Temuriylar davrida bayram va tantanalarning tashkil etilishi Annotatsiya
Download 5.62 Kb.
|
murodjon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Temuriylar davrida bayram va tantanalarning tashkil etilishi Annotatsiya: Kalit so‘lar: Amir Temur, Sharafiddin Ali Yazdiy, Samarqand Ibn Arabshoh, Konigil, elchilar, Mirzo Ulug’bek atlas, kimxob, Shahrisabz. 1391 yili Amir Temur Kunduzcha degan joyda Tuxtamishni yengganligini ommaviy bayram sifatida nishonlashga farmon beradi. Ziyofatlarda noz- Ne'matlar oltin idishlarda, oltin jomlarda tortiladi”, maxsus musiqa-ar yangraydi. Bu voqea Samarqandda ham bayram kilinadi. 1396 yili safardan qaytgan Amir Temurni kutib olish uchun Shahrisabz va Samarqand shaharlari bezatilgan. kushk va chortoqlar kurilgan, ularda sanʼat ahli o‘z mahoratini namoyish etgan. «Samarqand ahdi. deb yozadi Ali Yazdiy. bagrini uyin-kulgu va shodlikka ochib, shaharni bezash va har yonda ajoyib ko‘shklar va chortoqlar qurishga kirishdi, ularga xushxon hofiz larni joylashtirdi. Afsuski, manbalarda tomoshalar tafsiloti berilmagan. Xos bazmlarda makom kuylari chalingan, maqom kuylariga raqos va raqqosalar xirom etgan, masxara va muqallidlar kuldirgan, bayramlarda katta maydonlar va maʼrakalarga yarashiqli tomoshalar kursatilgan bulishi kerak. Konigil Samarqand yaqinidagi xush-havo, atrofi bog‘- u rog‘larga burkangan ajib bir sayilgoh bo‘lib, umumxalq va davlat bayramlarining deyarli barcha si usha joyda o‘tkazilgan. 1404 yili Amir Temur Samarqandada beshta nevarasini, jumladan Mir o Ulugbekni ham uylantirdi. Shu musosabat bilan Samarqand va uning at- roflaridagi oliy qasrlar va maydon- larda bayram va sayillar uyushtiri- lib, ularda xilma-xilma tomoshalar namoyish etildi. Eng katta bayram Konigilda o‘tdi. Bu to‘g‘rida Sharafiddin Ali Yazdiy. Ibn Arabshoh, Klavixo zavq-shavq bilan yozganlar. Butun Samarqand aholisi, lashkarlar. uzoq-yaqindan kelgan mehmonlar. elchilar, savdogarlar, eng sara sankorlar Konigilda jam bo‘lishgan. O‘rtada shahanshoh uchun bir qancha chodir va o‘tovlar tikilgan, boshqalar ham mansablari va naslu nasablariga qarab uning atrofida o‘rnashgan. Bazmga mo‘ljallangan qirq ustunli oliy, hashamatli chodir va boshka maxsus joylar ham bo‘lgan. Ibn Arabshoh shunday hikoya qila’di: «Har bir hunarmand o‘z hunariga bog’liq narsada jildu jahd ko‘rsatdi. har bir sanʼat ahli o‘z sanʼatiga man- sub narsada imkonidan ham oshirib. Hunarini kursatdiki, hatto bir buyra- chi (qamishdan) mukammal qurol-yaroqi otlikni yasab chiqardi va uning suratini kamoliga yetkazib, hatto tirnoqlariyu kipriklarini, yoy, kilich va boshqa taalluqli narsalarning hammasini daqiq usulida kamoliga yetkazib yasadi. Shuningdek, zargarlar, temirchilar, etikdo‘zlar, yoy yasovchilar va boshqa toifa hunarmand- lar, musiqa, hazil-mutoyiba va lati- falar sohiblari ham o‘z hunaru sanʼat- larini namoyish qildilar... Xaloyiqqa turli-tuman o‘yin-kulgi va lazzatlardan bahramand bulib. istifoda qilish tizg’ini bushatib yuboildi... Shahar ahli bekinib yotgan kiyiklar ediyu (endi) ular bema-ol uyalarida kerilib yotgan sherlarga aylandi. Ular... uyin-kulgi jannati- ga tushdilar. Ulardagi mavjud galizlik va dagallik latofat va zarofat bilan almashdi... Agar shu yerda bulsang edi, faqat chalinayotgan ul sozini, suzilib uzati- layotgan qalahni, kuylayotgan ashulachi- ni, sokiylik qilayotgan joriyani, yurib sharob tutayotgan soqiyani, xushbuy gul yuzlini, gul yuzli maʼshuqani..... kishi ganimat biladigan maishat fursatlari yoki holi haqida nashida etib, tarannum kilayotgan lisonni kurarding” . Ibn Arabshox taʼrifida baʼzan noya va kochirimlar sezilib tursalar, ammo u bari bir Konigildagi bu katta tuyu-tantanalarga narx-navo arzonli orzu-havas ushalishi, zamon muʼta- dilligi, sulton odilligi, tani-badan sihatligi, vakti chog‘lik, nafrat kuta- rilishi, matlubga yetishish, mahbubga visollik xosil bo‘ldi, deb baho ber- gach, bunday hashamat, ulug‘vorlik, dab- daba kadim utgan xalifalarning xech biriga, hatto al-Maʼmunga ham nasib etmagan deb yakun yasaydi (8). Sharafuddin Ali Yazdiyning Konigildagi tantanalar, namoyishlar, bayramlar haqidagi taʼrifu tavsiflari ham qiziqarli. U har toifa hunarmandlar tomonidan qurilgan mezana, ravok va ko‘shklar, ularda ko‘rsatilgan tomoshalar tug’risida boshqalarga qaraganda to‘laroq maʼlumot beradi. Xiyoydan qaytgan elchilarga bayram tashkil etildi. Elchilarni avvalgi maydonga olib bordilar va har kishiga bittadan xontaxta va kursi qoʻydilar; har bir xontaxtada, yuqorida aytib oʻtilgan yoʻsunda ovqatlandilar. Soʻng elchi- larni yomxonaga olib bordilar. Yomxonada har bir xonada yaxshi bir , atlasu kimxobdan oʻrin va yostiq, kimxobdan juda nozik qilib tikilgan kafsh, kushka, jinlik, chapu oʻng tarafda kimxobdan tikilgan oʻrin va yostiqlari bilan yana oʻnta qat hamda gilamcha va nozik toʻqil- gan boʻyralar. Har bir kishini shunday tartibdagi bir xonaga muqarrar qilib qozon, kosa, choʻmich, xontaxta kel- tirdila va har kuni shu xonada yotadiga oʻn kishiga bitta qoʻy, bitta gʻoz, ikkita tovuq va har bir kishiga , bitta katta kosada guruch, — ikkita katta kulcha holva bilan, bir idishda asal, sarimsoq, piyoz, sirka, tuz, rang- barang hoʻl mevalar, ikki koʻza darosun, bir tovoq chuchuk- liklar tayin qilindi. Bir necha sohibjamol xizmatkor ikki qadam narida sahardan shomgacha va shomdan sahargacha xizmat- ga tayyor turadi. Kelasi kuni zulhijj ning toʻqqizinchi- sida (15-dekabr, 1420) hanuz qorongʻu ekanligida sijjin, ya’ni shaqovul keldi va elchilarga: «Turinglar, podshoh toʻy beradi», deb aytdi. U egar-jabduqlik otlarni keltirib elchilarni mindirdi va podshohning oʻrdusiga olib ketdi. Ular- ni tong otguncha birinchi saroyda tutib turdilar. Shu vaqtda qariyb ikki-uch yuz ming kishi jam boʻlgan edi. Tong otganida mazkur uch darvozani ochdilar Foydalanilgan adabiyotlar “Amir Temur jahon tarixida ” - Sharq-2009 “Matla’us-sa’dayn va majma’ ul-bahrayn"-Abdurazzoq samarqandiy-Toshkent 2009. Download 5.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling