Termik tahlil, kalorimetriya, fizikaviy issiqlik parametrlarni aniqlash
Download 30.94 Kb. Pdf ko'rish
|
2 Differensial skanerlovchi kalorimetriya (DSK)/ Differensial termal tahlil (DTT) -180°C ... 2000°C NETZSCH kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan turli DSKlar issiqlik potoki prinsipi asosida ishlaydi. Ular yagona isitish tizimi hamda uch o’lchovli simmetrik dizayni bilan ajralib turadi. Oliy kalorimetrik sezuvchanlik sensori, yuqori tezlik va kondensat to’planishini oldini oladigan namunalar uchun yacheykalar yuqori samarali natijalarni olinishini ta’minlaydi. Sinxron termik tahlil (SТT) ТГА-ДТА/TГA-DСК/TГA
-150°C ... 2400°C STT (Sinxron Termik Tahlil) bitta qurilma differensial skanerlovchi kalorimetriya va termogravimetriya usullarini birlashtiradi. STT yordamida butunlay bir xil sharoitlarda issiqlik oqimini va massa o'lchov birliklarini aniqlash mumkin. STA 449 F1 Jupiter® uskunasini qullanilish sohalari – plastmassa, kauchuk, rezina, tolalar, qoplamalar, yog'lar, kulolchilik sohasi, shisha, tsement, issiqlik qaytaruvchi materiallar, metallar, yoqilg'i, dori-darmon, oziq-ovqat, va hokazo. Termogravimetrik tahlil (ТGT) 10°C ... 1100°C NETZSCH kompaniyasining TGA uchun muljallangan asbob uskunalari raqamli yuqori sezuvchan tarozi, namunalarni yuqoridan joylashtiradigan vertikal konstruktsiya va to'g'ridan-to'g'ri harorat o'lchash imkoniyatiga ega jihozlar bilan jihozlangan. TERMIK TAHLIL
3 uchun muljallangan asbob-uskunalarning kengaytirilgan sharhi Dilatometriya (DIL)
-180°C ... 2800°C Dasturlashtiriladigan harorat o'zgarishlari va namunaga kam ta’sir etish sharoitlari ostida qattiq, suyuq, pastasimon moddalar va kukunli materiallar o’lchamini yuqori aniqlik bilan aniqlash uchun eng yaxshi asbob uskuna DIL 402 Expedis hisoblanadi. Uzaro almashtiriladigan o'choqlari o’ ichiga mustaxkam keramika, metall materiallari, fundamental tadqiqotlar va sifat nazorati kabi keng sohalarni qamrab olishi mumkin. Ajralib chiqadigan gazlar tahlili
Kvadrupol mass spektrometri (QMS 403 Aëolos® yoki SKIMMER®), GC/MS va BRUKER Optics kompaniyasining Furye-IQ spektrometri bilan jihozlangan termik tahlil uchun muljallangan har qanday uskuna gaz mahsulatlarini aniqlash va identifikatsiya qilish uchun muljallangan tajriba vazifalarini bajarishi mumkin. TERMIK TAHLIL
4 Yuqori mustaxkam Dinamik Mexanik Tahlil (DМT) -160 ...1500°C EPLEXOR® tizimlari 1500°C haroratgacha bo’lgan turli maksimal yuklanishlar va deformatsiyalar bilan ishlab chiqariladi. Bunday sharoitlar shinalarni tebranishga qarshiliklari, adgezion hususiyatli kompozitsion materiallarni eskirishini aniqlashi mumkin. Asboblar keng sohada qo’llaniladigan materiallar uchun ishlatilishi mumkin: elastomerlar, termoplastika, shishalar va keramikalardan tortib to biomateriallar va oziq-ovqat mahsulotlarigacha. Aksessuarlar va butlovchilar: namlik generatori va namuna ushlagich.
-170°C ... 600°C DMA 242 asbobining noyob konstruksiyasi va uning deformatsiya holatlarini yuqori aniqlikda aniqlashi ham qattiq va juda yumshoq namunalari ustida ish olib borish imkonini beradi.
5 Kalorimetriya (ARC/MMC) RT ... 500°C MMC 274 Nexus® o’z ichiga skanerlovchi (differensial), adiabatik va izotermal mikrokalorimetrik usullar yordamida namunalarni o’rganish uchun muljallangan turli platformalarga ega uskunadir. Namunaning endoterma, ekzoterma, issiqlik sig’imi va bosim qiymatlarini yuqori aniqlik bilan o’rganiladi. Aralashtirish optsiyasi ham mavjud. Kimyoviy jarayonlar, havfsizlik va rivojlanish sohalarida ma’lumotlarni o’rganish tizimida yetakchi o’rinda turgan VariPhi® texnologiyasi tomonidan patentlashtirilgan ARC 244/254 modellari ham o’zlarini yahshi namoish etishgan. Termomexanik Tahlil (TMT)
-150°C ...1550°C TMA 402 F1 va F3 Hyperion® asbob uskunalari sobit yuklanishdagi uzgaruvchan harorat ostida namunalarni o’zgaruvchanligini yuqori aniqlikda o’rganish uchun mo'ljallangan. Ushlagichlarni hilma hilligi va o’choqlarni ikkitali ko’targichi tufayli Hyperion® bozordagi TMAni tanilgan vakili hisoblanadi. Dielektrik tahlil yordamida polimerizatsiya jarayonini nazorat qilish -150°C ... 350°C Termofaol polimerlar, kompozitsion materiallar, yelimlar va bo'yoqlarni qotish jarayonini o’rganishda Dieliktrik Tahlil nomli usuldan foydalaniladi (DET). Mazkur usulni asosiy jihati uning ion utkazuvchanligidadir. Uskunani qo’llanilish sohasiga qarab, turli chastota diapozonlarida ish olib borish mumkin hamda turli datchiklar mavjudligi tufayli bir va ko’pkanalli tizimlarni ishlab chiqarish imkoniga ega. 6 Isitqich plitalari usuli orqali issiqlik o’lchagichlar yordamida issiqlik o’tkazishni aniqlash (HFM) -30°C ... 100°C HFM 436 modeli Lambda materiallarni issiqlik o'tkazuvchanligini o'lchash imkonini beradi. Patentlashtirilgan plastinani issiqligini nazorat qilish usuli yuqori tezlik va aniqlik bilan natija olish imkonini beradi Lambda kvazikontinium usullariga mos keladi va barcha ishlab chiqarish talablariga javob beradi. Elektr o’tkazuvchanlik va Zeebek koeffitsientini bir paytda aniqlash
RT …800°C Ortiqcha elektrni issiqlikka konversiya qilish - termoelektr sohasida eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Bunday konversiya uchun foydali xarakat koeffitsientini optimallashtiradigan va yuqori ishchi xaroratga ega termoelektrik materiallarni ishlab chiqarish kerak bo’ladi. SBA 458 Nemesis® modeli Zeebek koeffitsiyenti va elektr o'tkazuvchanlikni bir vaqtning o'zida o'lchash imkonini beradi. Yorug’lik/lazer Метод Световой/ Лазерной вспышки
-125°C ... 2800°C Issiqlik o'tkazuvchanlik va diffuziya koeffitsienti – materiallar va ularning komponentlarini issiqlik o’tkazish xususiatlarni yoritishda ishlatiladigan asosiy issiqlik fizikasi parametrlari xisoblanadi. Yorug’lik/lazer nurlarini sochish usuli termal diffuziya koeffitsientini aniqlashda tezkor, keng qamrovli va aniq usul sifatida o’zini namoish etgan. NETZSCH kompaniyasi material spektralri va haroratni keng intervalini qamrab oladigan uchta modelni taklif qiladi.
7 Bozorga taqdim etilgan maxsulotlar Refraktorlarni sinovdan o’tkazish: yuk ta’sirida deformatsiyaga uchrash (RUL), egilish chegarasi (HMOR), yong’inga chidamlilik (PCE), Issiqlik o’tkazish (TCT) RT ... 1700°C Heterojen tarkibili refrakterlar uchun bir qator maxsus tadqiqot usullari mavjud. Yuk ta’sirida deformatsiyaga uchrash (RUL) va yuk ta’siri ostida siljish (CIC) yuqori xarorat va doimiy bosim ostida tadqiq etiladigan namunalarni deformatsiyaga uchrash parametrlarini aniqlash imkonini beradi. Yuqori xarorat ostita egilishga chidamlilikni (HMOR) parchalanish arafasidagi maksimal kuchlanish sifatida qaraladi. Geterogen tarkibli keramikalarni yonginga chidamliligini qiyosiy ma’noda Zeger konusi (PCE – Pyrometric Cone Equivalent) bilan solishtirib o’rganiladi. Issiqlik o’tkazuvchanlik bevosita TCT 426 uskunasi yordamida o’rganilishi mumkin. Izolyatsiya qilingan materiallarni issiqlik utkazuvchanligini aniqlash uchun foydalaniladigan issiq himoya zonasi usuli -160°C ... 250°C GHP 456 Titan® uskuna izolyatsiya qilingan materiallarni issiqlik utkazuvchanligini aniqlashga yordam beradi, keng harorat intervali doirasida optimal aniqlik va ishonchliligi bilan ajralib turadi. Issiq himoya zonasi usuliga standartiglashtirilgan asbob uskunalar orasida harorat diapazoni kengligi tufayli tengi yuq uskunadir. Tehnologiyani zamonaviy rivojlanish darajasini hamda yuqori standartlarni birlashtirgan uskuna.
NGB · Pr oduct Overview · UZ · 0217 · NWS · T echnical specifications ar e subject to change. Biz Germaniyaning o’rtacha kompaniyasi bo’lib, asbob-uskuna ishlab chiqarish sohasida ish faoliytimizi olib boramiz. Bizning kompaniya NETZSCH oilasiga tegishli kompaniya bo’lib, turli mamlakatlarda ishlab chiqarish, servis hizmatlari kabi tashkilotlarimiz ishlab turibdi. Bizning biznes bo’limlarimiz “Tahlil va Test sinovlaridan o’tkazish”, “Maydalash va Disperslash”, “Nasoslar va Tizimlar” Sizlarga yuqori darajadagi individual hizmat ko’rsatish ishlarini olib boradi. Yer sharini 35 mamlakatida 210 dan ortiq savdo markazlari va ishlab chiqarish bo’limlarimizda Sizlarga 3400 dan ziyod yuqori malakali hodimlarimiz hizmat qilishadi. NETZSCH kompaniyasi termal tahlil, kalorimetriya (adiabatik va reaktsion) va fizikaviy issiqlik hususiyatlarni aniqlash kabi sohalarni qamrab olgan. Bizning 50 yillik tajribamiz, maxsulotlarni zamonaviy darajada ishlab chiqarilishi va yuqori darajadagi servis hizmatlari nafaqat sizning kundalik ehtiyojlaringizbni balki kelajakdagi umidlaringizni ham oqlaydi. NETZSCH-Gerätebau GmbH Wittelsbacherstraße 42 95100 Selb Germany
Tel.: +49 9287 881-0 Fax: +49 9287 881 505 at@netzsch.com Download 30.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling