Temur tuzuklari


Download 0.91 Mb.
Sana11.10.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1698325
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMIR TEMUR TUZUKLARI

AMIR TEMUR TUZUKLARI

«Temur tuzuklari»da Amir Temur, Movarounnahrning 1342-1405-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, qo'shni mam1akatlar va xalqlar bilan bo'lgan o'zaro munosabatlar haqida hikoya qilinadi. «Temur tuzuklari»da Amir Temurning asosiy doktrinasi -jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga qarashi, birlashgan qudratli feodal davlatning siyosiy va axloqiy tamoyillari ifodalangan. «Temur tuzuklari» podshohlarning turish-turmushi va odob-axloq me'yorlarini belgilovchi risoladir.

  • «Temur tuzuklari»da Amir Temur, Movarounnahrning 1342-1405-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, qo'shni mam1akatlar va xalqlar bilan bo'lgan o'zaro munosabatlar haqida hikoya qilinadi. «Temur tuzuklari»da Amir Temurning asosiy doktrinasi -jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga qarashi, birlashgan qudratli feodal davlatning siyosiy va axloqiy tamoyillari ifodalangan. «Temur tuzuklari» podshohlarning turish-turmushi va odob-axloq me'yorlarini belgilovchi risoladir.

Amir Temurning 7 yoshidan to vafotiga qadar kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, aniqrog'i, uning Movarounnahrda Markaziy hokimiyatni qo'lga kiritish, feodal tarqoqlikka barham berish va markazlashgan davlat tuzish, qo'shni yurt va mam1akatlarni, masalan, Eron hamda Afg'onistonni o'z tasarrufiga kiritish, oltin O'rda hukmdori To'xtamishxon (1376-1395), butun Yevropaga qo'rquv va dahshat solgan Turkiya su1toni Boyazid Yildirim (1389-1402) ga qarshi va, nihoyat, buyuk jahongirning Ozarboyjon, Gruziya va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan.

Ikkinchi qism jahongirning nomidan aytilgan va uning toj-u taxt vorislariga atalgan o'ziga xos vasiyat va pand-nasihatlaridan iborat. Unda davlatni idora qilishda kim1argtayanish, boshliqlarni saylash, sipohiylarning maoshi, mamlakatlarni boshqarish tartibi, davlat arboblari va bosh1iqlarning burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldidagi alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida gap boradi.

  • Ikkinchi qism jahongirning nomidan aytilgan va uning toj-u taxt vorislariga atalgan o'ziga xos vasiyat va pand-nasihatlaridan iborat. Unda davlatni idora qilishda kim1argtayanish, boshliqlarni saylash, sipohiylarning maoshi, mamlakatlarni boshqarish tartibi, davlat arboblari va bosh1iqlarning burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldidagi alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida gap boradi.

Amir Temur shaharlarda ilm-fan, madaniyatni rivojlantirish uchun ko'plab ilmiy muassasalar qurishga amr qilgan. Madrasalarda diniy fanlar bilan baravar matematika, me'morchilik, astronomiya, adabiyot, tarix, musiqa kabi fanlarning o'qitilishiga alohida e'tibor berilgan. «Temur tuzuklari»da aytilishicha, musulmonlarga diniy madrasalarda ta'lim berish, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tafsir, hadis, fiqhdan dars berish uchun sohibqiron tomonidan har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qilingan. Talabalarga o'z davrining yirik allomalari dars berganlar. Madrasa mudarrislariga ko'p maosh to'langan, ular farovon hayot kechirganlar. «Temur tuzuklari»da «Sayyidlar, ulamoyu mashoyix, oqilu donolar, tarixchilarni e'tiborli kishilar hisoblab, hurmatlarini joyiga qo'ydim. Ular bilan qimmatli fikrlashdim»,- deb yozadi.

  • Amir Temur shaharlarda ilm-fan, madaniyatni rivojlantirish uchun ko'plab ilmiy muassasalar qurishga amr qilgan. Madrasalarda diniy fanlar bilan baravar matematika, me'morchilik, astronomiya, adabiyot, tarix, musiqa kabi fanlarning o'qitilishiga alohida e'tibor berilgan. «Temur tuzuklari»da aytilishicha, musulmonlarga diniy madrasalarda ta'lim berish, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tafsir, hadis, fiqhdan dars berish uchun sohibqiron tomonidan har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qilingan. Talabalarga o'z davrining yirik allomalari dars berganlar. Madrasa mudarrislariga ko'p maosh to'langan, ular farovon hayot kechirganlar. «Temur tuzuklari»da «Sayyidlar, ulamoyu mashoyix, oqilu donolar, tarixchilarni e'tiborli kishilar hisoblab, hurmatlarini joyiga qo'ydim. Ular bilan qimmatli fikrlashdim»,- deb yozadi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling