Teri gigiyenasi


Siydik-tanosil yo'llari mikroflorasi


Download 69.91 Kb.
bet4/6
Sana09.04.2023
Hajmi69.91 Kb.
#1344913
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TERI GIGIENASI

Siydik-tanosil yo'llari mikroflorasi. Normada buyrak, siydik yo'li steril bo'ladi. Uretraning tashqi qismida peptokokklar, pep-tostreptokokklar, bakteroidlar, M.hominis, M.smegmatis, gram­manfiy nopatogen bakteriyalar uchraydi. Ayollarning siydik yo'lla-ridagi mikroflora sifat va miqdor jihatdan erkaklarnikiga nisbatan kamroq bo'ladi.
Bachadon, tuxumdon steril hisoblanadi. Qinga esa tug'ilish jarayonidan boshlab mikroblar tusha boshlaydi, bu yerda asosan laktobakteriyalar bo'lib, bir necha haftagacha saqlanib qoladi. Chunki bu davrda bola organizmida onadan tushgan esterogen gormonlar hisobiga sut achitqisi bakteriyalari uchun juda qulay yaratilgan bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan qinga St.saprophiticus, Str.faeccalis, Coryne, acterium xerosis enterokokklar va boshqa mikroorganizmlar tusha boshlaydi. Yillar o'tishi bilan qin pH neytral va kuchsiz ishqoriy tomonga o'zgaradi, chunki glokogen moddasi yo'qoladi. Jinsiy yetilish davri organizmda esterogen gormonlar ishlab chiqariladi, pH esa nordonlashadi va bunda Doderleyn tayoqchalari ko'payadi. Hayz davrida ham qin mikro-florasida o'zgarishlar bo'lib, mikoplazma, achitqisimon zambu-rug'lar, stafilokokklar ko'payishi uchun sharoit vujudga keladi.
Sog'lom ayollarda qin mikroflorasi tozaligining 4 darajasi tafovut qilinadi: I darajasida qin sekretining pH muhiti nordon (pH 4,0—5,5) bo'lishi hisobiga ko'p miqdorda Doderleyn tayoqcha­lari topiladi; II—III darajalarda esa kuchsiz nordon yoki kuchsiz ishqor muhit yuzaga kelib, Doderleyn tayoqchalari soni kamayib, streptokokklar, stafilokokklar topiladi, leykotsitlar uchraydi. IV darajada muhit ishqoriy bo'lib, leykotsitlar ko'payib ketadi, Do­derleyn juda kam uchrab, streptokokklar, enterobakteriyalar, sta­filokokklar, bakteroidlar va boshqa mikroorganizmlar uchraydi. Homiladoriik davridagi gormonal o'zgarishlar qinning tozalik da-rajasini ancha yaxshilaydi. Bu o'zgarishlarning ahamiyati juda katta, ona bachadonida steril holda bo'lgan chaqaloq tug'ilayotgan davrda saprofit mikroflora hisobiga normal mikrobiotsinoz shakllanadi. Agar tug'ilish sun'iy ravishda amalga oshirilsa, bu holat yuz bermasligi mumkin.

Download 69.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling