- 11 -
3. Hozirgi tugallangan zamon oʻtgan zamondan boshlanib hozirgacha
davom etib turgan muddat
ichida sodir boʻlib oʻtgan yoki hozirgacha davom etayotgan ish-harakatlar uchun qoʻllaniladi.
Misol sifatida biror shaxsning hayoti davomida qilgan ishlarini koʻrsatish mumkin.
Sarvar
has been to England many times.
(Sarvar Angliyada koʻp marotaba boʻlgan.)
He
has never
ridden a horse.
( U hech qachon ot minib koʻrmagan.)
Has he ever
met a famous person?
Yuqoridagi qoida ish-harakatning qachon sodir boʻlib oʻtganligini koʻrsatmaydi, ya'ni
hozirgi
tugallangan zamon biror ish-harakat sodir boʻlgan yoki sodir boʻlmaganligini koʻrsatadi, xolos.
Agar ish-harakat qachon sodir boʻlganligini koʻrsatmoqchi boʻlsangiz, oʻtgan zamondagi fe'lni
(past simple tense) qoʻllash kerak boʻladi.
He
has been to England many times.
(ish-harakat qachon sodir boʻlganligi
koʻrsatilmagan)
He
went to England in 1996.
(ish-harakat qachon sodir boʻlganligi koʻrsatilgan)
Ushbu qoidada qoʻllaniladigan payt ravishlarini koʻrib chiqamiz.
never
ever
never … before
until now so far up to now
always the first/second/third time all my/her/his life
We are travelling across Europe. We
have visited 5
countries so far.
Have you
ever eaten sushi? No, I
have never had it.
Tom is very nervous. It's
the first time he has driven a car.
He
has always wanted to go to the Moon on a space-ship.
Bu zamon bir necha marta takrorlangan ish-harakatlar uchun ham ishlatiladi.
Bunda gapda
Do'stlaringiz bilan baham: