Temurning odob-axloq to’g’risidagi o’gidlari


Amir Temurning bunyodkorlik ishlari


Download 67.02 Kb.
bet3/5
Sana06.04.2023
Hajmi67.02 Kb.
#1330880
1   2   3   4   5
Bog'liq
18 (1)

Amir Temurning bunyodkorlik ishlari

Amir Temur faoliyatining dastlabki yillarida Shahrisabzni obod qilishga e’tibor bergan bo‘lsa, 1370 yildan boshlab Samarqandni saltanatning poytaxti qilib, 35 yil davomida uni obod, farovon qilish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Natijada, bu yerda ilm-fan, san’at va madaniyat rivojlandi. Xususan, Samarqand va Shahrisabzda betakror me’morchilik inshootlari barpo qilindi, savdo-sotiq, hunarmandchilik taraqqiy etdi.
XIV asrning 60-yillarida Movarounnahrda hukm surgan nihoyatda og‘ir siyosiy va iqtisodiy vaziyat mamlakatni birlashtirib, kuchli bir davlat tashkil etishni taqozo qilgan. Shuning uchun ham Amir Temur o‘z faoliyatining dastlabki bosqichida barcha harakatni Movarounnahrda markazlashgan davlat tuzishga qaratdi va 1370 yil bahorida amir Husayn ustidan g‘alaba qilib, maqsadiga erishdi. O‘sha yilning yozida shahar devori, qal’asi, suv inshootlari tiklandi, saroy va qasrlar bino qilindi.
Amir Temur Movarounnahrni mo‘g‘ullar hukmronligidan ozod qilgan bo‘lsa-da, hali mamlakatda barqaror tinchlik o‘rnatilmagan edi. Talaygina yirik suv va yo‘l inshootlari, shaharlar va ko‘pgina qishloqlar vayronaga aylanib yotardi.
Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyosdir. Amir Temur umr bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘ldi. Uning «Qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim» («Temur tuzuklari»), degan so‘zlari buning yorqin isbotidir.
Amir Temur hukmronligining ilk davrida Kesh shahrini o‘z poytaxtiga aylantirish niyatida uning obodonchiligiga katta ahamiyat berdi va boshqa inshootlar bilan bir vaqtda bu yerda mashhur Oqsaroy qad ko‘tardi. Keshni Movarounnahrning madaniy markaziga aylantirishga harakat qildi. Shu boisdan bu shahar «Qubbai ul-ilm val-adab» unvoniga ega bo‘ldi. Oqsaroyning hozirgi ko‘rinishi ham salobatli va go‘zaldir. Peshtoq ravog‘ining eni 22,5 metr, balandligi 40 metr, umumiy balandligi 50 metrdan oshadi. Peshtoq minorasi ichidagi aylanma zina orqali yuqoriga chiqilgan. Ayni vaqtda yodgorlik osmon ostidagi muzey, turli martabali sayyohlarning tabarruk qadamjosi hisob­lanadi.
Samarqandning ekologik sharoiti va harbiy strategik maqsadlarga mos kelishi Sohibqironga ma’qul bo‘ldi. Shaharda Isfaxon, Sheroz, Halab, Xorazm, Buxoro, Qarshi va Kesh shaharlarining me’mor-u binokorlari qo‘li bilan muhtasham saroylar, masjidlar, madrasalar, maqbaralar qurildi. Shahar tashqarisida bir necha bog‘-rog‘lar va bo‘stonlar barpo etildi. Shular orasida Bog‘i Dilkusho, Bog‘ishamol, Gulbadanbegim, Bog‘i Namozgoh zamonasining mashhur bog‘i iroqlaridan edi. Masalan, Bog‘i Dilkusho (ko‘ngil oluvchi bog‘) Amir Temur xotinlaridan biri To‘qalxonim sharafiga 1397 yilda qurdirgan. Amir Temur Ispaniya elchisi Rui Gonsales de Klavixoni ana shu bog‘da qabul qilgan. Shuningdek, Shohi Zinda me’moriy maj­muasiga mansub Shodimulk og‘a maqbarasi, Shirinbeka og‘a maqbarasi va boshqalari quriladi. Shaharda Bibixonim jome masjidi, Amir Temurning qarorgohi - Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroylar qad ko‘tardi.
Amir Temurning Samarqanddagi ark qal’asi juda keng hududni egallab, uning ichida Bo‘stonsaroy va Ko‘ksaroy nomli hajmi 4 oshyonlik go‘zal saroylar bino etilgan. Ko‘ksaroyda davlat ishlari bajarilgan, Bo‘stonsaroy esa Amir Temurning shohona oilasi va ularning istiqomat qiladigan joyi bo‘lgan.
Amir Temur sharq va g‘arb mamlakatlari o‘rtasida savdo-sotiq va elchilik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishga g‘oyat katta e’tibor berdi. U nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqaro do‘stlikni mustahkamlashga katta hissa qo‘shdi.



Download 67.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling