O‘pka qirg‘oqlarining aktiv harakatchanligi zo‘r berib nafas olish va zo‘r berib nafas chiqarish paytida o‘pka pastki qirg‘oqlari chegaralarining farqini aniqlab turib belgilab olinadi. Sog‘lom odam o‘pkasining aktiv harakatchanligi normada 6–8 sm ni tashkil etadi. Patologiyada o‘pkaning aktiv harakatchanligi kamayib qoladi yoki butunlay yo‘qolib ketadi, masalan, plevra varaqalari butunlay bitib qolgan mahallarda shunday bo‘ladi.