Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi


Download 213.43 Kb.
bet93/100
Sana19.06.2023
Hajmi213.43 Kb.
#1604901
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   100
Bog'liq
1 курс 2 лекция

Sabablari. Revmatizmning asosiy sababi streptokokk infeksiyasi bo‘lib, uning kelib chiqishi va rivojlanishining 2 asosiy omili organizm reaktivligining o‘zgarishidir. Revmatizm bilan shikastlangan kasallarning kasallik boshlanishidan oldin angina yoki surunkali tonzillit bilan og‘riganlari aniqlanadi. Strepto kokk infeksiyasi bilan bog‘liqlik bemorlar qonida streptokokk antigenlari va streptokokk antigenlariga qarshi antitanalar (ASL-O, ASG, antidezoksiribonukleaza B) katta miqdorda topilishi bilan tasdiqlanadi. Streptokokk virulentligi streptokokk hujayra devoridagi M oqsilning miokardni shikastlantiruvchi xili, uni revmatizm keltirib chiqaradigan xillaridagina uchraydigan C oqsil, streptokokk tashqi qobig‘ida joylashgan va neytrofillarning fagotsitar faolligini yo‘qotuvchi gialuron kislotasi, endotoksik ta’sir ko‘rsatuvchi mukopeptid bo‘lishi bilan bog‘liqdir. O‘tkir streptokokk infeksiyani o‘tkazgan bemorlarning 0,3–3 foizigina revmatizm bilan shikastlanadi. Tanaga streptokokk infeksiyasi kirishiga javoban unda qonda aylanib yurib, o‘ta kichik qon ayla nish yo‘nalishlarida (mikrosirkulatsiyada) cho‘kib, o‘tirib qoluv chi streptokokk antigenlariga qarshi antitanalar ishlab chiqariladi va immunologik birikmalar paydo bo‘ladi. Miokard va biriktiruvchi to‘qimani yana streptokokk zaharlari va fermentlari zararlantiradi. Revmatizm bilan kasallanganlarda immunolo gik tizimning genetik kamchiligi bo‘lgani uchun streptokokk antigeni va immunologik birikmalar tanadan tezgina yo‘qol maydi.
Tasnifi. Hozirgi davrda revmatizm jarayonining kechish davri klinik-anatomik xususiyatlarini, a’zolar va a’zolar guruhi shikastlanishini, kechish xususiyatini va yurak-tomirlar tizimining ish bajarish faoliyatini o‘zida aks ettiruvchi ish tasnifi va nomlari «Revmatizmning ichki tasnifi va nomlari» bo‘yicha 1964-yilning dekabrida o‘tkazilgan simpoziumda A.I.Nesterov ma’lumoti asosida qabul qilingan.
Revmatizmda har xil a’zolar va a’zolar guruhining shikastlanishi, biroq, asosan, yurak shikastlanishi, kamroq hollarda bo‘g‘im shikastlanishi yuz beradi. Revmatik jarayon o‘ziga xos kechish xususiyatlari, klinik belgilariga ko‘ra 5 xil ko‘rinishda bo‘ladi:

  • o‘tkir kechish – birdan boshlanib, kasallikning bir qancha klinik belgilari yaqqol namoyon bo‘lganda patologik jarayonning yuqori darajada faolligi bilan o‘tadi, davolash tez va yaxshi natijali bo‘ladi;

  • o‘rtacha o‘tkir kechish – xuruj 3–6 oy davom etadi, klinik belgilari kasallikning o‘tkir kechishiga qaraganda biroz sustroq bo‘ladi, patologik jarayon ham o‘rtacha faollikda kechadi. Davolanish natijasi ham o‘rtacha bo‘ladi;

  • cho‘zilgan kechish – xuruji 6 oydan ko‘proq davom etadi, kasallik belgilari kam, bir maromda bo‘lib, patologik jarayon o‘rta darajadagi faollik bilan kechadi, uzluksiz qaytalaydigan, kechishi to‘lqinsimon va noto‘liq sog‘ayish bilan o‘tadi, shikastlangan a’zolar soni har xurujda ko‘payib boradi;

  • yashirin kechish – revmatizm bilan shikastlanganlik ko‘pin cha klinik, laboratoriya hamda asboblar bilan tekshirishda aniqlanmasligi mumkin. Bemorda revmatizmning yashirin kechganini;

  • kasallikning asorati – yurak illat(porok)i paydo bo‘lganidan bilish mumkin.


Download 213.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling