Terapevtik kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi
Download 213.43 Kb.
|
1 курс 2 лекция
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muskullar kuchsizligi.
- Tekshirish usullari va davolash.
Klinik holati va simptomlar. Tana vaznining o‘zgarishi maxsus bo‘lmagan simptom hisoblanadi, lekin endokrinologik patologiyada ko‘p kuzatiladi. Kuchayib boradigan ozish holati qalqonsimon bez funksiyasi oshganda kuzatilsa, semirish holati aksincha, qalqonsimon bez funksiyasi pasayganda kuzatiladi.
Muskullar kuchsizligi. Muskullar kuchsizligi tufayli bemorlar harakatlana olmaydi yoki qiyin harakatlanadi, yutinish va gaplashish qiyinlashadi. Bunday holat diffuz toksik buqoqda, gipotireozda, qandli diabetga chalingan kasallarda kuzatiladi. Nerv tizimi funksiyasining o‘zgarishi endokrinologik patologiyada asosiy simptom hisoblanadi. Qalqonsimon bez funksiyasi oshganda bemorlarda psixoemotsional o‘zgarishlar: o‘ta ta’sirchanlik, tez asabiylashish, o‘zgaruvchanlik, ko‘p gapirish va b. Qalqonsimon bez funksiyasi pasayganda atrofdagilarga qiziqish kamayadi, beparvolik, bo‘shanglik paydo bo‘ladi, xotira buziladi, nutqi va harakatlari sustkash bo‘lib qoladi. Qandli diabetda ko‘pincha markaziy va periferik nerv tizimi zararlanadi. Bemorlarda bosh og‘rig‘i paydo bo‘lib, uyqu buziladi, polinevritlar (oyoqlarda og‘riq, sezgi pasayishi, boldir muskullari titrashi) boshlanadi. Chanqash va poliuriya qandli va qandsiz diabetning asosiy simptomi hisoblanadi. Bu simptom qonda qand miqdori oshishi bilan kuzatiladi. Ovqat hazm qilish funksiyasi buzilishi, ishtaha oshishi semirgan kasallarga, qandli diabetlarga, qalqonsimon bez funksiyasi oshishiga xosdir. Qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qayt qilish – giperglikemik koma, tireotoksikozning ko‘p kuzatiladigan simptomlaridandir. Gipotireozda ko‘proq ich qotishlar kuzatiladi. Tekshirish usullari va davolash. Endokrinologik patologiyasi bor kasalliklarni aniqlab olish uchun anamnez, so‘rab-surishtirish, ko‘zdan kechirish, palpatsiya qilish ma’lumotlari, shuningdek, laboratoriya tekshirishlarining natijalari ahamiyatga ega. Laborator diagnostikasi. Qandli diabetning diagnostikasi bilan davosida qon va sutkalik siydikdagi qand miqdorini aniqlashga katta e’tibor beriladi. Diabet komasi boshlanib kelayapti, deb gumon qilinganida siydikdagi keton tanalarini aniqlab ko‘rish muhim ro‘l o‘ynaydi. Qandli diabetning yashirin formalarini aniqlash uchun odamga qand yedirib turib, tekshirib ko‘riladi (qand nagruzkasi bilan o‘tkaziladigan sinama ). Ertalab nahorga analiz uchun barmoqdan qon olinadi. Shundan keyin kasal 50 g glukoza solingan bir stakan suv ichadi. Glukoza ichilganidan keyin oradan 30, 60, 90, 120 va 180 minut o‘tkazib turib barmoqdan qon olinadi. So‘ngra glikemik egri chiziq chizib chiqiladi . Sog‘lom odamlarda qondagi qand miqdori bir soatdan keyin ko‘pi bilan 1,8 g/l, ikki soatdan keyin esa 1,2 g/l bo‘ladi. Qandli diabetning yashirin (latent) formasi bor kasallarda qondagi qand miqdori 1 soatdan keyin 2 g/l dan, 2 soatdan keyin esa 1,5 g/l dan ortiq bo‘ladi. Ro‘yrost diabetni aniqlash uchun qand berib tekshirib ko‘rishning hojati yo‘q. Qand miqdorini aniqlash uchun quyidagicha qon olinadi. Barmoq uchi spirt bilan artilib, terisiga maxsus skarifikator sanchiladi. Birinchi qon tomchisi quruq paxta yoki salfetka bilan artib olinadi. Qonni darajalarga bo‘lingan 0,1 ml. li toza va quruq pipetkaga tortib olinadi, pipetkaga havo o‘tib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Qonni olib bo‘lgandan keyin pipetkaning o‘zi tozalab artib olinadi va ichidagi qon tayyorlab qo‘yilgan aralashmaga puflab tushiriladi. Shunga havo berib turib, probirkaning ichidagisi aralashtiriladi. Keyin probirkalar qaynab turgan suv hammomiga 3 minut qo‘yib qo‘yiladi va analiz qilinadi. Qondagi qand miqdorini shoshilinch hollarda tez aniqlash uchun dekstrostiks va dekstronal degan diagnostik qog‘ozlar bor. Biroq bu usul yetarlicha aniq natija bermaydi, xatosi 0,2–0,3 g/l ga boradi. Siydikdagi asetonni aniqlash ushun tabletkalar filtr qog‘oz va pipetkalardan iborat maxsus yig‘malari bor. Bir bo‘lak filtr qog‘oz ustiga tabletkani qo‘yib ustiga pipetka bilan siydik tushiriladi. Aseton bo‘lsa tabletka binafsha rang tusga kiradi. Laboratoriya tekshirish usullaridan asosiy almashinuvni, oqsil bilan birikkan yodni, 131 J ning qalqonsimon bezga yutilishini aniqlash usullari, skanerlash qo‘llaniladi. Asosiy almashinuv odamning tinch holat da turgan mahalida sarflaydigan energiyasini xarakterlab beradi. Uni tekshirish 10 minut davomida nahorga yutiladigan kislorod va ajratib chiqariladigan karbonat angidrid gazini aniqlashga asoslangan. Buning uchun maxsus apparat qo‘llaniladi. Qalqonsimoni bezni skanerlash uning kattaligi bilan shaklini aniqlashga, shuningdek funksiyasini o‘rganishga imkon beradi. Qalqonsimon bez va oshqozon osti bezini UTT qilish. EKG, ko‘z tubini va refleksometriya kabi asbob-uskunali tekshiruvlardan o‘tkaziladi. Davolash: diyetoterapiya va medikamentoz davo. Download 213.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling