Terminallar olish protsedurasi, ularning funksional imkoniyatlari va terminallardan foydalanish qoidalari to‘g‘risida savdo-servis korxonalari uchun axborot


Download 59.44 Kb.

Sana08.05.2017
Hajmi59.44 Kb.

Terminallar olish protsedurasi, ularning funksional imkoniyatlari va terminallardan 

foydalanish qoidalari to‘g‘risida savdo-servis korxonalari uchun 

AXBOROT 

_____________________________________________________________________ 

 

1. SAVDO KARTASI VA TERMINAL HAQIDA UMUMIY AXBOROT 

 

Korxonaning  savdo kartasi tashqi ko‘rinishi bo‘yicha ushlovchining kartochkasidan 

amalda farq qilmaydi. Faqat undagi logotip va dizaynda farq bor. U asosan mijozlarning 

kartochkalari bilan bajarilgan bitimlar to‘g‘risidagi moliyaviy axborotni (sana, summa va shu 

kabilar) hamda xizmat ko‘rsatish taqiqlangan mijoz kartochkalarining bankdan olingan 

ro‘yxatini (Stop-varaqa) to‘plash uchun xizmat qiladi. Savdo kartasidagi Stop-varaqa haqida 

to‘plangan ma’lumot dolzarb bo‘lishi, moliyaviy mablag‘lar esa korxonaning bankdagi 

hisobvarag‘iga o‘z vaqtida borib tushishi uchun savdo kartasi har kuni kamida bir marta 

inkassatsiya qilinishi zarur (kun davomidagi inkassatsiyalar miqdori cheklanmaydi). Elektron 

inkassatsiya savdo nuqtasining xodimlari tomonidan bevosita terminalning o‘zida (masofadan 

inkassatsiya qilish) yoki agar karta bevosita bank muassasasiga olib borilsa, u yerdagi maxsus 

komputerda amalga oshirilishi mumkin. 

 

Terminal – tegishli dasturiy ta’minot o‘rnatilgan ixcham elektron-mexanik qurilma bo‘lib, 

u kartochka ushlovchilarga savdo-servis korxonalarida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga 

oshirish hamda bank muassasalari va xizmat ko‘rsatish punktlarida plastik kartochka orqali naqd 

pul olish imkonini beradi. Savdo terminallari turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan ancha keng 

turlarda chiqariladi va ulardan foydalanish xususiyatlariga qarab, u yoki bu funksional 

imkoniyatlar va opsiyalarga ega bo‘lishi mumkin. 

 

2. SAVDO TERMINALLARINING TURLARI VA MODELLARI 

 

Milliy bank savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalariga terminallarning quyidagi 



modellarini taklif etadi: Monetel EFT10, Monetel EFT 20, Ingenico 5100, Sagem EFT Smart, 

Nypercom T7Ps  va XiMAX. Ular o‘z funksionalligiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: 

-

 



to‘liq funksional statsionar terminallar – bu, Monetel EFT10, Ingenico 5100, 

Sagem EFT Smart bo‘lib, ularning ichiga modem o‘rnatilgan, mikroprotsessorli 

kartochkalar uchun 2ta rider va magnit tasmali kartalar uchun 1ta rider, termobosma 

qurilmasi, 220V kuchlanishga ulanadigan alohida ta’minot manbai va mijoz uchun 

alohida klaviatura bor. Shuningdek, Nypercom T7Ps – magnit tasmali Visa xalqaro 

plastik kartochkalari bo‘yicha naqd pulsiz “to‘lov” hamda “naqd pul berish” 

operatsiyalarini bajarish uchungina mo‘ljallangan. U magnit tasmali kartochkalar 

uchun 1ta rider, termobosma qurilmasi hamda 220V kuchlanishga ulanadigan alohida 

ta’minot manbaiga ega; 

-

 

to‘liq funksional ko‘chma terminallar – bu, Monetel EFT 20 bo‘lib, uning tarkibida 



mikroprotsessorli kartochkalar uchun 2ta rider va magnit tasmali kartalar uchun 1ta 

rider, termobosma qurilmasi bor, modem o‘rnatilgan, shuningdek akkumulatorlarni 

zaradlash uchun alohida qurilma bilan jihozlangan; 

-

 



miniterminallar – bu, XiMAX bo‘lib, uning tarkibida mikroprotsessorli kartochkalar 

uchun 2ta rider bor. Bu terminal alohida ta’minot manbaiga ega (1,5 voltli ikkita 

batareyka). Bu terminal g‘oyat ixchamligi bilan ajralib turadi (cho‘ntakda olib 

yuriladigan kalkulatordek). Bu qurilmalardan to‘lov cheki o‘rniga xaridorlarga 

kvitansiyalar, chiptalar, jetonlar va to‘lovni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar beradigan 


savdo nuqtalarida foydalanish mumkin. Mazkur terminallar foydalanish uchun 

qulayligi hamda korxona, ayniqsa sanoat elektr ta’minoti (220 volt)ga ega bo‘lmagan 

korxonalar uchun foydalanishda kamxarjligi bilan ajralib turadi. 

Savdo terminali va uning mijozga mo‘ljallangan alohida klaviaturasida (bunday 

klaviaturalar bilan to‘liq funksional terminallar jihozlanadi) ma’lumot kiritish paneli mavjud 

bo‘lib, u quyidagilardan iborat: 

-

 

 funksional tugmalar (faqat terminalda bo‘ladi va odatda uning displeyidan quyiroqda 



joylashadi). Ular yordamida savdo nuqtasining xodimi ushlovchi kartasi yoki 

korxonaning savdo kartasi bilan tegishli moliyaviy yoki servis operatsiyalarini bajarish 

uchun menu bandlarini tanlashi mumkin; 

-

 



“0”dan “9”gacha bo‘lgan raqamli tugmalar (terminalda ham, mijoz klaviaturasida 

ham bo‘ladi). Uning yordamida savdo nuqtasining xodimi yoki kartochka ushlovchi 

tegishli summalarni hamda kartaning “PIN”larini teradi; 

-

 



maxsus tugmalar (terminalda ham, mijoz klaviaturasida ham bo‘ladi va odatda raqamli 

tugmalardan o‘ngroqda joylashadi). Undan savdo nuqtasining xodimi va kartochka 

ushlovchi kiritilgan summalarni ma’qullashda, operatsiya bajarilishini 

taqiqlash/ma’qullashda, terilgan summani va kiritilgan PINni o‘zgartirishda 

foydalanadi. Kiritilgan operatsiya summasi yoki PINni ma’qullashda yashil tugmadan, 

kiritilgan operatsiya summasi yoki PINni o‘zgartirish uchun sariq tugmadan 

foydalaniladi. Hali boshlanmagan operatsiya bajarilishini taqiqlash yoki avvalgi daraja 

menusiga o‘tish uchun qizil rangli tugma bosiladi; 

-

 

savdo terminali uning but saqlanishini, ishga yaroqliligini ta’minlaydigan hamda ishlab 



chiqaruvchining hujjatlarida ko‘rsatilgan foydalanish shart-sharoiti yaratilgan 

ishonchli joyda ishlatilishi kerak; 

-

 



savdo terminalining barcha cheklari sotuvchi tomonidan saqlab qo‘yilishi va hisobot 

uchun bankka taqdim etilishi zarur. 

 

3. SAVDO NUQTASIDA TO‘LOVNI AMALGA OShIRISh 

 

Mijoz savdo nuqtasida tovar yoki xizmat haqini plastik karta orqali to‘lash istagini 



bildirganda Siz mijoz taqdim etgan plastik karta “UZKART” tizimiga kirganligiga ishonch hosil 

qilishingiz zarur. Shundan keyin, terminal modeliga qarab, mijoz plastik kartochkasi savdo 

terminaliga kiritiladi yoki mijozga uni mijoz klaviaturasining rideriga mustaqil ravishda kiritish 

(Ingenico 5100 modeli uchun) taklif etiladi. So‘ng savdo nuqtasining xodimi yoki mijoz 

quyidagi izchil xatti-harakatlarni amalga oshirishi kerak: 

 

3.1. Savdo nuqtasining xodimi terminalning tegishli funksional tugmasini bosib, menuning 



“To‘lov” bandini ishga tushirishi, keyin terminalning raqamli klaviaturasi orqali xarid summasini 

kiritishi kerak. Xodim kiritgan xarid summasi mijoz ko‘chma klaviaturasining displeyida aks 

etadi. 

 

3.2. Mijoz displeyda aks etgan to‘lov summasini tekshirishi va agar to‘g‘ri deb topsa, 



mijoz ko‘chma klaviaturasidagi yashil tugmani bosish yo‘li bilan uni ma’qullashi kerak. Bunda: 

-

 



agar terminal faqat kartochkaning KYoH (kartaning yopiq hisobvarag‘i)dan to‘lovni 

bajarishga sozlangan bo‘lsa, uni ushlovchi to‘lov summasini ma’qullaganidan keyin o‘z 

kartasi uchun belgilangan PIN2 (kartochkadan pul yechish uchun raqamli parol)ni 

kiritishi hamda mijoz ko‘chma klaviaturasidagi yashil tugmani bosishi lozim. Shundan 

keyin terminal kiritilgan PIN2 to‘g‘riligini tekshiradi va tekshiruv natijasiga qarab, 

to‘lovni amalga oshiradi yoki rad etadi. Agar kartochka ushlovchi PIN2ni noto‘g‘ri 



kiritgan bo‘lsa, u savdo nuqtasining xodimidan to‘lov o‘tkazishni yana bir bor 

takrorlashni iltimos qilish huquqiga ega (jami uch marta urinib ko‘rish mumkin); 

-

 

agar terminal kartaning KOH (kartaning ochiq hisobvarag‘i)dan yoki kartaning 



KYoHdan to‘lovni bajarishga sozlangan bo‘lsa, u holda, to‘lovni amalga oshirish uchun 

KOHda mablag‘ yetarli bo‘lgan taqdirda o‘zaro hisob-kitob PIN2ni so‘ramasdan, 

KOHdan avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Basharti, KOHda mablag‘ yetarli 

bo‘lmasa, u holda to‘lov yuqorida KYoHdan to‘lanadigan senariy singari amalga 

oshiriladi. 

 

3.3. Terminalning savdo kartasi bilan mijoz kartasi o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob amalga 



oshirilganidan keyin terminal (XiMAX miniterminalidan tashqari) tovar yoki xizmat haqi 

to‘langanini tasdiqlovchi chekni ikkita bir xil nusxada qog‘ozga chiqaradi. Savdo nuqtasining 

xodimi bu cheklarning birini tovar bilan birga karta ushlovchiga berishi kerak, ikkinchi nusxa 

savdo nuqtasida qoladi. Agar to‘lov yuqorida aytilgan miniterminalda amalga oshirilgan bo‘lsa, 

u holda chek chiqarilmaydi, miniterminalning displeyida esa o‘tkazilgan to‘lov summasi va 

uning muvaffaqiyatli bo‘lganini tasdiqlovchi “OK” belgisi ko‘rinadi. 

 

3.4. Agar biron bir sababga ko‘ra kartochka ushlovchi savdo nuqtasida puli plastik karta 



orqali to‘langan tovarni savdo nuqtasiga qaytaradigan yoki xizmat ko‘rsatilishidan bosh 

tortadigan bo‘lsa, u holda “Qaytarish cheki” rasmiylashtirilishi zarur. Unda plastik karta orqali 

puli to‘langan tovar/xizmat nomi, to‘lov summasi, qaytarish sababi, mijoz kartasining va savdo 

nuqtasining rekvizitlari ko‘rsatilishi kerak. Qaytarish cheki uch nusxada to‘ldiriladi. Ularning 

biri karta ushlovchiga beriladi, bittasi savdo nuqtasida qoladi va yana biri to‘lov bajarilayotganda 

qaysi bankning terminali va savdo kartasidan foydalanilgan bo‘lsa, o‘sha bank muassasasiga 

topshiriladi. Qaytarish chekining barcha nusxalariga karta ushlovchi hamda savdo nuqtasining 

xodimi imzo chekadi. Savdo nuqtasi tomonidan qaytarish chekining barcha nusxalari ushbu 

savdo nuqtasi mansub bo‘lgan savdo-servis korxonasining firma muhri yoki shtampi bilan 

tasdiqlanadi. 

 

3.5. Qaytarish cheki to‘lov amalga oshirilayotganda terminali va savdo kartasidan 



foydalanilgan bank muassasasiga kelib tushganidan so‘ng bank savdo-servis korxonasining 

hisob-kitob varag‘ini debetlash yo‘li bilan karta ushlovchi hisobvarag‘ini to‘lov summasida 

kreditlaydi. 

 

4. TERMINALDA SERVIS OPERATSIYALARINI BAJARISh 



 

Karta ushlovchining iltimosiga ko‘ra, savdo terminalida u uchun quyidagi servis 

operatsiyalari qo‘shimcha ravishda bajarilishi mumkin: 

-

 



karta balansi to‘g‘risida KYoH bo‘yicha alohida va KOH bo‘yicha alohida axborotni 

chek ko‘rinishida olish yoki terminal displeyida ko‘rish; 

-

 

kartochka bo‘yicha bajarilgan oxirgi 20ta yoki 30ta operatsiya to‘g‘risida bu 



operatsiyalarning sanalari va summalari ko‘rsatilgan axborotni chek ko‘rinishida olish; 

-

 



kartaning PIN1 va PIN2ni almashtirish; 

-

 



mablag‘larning hammasini yoki bir qismini kartaning KYoHdan KOHga o‘tkazish; 

-

 



“mablag‘larni tushirish”, “mualliflashtirish” operatsiyalarini bajarish. 

 

Izoh: 

 


Kartaning PIN1 va PIN2 almashtirilayotganda karta ushlovchi avval terminal 

klaviaturasiga yoki mijozning ko‘chma klaviaturasiga amaldagi PIN1 yoki PIN2ni kiritishi va 

yashil tugmani bosishi kerak. Shundan keyin terminal yoki mijozning ko‘chma klaviaturasi 

displeyida yangi PIN1 yoki PIN2ni kiritish va uni takroran tasdiqlash haqida taklif paydo 

bo‘ladi. Agar barcha harakatlar bexato bajarilgan bo‘lsa, displeyda “MUVAFFAQIYATLI” 

xabari ko‘rinadi. Shunday xabar chiqqanidan keyin kartaning PIN1 yoki PIN2ni almashtirish 

operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlangan hisoblanadi va bundan buyon kartochkada uning 

ushlovchisi belgilagan yangi PIN1 yoki PIN2 amal qila boshlaydi. 

Basharti biron bir sababga ko‘ra, PINni almashtirish operatsiyasi muvaffaqiyatli 

yakunlanmasa, u holda kartochkada eski PIN1 yoki PIN2 amal qilishda davom etadi. 

Agar karta ushlovchisi amaldagi PIN1 yoki PIN2ni uch marotaba noto‘g‘ri kiritsa, u holda 

kartochkadagi mazkur PIN qulflanib qoladi va uni qulfdan yechish uchun kartochka ushlovchi 

o‘ziga mazkur kartani bergan bank muassasasiga murojaat qilishi bunda uning qo‘lida kartochka 

ushlovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat ham bo‘lishi zarur. 

Ushlovchining kartochka hisobvarag‘idan “mablag‘larni tushirish” operatsiyasi 

bajarilayotganda mablag‘lar kartochkaning KYoHga tushadi. Bu operatsiyani bajarish uchun 

savdo nuqtasining xodimi terminalning telefon kabelini shahar telefon aloqa liniyasining oddiy 

rozetkasiga (oddiy telefon apparati ulanadigan rozetkaga) ulashi va terminaldan foydalanish 

bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq operatsiyani bajarishi kerak. Bu operatsiya uning cheki 

qog‘ozga chiqarilishi bilan yakunlanishi lozim. “Mablag‘larni tushirish” operatsiyasi 

mualliflashtiruvchi operatsiya hisoblanadi. Ya’ni u bajarilayotganda qo‘shimcha ravishda 

bankning naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimida kartochka mualliflashtiriladi. 

“Mualliflashtirish” operatsiyasi bajarilayotganda savdo nuqtasining xodimi terminalning 

telefon kabelini shahar telefon aloqa liniyasining oddiy rozetkasiga (oddiy telefon apparati 

ulanadigan rozetkaga) ulashi va terminaldan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq 

operatsiyani bajarishi kerak. Bu operatsiya uning cheki qog‘ozga chiqarilishi bilan yakunlanishi 

lozim. 

Mualliflashtirish – bankning naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimida kartochkani ko‘p darajali 

tekshirish bo‘yicha avtomatik tarzda bajariladigan protsedura. U muvaffaqiyatli bajarilgan 

hollarda kartadan “UZKART” YaBTTda bundan buyon ham foydalanishga ruxsat beriladi 

hamda kartochkaga xizmat ko‘rsatish davri bo‘yicha limitlar avtomatik tarzda tiklanadi (off-line 

rejimida 20ta operatsiya va mualliflashtirishsiz 35 kun). Basharti kartani mualliflashtirish 

muvaffaqiyatli bo‘lmasa – u texnologik jihatdan to‘lov tizimi infratuzilmasida bundan buyon 

foydalanishga qo‘yilmaydi, uning limitlari tiklanmaydi va u qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazish 

uchun bankka taqdim etilishi kerak. 

 

5. TERMINALDAN FOYDALANISh ShARTLARIGA DOIR TALABLAR 

 

Savdo terminalini o‘rnatish uchun xona va joyni tayyorlash bo‘yicha biron bir maxsus 



tadbirlar amalga oshirilishi talab qilinmaydi. 

Savdo terminali va mijozning ko‘chma klaviaturasidan foydalanish shartlari ofis va 

maishiy elektr-texnika vositalariga qo‘yiladigan shunday talablarga muvofiqdir. 

To‘liq funksional statsionar terminallar o‘zgaruvchan tok kuchlanishi 220 voltni va 

chastotasi 50 gersni tashkil etadigan birlamchi elektr tarmog‘iga ulab ishlatiladi. 

To‘liq funksional ko‘chma terminallar o‘z ishida ularga o‘rnatilgan akkumulator 

batareyalaridan foydalanadi. Bu batareyalar o‘z navbatida o‘zgaruvchan tok kuchlanishi 220 

voltni va chastotasi 50 gersni tashkil etadigan birlamchi elektr tarmog‘iga ulanadigan zaryad 

berish maxsus qurilmalaridan kuch oladi. 


Miniterminallar ularning har ikki tomonida joylashgan tegishli bokslarga o‘rnatiladigan 

1,5 volt kuchlanishli ikkita standart batareyka kuchi bilan ishlaydi. 

 

Foydalanish qoidalari savdo nuqtasining xodimlari va boshqa shaxslar (masalan, 

karta ushlovchi) og‘ishmay bajarishi shart bo‘lgan quyidagi talablarni o‘z ichiga oladi: 

-

 



har qanday operatsiya bajarilayotganda terminal riderlaridan uning savdo kartasini yoki 

ushlovchi kartasini chiqarib olmaslik. Albatta, operatsiya tugashini va keyin operatsiya 

cheki qog‘ozga chiqishi yoki terminal yoxud uning ko‘chma klaviaturasi displeyida 

tegishli xabar paydo bo‘lishini kutish va shundan keyingina kartochkalarni riderlardan 

chiqarib olish; 

-

 



operatsiya bajarilishidan oldin savdo nuqtasining xodimi terminalda qog‘oz borligiga va 

u yozuv qurilmasiga kiritilganiga ishonch hosil qilishi zarur; 

-

 

operatsiya bajarilayotgan vaqtda terminalni elektr tarmog‘idan uzmaslik; 



-

 

savdo kartasi terminal orqali inkassatsiya qilinayotganda yoki ushlovchi kartasi bilan 



“mablag‘larni tushirish”, “mualliflashtirish”, “hisobvaraq balansini ko‘rish” 

operatsiyalari bajarilayotgan vaqtda terminalning modem simini telefon liniyasidan 

uzmaslik; 

-

 



miniterminal orqali operatsiya bajarilayotganda avtonom elektr ta’minoti elementlari – 

batareykalarni undan chiqarmaslik; 

-

 

operatsiya cheki yoki nazorat tasmasi qog‘ozga chiqarilayotganda terminal 



klaviaturasining tegishli tugmasini bosib, qog‘ozni o‘tkazib yubormaslik hamda 

yozilayotgan chek yoki nazorat tasmasini majburlab (qo‘lda) tortmaslik; 

-

 

plastik kartalar ishdan chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida savdo kartasi yoki 



ushlovchi kartasining mikroprotsessori yoxud umuman plastik kartochkaning o‘ziga 

nisbatan mexanik kuch ishlatmaslik, shuningdek har xil turdagi va xususiyatdagi boshqa 

ehtimoliy ta’sirlar ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik; 

-

 



bank xodimlari ilgari savdo terminali bilan ishlashni hamda plastik kartochkalar 

ushlovchilarga xizmat ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatgan savdo nuqtasining xodimi 

almashgan hollarda savdo-servis korxonasi yangi xodimga sobiq xodim yoki bank vakili 

bu narsalarni o‘rgatishini ta’minlashi shart. Bank vakili o‘rgatishi uchun bankka tegishli 

buyurtmanoma (og‘zaki yoki yozma) berilishi zarur; 

-

 



terminal riderlariga bu riderlarning o‘zini, terminal savdo kartasini, ushlovchi kartasini 

va umuman terminalni ishdan chiqarishi mumkin bo‘lgan begona buyumlar va namlik 

kirib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik. 

 

Faqat buning uchun maxsus tayinlangan va bank vakili tomonidan o‘rgatilgan savdo 



nuqtasining xodimi terminal, mijozning ko‘chma klaviaturasi, savdo kartasi bilan ishlashiga yo‘l 

qo‘yiladi.  

 

6. SAVDO TERMINALI BILAN IShLAShGA OID UMUMIY QOIDALAR 

 

Operatsiyalar menusi 



Menu – bu, Savdo terminalida bajariladigan operatsiyalar ro‘yxati. Menuning har bir bandi 

operatsiyalar yoki ishlar turlaridan birini ko‘rsatuvchi yozuvdan iborat bo‘ladi. Savdo 

terminalining displeyida bu yozuvlar ikki (bir) satrda joylashadi. Bir satr menuning bir yoki ikki 

bandini o‘z ichiga olishi mumkin. 

Ish turlarining asosiy menusi – bu, savdo terminali yoqilganidan keyin ekranda paydo 

bo‘ladigan va albatta “To‘lov” bandini o‘z ichiga oladigan birinchi menu. 



Menuning u yoki bu bandiga kirish uchun menuning shu bandiga mos keladigan tegishli 

funksional tugma bosiladi. Avvalgi daraja menusiga o‘tish uchun qizil tugma bosiladi. Bu tugma 

operatsiya bajarilishini taqiqlash uchun xizmat qiladi. 

 

Axborotni kiritish va operatsiyalarni bajarish 

 

Terminalga axborot (to‘lov summasi, PIN)ni kiritish savdo nuqtasining xodimi yoki karta 



ushlovchi tomonidan terminaldagi yoki uning mijoz ko‘chma klaviaturasidagi raqamli tugmalar 

yordamida amalga oshiriladi. Noto‘g‘ri kiritilgan ko‘rsatkichlarni tuzatish uchun sariq tugmani 

bir necha (bir) marta bosib, noto‘g‘ri ko‘rsatkichlarni o‘chirish va to‘g‘risini kiritish zarur. Sariq 

tugma har bir bosilishi terilgan summa yoki PIN raqamlarining oxirgisi o‘chirilishiga olib keladi. 

Shuningdek, qizil tugmadan ham foydalanish mumkin. Kiritilgan ko‘rsatkich shu tugma 

yordamida butunlay bekor qilinishi mumkin. Shundan keyin to‘g‘ri ko‘rsatkichni yangitdan 

kiritish yoki operatsiyani takrorlash kerak bo‘ladi. Zarur axborot kiritib bo‘linganidan keyin uni 

tasdiqlash uchun yashil tugma bosilishi lozim. 

Karta ushlovchi savdo nuqtasining xodimi kiritgan, terminal yoki ko‘chma klaviatura 

displeyida (terminal turiga qarab) aks etgan summa bilan tanishishi va tegishli tugmani bosish 

yo‘li bilan uni ma’qullashi yoki operatsiya bajarilishini rad etishi lozim. 

Operatsiya tugallanganidan keyin terminal yoki ko‘chma klaviatura displeyida u 

muvaffaqiyatli bajarilgani haqida xabar paydo bo‘ladi yoki operatsiya bajarilmasligiga sabab 

bo‘lgan xato kodi ko‘rinadi. 

Agar operatsiyani bajarishga takroran urinilganda xato takrorlansa, u holda savdo 

nuqtasining xodimi (basharti boshqa mijozlarning kartalari bilan ham shunday vaziyat yuzaga 

kelayotgan bo‘lsa) yoki karta ushlovchisi (agar boshqa savdo nuqtalarining terminallarida ham 

shunday vaziyat yuz berayotgan bo‘lsa) tushuntirishlar olish va kartochkani tekshirish uchun 

bankka murojaat qilishi lozim. 

 

Terminalning savdo kartasini inkassatsiya qilish  

 

Terminalning savdo kartasi quyidagi usullardan biri yordamida inkassatsiya qilinishi 



mumkin: 

-

 



savdo nuqtasidagi savdo terminali orqali, u shahar telefon aloqa liniyasiga 

ulanganligidan foydalanib (ichiga modem o‘rnatilgan modeldagi terminallar uchun); 

-

 

bank muassasasida shaxsiy komputer negizida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan ish 



joyida. Buning uchun savdo nuqtasining vakolatli xodimi savdo kartasini bank 

muassasasiga olib borishi kerak; 

-

 

bank o‘z xohishiga ko‘ra mazkur funksiyani kiritishi mumkin bo‘lgan o‘ziga o‘zi xizmat 



ko‘rsatish qurilmalari (bankomatlar, infokiosklar va shu kabilar) orqali. 

 

Izoh 

 

Terminalning savdo kartasi inkassatsiya qilinganida inkassatsiya cheki qog‘ozga chiqadi. 



Unda inkassatsiya summasi, u amalga oshirilgan sana hamda vaqt, savdo nuqtasining nomi, 

savdo kartasining raqami, uning inkassatsiya to‘plami raqami va boshqa operatsiya rekvizitlari 

aks etadi. 

Basharti savdo kartasi biron bir sababga ko‘ra (buzilish, yo‘qolish, mikrochip dasturi 

ishlamay qolishi) bankning naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimiga inkassatsiya qilinishining imkoni 

bo‘lmasa, u holda savdo nuqtasi bankka taqdim etgan tasdiqlovchi hujjatlar asosida bank 

bajarilgan tranzaksiyalar bo‘yicha ma’lumotlar bankning naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimiga 


qo‘lda kiritilishini ta’minlaydi. Bunda bank inkassatsiya to‘plami qo‘lda kiritilgani uchun savdo 

nuqtasidan jarima olish huquqiga ega. 

Savdo kartasi qo‘llanilgan terminal bankka olib kelinganidan keyingina bank undagi 

tranzaksiyalarni plastik kartochkalar orqali naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimiga qo‘lda kiritadi. 

 

DIQQAT! 

Savdo terminali uning savdo kartasi bilan bajarilgan tranzaksiyalar ro‘yxatini o‘z 

elektron xotirasida saqlab qoladi. Shu bois, bajarilgan tranzaksiyalar bo‘yicha axborot 

yo‘qolishini istisno etish maqsadida savdo nuqtasining terminal bilan ishlovchi xodimi 

faqat savdo kartasi muvaffaqiyatli inkassatsiya qilinib, inkassatsiya muvaffaqiyatli o‘tgani 

ko‘rsatilgan inkassatsiya cheki qog‘ozga chiqarilganidan so‘ng yoki bankning vakolatli 

xodimlari savdo kartasi muvaffaqiyatli inkassatsiya qilinganini tasdiqlaganlaridan 

keyingina  yuqorida aytilgan tranzaksiyalar ro‘yxatini terminal xotirasidan o‘chirishi 

kerak. 

 

Bu talab bajarilmagan taqdirda yuqoridagi tranzaksiyalar bo‘yicha mablag‘larni 

savdo-servis korxonasining hisob-kitob varag‘iga o‘tkazishning iloji yo‘qligi uchun bank 

ular oldida javobgar bo‘lmaydi. 

 

Savdo kartasi haqida axborot olish 

 

Savdo nuqtasining xodimi istalgan vaqtda, agar bu vaqtda terminalda operatsiya 



bajarilmayotgan bo‘lsa, savdo kartasining balansini tekshirish imkoniga ega. Buning uchun 

terminalda menuning “Do‘kon” bandini tanlash kerak. Shunda terminal displeyida savdo 

kartasining balansi hamda bajarilgan “To‘lov” operatsiyalari miqdori haqidagi axborot aks etadi. 

Bu ma’lumot yashil tugmani bosish orqali chek qog‘oziga chiqarilishi mumkin. 



 

Document Outline

  • Operatsiyalar menusi
  • Axborotni kiritish va operatsiyalarni bajarish
    • Izoh
  • DIQQAT!


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling