicha qilishi, o'n birinchidan o'z ishlariga
birovni sherik qilmasligi va o'n ikkinchidan davlat ishlarini maxfiy saqlab,
boshqalardan ogoh va hushyor bo'lishligi lozimligini alohida o'qtirgan edi.
A.Temur davlat amaldorlarning sofligiga, xazinaga ko'z olaytirmas-ligiga
alohida e'tibor qilib, o'z tuzuklarida: «Mamlakat xazinachilari bo'lmish
moliya vazirlari moliya ishlarida xiyonat qilib, boylikning bir qismini
o'zlashtirib olgan bo'lsalar tekshirib ko'rilsin», - deb yozib qoldirgan edi.
Amir Temur davlatni boshqarishda 7 vazirga suyanib ish ko'rdi va ulardan
4 vazirning xar kuni devonxonada xozir bo'lishlarini talab etdi.
Bular:
1. Mamlakat va raiyat vaziri.
2. Sipox vaziri.
3. Egasiz qolgan mulk vaziri.
4. Saltanat ishlarini yurituvchi vazir.
Bundan tashqari yana 3 vazirdan iborat sarxadlar vazirlari xay'atini tuzdi.
Vazirlardan birinchisi yer soliqlari, boj, o'lpon – soliq undirish, hamda
mirshablik yumushlarini boshqargan, mamlakatdagi muhim ishlarni,
kundalik muammolarni yechish, raiyat ahvolini o'rganish, viloyatlardan
olingan hosil, soliq, o'lponlarni taqsimlash ishlarini bajargan. Ikkinchi vazir
sipoh vaziri hisoblanib, sipohiylarning maoshlari va tanho (bu yerda toju-
taxt uchun qilgan xizmatlari evaziga berilgan in'om ma'nosida)larni
boshqargan. Uchinchi vazir esa egasiz qolgan, o'lib kegan va qochganlarga
tegishli mollarni, kelib ketayotgan savdogarlar mol-mulkidan olinadigan
zakot va bojlarni, mamlakat chorvasini boshqarish, bularning barchasidan
to'plangan daromadlarni omonat tarzida saqlash ishlari bilan shug'ullangan.


Saltanatning har bir idorasida kirim-chiqimlarni, kundalik xarajatlarni
yozib borish uchun bir kotib tayinlangan.
Sohibqiron davlatida Devoni buzurg (bosh vazir)dan tashqari xar bir
viloyatda «Devon» deb ataluvchi boshqarma bo'lgan. U davlatning butkul
ishlarini: soliq yig'ish, tartib saqlash, ijtimoiy binolar, - bozorlar, hammomlar,
yo'llar, suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilib turgan. U xalqning xulqu-
ahloqini kuzatib turgan. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan so'roq, tekshirish-
taftish, tergov ishlarini ham olib borishgan.
Temur xalqning shikoyatlari va arzlarini o'rganuvchi maxsus arzbegi
lavozimini joriy etgan. Arzbegi shikoyat va arizalarni ko'rib chiqar, ularda
kimlar aybdorligini aniqlar va bu xususida kengashga xabar qilar edi.
Aybdorlar kim bo'lishidan qat'iy nazar qattiq jazolangan. Soliqlar, moliyaviy
masalalarda qat'iy tartib – qoida o'rnatilgan.
Rus sharqshunos olimi D.N.Logofet bu xususda «...biz hozir zo'r berib
intilayotgan daromad solig'i degan narsa uning (Temurning) hokimiyatida
o'shandayoq mavjud edi», deb yozgan edi.
Amir Temur vazirlarini tanlash ishiga g'oyat jiddiy qarar va ularni 4ta
sifatga ega bo'lishlariga ahamiyat berar edi. Bular:
1. aql-farosatlilik;
2. toza nasllik;
3. sipoxu-raiyat axvollaridan xabardorlik;
4. sabr chidamlilik va tinchliksevarlik.
Amir Temur o'z imperiyasiga qo'shib olgan mamlakatlarni idora etish
uchun tayinlanadigan kishilarga qo'yiladigan talablar tizimini ham ishlab
chiqdi. Bunday rahbarlar A. Temur talabiga ko'ra qo'yidagi fazilatlarga ega
bo'lishi lozim bo'lgan:
1) Oliy janob tabiatli va ruhiy holatining ko'tarinkiligi;
2) Nozik aql va ziyraklik;
3) Yuksak malaka hamda xalq va qo'shinga murojaat qila bilish;
4) Sabr-toqat va odamlar bilan murosaga kelishmoq.


Mana shu yuqoridagi qoida va talablar Amir Temur hokimiyatini idora
etishda va uni mustahkamlashda muhim o'rinni eg'alladi. Sohibqiron tuzgan
imperiyaning ma'muriy-xududiy bo'linishi asosan tumanlardan iborat
bo'lganligi uchun yangi amirlik tizimini shakllantirish va mustahkamlash
zarur edi. Shu bois Amir Temur 313 kishiga amirlik mansabini berishga
farmon berib, shulardan bir kishini amir-ul-umaro, 4 kishini beklarbegi, 100
kishini o'nboshi, 100 kishini yuzboshi va 100 kishini mingboshi etib tayinladi.
Bulardan tashqari 8 ta amirlar amir-ul-umaro yordamchilari etib
tayinlanganlar.
Xulosa qilib aytganda, Amir Temur milliy g'urur, vatanparvarlik,
insonparvarlik kabi oliyjanob fazilatlar bilan qurollangan buyuk davlat
arbobi edi. Mojar olimi Xerman Vamberi ta'kidlaganidek, O'rta Osiyoda asl
turklik davri Temurdan boshlangan. U turklarning mug'ul-xitoy dunyosining
ustidan g'alabasini mujassam etib, milliy davlatga asos solgan,
mamlakatning rasmiy tili turk (o'zbek) tili bo'lgan.
Buyuk Amir Temurning siyosiy faoliyati nafaqat davlatchilik tarixini
boyitishda, shu bilan birga hozirgi sharoitda milliy davlatchiligimizni
mustahkamlashda ham amaliy ahamiyat kasb etmoqda.
Buyuk Amir Temur tomonidan yozilgan muhim asar bu «Temur tuzuklari»,
ya'ni «Tuzukoti Temuriy»dir. «Qomus ul a'lom» deb nomlangan va
Istambulda nashr etilgan komus kitobida: «Amir Temur «Tuzukoti» deb
yuritiladigan komuslar majmuasini yozdi. Unda o'zining hayot yo'lini bayon
qildi»1, - deb yoziladi.
Amir Temur faoliyatini o'rganishda asosiy manbalardan bo'lgan, turkiycha
bitilgan «Temur tuzuklari»ning bir ko'lyozma nusxasi Yaman hokimi Ja'far
podshoh tomonidan milliy kutubxonada saqlangan. Bu asarning fors tiliga
tarjimasini Mir Abu Tolib Hasaniy at-Turbotiy Makkaga haj qilib qaytib
kelganidan so'ng amalga oshirgan. Ana shu nusxa asosida «Temur
tuzuklari» bizgacha yetib kelgan va XIX asrning oxirlarida rus tiliga tarjima
etilib, nashr qilingan. Asar butun dunyoga mashhur bo'lib, asrlar osha o'z


ahamiyatini saqlab qolib, juda ko'p tillarga tarjima qilingan. Arab tili
professori, ingliz mayori Uayt asarning forsiy matnini nashrga tayyorlagan
va u 1783 yili Oqsfordda chop etilgan. 1785 va 1890 yillarda ushbu
nashrning forscha matni hech o'zgarishsiz Hindistonning Kalkutta va
Bombey shaharlarida, 1963 yilda Eronda nashr etilgan. U 1787 yili taniqli
fransuz sharqshunosi L.Lyangle tomonidan ushbu asar fransuz tilida ham
nashr etilgan.
«Temur tuzuklari» ikki bo'lim va 56 banddan iborat bo'lib, kitobda bu
bo'limlar maqola deb atalgan. Birinchi maqola Temurning davlatni barpo
etish va mustaxkamlash, qo'shinlarni tashkil etish yuzasidan tuzuklaridan
iborat. Ikkinchi maqolada esa, Amir Temur tomonidan o'tkazilgan 13
kengash tafsilotlari va ularda buyuk sohibqironning
amalga oshirgan
tadbirlari bayon etilgan.
Shuningdek, «Tuzuklar»ning birinchi qismida Amir Temurning yetti
yoshidan to vafotiga qadar (1342-1405 yil 18 fevral) kechgan hayoti va
ijtimoiy-siyosiy faoliyati, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni
qo'lga kiritishi, ijtimoiy tarqoqlikka barham berishi va markazlashgan davlat
tuzishi, Eron va Afg'onistonni o'z tasarrufiga olishi, Oltin O'rda xoni
To'xtamish ustidan qozonilgan g'alaba va nihoyat buyuk jahongirning
Ozarbayjon, Turkiya va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari ixcham tarzda
bayon etilgan.
Kitobning II qismi Sohibqiron nomidan aytilgan va uning toju-taxt
vorislariga atalgan o'ziga xos vasiyat va pandu-nasihatlaridan iboratdir.
Unda davlatni idora qilishda kimlarga tayanish, toju-taxt egalarining burchi
va vazifalari, vazir va qo'shin boshliqlarining burch va vazifalari, amirlar va
boshqa mansabdorlarning toju-taxt oldida ko'rsatgan alohida hizmatlarini
taqdirlash tartibi va hokazolar xususida so'z yuritiladi.
Ikkinchi bo'limda, ya'ni maqolada Amir Temur shunday deb yozadi:
«Mamlakatlarni fatx etuvchi baxtli farzandlarim va jahonni idora etuvchi
qudratli nabiralarimga ma'lum bo'lsinkim, tangri taolo dargohidan umidim


shulki, ko'plab farzandlarim, avlodim uchun saltanat qurish, davlat tutish
ishlarini bir necha tuzukka bog'ladim, va saltanatni boshqarish haqida
qo'llanma yozib qoldirdim».
Ulug' Amir Temur yana davom etib: «Har mamlakatning yaxshi kishilariga
men ham yaxshilik qildim, nafsi yomonlar, buzuqlar va ahloqsiz odamlarni
mamlakatimdan quvib chiqardim», - deb yozgan edi.
Oliyjanob ahloqiy fazilatlarni Amir Temur xazratlari ulug'lab-gina
qolmaganlar, balki bu fazilatlarni bajaralishini davlat xududida yashayotgan
fuqarolardan, hatto o'z oila a'zolari tomonidan ham so'zsiz bajarilishini
talab qilganlar. «Yana tajribamdan ko'rib bildimki», - deb yozadi Amir Temur
– «davlat agar dinu oyin asosida qurilmas ekan, to'ra tuzukka bog'lanmas
ekan, unday saltanatning shukuxi, qudrati va tartibi yo'qoladi. Bunday
saltanat yalong'och odamga o'xshaydi, uni ko'rgan kimsa nazarini olib
qochadi. Yohud kasu nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigi-
to'sig'i yo'q uyga o'xshaydi.
Shuning uchun ham men o'z saltanatim binosini dini islom to'ra va tuzuk
asosida mustahkamladim».
Amir Temur o'z tuzuklari keyingi avdlodi uchun bir qo'llanma bo'lib
qolishni ko'zlab: «Farzandlarim va avlodimdan bo'lganlarning har biri unga
muvofiq ish yuritsin... Bu tuzuklardan o'z saltanat ishlarini boshqarishda
qo'llanma sifatida foydalangaylar, toki mendan ularga o'tadigan davlat va
saltanat zararu tanazzuldan omon bo'lg'ay», - deb yozib qoldirgan edi.
Darhaqiqat bu asardan faqat Temuriy shahzodalargina emas, ko'plab
sharq hukmdorlari o'zlarining faoliyatlarida foydalanganlar va unga yuqori
baho berganlar. Jumladan, Shoh Jahon (1628-1657), Qo'qon xoni
Muhammad Alixon (1822-1842), Buxoro amiri Abdullahadxon (1885-1910)
lar «Tuzukot»dan parchalar ko'chirtirib, ulardagi qoidalarga amal qilgan-lar.
Temur tuzuklarida Amir Temur o'zi tuzgan qo'shinning tuzilishi,
qurollanishi hamda buyuk sohibqironning harbiy san'ati haqida ham muhim
ma'lumotlar berilgan. Zero Amir Temur tuzgan qo'shin o'zining strategik va


taktik maxorati bilan o'sha davrning eng mukammal va kuchli armiyalaridan
hisoblangan. Amir Temur esa jahonda mahoratli buyuk sarkarda sifatida
shuhrat qozongan. Hozir ham ko'pgina xorijiy mamlakatlar harbiy o'quv
yurtlarida «Temur taktikasi» mahsus kurs sifatida o'tiladi. Yurtimiz va
xalqimiz mustaqil bo'lgach, mustaqil davlatchiligimiz asoslarini yaratishda
buyuk Amir Temur va uning «tuzuklari»ga murojaat qilmoqdamiz. Uning
«Kuch adolatda» tamoyili esa huquqiy davlat barpo etishimizda yo'llanma
bo'lib xizmat qilmoqda.
Buyuk sohibqiron Amir Temurni nafaqat O'rta Osiyo xalqi, uni butun jahon
tan oldi. Chunki u faqat O'rta Osiyodagina emas, dunyoning boshqa xalqlari
uchun ham buyuk xizmatlar qildi.
Amir Temur tomonidan markazlashgan davlatning tuzilishi, feodal
tarqoqlikning tugatilishi, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikning o'rnatilishi
O'rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti yo'lida
ijobiy rol o'ynadi. Mug'ullar davrida vayron bo'lgan iqtisodiyot tiklandi,
hunarmandchilik va tijorat ishlari rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq topdi,
shaharlar obod bo'ldi. Eng muhimi, xalq tinch va osoyishta hayot tarziga
kirdi.

Download 316.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling