Temur tuzuklari Qomuslar jamlanmasi, Amir Temurning


Download 58.39 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.11.2023
Hajmi58.39 Kb.
#1765083
Bog'liq
Temur tuzuklari - Vikipediya



Temur tuzuklari
Qomuslar jamlanmasi, Amir Temurning
asari
"TEMUR TUZUKLARI" — Amir Temurning
harbiy va siyosiy faoliyatidan maʼlumot
beruvchi tarixiy asar. "Tuzuki Temur" va
"Tuzukoti Temur" nomlari bilan atalgan.
Amir Temurning "Tuzuklar" muallifi
ekanligini eʼtirof etadigan olimlar
koʻpchilikni tashkil etadi. Bular orasida
"Temur tuzuklari"ning inglizcha
tarjimonlari va noshirlari Devi va Uaytlar,
mashxur turk qomusiy olimi Shamsuddin


Somiy, qoʻlyozmalarning yirik
tadqiqotchisi N.D. Mikluxo Maklaylar
ham bor. Boshqa bir guruh olimlarning
fikricha, asar 16—17-asrlarda
Hindistonda yozilgan.
Asar 2 qismdan iborat. Birinchi qismda
Amir Temurning tarjimai holi, ijtimoiy-
siyosiy faoliyati, uning Movarounnahrda
markaziy hokimiyatni qoʻlga kiritishi,
siyosiy tarqoqlikka barham berishi,
markazlashgan davlat tuzishi, 27
mamlakatni, shu jumladan, Eron,
Afgʻoniston, Ozarbayjon, Gruziya va
Hindistonni oʻz tasarrufiga kiritishi, Oltin
O'rda hukmdori Toʻxtamish, turk sultoni
Boyazid I Yildirimga qarshi harbiy


yurishlari, ulkan saltanatini
mustahkamlash uchun turli ijtimoiy
tabaqalarga nisbatan qanday
munosabatda boʻlganligi buyuk
sohibqiron tilidan ixcham tarzda bayon
etilgan.
Ikkinchi qism mashhur jahongirning
farzandlariga atalgan oʻziga xos vasiyat,
pandnasihatlari va oʻgitlaridan iborat.
Unda davlatni idora etishda kimlarga
tayanish, toju taxt egalarining tutumi va
vazifalari, vazir va qoʻshin boshliqlarini
tanlash, armiyaning tuzilishi va jang olib
borish qoidalari, sipohiylarning maoshi,
mamlakatni boshqarish tartibi, davlat
arboblari va qoʻshin boshliklarining burch


va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa
mansabdorlarning toju taxt oldida
koʻrsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash
yoʻsini va boshqa xususida gap boradi.
Asar Amir Temur davridagi oʻzbek
davlatchiligi tarixini oʻrganishda asosiy
manba boʻlib xizmat qiladi. "Temur
tuzuklari" ("Tuzuki Temuriy")ning fanda
qayd etilgan ilk nusxasi eski oʻzbek tilda
bitilganligi maʼlum. Bu usmoniy turk
hokimlaridan biri — Yaman hokimi Jaʼfar
Posho (hukmronlik yillari 1607—12) ning
kutubxonasidagi turkiy tilda yozilgan asar
bilan bogʻliq. "Tuzuki Temuriy"ning suz
boshida keltirilishicha, oʻrtaosiyolik Mir
Abu Tolib Husayniy alAriziy atTurbatiy


Makkai mukarrama va Madinai
munavvaraga haj qilgan vaqtida asarni
oʻqishga muyassar boʻlgan va 1610-yil
Jaʼfar Poshoning topshirigʻi bilan uni fors
tiliga oʻgirgan. Bizgacha ana shu forsiy
nusxa tosh bosmalar, zamonaviy nashrlar
va qoʻlyozmalar shaklida yetib kelgan.
Husayniy Turbatiy forscha tarjimani
1637-yil boburiy hukmdor Shoh Jahonga
(1628—57) tortiq qilgan. Shoh Jahon
tarjima bilan tanishib chiqib, unda ayrim
noanikliklar va kamchiliklar topgan
hamda yirik olim, Dekan viloyatining
qozikaloni Muhammad Ashraf Buxoriyni
(vafoti 1652-yil) huzuriga chaqirtirib,
mazkur tarjimani moʻʼtabar asarlar,
xususan, Sharafuddin Ali Yazdiyning


"Zafarnoma"si va shunga oʻxshash
muhim manbalarga solishtirib chiqish va
shu yoʻl bilan tarjimadagi xato va
kamchiliklarni bartaraf qilishni
topshirgan. Muhammad Ashraf Buxoriy
koʻrsatmaga koʻra, Mir Abu Tolib
alHusayniy atTurbatiy nusxasini diqqat
bilan tahrir qilgan. Shu zaylda asarning
yangi, toʻldirilgan tahriri vujudga keladi va
u "Malfuzoti Temuriy" ("Temurning
aytganlari") va "Voqeoti Temuriy"
("Temurning boshidan kechirganlari")
nomi bilan taniladi. Keyinchalik undan
koʻplab nusxalar koʻchirilgani maʼlum.
Maʼlum boʻladiki, Boburiylar saltanatida
"Tuzuki Temuriy" asosida ikkita mustaqil


asar vujudga kelgan va ularning keyingi
asrlarda tarqalishi bilan bogʻliq oʻziga xos
tafsilotlar bor.
"Tuzuki Temuriy" nusxasini dastlab
Hindistonda yashagan ingliz zobiti mayor
Devi 1779-yilda Angliyaga olib kelgan.
Soʻngra arab tili professor ingliz mayori
Uaytga uni koʻrib chiqish uchun
topshirgan. Uayt "Tuzuki Temuriy" ning
forscha matnini nashrga tayyorlagan,
mayor Devi esa uni inglizchaga oʻgirgan
va koʻrsatkich, izohlar bilan taʼminlagan.
Asar matni va inglizcha tarjimasi 1783-
yilda






Buyuk Britaniyaning 
Oksford shahrida nashr 
etilgan.
Aynan shu nashr dunyo mamlakatlariga
keng tarkalgan va "Tuzuki Temur" yoki
"Tuzukoti Temur" nomi bilan shuxrat
topgan. Oksford nashri keyinchalik hech
bir oʻzgarishsiz, jahonning koʻplab
shaharlarida, mas., 1785-yil Kalkutta,
1868, 1963 va 1992-yillarda Tehron,
1890-yil Bombeyda chop etilgan. Bu


nashrlar koʻplab mamlakatlarga,
jumladan, Oʻrta Osiyoga ham tarkalgan.
Uayt va Devi nashr etgan forscha
matndan taniqli sharqshunos L.
Langlening fransuz tiliga oʻgirgan
tarjimasi 1787-yil Parijda nashr qilindi.
1892-yil L. Langlening fransuzcha
nashridan N. P. Ostroumov rahbarligida
Toshkent gimnaziyasining bir guruh
talabalari asarni rus tiliga tarjima qiddilar.
1968 va 1992-yillarda I. M. Moʻminov
yozgan qisqa soʻz boshi bilan N. P.
Ostroumov nashri chop etildi.


"Temur tuzuklari"ning Devi va Uayt nashri
aso’ sida chiqarilgan toshbosma va
keyingi nashrlaridan biri asosida
Alixontoʻra Soguniy 1967-yil Toshkentda
"Tuzuki Temuriy"ni oʻzbek tiliga tarjima
qilgan va "Guliston" jurnalida tarjimaning
faqat 30 foizi eʼlon etilgan. Asar toʻliq
chop etilmaganligining sababi va 1989-yil
oʻzbek tiliga qilingan yana bir tarjima
xususida akademik B. Ahmedov
quyidagicha fikr bildirgan: "...Oʻsha
vaqtda jamiyatimizdagi mavjud ahvol,
aniqrogʻi rasmiy hokimiyat
maʼmurlarining oʻtmish tariximizni
oʻrganishga boʻlgan yomon munosabati
natijasida Alixontoʻra Sogʻuniy tarjimasi
toʻla tarzda bosilib chiqmadi. Yana shuni


ham qayd etmoq lozimki, tarjimaning
bosilgan qismi baʼzi kamchiliklardan ham
xoli emas edi. Unda, mas., ayrim
jumlalarning tashlab ketilgani aniklangan,
asl matndan chetga chiqish hollari
mavjud; kishi nomlari, joʻgʻrofiy
atamalarda va istilohlarda gʻalatliklar bor.
Muhim tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar,
joʻgʻrofiy va etnik nomlar, turli atamalar va
ularning sharhlari erkin talqin etilgan.
1989-yilda Alixontoʻraning oʻsha nashrini
"Tuzuki Temur" ning Bombeyda chop
etilgan forscha matniga solishtirgan
holda oʻzbek tilida yana bir tarjima
amalga oshirildi. Uni oʻzbek
sharqshunosi Habibulla Karomatov
hozirlab, oldin "Sharq yulduzi" jurnalida


(Toshkent, 1989, 8son), soʻngra alohida
kitob holida (1991) Gʻafur Gʻulom
nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida
nashr ettirdi".
Mazkur nashrni tayyorlashda Abu Rayqon
Beruniy nomidagi Sharqshunoslik
instituti qoʻlyozmalar fondida
saklanayotgan 1785-yil Kalkutta, 1868-yil
Tehron va 1890-yil Bombey nashrlari A.
Sogʻuniy tarjimasi bilan solishtirilgan.
Tarjima matni forsiy asliyatdan ancha
farqlangani bois Bombey nashri asosida
qaytadan oʻzbek tiliga oʻgirilgan va ogʻir
qatagʻon davrida oʻzbek xalqiga Amir
Temur toʻgʻrisidagi haqiqatni yetkazishga
intilgan Alixontoʻra Sogʻuniy nomlari


hurmat yuzasidan yangi tarjimada
1oʻringa qoʻyilgan. Bu bilan, 1967-yilda
boshlangan xayrli ishni nihoyasiga
yetkazib, marhum domlaning ruhi
poklarini shod etish maqsadi koʻzlangan.
Asarning "Sharq yulduzi" jurnalida chop
etilgan tarjimasi asosida 1991-yil Boku
va Olmaotada ham "Temur tuzuklari"ning
qozoq va ozarbayjon tillaridagi tarjima
kitoblari nashr etildi. 1996-yil asarning
yangi tarjimasi qayta oʻzbek tilida chop
etildi.
1999-yil sharqshunos Hamidulla
Karomatov asarni Bombey nashri


asosida 1marta bevosita fors tilidan rus
tiliga tarjima qildi.
"Tuzuki Temuriy"ning Subhon Baxshi
(Dexli, 1855) va Muhammad Fazl ulHaq
(Bombey, 1908) taraflaridan amalga
oshirilgan urducha tarjimalari ham
mavjud.
"Tuzuki Temuriy" sifatida tanilgan aynan
Devi va Uayt nashri dunyoning turli
burchaklarida qaytaqayta nashr etilgan
va ilmiy doirada ishonchga kirgani bois
jahonning koʻplab tillariga tarjima
qilingan. "Malfuzoti Temuriy", "Voqeoti
Temuriy" va boshqa nomlar bilan tanilgan
va koʻpincha adashib "Tuzuki Temuriy"ga


nisbat beriladigan asar nusxasining
yuzaga kelishi toʻgʻrisida arab olimi
Mazhar Shihob "Temur" nomli kitobida
"Tuzuki Temur"ning yuqorida eslatilgan
ingliz va fransuz tilidagi nashrlarining
soʻz boshlarini oʻrganish asosida
shunday yozgan: "Va nixryat Amir Temur
malfuzotlarining Abu Tolib alHusayniy
tomonidan qilingan ushbu tarjimasidan
fors tiliga oʻgirilgan boshqa 2 nusxasi
(Hindistonda Shoh Jahon koʻrsatmasiga
binoan, Muhammad Afzal Buxoriy
tomonidan tayyorlangan nusxalar
nazarda tutilmoqda) topilgunga qadar bu
hol shu zaylda davom etdi". Ulardan
1nusxani Hindistonda xizmatda boʻlgan
ingliz zobitlaridan biri Degʻliga moʻgʻul —


musulmon sultonlari nabiralarining
biridan olishga muvaffaq boʻladi. Shu
boisdan ham mazkur nusxa Sultoniy
nusxa (nusxai Imperoturiya) nomi bilan
ataladi. Malfuzotning ikkinchi nusxasi
ham Dexlidan topilib, uni ham ingliz
generallaridan biri Britaniyaga olib ketadi.
Yangi topilib, 1830-yilda Angliyaga olib
keltirilgan ikkala nusxaning qimmatli
tomoni shunda ediki, bu ikki nusxa Amir
Temurning malfuzotlarini toʻlatoʻkis
qamragan bulib, ular Sohibqiron hayotini
oxirgi yiligacha hikoya qilardi.
1830-yil Charlz Styuart keyin topilgan
yangi ikkinchi nusxa Britaniyaga
keltirilgach, tanishib chiqib, bir


tarjimaning 2 nusxasi ekanligini aniqladi.
Bu tarjima muallifi Hindistonda saltanat
yuritgan Temuriy sultonlar davlati
hokimlaridan biri boʻlgan Shoh Jahon
davrida podshoh saroyida xizmatda
boʻlgan mansabdor shaxslardan biri
Muhammad Afzal alBuxoriy edi.
Mutarjimning yozishicha, ushbu tarjimani
u 1670-yilda amalga oshirgan.
Muhammad Afzal alBuxoriy oʻz
tarjimasining muqaddimasida ishorat
qilib ketgan yangi (sultoniy) nusxaga
kiritilgan aksar qoʻshimchalar,
Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"
asaridan olinganligiga ishonch hosil
qilish mumkin.


Shunday qilib, Muhammad Afzal Buxoriy
qayta ishlagan va Sharafuddin Ali
Yazdiyning "Zafarnoma"si asosida
toʻldirilgan "Malfuzoti Temuriy" deb
nomlangan yangi asar vujudga keldi va
tarqala boshladi. Hozirda uning nusxalari
bir qancha mamlakatlar kutubxonalarida
saklanmoqda. Sharq qoʻlyozmalari
kataloglarining tuzuvchilaridan baʼzilari
ham uni "Tuzuki Temuriy" dan farqli
oʻlaroq "Malfuzot" ekanligiga ishora
qilganlar. Albatta, nomlanishi "Voqeoti
Temuriy", "Tanziymoti Temuriy" va
boshqa shakllarda ham uchraydi. Undan
tashqari keyingi asrlardagi gohida toʻla,
gohida noqis nusxalarida xattotlar
tomonidan oʻzboshimchalik bilan


kiritilgan koʻplab toʻqimalar, birinchi
nusxalarda boʻlmagan voqealar
tafsilotlari ham uchraydi. Bundan
tashqari, zikr etilgan 2 har xil asarni
"Tuzuki Temuriy" va "Tuzukoti Temuriy"
nomlari bilan bir muqova ichida koʻchirib
yozishgan. Shu bois hatto Yevropada va
baʼzi bir sharq mamlakatlarida sharq
qoʻlyozmalarining chop etilgan
kataloglarida ham shunday chalkashlik
koʻzga tashlanadi. Bunday kamchilik
"Temur tuzuklari"ning 1991 ya 1996-yil
nashrlari soʻz boshida ham bor.
"Malfuzoti Temuriy"dan qator tarjimalar
amalga oshirildi. 1830-yil Angliyada
Charlz Styuart uni ingliz tiliga oʻgirdi.


Unda Amir Temur hayotining 39
yoshigacha boʻlgan voqealar aks
ettirilgan.
19 a.da Oʻrta Osiyoda "Malfuzoti
Temuriy"ning forsiydan eski oʻzbek tiliga
qilingan 3 tarjimasi paydo boʻldi.
Sharqshunos Stori katalogida keltirilgan
maʼlumotga koʻra, ulardan birini 1836-yil
Qoʻqon xoni Muhammad Alixonning
buyrugʻiga binoan, Xoʻjand qozisi Nabijon
Mahdum Xotif amalga oshirgan. Tarjima
fors tilidagi noqis nusxadan qilingan va
Amir Temurning 39 yoshgacha voqealari
keltirilgan. Hozir bu qoʻlyozma Sankt-
Peterburgdagi Sharqshunoslik intida
saqlanmoqda.


Boshqasi, Xivada Muhammad Yusuf
arRojiy tomonidan 1856—57y.lar "Tuzuki
Temuriy" nomi bilan tarjima qilingan va
yana biri "Qissai Temur" va "Malfuzot"
nomlari bilan maʼlum boʻlgan Pahlavon
Niyoz Devon tarafidan 1857—58 yil lar
Xivada oʻgirilgan asar. Har ikkala nusxa
Sankt-Peterburg shahrida M. Ye.
SaltikovShchedrin nomidagi Rossiya
davlat milliy kutubxonasida
saqlanmoqda.
Nabijon Maxdumning kuplab xatolari bor
eski oʻzbek tilidagi tarjimasi asosida rus
sharqshunosi N. P. Ostroumov Turkiston
generalgubernatori baron A. B. Vrevskiy


yordamida "Malfuzot"ning turkiy matnini
1891-yil Toshkentda nashr etdi.
N.P. Ostroumov nashri asosida
"Malfuzot" rus sharqshunosi Nil Likoshin
tarafidan 1894-yil Toshkentda rus tiliga
tarjima qilindi. 1934-yil Moskvada rus
olimi V.A. Panov tomonidan
Ostroumovning mazkur nashri asosida
"Malfuzot"ning yangi tarjimasi nashr
etildi.
1992-yil Toshkentda tanikli sharqshunos
Ashraf Ahmedov N.P.Ostroumov
nashriga tayangan holda Sharafuddin Ali
Yazdiy "Zafarnoma"sining tanqidiy
matnidan foydalanib, "Malfuzot"ning


oʻzbek tilidagi zamonaviylashtirilgan
erkin tabdilini amalga oshirdi.
Nihoyat, "Malfuzot"ning Oʻrta Osiyoda
amalga oshirilgan eski oʻzbek tilidagi
tarjimalari asosida, soʻnggi yillarda,
Oʻzbekiston olimlaridan H. Bobobekov, H.
Boboyev, A. Quronbekov tomonidan
"Tuzuki Temuriy" (ikkinchi qayta nashriga
"Zafarnoma" deb nom qoʻyilgan) hamda
"Qissai Temur" ("Malfuzoti Temuriy")
kitoblari chop etildi.
Temur tuzuklari [forschadan
Alixontoʻra Sogʻuniy va Habibulla
Karomatov tarjimasi],T., 1991, 1996;
Adabiyot


Karomatov H., "Temur tuzuklari"ni
Oʻzbekistonda oʻrganish muammolari
(Temuriylar davri madaniy
yodgorliklari), T., 2003.
Habibulla Karomatov.
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga
ishorat
 yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Temur_tuzuklari&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?


Bu sahifa oxirgi marta 8-Aprel 2023, 10:06 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 4.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
title=Temur_tuzuklari&oldid=3642
272
" dan olindi

Download 58.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling