Теория вероятностей и математическая статистика


Shuni yodda tutish kerakki, C# tili katta-kichik harflariga sezgir, shuning uchun quyidagi ikkita o'zgaruvchi ta'rifi ikki xil o'zgaruvchini ifodalaydi


Download 121.79 Kb.
bet4/6
Sana25.02.2023
Hajmi121.79 Kb.
#1227716
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-Mavzu. C# tili elementlari

Shuni yodda tutish kerakki, C# tili katta-kichik harflariga sezgir, shuning uchun quyidagi ikkita o'zgaruvchi ta'rifi ikki xil o'zgaruvchini ifodalaydi:

string name;

string Name;

O'zgaruvchini aniqlagandan so'ng, ushbu o’zgaruvchiga qiymat belgilashingiz mumkin:

string name;

name = "Hasan";

O'zgaruvchilar

name o'zgaruvchisi string turida bo’lganligi sababli, ya'ni satr turiga tegishli bo'lgani uchun, biz unga qo’sh tirnoqqa olingan satrni tayinlashimiz mumkin. Bundan tashqari, o'zgaruvchiga faqat uning turiga mos keladigan qiymat berishimiz mumkin.

Keyinchalik, o'zgaruvchining nomidan foydalanib, uning qiymati saqlanadigan xotira maydoniga murojaat qilish mumkin.

Shuningdek, o’zgaruvchini e’lon qilishda to’g’ridan-to’g’ri o'zgaruvchiga qiymat berish mumkin. Ushbu amal initsializatsiya deyiladi:

string name = "Hasan";

O'zgaruvchilarning o'ziga xos xususiyati shundaki, ularning qiymatini dasturda ko'p marta o'zgartirish mumkin.

O'zgaruvchilar

Masalan, kichik dastur yarataylik, unda biz o'zgaruvchini aniqlaymiz, uning qiymatini o'zgartiramiz va uni konsolda chop etamiz:

namespace HelloApp

{

class Program

{

static void Main(string[] args)

{

string name = "Hasan"; // o'zgaruvchini aniqlash va uni initsializatsiya qilish

Console.WriteLine(name); // Hasan

name = "Xusan"; // o'zgaruvchining qiymatini o'zgartirish

Console.WriteLine(name); // Xusan

Console.Read();

}

}

}

Literallar

Literallar o'zgarmas qiymatlarni ifodalaydi (ba'zan ularni konstantalar deb ham atashadi). Literallar o'zgaruvchilarga qiymat sifatida berilishi mumkin. Literallar mantiqiy, butun, haqiqiy, simvolli (belgili) va satrli bo'lishi mumkin. Va alohida literal null kalit so'zini ifodalaydi.

Mantiqiy literallar


Download 121.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling