19
Tugallangan ish-harakat uchun oddiy oʻtgan zamon (past simple tense), davom etib turgan ish-
harakat uchun oʻtgan zamon davom fe'li (past continuous tense) qoʻllanadi.
2. Oʻtgan zamonda ish-harakatlar ketma-ket sodir boʻlganini ifodalashda faqat oddiy oʻtgan
zamon
(past simple tense) qoʻllaniladi.
He
opened the door,
entered the room,
found the paper and
read it.
(U eshikni ochdi,
xonaga kirdi, hujjatni topdi va uni oʻqidi.)
When we
heard the fire alarm, we
rushed to the door.
3
. Oʻtgan zamonda ikkala ish-harakat bir vaqtning oʻzida davom etib turgan boʻlsa,
ikkala ish-
harakat uchun ham oʻtgan davomiy zamon
(past continuous tense) qoʻllaniladi.
Nina
was playing the guitar while Jack was reading a book
. (Jek kitob oʻqiyotganida Nina
gitara chalayotgan edi.)
Eslatma:
Yuqoridagi misollarda vaziyatni
tasavvur etmasdan turib, fe'llarni toʻg'ri zamonda qoʻyish ancha
mushkul. Shuning uchun bir gap tahlili bayon etiladi.
He … (fall) off the ladder while he … (paint) the ceiling.
fall -
yiqilmoq, paint -
boʻyamoq. Biror ish qilayotganimizda
yiqilib tushishimiz mumkin, demak,
fall fe'li - oddiy oʻtgan zamonda ,
paint fe'li - oʻtgan zamon davom fe'lida qoʻllaniliishi lozim.
He
fell off
the ladder while he was painting the ceiling.
P
AST
P
ERFECT
S
IMPLE
Uzoq oʻtgan zamon - oʻtgan zamonda biror-bir vaqtgacha sodir boʻlib
tugagan yoki biror-bir
voqeadan oldin boʻlib oʻtgan ish-harakatlarni bildirish uchun qoʻllaniladi. Bu zamonda egadan
keyin
had yordamchi fe'li va tog'ri fe'llarga
-ed va notoʻg'ri fe'llarning III shaklidagi asosiy fe'l
qoʻllaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: