Teng qanotlilar turkumi -homoptera


Download 212.23 Kb.
bet5/6
Sana29.09.2023
Hajmi212.23 Kb.
#1690011
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TENG QANOTLILAR TURKUMI -HOMOPTERA

6-rasm. Chigirtkaning chala o‘zgarish bilan rivojlanishi: A—tuxum; B—har xil yoshdagi lichinkalar; D—voyaga yetgan hasharot.


To‘liq o‘zgarish bilan rivoj­lanish. Ko‘pchilik hasharotlar (qo‘ng‘izlar, kapalaklar, burga- lar, pashshalar, chivinlar, arilar, chumolilar)ning tuxumdan chiqqan lichinkasining tuzilishi va hayot kechirishi voyaga yetgan davriga o‘xshamaydi (7-rasm). Bunday lichinkalar chuvalchang- simon shaklda bo‘lib, qurt deb ataladi. Hasharotlar qurtining ta- nasi chuvalchanglarga o‘xshash halqalarga bo‘lingan; oyoqlari kal- ta, og‘iz organlari ko‘pincha kemiruvchi tipda tuzilgan; oddiy ko‘zlari faqat yorug‘ni farqlash uchun xizmat qiladi.


7-rasm. Tut ipak qurti kapalagining to‘liq o‘zgarish bilan rivojlanishi :A-erkak va urg‘ochi kapalak; B-qurt D-pilla; E-pilladan chiqarib olingan g‘umbak


Rivojlanish davrida qurt faol harakat qiladi va oziqlanadi; bir necha marta po‘st tashlab (tullash) g‘umbakka aylanadi. G‘umbak hasharotning tinim davri hisoblanadi. Bu davrda qurtning organlari butunlay qayta tuziladi. Odatda, g‘umbak har­akatsiz bo‘lib, oziqlanmaydi. Bir qancha kapalaklarning g‘umbagi pilla ichida bo‘ladi. G‘umbakning qayta tuzilishi tamom bo‘lganidan so‘ng pilla qobig‘i yorilib, undan voyaga yetgan hasharot chiqadi. Bu to‘liq o‘zgarish bilan rivojlanish, ya’ni metamorfoz deyiladi. To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlarning qurtlari 4 xil (bosh va oyoqli, qorin oyoqli, oyoqsiz, boshsiz va oyoqsiz) tipda tuzilgan. Birinchi tipdagi qurt- larning boshi yaxshi rivojlangan, ko‘kragida 3 juft oyoqlari bo‘ladi (masalan, qo‘ng‘izlar). Ikkinchi tipdagi qurtlarning ham boshi yaxshi rivojlangan; qorin qismida oyoqlari bor (kapalaklar). Uchinchi tipdagi qurtlarning boshi rivojlangan, lekin oyoqlari yo‘q (arilar). To‘rtinchi tipdagi qurtlarning boshi va oyoqlari bo‘lmaydi (pashshalar, so‘nalar).
G‘umbakning xillari. Hasharotlarning g‘umbagi uch xil bo‘ladi. Ba’zi hasharotlarning g‘umbagi harakatchan erkin tipda bo‘ladi (arilar, qo‘ng‘izlar). Bunday g‘umbakning tanasida halqalar, boshlang‘ich mo‘ylovlar, og‘iz organlari, oyoqlar, qanotlar, ko‘zlar va voyaga yetgan hasharotlarga xos bo‘lgan belgilar yaxshi ko‘zga tashlanadi. Yopiq tipdagi g‘umbaklarda esa faqat bir-biriga zich tegib turadigan boshlang‘ich oyoqlar va qanotlari ko‘rinib turadi (kapalaklar). Ko‘pchilik kapalaklarning yopiq g‘umbagi pilla ichida bo‘lganidan ularda voyaga yetgan hasharotlarga xos belgilar umuman sezilmaydi. Uchinchi tipga bochkasimon g‘umbaklar kiradi. Ularda oxirgi lichinkalik po‘sti saqlanib qolgan (8-rasm).

8-rasm. Hasharotlar g‘umbaklari: A—ochiq (erkin) g‘umbak (qo‘ng‘iz); B—yopiq g‘umbak (kapalak); D—yopiq bochkasimon g‘umbak (pashsha): 1—mo‘ylov; 2—oyoq; 3-qanotlar boshlang‘ichi; 4-nafas olish teshiklari.

Hasharotlarning rivojlanish muddati har xil; ko‘pchilik hasharotlar juda tez rivojlanadi. Ular tuxumdan chiqqach voyaga yetib, tuxum qo‘ya boshlaguniga qadar bo‘lgan hayoti generatsiya deyiladi. Generatsiya bir necha kundan bir necha yilgacha davom etishi mumkin. Masalan, uy pashshasining bitta generatsiyasi 14—33 kun, drozofila (meva pashshasi)niki 8—12 kun, may qo‘ng‘iziniki 4—5 yil davom etadi. Generatsiyasi uzoq davom etadigan may qo‘ng‘izi voyaga yetgan davrida atigi bir oy yashaydi.

Xulosa
Ko‘pchilik hasharotlar urug‘langan tuxum qo‘yadi. Tuxum urg‘ochisining tanasida urug‘langach, tashqariga chiqariladi. Hasharotlar orasida urug‘lanmagan tuxum qo‘yish, partenogenez (parteno—bokiralik, qizlik, genezis—ko‘payish) yo‘li bilan ko‘payadigan turlari ham bor. Partenogenez ko‘payishda urug‘lanmagan tuxumdan urg‘ochilar (o‘simlik shiralari) yoki erkaklari (asalarilar) rivojlanadi. Ko‘pincha partenogenez va urug‘lanib ko‘payish muhit sharoitiga bog‘liq bo‘lib, mavsumiy xarakterga ega. Bu hasharotlar bir necha yillar davomida saqlanib qolgan katta oilalarda yashaydi, aslida bunday koloniyaning barcha hashorat(chumolilar, arilar, termit)lari biologik nuqtai nazardan qarindoshlardir va ijtimoiy nuqtai nazardan, bu aholisi qat'iy ravishda kastalarga bo'linadigan va qat'iy tartibga solingan shahar. Biz nutq, imo-ishoralar va yuz ifodalari orqali o'zaro ta'sir qilamiz va chumolilar oziq-ovqat almashinuvi va hidlar orqali aloqa qilishadi, har bir chumolining o'ziga xos hidi bor va har bir oilada o'ziga xos hidli soyalar mavjud, buning natijasida hasharotlar begona odam o'z uyiga kirganini his qilishadi. Ularning o'zaro ta'siri feromonlar yordamida ham amalga oshiriladi, bunda hasharotlar bir-birlariga ovqatning joylashishi yoki xavf haqida bir-birlarini xabar berishadi.


Download 212.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling