Termin so‘zi o‘rnida


Download 15.94 Kb.
Sana28.08.2023
Hajmi15.94 Kb.
#1670877
Bog'liq
Termin chegaralangan leksik qatlamga mansub lug


Termin chegaralangan leksik qatlamga mansub lug‘aviy birlik sifatida terminologik tadqiqotlarning asosiy obyekti, terminologik lug‘atlar yaratilishining muhim manbai hisoblanadi.
Terminlar umumiste’moldagi so‘zlardan farqli ravishda joriy qilinib, ularning qo‘llanilishi muayyan darajada nazorat ostida bo‘ladi.
Termin so‘zi o‘rnida atama, istiloh leksemalarini ishlatish o‘rinsiz. Sababi, bu uchala so‘zning sinomik uyani tashkil qilmasligidadir.
Termin va terminologik leksika tushunchalarini bir-biridan farqlash zarur. Terminologik leksika o‘z tarkibiga tor mutaxassislik doirasidan ommaviy muloqot doirasiga ko‘chgan noprofessional nutqiy kontekstda keng qo‘llanadidigan so‘z va so‘z birikmalarini qamrab oladi. Umumadabiy til doirasiga o‘tgan termin o‘z terminologiyasi, terminologik maydoni va sistemasidan yiroqlashadi, terminlik xarakteristikasidan ajralib qoladi.
O‘zbek tilidagi ijtimoiy-siyosiy terminlarni quyidagi guruhlarga ajratildi:

  1. Davlat boshqaruv tizimi va siyosati bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy – siyosiy terminlar;

  2. Jamiyat siyosiy hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy terminlar;

  3. Xalqaro munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy terminlar.

Mustaqillik davrida bir qancha so‘zlar vositasida tilda avvaldan mavjud bo‘lgan boshqa terminlarning ayrim semalari o‘zgarishga uchradi va yangi sememalar hosil qildi.
Metafora yangi terminlarning hosil bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Metaforada o‘xshatish tamoyili asosiy bo‘lganligi uchun bunday yo‘l bilan termin hosil bo‘lishi o‘zining mahsuldorligi bilan ajralib turadi.
O‘zbek tilida metafora asosida yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy terminlarning aksariyat qismi birikmali terminlarga to‘g‘ri keladi.



Download 15.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling